ADRENALIN
Kanalga Telegram’da o‘tish
#ADRENALIN #Tibbiyot talabalari va... #Tibbiyot xodimlari... #Uchun qulay formatdagi tibbiyot... #Bizni kuzatishda davom eting... You Tube: https://youtube.com/@Doctor_alliy Inst: https://www.instagram.com/Doctor_alliy #Reklama xizmati: @Doctor_aliy
Ko'proq ko'rsatish3 072
Obunachilar
+324 soatlar
+407 kunlar
+14230 kunlar
Postlar arxiv
3 072
🚨 GEPARIN – qon ivishning serinli proteazlar bilan bog'langan deyarli barcha omillarini bloklaydi. Trombinga qarshi kuchli faollikka ega, protrombinni trombinga o'tishiga to’sqinlik qilib, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi, qonning fibrinolitik hususiyatlarini biroz oshiradi. Geparin bilan birikkanda antitrombin III faolligi 700 barobarga ortib ketadi. Faollashgan modda qon ivishining XII a, XIa, Xa, VIIa, II a omillari hosil bo'lishini so'ndiradi.
✅ GEPARIN ni buyurishga asosiy ko’rsatmalar:
● O'tkir o'pka arteriyalari tromboz va
emboliyalari
● O'tkir miokard infarkti
● Nostabil stenokardiya
● Oyoq qo'l venalari trombozi
● Koronar ballonli angioplastika
● Boshqa arterial va venoz trombozlar
● DVS sindromning boshlang‘ich bosqichlar
@Addreenaaliin Qulay formatdagi tibbiyot
3 072
-лит, -литиаз, конкремент, тош - маъно жиҳатдан бир-бирига яқин сўзлар ва қўшимчалар.
- лит – объект (яъни тошнинг ўзи)
- литиаз – жараён (тош ҳосил бўлиш жараёни ёки касаллик)
Масалан: нефролит – буйракдаги тош, нефролитиаз – буйрак-тош касаллиги.
❇️ Конкремент (лотинча “concrementus”) – “зичлашиш”, “қаттиқлашиш” деган маънони билдиради.
✅ “Тош” дейилишига сабаб организмдаги тошлар таркиб жиҳатдан табиий тошларга ўхшаб кетади.
Масалан: буйрак тошлари вевеллит ва гидроксиапатит деган минерал тошга, ўт тошлари арагонит номли минералга, сўлак безидаги тош эса, тоғдаги тошларга ўхшайди.
⏺️ Ангиолит – қон томирдаги кальцинат (тош);
⏺️ Аппендиколит – чувалчангсимон ўсимтадаги тош;
⏺️ Бронхолит – бронхлардаги тош (бронхИОлит билан адаштирмаслик керак);
⏺️ Гепатолит – жигар ичи ўт йўлларидаги кальцинат;
⏺️ Копролит – ахлат тоши;
⏺️ Мастолит – кўкрак безидаги кальцинат;
⏺️ Нефролитиаз, уретеролитиаз, цистолит – буйрак, уретер, қовуқдаги тош;
⏺️ Отолит – ички қулоқдаги тош;
⏺️ Панкреатолитиаз – ошқозон ости бези найчаси(ductus pancreaticus)-даги тош;
⏺️ Ринолит – бурун бўшлиғидаги тош;
⏺️ Сиалолит – сўлак безларидаги тош;
⏺️ Тонзиллолит – бодомча безларидаги тош;
⏺️ Тораколит – плевра бўшлиғидаги кальцинат;
⏺️ Флеболит – веноз қон томирлардаги кальцинатланган тромб;
⏺️ Фронтолит – фронтал синусдаги тош;
⏺️ Холелитиаз, холедохолитиаз – ўт қопи, умумий ўт йўлидаги тош
#terminologiya #терминология
@Addreenaaliin Qulay formatdagi tibbiyot
3 072
💊 Papaverin
Xalqaro nomi: Papaverine hydrochloride
Farmakologik guruhi: Spazmolitik (miotrop)
Ta’sir mexanizmi: Fosfodiesteraza fermentini bloklaydi → cAMP oshadi → mushaklar bo‘shashadi
Ta’siri
Silliq mushaklarni bo‘shashtiradi
Qon tomirlarni kengaytiradi
Spazm va og‘riqni kamaytiradi
Ichki organlar faoliyatini yengillashtiradi
Qo‘llanilishi
Qon tomir spazmlari (miya, yurak, periferik)
Bronxospazm
Ichak, o‘t yo‘llari, siydik yo‘llari spazmlari
Buyrak va o‘t tosh kasalligi
Homiladorlikda bachadon tonusi oshganda
Premedikatsiya (ba’zan boshqa dorilar bilan birga)
💉 Chiqarilish shakllari
Tabletkalar: 10 mg, 40 mg
In’eksiya eritmasi: 2% (2 ml ampula)
Rektal shamchalar (suppozitoriyalar)
Dozalash
Kattalar uchun:
Ichga (peroral): 40–60 mg, kuniga 3–4 marta
In’eksiya (i/m, s/c): 20–40 mg
Nojo‘ya ta’sirlari
Bosh aylanishi
Arterial bosim pasayishi
Ko‘ngil aynishi
Allergik reaksiyalar
Qarshi ko‘rsatmalar
Og‘ir jigar yetishmovchiligi
Glaukoma
AV-blokada
Telegram sahifamiz
@Addreenaaliin Qulay formatdagi tibbiyot
3 072
🧠 “Har bir buyuk shifokor bir paytlar jim o‘tirib, katta orzu qilgan talaba edi.”
🎯 Quyidagi jildga orzularni ushalishiga yordam beruvchi kanallar joylangan ishonmasang kirib koʻr.
https://t.me/addlist/Q9OxIim-DW40OGNi
https://t.me/addlist/Q9OxIim-DW40OGNi
https://t.me/addlist/Q9OxIim-DW40OGNi
3 072
🗣: Hamma qidirayotgan "Oltin papka" topildi! ✨
🔹Sizga kerakli bo'lgan eng sara kanallar jamlanmasini bitta papkaga joyladik.
🔹Izlab yurishga hojat yo'q, shunchaki qo'shib oling va kuzatishni boshlang.
✓Bu jild — tavsiya emas.
✓Bu jild — saralash natijasi.
✓Ortiqcha postlar yo‘q.
✅Faqat o‘rganishga xizmat qiladigan kanallar
3 072
🦴 Bo‘g‘imlar (Juncturae) — skelet suyaklarini o‘zaro bog‘lab, inson harakatini ta’minlovchi tuzilmalardir.
Ular ikki katta guruhga bo‘linadi:
– Synarthroses – harakatsiz yoki kamharakat bo‘g‘imlar
– Diarthroses – erkin harakatlanuvchi (sinovial) bo‘g‘imlar.
🩺 X-Mind chizmada ularning asosiy farqlari ko‘rsatilgan.
3 072
💊 DEKSABUT
🔹 Dori shakli:
• Tabletkalar
• Inʼeksiya (ampula) – ayrim ishlab chiqaruvchilarda mavjud
🔹 Tarkibi:
• Deksametazon (glyukokortikosteroid)
🔹 Dori guruhi:
• Gormonal preparat
• Glyukokortikosteroid (GKS)
• Yalligʻlanishga va allergiyaga qarshi vosita
✅ Koʻrsatmalar (qachon qoʻllaniladi):
✔ Ogʻir allergik reaksiyalar (anafilaksiya, Kvinke shishi)
✔ Bronxial astma xuruji
✔ Yalligʻlanishli kasalliklar (revmatizm, artritlar)
✔ Shok holatlari (travmatik, toksik, allergik)
✔ Miya shishi (intrakranial bosim oshishi)
✔ Autoimmun kasalliklar
✔ Ogʻir infeksiyalarda (faqat kompleks davoda!)
💉 Qoʻllash usuli va dozasi:
📌 Kattalar:
• Tabletkalar: 0,5–9 mg/kun, holatga qarab
• Inʼeksiya: 4–20 mg/kun (ogʻir holatlarda oshirilishi mumkin)
📌 Bolalar:
• 0,02–0,3 mg/kg/kun
• Faqat shifokor nazoratida!
⚠ Doza asta-sekin kamaytirib bekor qilinadi (toʻsatdan toʻxtatish mumkin emas!)
⛔ Qarshi koʻrsatmalar:
❌ Deksametazonga allergiya
❌ Oshqozon va 12 barmoqli ichak yarasi
❌ Ogʻir gipertenziya
❌ Qandli diabet (ehtiyot bilan)
❌ Osteoporoz
❌ Virusli va zamburugʻli infeksiyalar (davolanmagan holatda)
⚠ Nojoʻya taʼsirlari:
⚠ Immunitet pasayishi
⚠ Qand miqdorining oshishi
⚠ Oshqozon ogʻrigʻi, yara chaqirishi
⚠ Shishlar (suyuqlik ushlanishi)
⚠ Vazn ortishi
⚠ Uyqusizlik, asabiylik
⚠ Uzoq qoʻllanganda — buyrak usti bezlari faoliyati susayishi
❗ Muhim eslatmalar:
‼ Faqat shifokor tavsiyasi bilan qabul qilinadi
‼ Uzoq muddat nazoratsiz ichish xavfli
‼ Infeksiya belgilari yashirilishi mumkin
3 072
🟢 XOLESISTIT (o‘t pufagi yallig‘lanishi)
🔹 Asosiy dori guruhlari
1. Antibiotiklar (infeksiya bo‘lsa)
Seftriakson
Sefotaksim
Amoksiklav
Siprofloksatsin + Metronidazol
2. Spazmolitiklar
Drotaverin (No-spa)
Papaverin
Platifillin
3. Og‘riq qoldiruvchilar
Ketorolak
Baralgin
4. O‘t haydovchi dorilar (faqat o‘tkir og‘riq bosilgach)
Alloxol
Ursodezoksixol kislota (UDXA)
5. Detoksikatsiya
NaCl 0,9%
Ringer eritmasi
🟡 XOLANGIT (o‘t yo‘llari yallig‘lanishi)
🔹 Asosiy dori guruhlari
1. Keng ta’sirli antibiotiklar (IV)
Seftriakson + Metronidazol
Piperatsillin/tazobaktam
Meropenem (og‘ir holatda)
2. Spazmolitiklar
Drotaverin
Papaverin
3. Antipiretiklar
Paratsetamol
4. Infuzion terapiya
NaCl
Ringer
5. Qo‘shimcha choralar
Endoskopik drenaj (ERCP) – zarurat bo‘lsa
🔴 PANKREATIT (oshqozon osti bezi yallig‘lanishi)
🔹 Asosiy dori guruhlari
1. Oshqozon osti bezini “dam oldirish”
Ochlik (NPO)
Sovuq (epigastriy sohasiga)
2. Og‘riq qoldiruvchilar
Tramadol
Ketorolak
3. Antiferment dorilar
Aprotinin (Kontrikal)
Gordoks
4. Antisekretor dorilar
Omeprazol
Pantoprazol
5. Spazmolitiklar
No-spa
Platifillin
6. Antibiotiklar (faqat infeksiyalangan nekrozda)
Karbapenemlar
Sefalosporinlar + Metronidazol
7. Ferment preparatlari (faqat o‘tkir davr o‘tgach)
Pankreatin
Kreon
⚠️ MUHIM ESLATMA
O‘tkir davrda o‘t haydovchi va fermentlar berilmaydi
Antibiotiklar faqat ko‘rsatma bo‘lsa
Og‘ir holatlar statsionar sharoitda davolanadi
@Addreenaaliin Qulay formatdagi tibbiyot
3 072
🗣Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari,
siz uchun bomba kanallarni bir jildga yigʻib olib keldim ✅
Bu jildga qoʻshilsangiz klinik fikrlashingiz ancha oshadi 💯
🫴 Kutib oling 2026- yilning eng sara tibbiyot kanallari:
https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
https://t.me/addlist/QWetZhB4fe4xMDAy
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
