uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 51 190 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 588-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 449-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 51 190 obunachiga ega bo‘ldi.

05 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 645 ga, so‘nggi 24 soatda esa -209 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 24.85% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.05% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 12 770 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 275 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 117 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 06 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

51 190
Obunachilar
-20924 soatlar
-1 4487 kunlar
-2 64530 kunlar
Postlar arxiv
🚀 Kosmik sayyohlar tarixda birinchi bor ochiq koinotga chiqishdi. Kosmik kema bortini birinchi bo’lib milliarder Jared Ayzekman tark etdi, sal o’tib unga SpaceX muhandisi Sara Gillies qo’shildi. Ular Yerdan 700 km dan ortiq balandlikda proyektsiyali displeyga ega yangi skafandrlarni sinovdan o’tkazishdi. Aytgancha, Crew Dragon kapsulasida havo shlyuzi yo’q, shuning uchun bortda qolgan odamlar ham skafandrda o’tirishgan. 📟 DigiTech

🎧 129 dollarlik yangi AirPods 4 qutisida endi hatto zaryadlovchi kabel ham yo’q — faqat quloqchinlar. Kompaniya «har qanday
🎧 129 dollarlik yangi AirPods 4 qutisida endi hatto zaryadlovchi kabel ham yo’q — faqat quloqchinlar. Kompaniya «har qanday mos keluvchi» USB-C kabelidan foydalanishni tavsiya qilmoqda, masalan, iPhone'nikidan. Apple'ning alohida USB-C kabeli 19 dollar turadi, adapter uchun esa yana 38 dollar to’lashga to’g’ri keladi. Bahonalari ham tayyor, ekologiyani asrashyapti :) 📟 DigiTech

🚀 Kecha sayyohlar uchirilgan SpaceX kosmik kemasi Yerdan 1400 km rekord balandlikka yetdi. «Apollon» davridan beri odamlar bunchalik uzoqqa uchishmagan edi: taqqoslash uchun, hozir hamma uchayotgan XKS 400 km balandlikda joylashgan. Ertaga esa to’rtta ekipaj a’zosidan ikkitasi kosmik turizm tarixida birinchi marta ochiq kosmosga chiqishadi. 📟 DigiTech

🤖 Angliyalik olimlar miyaga qon quyilishini tezda to’xtata oladigan nanorobotlarni ishlab chiqishdi, ular yorilgan tomirlar
🤖 Angliyalik olimlar miyaga qon quyilishini tezda to’xtata oladigan nanorobotlarni ishlab chiqishdi, ular yorilgan tomirlar joyiga tezda yetib borib qonni to’xtatuvchi dorini sepishadi. Ushbu nanorobotlar yaqin kelajakda anevrizma va aorta yorilishidan o’limning oldini olishga yordam beradi, shuningdek, ularni boshqa sohalarda ham qo’llash mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

☀️ Astrofotograf Endryu Makkarti Quyoshning go’zal taymlapsini ko’rsatdi, unda Yerdan bir necha barobar kattaroq plazma oqiml
+1
☀️ Astrofotograf Endryu Makkarti Quyoshning go’zal taymlapsini ko’rsatdi, unda Yerdan bir necha barobar kattaroq plazma oqimlari aks etgan. Uning so’zlariga ko’ra, uyining hovlisidan maxsus teleskop yordamida suratga olgan. 40 soniyali videoni yasash uchun 5 soat davomida suratga olib, so’ng 500 mingga yaqin fotosuratni kadrlab birlashtirib chiqqan. 📟 DigiTech

📲 iOS 18 yangilanishi 16-sentyabrda chiqadi. 📟 DigiTech
📲 iOS 18 yangilanishi 16-sentyabrda chiqadi. 📟 DigiTech

⚡️Fotosuratlarni o’zingiz istagandek tahrirlash endi yanada osonlashdi — Reshot AI neyron tarmog’i chiqdi. Neyrotarmoq tabassum qo’shish, ko’zlar va yuz holatini o’zingiz istagandek o’zgartirish imkonini beradi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Apple taqdimotida asosiy nimalar namoyish etildi: Apple Watch Series 10 – Qurilma tarixidagi eng katta displey, burchakdan
+4
⚡️Apple taqdimotida asosiy nimalar namoyish etildi: Apple Watch Series 10 – Qurilma tarixidagi eng katta displey, burchakdan qaralganda 40% yorqinroq; – Korpus qalinligi – 9,7 mm, oldingi modeldan 10% kamroq; – Apple Watch Series 9 dan 20% yengilroq; – 50 metrgacha chuqurlikka tushish mumkin; – Narxi 399 dollardan. Apple Intelligence – Kayfiyatingizga moslab xat yozadi; – Emoji va rasmlar yaratadi; - Keraksiz bildirishnomalarni olib tashlab faqat sizga keraklisini ko’rsatadi; – Siri bilan birga ishlaydi; – Kamerani biror narsaga qaratganingizda, u haqida ma’lumot beradi. iPhone 16 Suratga olish rejimlarini boshqarish imkonini beruvchi harakat tugmasi va sensorli slayder qo’shildi. Yangi protsessor 30% samaraliroq. Narxi $799 dan. iPhone 16 Pro va Pro Max - Yangi rang «Desert Titanium» qo’shildi; – Displey kattalashdi; – 15 Pro’dan 15% tezroq; – Smartfonlar ichidagi eng kuchli protsessor va ingichka ramkalar; – Kameralar biroz yaxshilandi, 5x kattalashtirish mavjud; – Kamera soniyasiga 4k120 kadr tezlikda suratga oladi; – 4 ta studiya sifatidek yozuvchi mikrofon o’rnatilgan. Narxi 16 Pro 999 dollardan, Pro Max 1199 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

📱 Apple taqdimotiga sanoqli soatlar qoldi. Bugun Apple iPhone 16 seriyasi, Apple Watch Series 10, ikkita AirPods 4 va iOS 18
📱 Apple taqdimotiga sanoqli soatlar qoldi. Bugun Apple iPhone 16 seriyasi, Apple Watch Series 10, ikkita AirPods 4 va iOS 18-ni namoyish etishi kutilmoqda. Taqdimot Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. 📟 DigiTech

⚡️Ilon Mask ikki yildan so’ng Marsga Starship raketasini jo’natishga, 20 yildan keyin esa u yerda shahar qurishga va’da berdi
⚡️Ilon Mask ikki yildan so’ng Marsga Starship raketasini jo’natishga, 20 yildan keyin esa u yerda shahar qurishga va’da berdi. Birinchi parvozlar uchuvchisiz amalga oshiriladi va agar ular muvaffaqiyatli bo’lsa, keyingi qadam odamlarni jo’natish bo’ladi. Maskning so’zlariga ko’ra, ekipajlar Marsga to’rt yildan so’ng ucha boshlaydi. Milliarder, shuningdek, g’oya muvaffaqiyatli bo’lishi uchun har bir tonna yukni Marsga yetkazish xarajatlarini 1 milliard dollardan 100 ming dollargacha kamaytirish zarurligini ta’kidladi: bu vazifa «qiyin, ammo imkonsiz emas». 📟 DigiTech

📱YouTube blogerlar og’irligi 200 kg bo’lgan ikki metrli iPhone 15 Pro Max’ni yig’ishdi. Bu qurilma smartonning eng katta nusxasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Korpus alyuminiydan yasalgan, displey sifatida 88 dyuymli televizor o‘rnatilgan, sensorli ekran qo’shilgan, kameralar linzalarini o’xshatish uchun esa Canon EOS R5 va Sony RX10 Mark kameralaridan foydalanishgan. iOS'ni o’xshatish uchun Androidga iOS launcherini o’rnatishgan. Smartfon to’liq ishlaydi, uni yasash uchun 3 oy vaqt va 70 000 dollar ketgan. 📟 DigiTech

⚡️Issiq xonada miya yaxshi ishlamaydi: xona haroratini 32°C dan 23°C gacha tushirish talabalarga imtihonni 13% ga yaxshiroq t
⚡️Issiq xonada miya yaxshi ishlamaydi: xona haroratini 32°C dan 23°C gacha tushirish talabalarga imtihonni 13% ga yaxshiroq topshirishga yordam berdi. Olimlar so‘nggi 13 yil ichida Nyu-York shahrida o’quv xonalari issiqligi tufayli yarim millionta odam imtihondan o’ta olishmaganini aniqlashdi. Barcha o’quv xonalarida konditsioner bo’lishi zarurdir. 📟 DigiTech

⚡️AQSh'lik yigit neyrotarmoqda generatsiya qilingan musiqalar orqali 10 million dollar ishlab topdi va endi uni 60 yilgacha q
⚡️AQSh'lik yigit neyrotarmoqda generatsiya qilingan musiqalar orqali 10 million dollar ishlab topdi va endi uni 60 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. U kamida 2017-yildan beri neyron tarmoqlardan foydalangan holda xayoliy guruhlar treklarini generatsiya qilib, ularni Apple Music, Spotify va YouTube Music'ga yuklab kelgan, so’ng botlar yordamida eshitishlar sonini ko’paytirib topga olib chiqqan. Bunda unga mahalliy sun’iy intellekt startapi yordam bergan, muvaffaqiyatli oylarda 100 000 dollardan ko‘proq daromad olishgan, biroq vaqt o’tib striming kompaniyasi nimadir noto’g’ri ekanligidan shubhalanib, FQB bilan bog’langan. 📟 DigiTech

⚡️Maktab o‘quvchisi SI startap ochib 1 million dollar ishlab topdi. Zak neyron tarmoqlar yordamida fotosuratlardan kaloriyani
⚡️Maktab o‘quvchisi SI startap ochib 1 million dollar ishlab topdi. Zak neyron tarmoqlar yordamida fotosuratlardan kaloriyani hisoblaydigan Cal AI ilovasini ishga tushirdi, uni allaqachon 100 mingdan ortiq odam yuklab olgan. May oyida loyiha tom ma'noda hech qancha turmas edi, ammo sal o’tib shartnomalar, investorlar va blogerlar kela boshladi. Yigit darslar o’rtasida ish bo’yicha qo’ng’iroqlarga javob berib o’tirgan va vaqti-vaqti bilan ishi sabab maktabga bora olmagan. Kecha 17 yoshli Zak yuqori sinfdagi birinchi darsiga bordi, uning ilovasi esa allaqachon 1,1 million dollar daromad keltirgan. 📟 DigiTech

💻 Lenovo o’zi ochiladigan va ovozli buyruq bo’yicha displeyni aylantiradigan noutbukni namoyish etdi. Kichik motorli burilish tizimi tufayli gadjet avtomatik ravishda ekranni siz tomonga aylantiradi, shuningdek, planshetga aylanadi va buyruq bo’yicha ochilib-yopiladi. Bu hozircha faqat konseptsiya. Texnologiya ommaviy ishlab chiqarilishi aniq emas. 📟 DigiTech

⚡️Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan keyin birinchi bor vaziyatga izoh berdi. Durov avvalroq Telegram orqali Fransiya
⚡️Pavel Durov Fransiyada hibsga olinganidan keyin birinchi bor vaziyatga izoh berdi. Durov avvalroq Telegram orqali Fransiya hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda yordam bergan. Fransiya rasmiylarida Telegram vakillari va Pavel bilan shaxsan muloqot qilish uchun barcha kontaktlar bo’lgan, biroq ular muammoni hal qilishning boshqa yo’lini tanlashgan. Messenjer kelishuvga erishib bo’lmaydigan davlatlarni tark etishga tayyor, bunga misol Rossiya va Eron.
Biz prinsiplarimizga to’g’ri kelmaydigan bozorlarni tark etishga tayyormiz, chunki biz buni pul uchun qilmaganmiz. Bizni niyatimiz yaxshilik qilish va odamlarning asosiy huquqlarini himoya qilishdir, ayniqsa, bu huquqlar buzilayotgan joylarda.
Telegram har kuni millionlab zararli postlar va kanallarni bloklaydi. Yaqin kelajakda esa moderatsiya bundan ham yaxshilanadi. Pavel bu bo’yicha tafsilotlarni yaqin orada baham ko’rishga va’da berdi. Shuningdek, uni qo’llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi. 📟 DigiTech

+2
☄️ Filippin osmonida yorqin yonayotgan asteroidni suratga olishdi. Qizig’i shundaki, bu astronomlar insoniyat tarixida faqat to’qqizinchi marta kosmik jismni Yerga qulashidan oldin aniqlay olishgan holatidir. Ushbu asteroid hech qanday xavf tug’dirmadi — o’lchami bir metrdan sal oshiqroq bo’lib, atmosferada taxminan 63 360 km/soat tezlikda butunlay yonib ketdi. 📟 DigiTech

🚘 Porsche Bangkokda to’g’ri kvartiralarni ichida garajlari bo’ladigan mega-lyuks ko’p qavatli uyni quradi. 21 qavatli minora
+3
🚘 Porsche Bangkokda to’g’ri kvartiralarni ichida garajlari bo’ladigan mega-lyuks ko’p qavatli uyni quradi. 21 qavatli minorada maydoni 1135 m² gacha bo'ladigan jami 22 ta xonadon, shuningdek, basseyn va fitnes zallari bo’ladi. Avtomobil bilan kirish uchun esa alohida yo’l bo’ladi, ular uylarni 15 dan 40 million dollargacha sotishni rejalashtirishmoqda. Aytgancha, avtomobillarni to’g’ridan-to’g’ri kvartiralarga olib kirish uchun liftlari bo’lgan birinchi Porsche Tower Mayamida qurilgan. 📟 DigiTech

💻 8 yoshli bola mini-o’yinli veb-saytlar yasamoqda. Uning dasturlashda hechqanday tajribasi yo'q: faqat Claude AI, Cursor va ikki soat mehnat. Bola bunday loyihalarga kuniga bir necha soat sarflaydi va allaqachon 100 dan ortiq loyihalarni bitirgan. Otasi faqat kod uchun dasturni sozlashga yordamlashadi. Xohish bo’lsa imkoniyat topiladi. 📟 DigiTech

⚡️Smartfoningiz sizni kuzatmoqda 404 Media nashrining qo’liga kuzatuv faktini tasdiqlovchi Google va Meta'ning asosiy reklama
⚡️Smartfoningiz sizni kuzatmoqda 404 Media nashrining qo’liga kuzatuv faktini tasdiqlovchi Google va Meta'ning asosiy reklama hamkori bo’lgan Cox Media Group (CMG) taqdimoti tushib qoldi. CMG taqdimotiga ko’ra, u mijozlariga «faol tinglash» xizmatini taklif etadi, bu maxsus sun’iy intellektga smartfoningiz atrofidagi suhbatlarni tinglash, shuningdek, foydalanuvchining onlayn faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Active Listening har qanday smartfon mikrofonidan har qanday tovushlarni yozib oladi. Uning algoritmlari mijozlarga eng aniq reklamani taqdim etish imkonini beradi. Misol uchun, «yangi futbolka kerak» iborasidan so’ng u odam futbolkalar reklamalari oqimini ko’rishni boshlaydi. CMG ning eng asosiy mijozlari — Google, Amazon va Meta'dir. Eng qizig’i Google va Meta o’z resurslaridan CMG haqidagi har qanday eslatmani olib tashlashgan, Amazon esa ular xizmat haqida bilishlarini, lekin undan hech qachon foydalanmaganliklarini aytdi. 📟 DigiTech