cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

"ФНКИЗ" ХКК

"ФНКИЗ" ХКК БТ фаолияти, уларнинг сиёсий,ижтимоий фаоллигини ошириш, конунчиликдаги ва ижтимоий сиёсий сохадаги янгиликл

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
268
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+47 kunlar
+1330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

📣 E'lon 🔵 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. 🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/676 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🔆 Pensiya va nafaqalar miqdori oshirildi Farmon bilan (PF-69-son, 30.04.2024-y.) ayrim normativ huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi 📌Unga koʻra, 2024-yil 1-maydan quyidagilar belgilandi: 🟡zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 soʻm; ⏺ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 648 000 soʻm; 🟡oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 648 000 soʻm; ⏺boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 648 000 soʻm; 🟡boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 648 000 soʻm. 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
3️⃣-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni 🔵 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida 1993-yilning 3-may sanasini “Xalqaro matbuot erkinligi kuni” deb e’lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyutsiya qabul qilingan. Shundan buyon har yili 3-may kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, jurnalist va blogerlarni ushbu kun munosabati bilan samimiy muborakbod etadi. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
⛅️ ХАЙРЛИ ТОНГ! Ассалому алайкум
Hammasini ko'rsatish...
🙏 1
⚡️ЯНГИ ФАРМОН ❗️1 МАЙДАН АЙРИМ ПЕНСИЯЛАР МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ 📄 Президентнинг 30.04.2024 йил кунги “Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартиришлар киритиш тўғрисида” ги ПФ–69-сон Фармони қабул қилинди.  Фармонга кўра, 2024 йилнинг 1 майидан бошлаб минимал истеъмол харажатлари миқдори 648 000 сўм этиб белгиланганлиги сабабли қуйидаги пенсияларнинг миқдори оширилди: ✅ иш стажи тўлиқ бўлмаган ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 648 000 сўм; ✅ боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчи бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 648 000 сўм этиб белгиланди. ❗️Маълумот учун: юқоридаги тоифада пенсия олувчиларга пенсиялар жорий йилнинг май ойидан, яъни манашу ойдан бошлаб янги миқдорда тўланади. 👉 @Yurist_Blogerr
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
❗️КЎП БОЛАЛИ ОИЛАЛАР КИМЛАР ? ⚡️САВОЛ; Бизни 3 нафар фарзандимиз бор. Кўп болали оилаларга имтиёзлар бор дейишяпти. Биз хам уч нафар фарзандимиз билан кўп болали оила хисобланамизми ? ⚡️ЖАВОБ; Йўқ, Сизларни оилангиз кўп болали оилалар тоифасига киритилмайди. Оила кодексининг 4 прим биринчи моддасида, кўп болали оилалар деб, тўрт нафар ва ундан ортиқ ўн саккиз ёшга тўлмаган боласи бўлган оилаларга айтилиши кўрсатилган. ✅ Агар тўрт нафар ва ундан ортиқ болалардан бир нафари ёки ундан кўпроғи ўқувчи ёки талаба бўлса ва 22 ёшдан ошмаган бўлса ундай оилалар хам кўп болали оила хисобланади. ✏️ Агар Сизларни оилангиз хам кўп болали оилалар қаторида бўлишини ҳоҳласангиз ўзаро келишган ҳолда болалар сонини яна биттага кўпайтириш керак.. 👉 @Yurist_Blogerr
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
⚡️ МАЪЛУМОТ УЧУН: 📄 21.02.2024 йил кунги ЎРҚ-911-сон Қонун билан Фуқаролик кодексига киритилган қўшимчага кўра, ➖ жисмоний шахс пул мажбуриятлари бўйича кредиторларнинг талабларини тўла ҳажмда қаноатлантиришга ёки солиқлар ҳамда йиғимлар бўйича ўз мажбуриятларини бажаришга қодир бўлмаса, суд томонидан тўловга қобилиятсиз деб топилиши мумкин. 👉🏽 @Yurist_Blogerr
Hammasini ko'rsatish...
👍 5