cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Соябон остидаги аёл

Ijodiy kanal

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
830
Obunachilar
-324 soatlar
-27 kunlar
+7430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Soʻnggi kunlarini yashayotgan juvon, Xayollar suradi, xayollari hur. Hol soʻrasang, deydi: Yaxshiman, yaxshiman, "Xudoga shukr" (O, uning umidi naqadar soʻlim), Nahotki shu ayol umidichalik Bir umid topmasang jismu joningda. Halima Ahmedova
Hammasini ko'rsatish...
5👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati Kitoblar bu -- mo'jiza. Ishoning, bizni o'zgartirsa agar, kitoblargina o'zgartira oladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 3🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#kin_hikmati Kitoblar bu -- mo'jiza. Ishoning, bizni o'zgartirsa agar, kitoblargina o'zgartira oladi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#kitobdan Bolalarimizning bolalariga aytib beradigan hikoyamiz avvalida ikki jumla bo'ladi: Biz qo'rquv bilan yashadik va qo'rquv bilan o'ldik.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3😢 2👍 1
#Bahodir_Yenesheherlioğli #Antikvarchi "...Kimni topasiz hozir? Jamilbey zinaga borib qolgandi, o'girilib, o'g'liga jilmaydi. "O'g'lim, menga teginma, har yog'im bitmagan yaralarga to'la. Ichimdagi bolani davololmasam mahv bo'laman", degisi keldi. Ammo qalbi bu so'zlarning tiliga ko'chishiga monelik qildi. "Bilmasam, biror nasibasi qo'shilgani bordir", deyish bilan kifoyalandi va zinadan tushishda davom etdi. To'ylari bo'lgan oqshom Manisada xotinini zinadan ko'tarib chiqqanini esladi. Ko'ngli g'ash bo'ldi. Tuproqqa qo'ygan rafiqasining ashyolarini ikki jamadonga solib, zinalardan tushayotgandi. Bu qanday dunyoki, yashagan sari insonni har ko'yga soladi. Inson shuncha azoblarga va yo'qotishlarga qaramay tik oyoqda qolishga qodir. Inson qanday jumboqki, qarorlari vaqt o'tib o'zgaradi. Inson, inson.... deya ko'cha eshigiga yo'naldi, zulmatda bir nur porlasin, deya iltijo qildi." Bahodir Yenisheherlio'g'lining "Antikvarchi" kitobida xatolari qarshisida mulzam qolgan Jamilbey timsolida erkaklar hukmron jamiyatning og'riqli nuqtalari, yashirin yaralari haqida so'z boradi. Tan olishni istamasak-da, hammamizning ongimizda bolalikdan qolgan jarohatlar bor, kimdadir bu bitgan, kimda esa bitmay turib, usti mato bilan o'rab qo'yilgan. Ko'rinmaydi, ammo yara mato ostida gazak olib yotibdi. Qachonki, malham surilsagina bu yaralar bitadi, esa isitma aralash hayotda yashayveramiz. Vaqtida davolanmagan yaralar, ya'ni og'riqlarimiz, iztiroblarimiz bizni bir kun yeb bitiradi. So'ng o'zimiz og'riqqa(azoblovchiga) aylanamiz. Antikvarchi asar davomida ayni shu yaralarini o'quvchi bilan birga ochadi va malham qo'yadi. Oxirgi martasi Anna Dostoyevskayaning Xotiralar kitobi haqida shunaqa to'lib-toshib yozgandim. Bugun do'stim borki, bari bu kitobni o'qishini, o'zini topishini, o'zligiga nazar solishini istayman. "...Markaziy nuqta shu yer. Robbingga nima bilan borasan? Ichingdagi o'z aqling bilan. Ya'ni o'zliging bilan. Bir men bordir menda mendan ichkari. Chiqqan safaring o'zing tomonga boshlasa o'z ichingdagi tuzilmaga guvoh boʻlasan. Sen shu bosqichdan o'tishing kerak. Shu bosqichdan o'tganingdan so'ng yana yo'lingda davom etasan.    -- Tramplin kabimi?    -- Tramplin sen o'zingsan. Ibn Arabiy shunday degandi: "Men Allohga ayol bilan boraman".    -- Bu gapi o'z davrida tushunildimi? Jamilbey hamon tik oyoqda turardi.    -- Yo'q, anglab yetilsa Ibn Arabiyning naqadar qiymatli bir zot ekanligini anglagan boʻlishardi. Anglolmadilar. Anglolmaydilar ham, chunki ilm bu sir. Sen ham aytayotgan gaplarimni tamoman anglolmaysan. Mansur Hallojni anglashdimi? Aql uni tushuna oladigan zamondagina anglanadi..."
Hammasini ko'rsatish...
2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_kitob 🎉 ...Унгача мен газеталарга кичик хабарлар ёзиб тирикчилик қилардим; яна кекса аёлларга китоб ўқиб бериш, сунъий гуллар ясаш, болалар боғчаларида алифбо ўргатиш каби ишлар орқасидан бир неча фунт топардим. 1918 йилгача аёллар учун асосий касблар шулардан иборат эди. Қўрқаманки, бу юмушларнинг оғирлигини сизларга таърифлаб беролмайман, чунки уни бошдан ўтказган аёлларгина тушунади, яшаш қийин, сиз тинмай ҳаракат қиласиз. Аммо ўша кунларда менда пайдо бўлган қўрқув ва аччиқ изтиробдан ташқари бир азоб бор эди – бу одам ўзи хоҳламаган иш билан шуғулланиш, ўзини қулдек ҳис қилиш, хушомадгўйликка мажбур бўлиш, ўзбошимчалик қилолмаслик, таваккалга имкон йўқлиги.... Виржиния Вулф "Шахсий хона"
Hammasini ko'rsatish...
10👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Шоирлар – дунёнинг тан олинмаган қонун яратувчиларидир» Шелли
Hammasini ko'rsatish...
17👍 3👎 2
Adabiyot, kitoblar, san'at, ilm-fan va boshqa sohalaridagi eng faol blogerlarning sahifalarini bir joyga saralab to'pladik. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p vaqt o'tkazsangiz, bu sahifalar sizning vaqtingizni foydali, mazmunli va samarali o'tishiga yordam beradi. https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Hammasini ko'rsatish...
UzBookblogs

astronaut invites you to add the folder “UzBookblogs”, which includes 32 chats.

3👍 1
Bahodir Yangishaharlioʻgʻlining "Antikvarchi" asari tahririni tugatdim. Yoshligida uydan qochib uzoq uzoqlarga ketib qolishni xohlaydigan Jamilbeyning asl istagi nima ekanini o'shanda tushunmagan edi. U aslida, otasining zug'umlari ostida ezilayotgan onaizor nolalariga dosh berolmayotgandi. Har kungi bir xil manzaradan qochib ketmoqchi edi. Otasini tark etmoqchi edi. Uddalayolmadi. Onasini ko'zi qiymadi. Alaloqibat, bolalikdagi ruhiy jarohatlar, otasiga bo'lgan nafrat ongida, o'zi istamagan insonni shakllantirdi. Bora-bora o'zi ham otasiga o'xshab qoldi. Zolimga aylandi. O'zi qanchalar zulmdan qiynalgan bo'lsa, yaqinlarini ham ayni shu zulm bilan qiynadi. Har qadamda ularga ozor berdi. Bu esa to o'zini anglamagunicha davom etdi. "Gohida begonaga qilmagan ishimizni yaqinlarimizga nisbatan qo'llaymiz, ularni azoblaymiz. Nima uchun, yaqinlarimiz bizni tashlab ketolmagani uchunmi?" Bu o'runda o'g'li haq edi. Axir kishi o'z sevganlariga, o'zi uchun qadrli kishilarga nima uchun begonaga qilmagan adolatsiz munosabatni ravo ko'radi. Ular bizdan voz kechib ketolmaganlari uchunmi? "O'zgarmas qoidalar bilan belgilangan yo'l mavjud emas. Hammaga o'z yo'lini tanlash huquqini beradigan ilohiy mohiyat ichimizdadir." Jamilbey haqiqatni, hayotning ana shu mohiyatni anglab yetganida esa xotinidan ayrilgan edi. Atrofimizdagilar bizga sinov uchun yuborilgandirlar. Hamma o'z yo'lini o'zi bosib o'tishi, o'z taqdirini o'zi yashashi kerak. Yo'l oxirida esa bizni yo mukofot yo jazo kutib turibdi. "Hammamiz asl halovatni izlayotgan yo'lovchilarmiz. Bunga esa faqat Allohni anglash orqali erishiladi. O'zimizni anglamay turib esa Uni anglolmaymiz. Zamonamiz kishilari miyasida xomxayollarni yig'gani, fitratiga zid shart-sharoitlarda yashayotgani, qalbi kirlangani uchun yo'lini yo'qotib qo'ygan. Shu bois asl manzilga yetolmaydi va asl halovatga erisholmaydi. Shu bois inson insonga yov bo'ldi. Holbuki, inson insonga shifo bo'lmog'i kerak." Jamilbey bularni tushunib yetdi. Lekin atrofimizda ayni shu haqiqatni tushunib yetmaganlar, hali ham o'z yaqinlariga ozor berib yashayotgan kishilar talaygina. Bizning asl vazifamiz esa anglaganlarimizni ularga anglatishdir.
Hammasini ko'rsatish...
5👏 5🕊 2
Photo unavailableShow in Telegram
...Muhimi, haqni izlash yo'lida sobit bo'lmoqlikdir. Bunga olib boradigan yo'l ko'p, do'stim. Biz yoshligimizda istaganimiz jismonan sayohatga chiqish edi. Uydan, otamdan qochishni xohlaganimni sen ham bilarding. Endi tushundimki, haqiqatni topish uchun qayergadir ketish shart emas. Asil sir o'zimizning ichimizga amalga oshirajak safarimizda yashirin. Inson boshqa hech bir jonzot bilan qiyoslab bo'lmas darajada sirli mavjudot ekanini hisobga olsak, o'zimizni tanish mana shu jumboqni yechish demakdir. Aslida, barcha insonlar yetishmoqchi boʻlgan haqiqatning yo'llari ayro bo'lsa-da, asosi ayni. Hammamiz bir yo'ldamiz. Chunki yo'lda bo'lish umrini donishmandona o'tkazishdir. Haqiqat! Aslida, hammamiz shuni izlaymiz. Buning asosida esa mavjud bo'lish va to'g'ri yashash yotadi. Ishon menga, o'z javharini topgan inson baxtni mavjudlikning mohiyati bilan birlashtirgan on rostmana ozod bo'ladi. Ko'pincha, kimgadir ehtiyoj tuyishimizning sababi ham mana shunda. Bahodir Yangishaharlioʻgʻli "Antikvarchi"
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.