cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BEZORI ARVOH

26•03•2024

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
214
Obunachilar
+224 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Boʻyashni yomon koʻraman...
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2 1😱 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hozircha unchalik oʻxshamayapti-yu.... tugatganimdan keyin balki oʻxshab qolar
Hammasini ko'rsatish...
4❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shu rasmni chizishni istaydi bu koʻngil
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 6
Photo unavailableShow in Telegram
Mem #Yarimta_hayot Men Denisni koʻpincha jilmayib turgan yoqimtoy vampircha holida tasavvur qilaman. Parvina esa "bir tonnalik zuluk" holida😁
Hammasini ko'rsatish...
😁 9❤‍🔥 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Yarimta_hayot Achinarli mem🥲
Hammasini ko'rsatish...
5😢 3 3❤‍🔥 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mem #Yarimta_hayot
Hammasini ko'rsatish...
😁 14❤‍🔥 1🔥 1🤔 1
•Yigirma uchinchi qism• BIR KUNLIK REJA Parvina kech uxlagan boʻlsa ham doimgidek 5:30 da uygʻonib doimgi kun tartibini boshladi. Kiyim javonidan moviy rangli ish formasini olar ekan unga qadalgan toʻgʻnogʻichni koʻrib oʻylanib qoldi. Bu oʻsha oq vampirning sevimli oʻljasiga beriladigan la'natlangan toʻgʻnogʻich emas, undan ancha farq qiluvchi, yurak ritmi shaklida yasalgan mittigina kumush bezakka oʻxshardi. Afsonalarga koʻra vampirlarni kumush oʻldira oladi va bu toʻgʻnogʻichni Denis qoʻygan boʻlsa gʻalati. Yoki chindan oʻzini vampir deb oʻylashdan tuzalyapti, yoki battar aqldan ozyapti. Lekin hammasidan ham muhimi bu narsa tunda u yana qaytib kelganini anglatadi. Kartalning muolajasi 6:00 da boʻlgani uchun koʻp oʻylab oʻtirishga Parvinaning vaqti yoʻq edi. Shoshilib formasini kiydi-da 2-palataga yoʻl oldi. ••• — Akam hali uygʻonmadimi? — palataga kirgach hech narsa qilmay karovatida qoʻllarini chalishtirib oʻtirgan Kartaldan soʻradi qiz. — U hech qachon aniq bir vaqtda uygʻonmagan. Yoki juda erta yoki juda kech turadi. Jadvalga umuman amal qilmaydi, senga oʻxshab. Gapining oxirida Parvina kecha umuman Kartalning yoniga kelmay uning buzilmas qonunlarini buzganiga shama qilib oʻtdi. — Toʻgʻri, bu jadvalingizga amal qila olmayapman, istasangiz qarovchingizni almashtirishingiz mumkin. Lekin sizning usulingiz hissiyotlaringizga yordam bera olmaydi. Menda yaxshiroq taklif bor. Muolajadan qaytganingizda aytib beraman. Doimgidek oq xalatdagi ikki kishi kelib Kartalni olib ketgach bir yarim soat erkin boʻlishini his qilgan qiz Madid uygʻongunicha Pokerfacening kechagi jadvalida nimalarni oʻtkazib yuborganini koʻrib chiqmoqchi boʻldi. Kunning 6:00 dan 7:30 gacha boʻlgan qismi Parvina uchun haqiqiy jannatdek edi. Chunki bu paytda Kartal ham Denis ham muolajada boʻladi. Lekin, huddi shu vaqt oraligʻida ularning tanalari kalamushdek ishlatilishini oʻylab qizning yuragi gʻash boʻlib ketdi. — Tez orada hammasi tugaydi, — oʻziga taskin berdi Parvina, — Qani kechagi oʻzgartirilgan jadvalda nimalar boʻlgan ekan. U devorga yaqinroq kelib roʻyxatni oʻqiy boshladi: — Hoʻsh, kecha ertalabdan Chin-Xening oldiga reanimatsiyaga ketgan edim. Oʻsha tundagi voqeadan soʻng 13-boʻlim bemorlariga biroz muddat boʻlimdan chiqish ta'qiqlangan edi. Demak, Kartal avvalgi rejalarni oʻzgartirgan. 03.04.2060 sana uchun maxsus kun tartibi: 5:00 uygʻonish 5-01—5:15 yuvinish 5:16—5:40 fikr yuritish — Qiziq bu vaqtda u nimalar haqida fikr yuritar ekan, — kulib qoʻydi qiz. Keyin oʻqishni davom etdi: 5:41—5:49 Parvinani kutish. Tagidan qizil ruchkada "kelmadi" deb yozib qoʻyilgan. — Hech boʻlmasa Pokerface mening ismimni bilar ekan. Har holda Denisga oʻxshab uloqcha deb atamaydi. U ismimni eslab qolishga hatto harakat ham qilmagan. 5:50—5:59 muolaja uchun borish. 6:00—7:30 muolaja vaqti. Muolaja vaqti tagidan esa "muolaja bekor qilindi" deb izoh qoldirilgan edi. — Shunaqa boʻlishi ham mumkinmi? Unda bu vaqtda u nima qilgan? Axir kecha hamma oʻzgargan edi, balki Kartal ham... 6:00—7:30 dan keyingi hamma reja oʻchirib qaytadan tuzilgan edi. 6:15—7:30 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 7:31—8:00 Nonushta. 8:01—9:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 9:01—9:45 Kitob oʻqish vaqti. 9:46—10:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 10:01—10:30 Madid bilan suhbat. 10:31—11:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 11:01—11:30 Parvinani izlash. Izoh: topildi. 5-palatada. 11:31—11:59 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 12:00—12:30 tushlik. 12:31—13:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 13:01—15:00 "Sevish vaqti" mashgʻuloti. Izoh: bajarilmadi. 15:01—16:00 Parvinani kutish. Izoh: kelmadi. 16:01—17:00 "Hafa boʻlish" mashgʻuloti. Izoh: muvaffaqqiyatli bajarildi. — Jadvalning davomi nega yoʻq? Odatda Kartal hech qachon jadvalini chala qoldirmagan. Balki bu safar "Parvinani kutish. Izoh: kelmadi" deb yozishdan charchagani uchundir. Balki bu ham tuzalish oqibati. "Hafa boʻlish" vaqti muvaffaqqiyatli bajarilgan boʻlsa demak u hafa boʻlgan. Bu yaxshi. Yoʻq, hafa boʻlgani yaxshi emas, lekin his qilgani yaxshi...
Hammasini ko'rsatish...
13🔥 2🕊 2🌚 2 1❤‍🔥 1👍 1🥰 1😁 1🤩 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
Boʻlarkan-ku, demak hamma gap dangasalikda. Tez orada 30 taga yetadigan koʻrinadi, davomini yozishni boshlash kerakmi deyman. Keyingi safar kattaroq son aytaman😁
Hammasini ko'rsatish...
😁 9👏 1
Avvalari boshqa yozuvchilarning kanali biosini koʻrganimda "Hikoya oʻqishga ketkazgan vaqtingizga rozi boʻling, zero qiyomatda javob bermay" deganga oʻxshash gaplar koʻrar edim. Oʻshanda "Oʻhoʻ, zoʻr yozuvchi ekan, obunachilarni juda qadrlaydi" deb u bilan faxrlanib qoʻyardim. Endi oʻylab qoldim, nega boshqalar oʻzi kelib oʻqigan hikoyasiga ketkazgan 2-3 minut vaqti uchun biz javobgar boʻlishimiz kerak? Biz oʻsha 2-3 minutda oʻqiladigan qismni yozish uchun ketkazadigan 2-3 soat uchun kim javob beradi? Aslida biz (siz va biz) hatto simbioz ham emasmiz. Bir-birimizga naf keltirmaymiz. Asardan siz yomon xulosa olsangiz tarbiyangizga yozuvchi javobgar emas. Asardan foyda olmasangiz behuda ketgan vaqtingizga aybdor emas. Unda bu foydasiz aloqa nega kerak? Qiziqishlarni qondirish uchun. Siz asarga qiziqqaningiz uchun oʻqiysiz, men yozishga qiziqqanim uchun yozaman. Qachonki siz qiziqishingizni koʻrsata olsangiz menda qiziqishdan tashqari majburiyat ham paydo boʻladi. Sizga kerakligini bilsam oʻsha payt qiziqish va vaqtim boʻlmasa ham yozgim keladi. Chunki menda majburiyatni bajarish tushunchasi yuqori. Majburiyatni his qilmas ekanman hamma narsa chala qoladi. Asar orqali sizga qanday zarar kelsa ham bunga men javobgar emasman. Shu bilan birga asar uchun sarflagan vaqtim va umrimga siz ham javobgar emassiz. Nimaiki xato qilsak faqat har birimizning oʻzimiz aybdormiz.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 13 3😁 2👍 1👏 1🌚 1
Asarni nari borsa 15 kishi oʻqiyapti toʻgʻrimi? Chunki qolganlar hech qanday reaksiya bildirmayapti. Bu yoki ular uchun qiziq emasligini yoki juda dangasaligini anglatadi. Agar ikkinchi variant toʻgʻri boʻlsa dangasalikdan qutilishingizga yordam berishim mumkin. "Limit"ni sinab koʻramiz. Agar limit toʻlmasa bu asar sizga qiziq emas, asarni tashlash menga qiziq emas degani. Boshlanishiga har bir qism uchun 30 ta reaksiya. Menimcha katta sondan boshlab yubordim. 1 soniya ham vaqtingiz ketmaydi. Lekin reaksiya bosishga majbur emassiz. Oʻqing va oʻsha reaksiyaga loyiq koʻrsangiz bir sekund vaqtingiz bilan "minnaddorchiligingizni bildiring". Komment haqidaku gapirmayman, chunki oʻzim ham koʻpincha nima deyishni bilmay qolaman. Fikrlash qiyin ish, tushunaman. Xulosa: keyingi qismgacha 30 ta reaksiya kutaman. Dangasalikni yengamiz, qadrdonlarim. (Ikkinchi bor eslatma, agar reaksiyaga loyiq koʻrmasangiz shart emas)
Hammasini ko'rsatish...
12🥰 2❤‍🔥 1 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.