cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Samarqandiyya

Bandalarimning ibodatlari ichida menga suyuklirog'i – Mening yo'limda yaxshi amallarga targ'ib hamda xolis nasihat qilishidir. (Hadisi Qudsiydan) Yaxshilik umidi ila.. Murojaat uchun: @Samarqandiyya_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
60
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+57 kunlar
+130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Dars qilgani tinch va salqinroq bo‘lgan joy tavsiya qiling, iltimos. Shovqin bo‘lmasligi muhim.. Yoshlar ijod saroyi shovqin bo‘lsa kerak deb o‘ylayman, yoki yaxshimi?
Hammasini ko'rsatish...
Istardimki, hayotimga kirgan inson baxtsiz chiqib ketmasin. Qalbimga kirgan inson umidsiz qolmasin. Qorong‘uligimni ko‘rgan nuri yo‘q ekan, deya qaytib ketmasin. Yaramni bilgan, u joyga tuz sepmasin. Dardimga shifo bo‘lsin.. Samimiyatimni ko‘rgan men uchun qadrli ekanini bilsin. Sukutimni ojizlik deya tushunmasin.. @r_samarqandiyya
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 6👍 1
Insonning ichida bir ovoz bor-a? Dooim gapirib turadi. Uni qilsang bunday bo‘ladi, buni qilsang unday, qilmagin shu ishni, hozirgi harakatingni hammasi puchga chiqsa-chi? Senga yaqin insonlaring tomonidan bildirilgan ishonchni oqlolmasang, keyingi rejalaring bormi? O‘sha ovozga aytaman: "Bo‘ldi! Stop! Hammasini eplayman, to‘g‘ri kuchlimasdirman, lekin mendan kuchli Biriga ishonaman! Jim bo‘lgin!" Oradan ko‘p ham vaqt o‘tmaydi. Biroz tinchlangan bo‘laman, yana o‘sha ovoz kela boshlaydi. Qiziq, bu ovoz kimning ovozi ekan? Ichimdagi qizning ovozimikan, yoki shaytonning? Axir, noumid shayton demasmidik? Nimalar bo‘lyapti o‘zi? O‘sha kelayotgan ovoz rahmatdan umidsiz qiladi. Gumonni chiroyli emas, balki aksini qiladi. Lekin U nima degan edi, "Men bandamning gumonidaman!" Aslida eng qiyini, ichimizdagi kelayotgan ovoz egasi bilan murosa qilib olishdir. Aynan o‘sha bilan hammasi barbod bo‘larmikan, deya o‘ylab qoldim. Dugonam aytgandilar, mening o‘ylashimcha, ayol-qizlar uchun eng muhimi hissiyotlarini boshqara bila olishdir. Shu sababli ham doim o‘zimni bundan ehtiyot qilaman, deya. Yuz foiz haq gap! Hozirgi kundagi eng katta muammolar aynan o‘sha hissiyotga berilish oqibatida bo‘ladi. Hissiyotni boshqara bilish esa nafs tarbiyasiga bog‘liqdir. @r_samarqandiyya
Hammasini ko'rsatish...
💯 3❤‍🔥 1
Nur Bugun bir narsa o‘qib qoldim. Insonlar bor, qanchadan-qancha kitoblarni o‘qigan, ilm olgan. Lekin nimadir bo‘lganki, hali ham Robbisini topmagan. Ularga qarab achinib ketadi kishi. To‘g‘ri-da, o‘ttiz, qirq yoinki undan ham ko‘p yashagan, haligacha Robbisini topmagan. Bundan boshqa boy berilishlik bormi bu hayotda?!
Ba'zan bandaning qalbidagi zarracha yomonlik, Robbisini topishga to‘siq bo‘ladi.
Alloh taolo ularga O‘zini tanitgan, nimadir bo‘lganki, o‘sha qalbidagi zarra qadar bo‘lgan yovuzlik deymizmi, o‘sha bo‘lsa, u nurni to‘sib turarkan. Mana nega qalbga bunchalik e'tibor berish lozim. Mana nega bo‘shliqni to‘g‘ri to‘ldirish muhim. @r_samarqandiyya
Hammasini ko'rsatish...
💔 4 2
Insonning dardi qo‘lni qimirlatib yozib yuborishga undaydi. Ammo shunday vaqtlar ham keladiki, u olov kamayib, sizni negadir to‘sadi. Qo‘ygin, degan ovoz keladi ichingizdan go‘yo. Uzundan-uzun postlar yozishni sog‘indim. Ich-ichimdan yonib yurishni sog‘indim. Ehh.. Shovqinli shahardan uzoqqa ketgim, haftalab telefonni unutadigan darajada yoqimli "tashvishli" bo‘lib yurgim bor..
Hammasini ko'rsatish...
3🌚 1
-2147483648_-216754.jpg1.31 KB
Ayni yillarda, kunlarda biz o‘zbeklar uchun dushmanning keragi yo‘q. Bizga o‘zimiz yetamiz. Chetdan kulib kuzatib turishibdi.
Hammasini ko'rsatish...
Ba'zi ne'matlar inson o‘laroq keladi. Aynan shu insonlarimdan bir deya bemalol Zoir qizini tavsiya qilolaman. Tanishganimizga ko‘p ham bo‘lmadi, ammo ular bilan bo‘lgan yuzma-yuz suhbatdan so‘ng angladimki, biz bir-birimizga kerakmiz.. Sizlarga esa kanallaridan faqat manfaat olasiz deya ulashyapman. Foydali qilsin.
Hammasini ko'rsatish...
Zoir qizi

•نصائح منها إليها •أهلا و سهلا بكم على دار الخلاصة .........................ّ •البيت بلا بنات •كالأرض بلا نبات ........................ •بنت مقرئ محمد زائر، لديها عالمها الخاص و تفضل أن تتكلم بنفسها.

Repost from N/a
Hozir zaiflar zamoni emas. Biroz loqaydlik qilsang tuzatib bo'lmas xatoga yo'l ochasan. Ogoh bo'l! Bee'tibor bo'lma, zakiy bo'l, hushyor bo'l. Atrofingda bo'layotgan voqealarga sog'lom tanqid bilan yondash. Ularni tahlil qil. Yechim qidir. Tuzatishga intil. Do'stlaring va ziyolilar bilan har doim muloqotda bo'l. O'zingni ilm qo'rg'oni bilan o'rab olmasang, johillik qo'shini sen yakson qilishiga hech shubha yo'q. Nega bunday deyapman? Chunki, agar onam mani qaytarib qolmaganlarida adashib qolishimga bir bahya qolgandi, Alloh rozi bo'lsin ulardan. Bo'lib ham man ahli ilmlar oilasida voyaga yetdim, man dinimni kitoblardan avval hayotimda yashab o'rgandim, ota-onam yashab berdilar, ular o'rnak bo'ldilar bizga, yana qo'shimchasiga 100ga yaqin kitob mutolaasi, xalq e'tirof etgan ustozlarning davomiy suhbatlari, o'zaro oilaviy muhokamalar va hkz, behisob shukrlar bo'lsin! Shunga qaramay yo'limdan toyilishimga bir qadam qolganda, onam saqlab qoldilar. Agar ular mandagi elementar o'zgarishni sezib qolmaganlarida, manga ooozgina e'tiborsiz bo'lganlarida, yoki manga ishonganlari uchun o'z holimga tashlab qo'yganlarida bilmadim hozir ahvolim qanday bo'lar edi. Ogohlikning naqadar muhimligini, nuqtadekkina befarqlik katta yo'qotishlar olib kelishini, ayniqsa, farzand tarbiyasida, boshimdan o'tqizgach bildim, his qildim va kerakli xulosa chiqardim. Azizlar, tengdoshlar, do'stlar, og'zingizni ochmang, media berayotgan har narsani qabul qilavermang, o'qing, o'rganing, ilm oling, o'zingizni band qiling, sizdan faqat yaxshiliklar qolsin! O'zingizdan kichiklarga, atrofingizdagilarga, qo'l ostingizdagilarga, ayniqsa, ta'kid bilan aytaman, ayniqsa farzandlaringizga hayrihoh bo'ling, e'tiborli bo'ling, ularni o'z holiga butunlay tashlab qo'ymang. Hushyor bo'ling! Zamon biroz qaltis! Sahih ilm talab qiling, xalq e'tirof etgan ustozalarnigina tinglang! 📝بنت زائر
Hammasini ko'rsatish...
3👍 1🕊 1
O‘zingni qanday inson ekanligingni bilmoqchi bo‘lsang * jaxling chiqqan vaqtida qanday o‘zingni boshqarasan * og‘zingdan chiqadigan ilk so‘zing nimadan iborat * mushkulotga tushib qolsag kimni eslaysan, shularga boqgin. Ko‘p narsani anglaysan shunda. Samarqandiyya
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.