uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 51 588 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 568-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 438-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 51 588 obunachiga ega bo‘ldi.

04 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 687 ga, so‘nggi 24 soatda esa -198 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 24.98% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.54% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 12 886 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 562 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 116 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 05 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

51 588
Obunachilar
-19824 soatlar
-1 4717 kunlar
-2 68730 kunlar
Postlar arxiv
🚋 Norvegiyada tramvay relsdan chiqib ketib Apple do’koniga urildi. Hech kim jabrlanmagan. Kimdir yangi iPhone olishga shoshi
+2
🚋 Norvegiyada tramvay relsdan chiqib ketib Apple do’koniga urildi. Hech kim jabrlanmagan. Kimdir yangi iPhone olishga shoshilgan shekilli :) 📟 DigiTech

+2
⚡️Telegram kichik, ammo ajoyib yangilanishni chiqardi: — Endi allaqachon yuborilgan xabarlarga fotosuratlar va videolarni biriktirish mumkin; — Endi videolarni ko’rayotganda sifatini tanlash mumkin; — Shaxsiy yozishmalar va kanallarda xabarlarni tahrirlangan vaqti endi ko’rinib turadi. Yangilanish bilan ko’pchilikka yoqmaydigan narsa ham qo’shilgan, endi botlarda ham Telegram reklama chiqarishni boshlaydi. 📟 DigiTech

+3
🚘 Yo’llarda yurishga ruxsat berilgan dunyodagi eng eski avtomobil Benz Victoria № 99 bo'lib, u hali ham Germaniya ko’chalarida harakatlanadi. 1894-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil Einbeck shahri muzeyiga tegishli, muzey xodimlari uni doimiy texnik ko’rikdan o’tkazib turishadi va ba’zan ommaviy yo’llarga olib chiqishadi. Avtomobilda faralar o’rniga sham chiroqlar mavjud, shuning uchun uni faqat kunduzi haydash ruxsat berilgan, maksimal tezligi 27 km/soat bo’lganligi uchun esa asosiy yo’llarda yurish ta’qiqlangan. 📟 DigiTech

📲 iOS 18.1 ga qo’ng’iroqlarni yozib olish funksiyasi qo’shildi. Buning uchun qo’ng’iroq paytida yuqori chap burchakdagi belg
📲 iOS 18.1 ga qo’ng’iroqlarni yozib olish funksiyasi qo’shildi. Buning uchun qo’ng’iroq paytida yuqori chap burchakdagi belgini bosish kerak. Ikkala tomon ham suhbat yozib olinayotgani haqida ogohlantirish oladi. Yozuv qo’ng’iroq tugashigacha davom etadi, avvalroq to’xtatish ham mumkin. Fayl «Заметки» da saqlanadi. Oddiy va FaceTime orqali qo’ng’iroqlar bilan ishlaydi. Messenjerlar orqali suhbatlarni yozib bo’lmaydi. Apple Intelligence orqali yozuvni transkripsiya qilish mumkin. Android'larda otam davridan beri bor yana bir funksiya iOS'ga qo’shildi :) 📟 DigiTech

⚡️Islandiya haftasiga to’rt kunlik ish kunini joriy qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin. Ish haqini kamaytirm
⚡️Islandiya haftasiga to’rt kunlik ish kunini joriy qilgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin. Ish haqini kamaytirmasdan ish vaqtini qisqartirish bo’yicha o’tkazilgan tajriba o’z samarasini ko’rsatdi: xodimlarning ish qiyinligidan shikoyatlari kamaygan, samaradorligi esa oshgan. Ishsizlik darajasi ham Yevropadagi eng past ko’rsatkich bo’ldi. Mamlakat aholisining 51 foizi allaqachon shu grafikga o’tishgan. Ish samaradorligining saqlanib qolishi va hatto ortishi, ishchilar ko’proq vaqtini oila va dam olishga sarflashayotgani bilan izohlandi, buning natijasida ular yaxshiroq ishlab, kamroq chalg’ishyapti. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda qirg’oqdan uzoqroqqa joylashtirish mumkin bo’lgan, to’lqinlarga chidamli quyosh elektr stansiyasini sinovdan o‘tkazish boshlandi. U 434 ta paneldan iborat bo’lib, balandligi 10 metrgacha bo’lgan to’lqinlarga bardosh bera oladi, bir nechta langar tufayli esa bir joyda qoladi. G’oyaga ko’ra, bunday platformalar quruqlik maydonini egallamasdan, dengizdagi shamol turbinalari yonida suzadi. Sinovlar bir yil davom etadi, shundan so’ng muhandislar samaradorlikni baholab uni takomillashtirishadi. 📟 DigiTech

Yandex xalqaro dasturlash chempionatida umumiy mukofot jamg‘armasini 2,1 milliard so‘mga yetkazdi. Mashinali o‘rganish yo‘nal
+1
Yandex xalqaro dasturlash chempionatida umumiy mukofot jamg‘armasini 2,1 milliard so‘mga yetkazdi. Mashinali o‘rganish yo‘nalishi bo‘yicha turnir finalchilariga qo‘shimcha 350 million so‘m qo‘shiladi va bunday finalchilar soni 6 nafardan 22 nafarga ko‘payadi. Investitsiyalar ML mutaxassislarini qo'shimcha qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Mashina o'rganish bo'yicha Yandex kubogida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati 4-noyabrgacha uzaytirildi.

📺 YouTube asosiy sahifaning yangi dizaynini sinovdan o’tkazmoqda. Endi videolar ostida chiqarilgan sana va ko’rishlar soni y
📺 YouTube asosiy sahifaning yangi dizaynini sinovdan o’tkazmoqda. Endi videolar ostida chiqarilgan sana va ko’rishlar soni yo’q. Platforma yangi blogerlarga yordam bermoqchi. Foydalanuvchilar videoni qanchalik mashhur ekanligini ko’rishmaydi va ularni faqat sarlavha va muqova bo’yicha tanlashadi. Hozircha ushbu yangilanish faqat cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun paydo bo’ldi. Twitter'da allaqachon muhokamalar boshlanib ketgan, ko’pchilik faqat ko'rishlar sonini olib tashlash kifoya edi deb hisoblashyapti. Videoni chiqqan sanasi va dolzarbligi hali ham muhim. 📟 DigiTech

+4
📱Xiaomi kompaniyasi Apple ekotizimini qo’llab-quvvatlaydigan yangi 15 va 15 Pro flagmanlarini namoyish etdi: iPhone, iPad va Mac'ga fayllarni uzatishingiz, umumiy hujjatlarni ko’rishingiz va Mac orqali smartfonni boshqarishingiz mumkin. Xiaomi 15 — eng yangi Snapdragon 8 Elite, iPhone 16 Pro'dan ham yupqaroq ramkali 2K 6,36 dyuymli ekran, 90 Vt quvvatga ega 5400 mA/soat batareya va uchta 50 MP kamera bilan jihozlangan. Xitoyda narxi — 630 dollardan. Xiaomi 15 Pro — 6,73 dyuymli displey va kattaroq batareyaga ega - 6100 mA/soat. Asosiy xususiyati 5x optik zumli uchta 50 megapikselli Leica kameralari. Narxi — 742 dollardan. Smartfonlar 40 ta rangda, jumladan, orqa tomoni 3D oynali maxsus Bright Silver Edition versiyasi ham mavjud. 📟 DigiTech

📲 Indoneziya hukumati har qanday iPhone 16 sotuvlarini taqiqlab qo’ydi. Apple mamlakat oldidagi investitsiya majburiyatlarin
📲 Indoneziya hukumati har qanday iPhone 16 sotuvlarini taqiqlab qo’ydi. Apple mamlakat oldidagi investitsiya majburiyatlarini bajarmadi, iqtisodiyotga talab qilinadigan 109 million dollardan atigi 15,3 million dollar sarmoya kiritgan. Bunday investitsiyalar talab qilinishi sababi — chet el kompaniyalari o’z uskunalarida Indoneziyada ishlab chiqarilgan komponentlarning kamida 40 foizidan foydalanishni talab qiluvchi qonun mavjud. Hindistonda ham shunga o’xshash qonun amal qiladi. Bugungi kunda Indoneziya Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik iqtisodiyot markazi bo’lib, qariyb 300 million aholi va 350 milliondan ortiq faol mobil telefonlarga ega. 📟 DigiTech

📚Talabalar va o’quvchilar uchun foydali neyrotarmoq — Plus AI neyrotarmog’i Google Slides yoki PowerPoint'da chiroyli taqdimot tuzib beradi. SI tom ma’noda hamma narsani o’zi qiladi: matn, rasmlar yaratadi va eng muhimi, hamma narsani chiroyli jamlab beradi. Neyrotarmoq pullik, lekin ro’yxatdan o’tib bir hafta bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+1
✍️ Rassom Nialla Shukl o’zining g’ayrioddiy san’ati bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’ldi — u portretlarni oynadagi yoriqlar yordamida chizadi. Uning ishi ancha mashaqqatli — bitta noto’g’ri yoki juda kuchli zarba ham rasmni buzilishiga sabab bo’ladi. Rasmlar ajoyib chiqqani uchun unga hatto yangi Call of Duty o’yini uchun poster buyurtma qilishdi. 📟 DigiTech

⚡️Apple Private Cloud Compute bulutli serverlarini buza olganlarga 1 million dollargacha to’lashga tayyor. Unchalik muhim bo’
⚡️Apple Private Cloud Compute bulutli serverlarini buza olganlarga 1 million dollargacha to’lashga tayyor. Unchalik muhim bo’lmagan zaifliklarni aniqlaganlar uchun esa mukofot 50–250 ming dollarni tashkil qiladi. Vazifani osonlashtirish uchun kompaniya asosiy kodga, virtual muhitga va zaifliklarni aniqlash uchun texnik ko’rsatmalarga kirish huquqini berdi. Xakerlar uchun ro’yxatdan o’tishga havola. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyda onlayn efirda koinotga har biri 140 000 dollarlik ikkita chipta bir necha soniyada sotildi. Chiptalarni sotgan Deep Blue Aerospace kompaniyasi onlayn translyatsiyasiga 3 millionga yaqin odam kirdi. Sayohatga jami 6 kishi boradi, qolgan chiptalarni keyinroq sotishadi. Ushbu «omadli» odamlar koinotga 2027-yilda uchishadi va u yerda 12 daqiqa bo’lishadi. 📟 DigiTech

🎥 Tom Holland ishtirokidagi yangi «O’rgimchak-odam 4» filmi 2026-yilning 24-iyulida chiqadi. Variety nashri yozishicha, film
🎥 Tom Holland ishtirokidagi yangi «O’rgimchak-odam 4» filmi 2026-yilning 24-iyulida chiqadi. Variety nashri yozishicha, filmni suratga olish 2025-yilning yozida boshlanadi, premyerasi esa yangi «Qasoskorlar» chiqqanidan ikki oy o’tgach bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning EngineAI kompaniyasi «eng realistik yuradigan» robotni ko’rsatdi — u haqiqatdan odam kabi harakatlanmoqda. Gumanoidning bo’yi 170 sm, og’irligi 55 kg, bir zaryadda esa ikki soatgacha ishlaydi. Hozircha bu faqat prototip, ishlab chiqarishni 2025-yilda boshlashni rejalashtirishmoqda. Izohlarda odamlar robotning haqiqiy ekanligiga shubha qilishyapti. Siz qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

🚘 Xitoy avtomobillari nomlarini to’g’ri talaffuz qilish bo’yicha mahalliy aholidan master-klass. Changan va Haval talaffuzi ko’pchilikni ajablantirishi aniq :) 📟 DigiTech

⚡️OpenAI dekabrgacha yangi Orion modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, model GPT-4 dan 100 baroba
⚡️OpenAI dekabrgacha yangi Orion modelini chiqarishni rejalashtirmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, model GPT-4 dan 100 barobar kuchliroq bo’ladi. Oriondan birinchi bo’lib foydalanish huquqiga hamkor kompaniyalar ega bo’ladilar, ular model asosida o’z mahsulotlarini ishlab chiqishadi. Mish-mishlarni Sem Altman'ning ishorasi han tasdiqlaydi. Sentyabr oyidagi tvitida u qishki yulduz turkumlarini ko’rishni intiqlik bilan kutayotgani haqida yozgan edi. Ularning eng yorqini — Orion. 📟 DigiTech

📚 Garvard noldan dasturlash bo’yicha bepul onlayn kursni boshladi. Ular IT va dasturlash tillaridagi asosiy tushunchalar, ju
📚 Garvard noldan dasturlash bo’yicha bepul onlayn kursni boshladi. Ular IT va dasturlash tillaridagi asosiy tushunchalar, jumladan Python va JavaScript haqida. Ularning yozishicha, barchasini taxminan 11 haftada o’rganib bo’lasiz — tezroq bo’lishi ham mumkin. Loyiha 31 dekabrda yopiladi, shuning uchun shoshilish kerak. 219 dollarga Garvard universitetining rasmiy sertifikatini ham olishingiz mumkin, ammo bu ixtiyoriy. 👉 Bepul kursga havola. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Do’konlardagi 99 foiz suvlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud. Olimlar 15 ta mamlakatda 87 ta brendning suvini
⚡️Tadqiqot: Do’konlardagi 99 foiz suvlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud. Olimlar 15 ta mamlakatda 87 ta brendning suvini tekshirishdi va ularning deyarli barchasida PFAS — parchalanmaydigan birikmalar topildi. PFAS immunitet tizimini zaiflashtiradi, jigar faoliyatini buzadi va saratonning ayrim turlarini rivojlanish xavfini oshiradi. Bunga yechim suvni filtrlash yoki qaynatib ichishdir — bu zaharli kimyoviy moddalarning ko’pini o’ldiradi. 📟 DigiTech