uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 51 786 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 558-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 425-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 51 786 obunachiga ega bo‘ldi.

03 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 786 ga, so‘nggi 24 soatda esa -221 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.04% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 17.97% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 12 965 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 308 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 116 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 04 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

51 786
Obunachilar
-22124 soatlar
-1 5407 kunlar
-2 78630 kunlar
Postlar arxiv
🚘 Mercedes yangilangan CLA 2026 ni ko’rsatdi. Bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadigan va 0-100 km/soat tezlikka 4,8 son
+4
🚘 Mercedes yangilangan CLA 2026 ni ko’rsatdi. Bir zaryadda 800 km masofani bosib o’tadigan va 0-100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erishadigan gibrid ham, elektr versiyalari ham bo’ladi. Sotuvlar kuzda boshlanadi, narxi 55 000 dollardan boshlanishi kutilmoqda. Dizayniga nima deysiz? 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar robotga velosiped haydashni o’rgatishdi — u o’z muvozanatini ushlab turib, pedallarni boshqara oladi. Lingxi X2 robotidan uy ishlarida yordamchi, do’konlarda sotuvchi va masofadan boshqariladigan avatar sifatida foydalanishni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashadi, shundan so’ng unga haqiqiy yurak ko’chirib o’tkazildi. Bu tarixdagi
⚡️Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashadi, shundan so’ng unga haqiqiy yurak ko’chirib o’tkazildi. Bu tarixdagi maksimal ko’rsatgich. BiVACOR implanti titandan tayyorlangan bo’lib, sog’lom yurakning tabiiy qon oqimini imitatsiya qiladi. U bilan to’liq hayot kechirish va hatto sport bilan shug’ullanish mumkin. 📟 DigiTech

🖼️ Google Gemini 2.0 Flash orqali matnli so’rov bilan suratlarni tahrir qilish funksiyasini qo’shdi — chatda rasmni qanday t
+2
🖼️ Google Gemini 2.0 Flash orqali matnli so’rov bilan suratlarni tahrir qilish funksiyasini qo’shdi — chatda rasmni qanday tahrirlash kerakligini yozish kifoya. Model rasmlarni noldan qayta yaratadi, shuning uchun unda keraksiz detallar paydo bo’lishi mumkin, lekin natija 10 soniyada tayyor bo’ladi va hechqanday limitlarsiz istagancha rasmni bepul generatsiya qilish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

👨‍💻 Xitoyliklar RTX 5090 o’rnatilgan birinchi noutbukni namoyish etishdi. Qurilmaning og’irligi deyarli 5 kg. U 17,3 dyuyml
+2
👨‍💻 Xitoyliklar RTX 5090 o’rnatilgan birinchi noutbukni namoyish etishdi. Qurilmaning og’irligi deyarli 5 kg. U 17,3 dyuymli 3K sifatli displeyga ega, shuningdek, suyuq sovutish tizimi o’rnatilgan. Tanlovga Intel Ultra 9 285K yoki Ryzen 9 9950X3D protsessori mavjud. Uni Kickstarter orqali sotishni rejalashtirishyapti, ammo hozircha narxi ma’lum emas. 📟 DigiTech

⚡️Anthropic bosh direktori va Claude yaratuvchisi Dario Amodeyning aytishicha — dasturchilik kasbi 1 yilda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Uning fikricha 3-6 oydan so’ng dasturlar kodlarining 90% SI tomonidan generatsiya qilinadi. Bir yildan keyin esa bu ko’rsatgich 100% ga yetadi. Kompaniyalarni bunga undaydigan omillar:
• SI juda tez rivojlanmoqda: neyrotarmoqlarni ishlab chiqish narxi yiliga 4 marta arzonlashmoqda, investitsiyalar esa 10 barobarga o’smoqda. • AQShda va butun dunyoda tobora ko’proq ma’lumotlar markazlari qurilmoqda. • Top kompaniyalarda dasturchilarga bo’lgan talab tobora pasayib bormoqda — hozirda istagan odam neyrotarmoqlar yordamida kodlashi mumkin, tajribali mutaxassis esa butun bir jamoani almashtira oladi.
📟 DigiTech

⚡️Har qanday taqdimotni bir daqiqa ichida yarating — barcha ma’lumotlar, slaydlar va skriptlarni to’plab taqdimot tayyorlaydigan neyrotarmoq chiqdi. U juda oddiy ishlaydi: kerakli ma’lumotlarni kiritasiz, matnli so’rovni yozasiz va bir daqiqada natijani olasiz. SI turli xil variantlarni generatsiya qiladi, dizaynni o’zingizga mosini tanlashingiz mumkin. Tayyor taqdimotni tahrirlash mumkin. Shuningdek, u posterlar, skriptlar, hisobotlar va hatto maketlar ham tayyorlab beradi. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
📲 Apple iOS'ning katta redizaynini tayyorlamoqda. U visionOS'ning «shishali» dizaynidan ilhomlanilgan. Mark Gurmanning so’zlariga ko’ra, bu 2013-yildagi iOS 7’dan buyon operatsion tizimdagi eng katta o’zgarish bo‘ladi. U iyun oyidagi WWDC konferensiyasida namoyish etilishi mumkin. Videoda iOS 19 va macOS 16 yangi interfeysining taxminiy vizualizatsiyasi ko’rsatilgan. 📟 DigiTech

⚡️Xitoydagi maktablarda sun’iy intellekt bo’yicha majburiy kurslar tashkil etiladi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari SI tuzilis
⚡️Xitoydagi maktablarda sun’iy intellekt bo’yicha majburiy kurslar tashkil etiladi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari SI tuzilishini, o’rta maktab o‘quvchilari undan kundalik hayotda qanday foydalanishni, yuqori maktab o’quvchilari esa uning imkoniyatlarini qanday kengaytirishni o’rganishlari kerak bo’ladi. Maktablar kurslarni ishlab chiqish uchun universitetlar, tadqiqot markazlari va IT kompaniyalari bilan hamkorlik qilishadi. Bizda ham shunday kurslarni qo’shish kerak, buyog’iga sun’iy intellektlar faqat rivojlanib, har bir sohaga kirib boradi. 📟 DigiTech

🚘 Xitoy qanday tezlikda global avtomobil bozorini egallab olayotganini ushbu grafikda ko’rishingiz mumkin. 10 yil oldin eksport soni milliondan ham oshmasdi (u vaqtlar Germaniya va Yaponiya yetakchi bo’lgan), 2023-yilda esa Xitoy yetakchiga aylandi. 2024-yil oxirida eksport rekord darajadagi 6,4 million donaga yetdi: 1,1 millioni Rossiyaga, 445 mingi Meksikaga, qolganlari esa BAA, Belgiya va Saudiya Arabistoniga yo’l oldi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia RTX 5090'ni quvvatlash simi 150°C haroratgacha qizishi mumkin. Hatto kabel unga mutlaqo to’g’ri ulangan bo’lsa ham.
⚡️Nvidia RTX 5090'ni quvvatlash simi 150°C haroratgacha qizishi mumkin. Hatto kabel unga mutlaqo to’g’ri ulangan bo’lsa ham. Texno-bloger video karta 600 Vt quvvat sarflagan paytda juda xavfli haroratga yetganini payqadi. Keyinchalik, u sekin sovidi va kabel buzilmagan holda qoldi, ammo bu uni xavfsiz qilib qo’ymaydi. Aytgancha, ushbu videokarta O’zbekistonda 3000 dollar atrofida sotilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Xitoylik olimlar yurak xastaliklari rivojlanishining oldini oluvchi nanovaksinani ixtiro qilishdi. Yangi preparat arteriyal
⚡️Xitoylik olimlar yurak xastaliklari rivojlanishining oldini oluvchi nanovaksinani ixtiro qilishdi. Yangi preparat arteriyalarda yog’ shakllanishiga to’sqinlik qiladi — aynan shu narsa ko’pincha kasalliklarni keltirib chiqaradi, misol uchun: qon quyqalari, insult va tutqanoqlar. Sichqonlar ustida o’tkazilgan sinovlar hayratlanarli natija ko’rsatdi: vaksina aterosklerozning rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirdi, bu kasallik blyashka (arteriyalarda yog’) paydo bo’lishiga olib keladi. Odamlarda sinovlar shu yilda o’tkazilishi mumkin. 📟 DigiTech

🎵 Bir vaqtning o’zida ikkita turli janrdagi treklarni generatsiya qila oladigan neyrotarmoq chiqdi. Tanlash uchun 14 janr mavjud: texno va rokdan hip-hop va EDM'gacha. Qo’shiqni sozlash mumkin: asboblarni, vokalni, ritmni va hatto kayfiyatni o’zgartirishingiz mumkin. Asosiysi undan foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+2
⚡️Manus startapi deyarli hamma narsani bajara oladigan sun’iy intellekt agentini chiqardi. Neyron tarmoq kompyuterdan foydalanishi va ilmiy tadqiqotlar uchun ma’lumot to’plashi mumkin. — Birinchi videoda Manus bir vaqtning o’zida 50 Twitter akkauntini ro’yxatdan o’tkazib yuritishni boshlaganini ko’rishingiz mumkin. — Neyrotarmoq Tesla aksiyalarini chuqur tahlil qilib, kelajak uchun prognoz bera oldi. — Manus Marsga uchadigan kosmik kema uchun optimal orbitani hisoblay oldi. Manus hozir yopiq beta test rejimida ishlamoqda, undan foydalanish uchun havola bo’yicha kutish ro’yxatiga qo’shilish kerak. 📟 DigiTech

⚡️4G endi Oyda ham mavjud — NASA tabiiy yo’ldoshda Lunar Surface tizimini ishga tushirdi. Hammasi 4K videolar uchun: endi qo’nish moduli va oy roverlari o’rtasida aloqa sifati ancha yaxshi va tez bo’ladi. Lekin tarmoq lokal bo’lib, Oydan Yerga qo’ng’iroq qilishning imkoni bo’lmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sun’iy intellekt shaxmat o’ynab, mag’lub bo’lsa, u odamlarni aldashga urinishni boshlaydi.
⚡️Tadqiqotchilarning aniqlashicha, sun’iy intellekt shaxmat o’ynab, mag’lub bo’lsa, u odamlarni aldashga urinishni boshlaydi. Sun’iy intellekt o’yinda g’alaba qilishi uchun hatto o’yinning server qismidagi fayllarni o’zgartirishga harakat qildi. Maqsad — har qanday yo’l bilan yutish. OpenAI'ning o1-preview modeli 37% hollarda, DeepSeek R1 esa har o’ninchi o’yinda aldashga harakat qilgan. Eng qizig’i SI bu manipulyatsiyalarni inson ishtirokisiz ishlab chiqqan, ya’ni texnik jihatdan, sun’iy intellekt hozir g’araz niyatli rejalarni tuzayotgan bo’lishi mumkin. 📟 DigiTech

🚘 Toyota o’z tarixidagi eng arzon — bZ3X elektromobilini chiqardi. Bazaviy versiyasi 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan j
+3
🚘 Toyota o’z tarixidagi eng arzon — bZ3X elektromobilini chiqardi. Bazaviy versiyasi 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan va bir zaryadda 430 km gacha masofani bosib o’tadi. Shuningdek, avtopilot va 11 ta dinamikli Yamaha audiotizimi mavjud. Toyota bZ3X'ning o’lchami RAV4 bilan deyarli bir xil. Narxi 15 000 dollardan. Xitoyda birinchi soatni o’zida 10 000 dan ortiq oldindan buyurtma rasmiylashtirildi va buyurtmani qabul qilish tizimi bunday trafikga bardosh bera olmadi. 📟 DigiTech

FINTECH360 – 2025: Ереванда халқаро финтех анжумани! (16–19 апрель кунлари Арманистоннинг гўзал пойтахти Ереванда халқаро FIN
FINTECH360 – 2025: Ереванда халқаро финтех анжумани! (16–19 апрель кунлари Арманистоннинг гўзал пойтахти Ереванда халқаро FINTECH360 конференцияси бўлиб ўтади) Финтех дунёсидаги энг долзарб трендлар, 150+ иштирокчи, 40+ нуфузли спикерлар, инновация ва технологиялар – буларнинг барчаси FINTECH360 доирасида муҳокама қилинади. Анжуманда банклар, тўлов тизимлари, телеком ва IT-компаниялар, стартаплар, брокерлик ва суғурта компаниялари ҳамда соҳавий ассоциациялар иштирок этади. Нега FINTECH360? ▪️Янги трендлар ва технологиялар: AI-финтех иловалар, блокчейн, криптовалюта, DeFi, рақамли активлар ва трансчегаравий пул ўтказмалари. ▪️Муҳим бизнес мулоқотлари: Таниқли молия ва IT-мутахассислар билан учрашиш имконияти. ▪️Фойдали ҳамкорликлар: Финтех йўналишидаги етакчи компаниялар билан ҳамкорликни йўлга қўйинг. ▪️Рақамли суғурта ва брокерлик бозоридаги инновациялар: Янги технологиялар ва гипершахсийлаштирилган мижоз тажрибаси ҳақида билиб олинг. ☑️ Анжуман манзили ва махсус таклифлар: 📍 Holiday Inn Yerevan – Republic Square меҳмонхонаси 🔹 Юнибанк, UBPay ва KWIKPAY расмий ҳамкори 🔹 15 мартга қадар барча иштирок пакетларига 10% чегирма! ♦️Бонус: Арманистоннинг ҳайратланарли гўзал манзаралари! Анжуман иштирокчилари Севан кўли ва қадимий монастирга саёҳат, қайиқда қувноқ сайр ва Арманистоннинг меҳмондўстлигидан баҳраманд бўлиш имкониятига эга бўладилар! 🔗 Батафсил дастур ва рўйхатдан ўтиш 👉 fintech360.ioЖойлар чекланган! ✈️ Ереванда учрашгунча! Телеграм каналга ўтиш

+2
🚀 Bu o’zga sayyoraliklar bosqini emas — shunchaki Starship raketasi yana epik tarzda portladi. Bu safar Karib dengizi ustida. Raketa bilan aloqa uchirilganidan ko’p o’tmay uzilib qoldi va uni yana portlatishga to’g’ri keldi. Portlatilgan kosmik kemaning bo’laklari bilan to’qnashish xavfi sababli Florida aeroportlarida parvozlar qisqa muddatga to’xtatildi. Bu yil yana bir nechta uchirish sinovlari bo’lib o’tadi, 2026-yilda esa kompaniya Marsga uchuvchisiz Starship prototipini jo’natmoqchi. 📟 DigiTech

🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ov
🎙️ Amazon dublyaj aktyorlarini sun’iy intellektga almashtiradi: endi Prime onlayn kinoteatridagi filmlar va seriallar asl ovozlarni klonlashtirgan holda neyron tarmoqlar orqali dublyaj qilinadi. Hozircha funksiya test rejimida ishlamoqda va tajribali «mahalliylashtirish bo‘yicha mutaxassislar» natijalarni kuzatishmoqda. Agar dublyaj haqidagi fikrlar yaxshi bo’lsa, funksiya platformadagi barcha kontent uchun ishga tushiriladi. 📟 DigiTech