cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Xush kelibsiz!🇺🇿

University of Edinburgh - Top 20 University of Leeds - Top 75 Oilaviy Buyuk Britaniyada o'qish sarguzashtlari; Chet elda o'qish orzusidagi yoshlarga beminnat yordam; Milliy va kamtarona.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
756
Obunachilar
-224 soatlar
-117 kunlar
-4930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Xushxabar!!! 🥳 Yoshlar ishlari agentligi, "El-yurt umidi" jamg‘armasi "Vatandoshlar" jamoat fondi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida maqolalar tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda 100ga yaqin xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va xorijda ta’lim olayotgan Jamg‘arma stipendiatlari maqolalar bilan ishtirok etdilar. Mazkur tanlovda1-o‘rin: Abdulaziz Suyarov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniya, University of Leeds magistranti) deb topildi va Apple Macbook noutbuki bilan taqdirlanadi. Maqola mavzusi: Yangi O‘zbekiston – globallashayotgan milliy startap ekotizimi: kecha, bugun va ertaga. Maqola jurnalda chop etilganidan so'ng, albatta sizlar bilan bo'lishamiz. Men ham tanlov qatnashchisi sifatida aytishim mumkinki, haqiqatdan ham dunyodagi eng zo'r universitetlarda o'qiyotgan talabalar o'rtasida o'tkazilgan bu tanlovda g'alaba qozonish oson bo'lmagani aniq. Siz bilan faxrlanaman. El ichida aziz qilgan Allohga shukr.🤲🏻🙏🏻
Hammasini ko'rsatish...
"El-yurt umidi" Foundation

🇺🇿 Maqolalar tanlovi natijalari e’lon qilinadi! 🔣 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 18 sentyabr kuni AQSHdagi vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan "Yangi O‘zbekiston - mening nigohimda" nomli maqolalar tanlovi tashkil etildi. 🔣 Tanlov, Yoshlar ishlari agentligi, "El-yurt umidi" jamg‘armasi "Vatandoshlar" jamoat fondi va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi hamda ushbu tanlovga 100ga yaqin xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va xorijda ta’lim olayotgan Jamg‘arma stipendiatlari maqolalar bilan ishtirok etdilar. 🔣 Ushbu maqolalar Tanlov nizomi asosida ko‘rib chiqildi va 1-2-3- o‘rinlar belgilandi. 🔣 G‘oliblar va sovrindorlar quyidagicha rag‘batlantiriladi: 1-o‘ringa - Apple Macbook noutbuki; 2-o‘ringa - Apple iPad Pro 11 plansheti; 3-o‘ringa - Apple iPad 9 plansheti. _______________________________ 🔣 Maqolalar tanlovi g‘oliblari bilan tanishing: ✅ 1-o‘rin: Abdulaziz Suyarov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniya, University of Leeds magistranti). Maqola mavzusi: Yangi O‘zbekiston – globallashayotgan milliy startap ekotizimi: kecha, bugun va ertaga. ✅ 2-o‘rin: Asadbek Ro‘ziyev (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, AQShning Arizona Davlat universiteti talabasi). Maqola mavzusi: Yangi O'zbekiston - mening nigohimda! ✅ 3-o‘rin: Jalil Vohidov (“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, Shveytsariyaning Jeneva universiteti magistranti). Maqola mavzusi: Yangi O'zbekiston - mening nigohimda! 🔣 Top 10 talikka kirgan maqola mualliflari ham nizomda belgilangan tartibda rag’batlantiriladi! Batafsil tanishing 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

🔥 8👍 2🥰 1👏 1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 Jamg‘arma stipendiati xalqaro anjumanda ishtirok etdi. 🔣 "El-yurt umidi jamg‘armasi" stipendiati, University of Leeds magistranti Abdulaziz Suyarov AQShning UCLA (University of California, Los Angeles) universitetida 30-may - 2-iyun sanalarida bo‘lib o‘tgan IX xalqaro yoshlar konferensiyasida (IYC9) ishtirok etdi. 🔣 IYC9 konferensiyasi BMT, UNEP, UNHabitat, BMT Global kommunikatsiyalar departamenti, BMT XMT kabi yirik xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, butun dunyodan 17,456 nafar yoshlar ishtirok etish uchun ariza yubordi hamda 401 nafari tanlab olindi. Konferensiyaning maqsadi yoshlarni global muammolar, tashabbuslar va g‘oyalar yo‘lida rag‘batlantirish, ularning takliflarini yagona platformada birlashtirishdan iborat. Konferensiyada BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishlari doirasida 100 dan ortiq spikerlar ishtirok etdi. 🔣 Stipendiatlarimizning bunday anjumanlarda ishtirok etishi ulkan tajriba to‘plash, tashabbuskor dunyo yoshlari bilan aloqalar o‘rnatish, O‘zbekiston imijini xalqaro maydonda namoyish qilishda muhim rol o‘ynaydi. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 5🔥 1
Ëшлар сиёсати соҳасида амалга оширилган ишлар сарҳисоби, ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш масалалари юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар. Батафсил — юқоридаги #инфографикада. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ! 📣 “Эл-юрт умиди” жамғармаси хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади! “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танлови 500 ўринга мўлжалланган бўлиб: - бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин, - магистратура таълим дастури учун 250 ўрин, -докторантура таълим дастури учун 150 ўрин ажратилган. 🔣 Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 25 июндан 25 июлга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади. 👫 Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг 25 июлдан 24 августга қадар давом этади. ✏️ Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади. 🌐 Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг онлайн ҳужжат топшириш платформасида (http://admission.eyuf.uz) батафсил ёритиб берилган. 🌐 Эътибор беринг, (http://admission.eyuf.uz онлайн қабул платформаси 2024 йил 25 июндан бошлаб ҳужжатларни қабул қилишни бошлайди. ☎️ Қўшимча саволларга жавобларни +99 871 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 телефон рақамларидан ёки [email protected] электрон почта манзили орқали олишингиз мумкин. 👦👦 “Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни очиқ стипендия танловида кутиб қолади! Батафсил ўқинг 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Hammasini ko'rsatish...
21.95 MB
👍 3🔥 2
If you want to go fast, go alone. If you want to go far, go together ❤️ Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston elchixonasida o'tkazilgan Zakovatda "Umid" jamoamiz bilan qatnashdik.
Hammasini ko'rsatish...
10.29 MB
32.35 MB
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 Jamg‘arma stipendiatlari innovatsion faoliyatda dizayn fikrlash (Design thinking) bo‘yicha vorkshopda ishtirok etdilar. 🔣 "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiatlari, University of Leeds magistranti Abdulaziz Suyarov hamda University of Edinburgh magistranti Xadicha Suyarovalar LITE (Leeds Institute of Teaching Excellence) tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan "Design thinking" vorkshopida ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: Lids universiteti biznes maktabi vorkshopda ishtirok etish uchun 8 ta talabaga, 50 ga yaqin professional mutaxassislar va tadqiqotchilarga joy ajratgan edi. Vorkshop University of Leeds biznes maktabi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bir nechta yetakchi olimlar rahbarligida amalga oshirildi.
🔣 Uning maqsadi hozirgi kunda dunyoning yetakchi kompaniyalari, xususan IBM tomonidan muammolarga innovatsion yechim topishning zamonaviy uslublarini ta’lim va ijtimoiy hayotda qo‘llashdan iborat hisoblanadi. 🔣 Vorkshop davomida stipendiatlarimiz oldindan taqdim etilgan ta’limda jamoaviy ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muammolarga yechim qidirdilar. Bunda ular universitet olimlari hamda IBM mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan "Persona hamda hissiyotlar xaritasi", "Katta g‘oyalar", "Prioritetlash chegarasi" va "Hikoyaviy taqdimot" kabi texnologiyalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. 🔣 Dizayn fikrlash zamonaviy innovatsion faoliyatning asosi bo‘lib, uning maqsadi yechim topishda avvalambor muammolarni to‘liq tushunish va g‘oyalarni optimallashtirishdan iborat. 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Hammasini ko'rsatish...
🔥 6🥰 1
Uzbek Culture and Food Festival in the UK Londonda bor yôg'i 6 kun bôlgan bôlsam ham, bu muddat Buyuk Britaniya haqidagi taassurotlarimni oz bo'lsa ham ôzgartirib yuborishga yetdi. Musofirchilikning yangi qirralarini kashf ettim, Londonning yuragida joylashgan "Tower Bridge" oldida vatandoshlarimiz bilan ôzbek milliy musiqalari va qôshiqlariga raqsga tushdim, faxr, mas'uliyat va tegishlilik tuyg'ularini his etdim. Festival va "Birlashamiz" dasturidagi tadbirlar EYUF jamg'armasi stipendiatlari va Buyuk Britaniyada ôqiydigan boshqa talabalar bilan yaqinroqdan tanishish, dôstlar orttirish imkonini berdi. Ming marta eshitgandan bir kórgan yaxshi. Marhamat, bizning masterpiece videolar va photolardan baxra olib, Londonni his qiling.
Hammasini ko'rsatish...
34.21 MB
❤‍🔥 5🔥 3👍 1
#Uzbek_Culture_Day #Football Buyuk Britaniyada hali terma jamoa ham o'ynamagan edi 😁
Hammasini ko'rsatish...
🔥 6👻 1😎 1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿 Buyuk Britaniyada O‘zbekistonlik hamyurtlarimiz orasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 🔣 O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va "El-yurt umidi" jamg‘armasi hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Brunel universitetida, “Birlashamiz” shiori ostida futbol musobaqasi tashkil etildi. Unda hamyurtlarimizdan tashkil etilgan 15 jamoa qatnashdi. 🔣 Musobaqada "El-yurt umidi" jamg‘armasining uchta jamoalari qatnashdi va chorak final bosqichigacha yetib bordi. Tadbirda qatnashchilarga bayram dasturxoni tashkil etilib, qatnashchilar o‘zbek oshi bilan mehmon qilindi. 🔣G‘oliblar 8-9 kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan O‘zbek madaniyati kunlarida tashkil etiladigan bayram festivalda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. #uzbekmadaniyati #milliyfest 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 2👏 1
#biz_xizmatda 😁 Photo (c): Abdulaziz & Khadicha
Hammasini ko'rsatish...
1🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.