cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

JAMIYAT UZ | rasmiy kanal ️

🖇O‘zbekiston Respublikasi "Yoshlar olami" gazetasining rasmiy telegram kanali. 📅Tahririyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 09-36 raqam bilan 2022-yil 15-iyunda qayta ro‘yxatga olingan 📩 Murojaat: @a_tuxtayev

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 374
Obunachilar
-824 soatlar
-357 kunlar
-12330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

02:13
Video unavailableShow in Telegram
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sudyasi Yu.MUHAMMADIYEVAning “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan. 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
IMG_4931.MOV11.70 MB
Sud eksperti tomonidan ekspertizalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va transport vositalarini ko‘zdan kechirishga taqdim etilishi haqida iltimosnoma beriladi. Qo‘shimcha materiallar faqat sud ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan taqdim etiladi. Ko‘rikdan o‘tkazish talab qilinadigan tadqiqot obektlarini (Markazga taqdim etilgan obektlardan tashqari) sud ekspertizasi yoki mutaxassis fikrini berishda ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs), advokat, jismoniy yoki yuridik shaxs sud eksperti (mutaxassis) uchun obektga to‘siqsiz kirishni va uni tadqiqot o‘tkazish imkonini ta’minlaydi. Ko‘rikdan o‘tkazish ekspertizani tayinlagan vakolatli organ (shaxs) yoki advokat, jismoniy yoxud yuridik shaxs tomonidan tashkil etiladi va ularning majburiy ishtirokida amalga oshiriladi va tegishli bayonnoma (dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Ishda ishtirok etadigan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda va tartibda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yozma ruxsatiga asosan tadqiqotlar o‘tkazishda ishtirok etish huquqiga ega. Sababidan qat’iy nazar, ularning yo‘qligi tadqiqotlar o‘tkazishni to‘xtatib turish uchun asos hisoblanmaydi. Transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha tayinlangan ekspertiza bo‘yicha transport vositasini ko‘zdan kechirish uchun borilganda ba’zi hollarda transport vositasining ta’mirlangan holatlar uchrab turadi. Ushbu holatda transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli transport vositasiga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlanganda ushbu transport vositasilarini vaqtinchalik saqlash maydoniga joylashtirish tavsiya etiladi. Sud eksperti o‘ziga taqdim etilgan ob’ektlar va materiallarni tekshirish tegishli sohadagi bilimlarga amal qilgan xolda, protsessual qonun talablariga qat’iy muvofiq ravishda xolisona va ilmiy asosda amalga oshiradi. Transport baxolash ekspertizasida quyidagi savollar yechiladi: -transport vositasini ta’mirlash ishlari narhini aniqlash; -transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar hajmini aniqlash; -transport vositalarining ehtiyot qismlari narxini aniqlash; -avto-moto transport vositasi narxini aniqlash; -transport vositalarining yo‘qotilgan tovar qiymati hajmini aniqlash; -taqdim etilgan avto-moto transport vositasini ta’mirlash bo‘yicha sarf-xarajatlar hisobotini amaldagi me’eriy hujjatlarga mos kelishini tekshirish; -murakkab buyum sifatida qaraladigan barcha rusumdagi avto-moto transport vositalari; -avto-moto transport vositalarining agregatlari, birikmalari, ehtiyot qismlari; -avtomobil ishlab chiqaruvchi, avtota’mirlash korxonalar vakillarining, avtomobil va uning ehtiyot qismlarini sotuvchi shaxslar va tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotlar; -transprort vositalari va ularning qismlari narhi haqidagi tadqiqot o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar; Transport vositalarini baholash tadqiqotlari ob’ekti bo‘lib quyidagilar xisoblanadi: -avto-moto transport vositasining rusumi, modeli, avto-moto transport vositalari va uskunalarning turi; -avto-moto transport vostalari va uskunalarning ishlab chiqarilgan vaqti; -avto-moto transport vostalari va uskunalarning yurgan masofalari yoki ishlagan vaqti va ularning umumiy texnik xolati; -avto-moto transport vositalari va uskunalarning to‘plami; birikmalar, agregatlar va ehtiyot qismlari; -avto-moto transport vositalari va uskunalarning shikastlari, nuqsonlari, nosozliklari hisoblanadi. Ayubjon ISMOILOV, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Samarqand viloyat bo‘limi katta eksperti 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️TRANSPORT VOSITASIGA YETKAZILGAN ZARARNI ANIQLASH BO‘YICHA EKSPERTIZA TAYINLANGANDA…
Hammasini ko'rsatish...
00:18
Video unavailableShow in Telegram
IMG_1072.MP45.98 MB
Photo unavailableShow in Telegram
TINCHLIK QANDAY MUHOFAZA ETILADI? Tinchlik shukuhi hukmron bo‘lmasa, insonga tabiatdagi hech bir narsaning, jamiyatdagi huzur-halovatning qadri qolmaydi. Xotirjamlik yo‘q joyda taraqqiyot ham, rizq-ro‘z ham bo‘lmaydi . Kelajak, ertangi kun haqida orzu-umid ham, baxt ham, osudalik ham xayolga aylanadi. Shu bois, tinchlik taraqqiyotning bosh omili, erishayotgan barcha muvaffaqiyatlarimizning kalitidir. Xo‘sh, tinchlik shunday totli ne’mat ekan, unga qanday erishiladi yoki tinchlik qanday muhofaza etiladi? Osoyishtalik insonlarning bir-biriga hadya etadigan tuhfasi yoki bozorda sotiladigan mahsulot bo‘lsa ekan, osongina qo‘lga kiritilsa. Tinchlik ne’mati uchun nafaqat Yaratganga duo va iltijolarni ko‘paytirish, balki kurashish ham kerakligini hayotning o‘zi ko‘rsatib bermoqda. Faxriddin hoji HUSENOV, Murod avliyo jome’ masjidi imom-xatibi. 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
Shifokorlar kasalni davolagandan ko`ra oldini olgan yaxshi deyishadi. Xalq tabobatida ham kasalliklarni oldini olish uchun ko`pgina dorivor damlamalar tavsiya etiladi. Turli o`sma kasalliklarning oldini olish uchun taomnomangizda doimiy bo`lishi kerak bo`lgan mahsulotlar: 1. Zaytun yog`i. Bir kunda 1 qoshiq iste`mol qilish etarli. 2. Ko`k choy. 10 daqiqa damlab qo`yib, kuniga 2-3 marta ichiladi. 3. Zanjabil ziravori. Ovqatga qora murch bilan birgalikda ishlatiladi, bo`lmasa hazm bo`lmaydi. Kuniga bir chimdim ishlatish kifoya. 4. Quritilgan, muzlatilgan olcha, malina, qorag`at (chernika)ni ko`p iste`mol qilish lozim. 5. Olxo`ri, shaftoli, o`rik mevalarini tez-tez iste`mol qilish. 6. Sabzavotlar, karamning barcha turlari, ayniqsa, dimlab pishirilgani juda foydali. 7. Sarimsoq va piyozni kuniga xomligicha yoki zaytun yog`ida engil qovurib esa ham bo`ladi. 8. Qo`ziqorin. Turli xillarini iste`mol qilish mumkin. 9. Qora shokolad. Ayniqsa tarkibida kakao miqdori 70 foiz bo`lgani foydali, sutli shokolad bundan mustasno. 10. Pomidor. Zaytun yog`ida dimlangani juda foydali. QANDAY MAHSULOTLARNI KAMROQ ISTE`MOL QILGAN MA`QUL? •Shakar. •Non. Oq bo`lka non, pishiriqlar, guruch, ko`p qaynatiladigan makaronlar. •Spirtli ichimliklar. •Margarin va yog`lar. •Kartoshkaning qovurilgani, chipslar, pissalar, xot-doglar va boshqa fast-fudlar. •Quyoshda turgan plastik idishdagi suv. QAYSI MAHSULOTLARDAN KO`PROQ? •Asal, qora non, bug`doy non, qora guruch, grechka, suli yormasi (ovsyanka), yasmiq doni (chechevisa), loviya, shirin kartoshka, mevalar. •Uyda tayyorlangan limonad, sitrus mevalar po`stlog`idan tayyorlangan choylar. •Zaytun yog`i, zig`ir yog`i, tabiiy sut mahsulotlari. Sabzavotlar. Mayda baliqlar. Tabiiy go`sht mahsulotlari, tuxum. •Po`stlog`i olingan meva va sabzavotlar. •Filtrlangan suv, mineral suv (shisha idishlarda). Bekzod KAZIMOV, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali poliklinika mudiri. 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️QANDAY MAHSULOTLARNI KAMROQ ISTE`MOL QILGAN MA`QUL?
Hammasini ko'rsatish...
⚡️🌧Qo‘shni Qirg‘izistonda sel (Batken viloyati) Mashina, uylargacha oqizib ketibdi! 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
2.12 MB
4.86 MB
4.53 MB
“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan: •jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi joriy etiladi; •jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi; •jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi; •tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi; •tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladigan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko‘rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Yu.MUHAMMADIYEVA, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining sudyasi 🌐 @JAMIYAT_UUZ
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
‼️O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.