uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 55 114 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 378-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 326-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 55 114 obunachiga ega bo‘ldi.

10 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 2 433 ga, so‘nggi 24 soatda esa 4 792 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 23.84% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 17.09% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 212 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 472 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 118 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 11 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

55 114
Obunachilar
+4 79224 soatlar
+3 6317 kunlar
+2 43330 kunlar
Postlar arxiv
🤖 Dreame o’zi zinalardan chiqa oladigan tank changyutgichni namoyish etdi. Yangi Dreame Cyber ​​​​X maxsus harakatlanish platformasi bilan jihozlangan bo’lib, uning yordamida qurilma 25 sm balandlikdagi zinalarga chiqa oladi. O’rnatilgan datchiklar qadamlarning o’lchamlari va qiyaligini hisoblaydi. Ko’tarilganidan so’ng, changyutgich «oyoqlaridan» ajraladi va tozalashni davom ettiradi. Narxi va chiqarilish sanasi hozircha ma’lum emas. 📟 DigiTech

🎙️ Istalgan ovozni bepul klonlaymiz — Chatterbox Multilingual neyron tarmog‘i chiqdi. — Qisqa yozuvdan ovozni klonlay oladi; — Har qanday matnni his-tuyg'ulari bilan ovoz beradi, buning uchun maxsus sozlamalar kiritilgan; — 23 ta tilni qo‘llab-quvvatlaydi; — Asosiysi undan foydalanish bepul. Onlayn demo versiyasidan foydalanishingiz yoki GitHub'dan kompyuteringizga o’rnatib olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlar
⚡️Tadqiqot: Shakar o’rnini bosuvchi moddalar bizni tom ma'noda ahmoqlashtiradi — ichimliklar, shirinliklar va non mahsulotlari tarkibidagi mashhur qo’shimcha miya qarishini tezlashtirishi va demensiya xavfini oshirishi aniqlandi. Olimlar sakkiz yil davomida doimiy shakarni o’rnini bosuvchi qo’shimchalar qo’shilgan mahsulotlarni iste’mol qilib kelgan 12 000 kishini kuzatishdi va natijalar dahshatli bo’lib chiqdi:
— xotira, nutq va kognitiv funksiyalar yomonlashdi; — miya 62 foizga tezroq qaridi, insult va demensiya xavfi uch barobarga ortdi; — to’yinganlik signallari buzilgan, shu sabab odamlar tez-tez ovqatlanib, vazni ortib borgan.
Mutaxassislar aspartam, saxarin, kaliy asesulfam, eritritol, ksilitol va sorbitoldan voz kechishni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

+1
🤖 Seul shahar bog’larida robot axlat qutilari paydo bo’ldi, ular o’zlari oldingizga keladi — buning uchun QR kodni skanerlash va bir necha daqiqa kutish kifoya. Botlar yomon hidli va tez to’lib ketadigan axlat qutilari bilan bog’ ko’rinishini buzmaslik uchun ishga tushirildi, bonus sifatida ular ma’muriyatga favqulodda vaziyatlar haqida xabar berib, hududni patrul qilishadi. 📟 DigiTech

🤖 Robotlarga stol tennisi o'ynash o’rgatildi — endi ular ketma-ket yuz martadan ortiq zarbalar berishi va hatto odamlar bilan bir darajada tennis o’ynashlari mumkin. Berklidagi Kaliforniya universiteti mutaxassislari maxsus neyroalgoritmni ishlab chiqishdi, uning yordamida robotlar to’pning trayektoriyasini tahlil qiladi va birdaniga butun o’z tanasining harakatlarini hisoblab chiqadi. Gumanoidlar allaqachon boshlang'ich tennischilarni shug’ullantirish uchun ishlatilishi mumkin va kelajakda ularni professionallar darajasiga chiqarishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab ch
⚡️Britaniyalik shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yurak xastaliklarini 15 soniyada aniqlay oladigan stetoskopni ishlab chiqishdi. Qurilma yurak ishlashi va qon oqimini tahlil qiladi, shundan so’ng SI tashxisni smartfonga chiqarib beradi. Qurilma allaqachon 12 ming bemorda sinovdan o’tgan va natija hayratlanarli: yurak yetishmovchiligini aniqlash chastotasi ikki baravar, atriyal fibrilatsiya diagnostikasi esa uch barobarga oshdi. Shifokorlarning ta'kidlashlaricha, bu boshida sezilmaydigan kasalliklarni o’z vaqtida aniqlab hayotni saqlab qolish, shuningdek, asoratlar paydo bo’lishidan oldin davolanishni boshlash imkonini beradi. 📟 DigiTech

⚡️Labubu o’yinchog’ini o’ylab topgan odam sayyoramizning 100 ta eng boy odami qatoriga kirdi. Hozirda Van Ning'ning boyligi 2
+1
⚡️Labubu o’yinchog’ini o’ylab topgan odam sayyoramizning 100 ta eng boy odami qatoriga kirdi. Hozirda Van Ning'ning boyligi 27,6 milliard dollarga baholanmoqda, shundan 20 milliardini u birgina shu yilning o’zida ishlab topgan. Endilikda tadbirkor milliarderlar ro’yxatida 79-o’rinni va yil boshidan beri eng tez boyigan biznesmenlar orasida 9-o’rinni egallab turibdi. O’yinchoqlarni uning Pop Mart kompaniyasi ishlab chiqaradi, kompaniyaning 18 mamlakatda 571 ta do’konlari mavjud. 📟 DigiTech

⚡️Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib, internetda sun’iy intellekt kontentini majburiy markirovkalashni joriy qildi. Yangi qonunga
⚡️Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib, internetda sun’iy intellekt kontentini majburiy markirovkalashni joriy qildi. Yangi qonunga ko’ra, generatsiya qilingan barcha materiallar (matn, audio, video va boshqalar) aniq va tushunarli ko’rinadigan belgiga ega bo’lishi, shuningdek, metama'lumotlarda bu haqda yozilgan bo’lishi kerak. Qoidalarga rioya qilish hamma uchun — ijtimoiy tarmoqlar, kompaniyalar va foydalanuvchilarning o’zlari uchun ham majburiydir. Qoidabuzarlik uchun post o’chirilishi, hisob bloklanishi va o’ta og'ir holatlarda hatto jarima ham berilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yi
⚡️.ai domeni Karib dengizidagi bir kichik Anguilla oroliga yiliga 30 million dollardan ko’proq daromad keltirmoqda, u 1980-yillardan buyon mamlakatga tegishli bo’lib, hozirda yillik daromadining chorak qismini ta’minlaydi. SI shov-shuvi boshlanganidan beri .ai domenidagi saytlar soni 50 000 dan 870 000 gacha o’sdi. Yuzlab kompaniyalar orolga «chiroyli» domen nomi uchun pul to’lashmoqda: ular orasida Google, Perplexity va Notion bor. Hozircha eng qimmat sayt 700 000 dollarga you.ai hisoblanadi. U SI bo’yicha ma'ruza mavjud YouTube videoga olib o’tadi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Xitoyda parraklari Eyfel minorasidan teparoqqa ko’tariladigan dunyodagi eng katta va eng kuchli shamol turbinasi o’rnatildi. 185 metr balandlikdagi turbina (taxminan 70 qavatli bino balandligiga teng) yiliga 100 GVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu 55 000 xonadonni quvvatlantirish uchun yetarli. Uch parragini har birining uzunligi 153 metrdan, bu Xeops piramidasining balandligidan (138 m) ham oshadi, umumiy konstruksiya esa 200 km/soatgacha bo’lgan shamollarga bardosh beroladi. 📟 DigiTech

+1
✈️ AQSh'lik bloger qiz «Uddalab bo’lmas topshiriq» filmidagi Tom Kruz'ning eng xavfli tryuklaridan birini takrorladi. 33 yoshli YouTuber Mishel Xare Lockheed C-130 harbiy samolyotida uning eshigini ushlab osmonga ko’tarildi va besh daqiqadan ko’proq davom etgan parvoz vaqtida parashyutsiz samolyotda osilib turdi. Samolyot taxminan 260 km/soat tezlikka chiqdi va 600 metr balandlikka ko’tarildi, blogerning xavfsizligi uchun faqat kichik arqon bor edi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Anthropic o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun yangi AI Fluency kursini chiqardi. Kursda uy vazifasi
👨‍💻 Anthropic o’quv yili boshlanishi munosabati bilan talabalar uchun yangi AI Fluency kursini chiqardi. Kursda uy vazifasini neyron tarmoqlar orqali qanday samarali bajarish bo’yicha beshta ma'ruza mavjud, ammo shu bilan birga buni o'zingizning tanqidiy fikrlashingizni susaytirmagan holda amalga oshirish o’rgatilgan. 👉 Kursga havola. 📟 DigiTech

🚇 AQSh'da yangi avlod tezyurar poyezdlari ishga tushirildi, biroq ular avvalgilaridan ham sekinroq bo’lib chiqdi. Eng yangi
+3
🚇 AQSh'da yangi avlod tezyurar poyezdlari ishga tushirildi, biroq ular avvalgilaridan ham sekinroq bo’lib chiqdi. Eng yangi NextGen Acela poyezdlari 257 km/soatgacha (avvalgilariga qaraganda 16 km/soat tezroq) tezlashishi kerak, biroq eskirgan temir yo’l infratuzilmasi tufayli ular bir xil tezlikda, ayrim hududlarda esa hatto undan ham sekinroq harakatlanmoqda. Misol uchun, eski poyezdlar Bostondan Vashingtonga 6 soat 56 daqiqada yetib borgan, xuddi shu yo’nalishdagi yangilari esa 7 soat 5 daqiqada yetib borishmoqda. Yo’llarni «yaqin yillarda» modernizatsiya qilish va tezlikni oshirish va'da qilinmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Apple va Samsung reklama uchun Xiaomi'dan xafa bo’lishdi va endi uni sudga berish bilan tahdid qilishmoqda. Xiaomi Hindisto
+2
⚡️Apple va Samsung reklama uchun Xiaomi'dan xafa bo’lishdi va endi uni sudga berish bilan tahdid qilishmoqda. Xiaomi Hindistonda o’z raqobatchilarining haddan tashqari qimmat gadjetlarini ochiqchasiga masxara qiladigan bir nechta reklamalarni chiqardi:
Kelajak allaqachon shu yerda bo'lsa, o’tmish uchun nega buncha to’lash kerak? Aqlli odamlar aqlli tanlov qiladilar.
📟 DigiTech

👨‍💻 Talabalar uchun juda foydali neyrotarmoq: Kimi AI'dan bepul taqdimotlar generatsiya qilib beruvchi neyrotarmoq chiqdi. Unda istalgan mavzuda slaydlar yaratishingiz va dizaynini tanlashingiz mumkin. Shunchaki g’oyani matnli so’rov ko’rinishida yozing va neyron tarmoqning o’zi slaydlarning tuzilishi va mazmunini o’ylab topadi. Har bir elementni qo’lda tahrirlash mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🛳️ Amerikaning Villa Vie kruiz kompaniyasi «Pensionerlar uchun oltin pasport»ni chiqardi — u bilan bir martalik to’lovni to‘
+3
🛳️ Amerikaning Villa Vie kruiz kompaniyasi «Pensionerlar uchun oltin pasport»ni chiqardi — u bilan bir martalik to’lovni to‘lab, umrni qolgan qismini laynerda o’tkazish mumkin. Har 3,5 yilda kema 147 ta davlatdagi 425 ta portga sayohat qiladi, safarlar oralig’ida esa kemada qolishga ruxsat beriladi. Narx yoshga bog'liq — qanchalik yosh katta bo’lsa, chegirma ham shunchalik katta bo’ladi: masalan, 55 yoshlilardan 399 999 dollar, 90 yoshlilardan esa 100 000 dollar so’rashmoqda. Narxga oziq-ovqat, har kungi xona tozalovi, kir yuvish va hatto har yillik tibbiy ko’riklar ham kiradi. 📟 DigiTech

⚡️Junior dasturchilar sun’iy intellekt tufayli o‘z ishlaridan ayrilishmoqda. Stenford so’nggi uch yil ichidagi mehnat bozorin
⚡️Junior dasturchilar sun’iy intellekt tufayli o‘z ishlaridan ayrilishmoqda. Stenford so’nggi uch yil ichidagi mehnat bozorini o’rgandi. Ma'lum bo'lishicha, 22-25 yoshdagi dasturchilarning bandligi 13 foizga kamaygan. Faqat chatbotlar orqali kodlarni ko’rib chiqishni va xatolarni aniqlashni o’rganganlar «omon qolishmoqda». 📟 DigiTech

⌨️ Vaybkoderning orzusi: Cursor faqat bitta tugmachali «Tab» klaviaturasini chiqardi. Tugma neyrotarmoqlar yordamida avtomati
+1
⌨️ Vaybkoderning orzusi: Cursor faqat bitta tugmachali «Tab» klaviaturasini chiqardi. Tugma neyrotarmoqlar yordamida avtomatik ravishda kod yozishga yordam beradi. Uni bir marta bosish bilan tayyor dasturlarni yaratishingiz mumkin. Ushbu tugmani Cursor dasturidan foydalanadigan eng faol vaybkoderlarga berishmoqchi. 📟 DigiTech

+3
📲 Xiaomi smartfonlar uchun yangi tizimni namoyish etdi, unda iPhone smartfonlarining asosiy xususiyatlaridan biri — «dinamik orol» Super Island paydo bo’ldi. HyperOS 3 ga shuningdek, yangilangan ikonkalar, blokirovka ekranini moslashtirish va sun'iy intellekt fon rasmi generatori qo’shildi. Xitoyda flagman smartfonlar uchun beta-versiya chiqdi, reliz versiyasi esa keyinroq chiqariladi — aniq sanalar hozircha yo’q. 📟 DigiTech

20 sentyabrdan INHA universitetida Dev Camp — Yandex Uzbekistan'ning IT mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dasturi star
20 sentyabrdan INHA universitetida Dev Camp — Yandex Uzbekistan'ning IT mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dasturi start oladi Loyiha Yandex Uzbekistan Dev Meetup #3 mitapi bilan ochiladi. Unda kompaniyaning asosiy mahsulotlarini yaratayotgan mutaxassislar ishtirok etadi. Spikerlar qatorida Yandex Uzbekistan'ning backend dasturchisi Anvar Umarov, Yandex Go‘da algoritmlar ishlab chiqish bo‘limi rahbari Sergey Voronsov, Yandex Go arxitektori Vinsent Ambo, Yandex Lavka'da AI va logistika yo‘nalishi rahbari Pavel Parxomenko va boshqalar bor. 🧑‍💻Dev Camp doirasida: ● Backend dasturlash bo‘yicha leksiyalar va amaliy mashg‘ulotlar, ● Algoritmlash bo‘yicha treninglar, ● CV tayyorlash va karyera bo‘yicha vorkshoplar hamda individual maslahatlar. 🏆 Dastur yakunida eng yaxshi ishtirokchilar saralab olinib, Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ✏️👉 Ro‘yxatdan o‘tish 17 sentyabrgacha ochiq. 😲 Qatnashish — bepul.