uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 53 369 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 480-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 370-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 53 369 obunachiga ega bo‘ldi.

25 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 955 ga, so‘nggi 24 soatda esa -312 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 24.94% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.01% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 372 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 654 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 132 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 26 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

53 369
Obunachilar
-31224 soatlar
+2 0507 kunlar
+95530 kunlar
Postlar arxiv
⚡️Samsung smartfonlarni sekinlashtirish bo‘yicha sudda yutqazdi va endi kompensatsiya to’laydi. Aslida unumdorlikni oshirishg
⚡️Samsung smartfonlarni sekinlashtirish bo‘yicha sudda yutqazdi va endi kompensatsiya to’laydi. Aslida unumdorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, kompaniyaning S22 turkumidagi smartfonlar samaradorligini pasaytirib yuborgan o‘yin servislari sababli to‘rt yillik sud ishi boshlangan edi. Da’vogarlar Samsung ushbu servislarning salbiy ta’siri haqida ogohlantirmagan va xaridorlarni chalg‘itgan, deb hisoblamoqda. Endi da’voni imzolagan 1882 kishiga kompensatsiya to‘lanadi. 📟 DigiTech

🛰️ Ilon Mask'ning yangi loyihasi: Sun’iy yo‘ldoshlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oydan uchirishga mo‘ljallangan kosmik katapulta. G’oya bo’yicha: Elektromagnit to‘p kapsulalarni o‘ta yuqori tezlikkacha tezlashtirib, koinotga otadi. Bu esa raketalardan voz kechish (sun’iy yo‘ldoshlarni Oydagi robotlashtirilgan zavodda yig‘ish rejalashtirilgan) va milliardlab dollarni tejash imkonini beradi. Hozircha aniq muddatlar yo’q, biroq milliarder loyihani amalga oshirish mumkinligiga ishonadi, chunki Oyning tortishish kuchi Yernikidan olti baravar zaif va u yerda qarshilik hosil qiluvchi atmosfera mavjud emas. 📟 DigiTech

📲 Blogerlar ataylab kontentni yomonlashtirishni boshlashgan ko‘rinadi. Ideal tasvir, o‘ta silliq nutq, o‘ta sayqallangan kad
📲 Blogerlar ataylab kontentni yomonlashtirishni boshlashgan ko‘rinadi. Ideal tasvir, o‘ta silliq nutq, o‘ta sayqallangan kadr — va tomoshabin endi «vau» deb emas, «bu neyrotarmoqmi?» deb o‘ylayapti. Business Insider nashrining yozishicha, 2026-yilda ajralib turishning asosiy usuli — kadrda insoniy jihatlarning barchasini: yanglishib ketishlar, qiyshiq montaj, g‘alati hissiyotlar va oddiy kundalik hayotni qoldirishdir. 📟 DigiTech

⚡️Endi sigirlarni xuddi videoo‘yinlardagidek boshqarish mumkin — Piter Til Halter startapiga sarmoya kiritdi. Kompaniya sigirlar uchun «aqlli» bo‘yinbog‘lar ishlab chiqaradi.
Fermer shunchaki buyruq beradi va poda o‘zi kerakli nuqtaga yo‘l oladi. Bo‘yinbog‘lar esa tovushli va vibro signallar orqali hayvonlarni baqir-chaqirsiz, itlarsiz va to‘siqlarsiz yo‘naltirib boradi. Bundan tashqari, tizim virtual chegaralarni belgilaydi, hayvonlarning salomatligi va oziqlanishini real vaqt rejimida kuzatadi.
Bo’yinbog’lar Cowgorithm neyron tarmog‘i asosida ishlaydi. Fermerlar har bir sigir uchun oyiga bir necha dollar to‘lab, poda ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadilar. O’zimizda ham joriy qilsa bo’ladigan g’oya, startapchilar olg’a) 📟 DigiTech

+3
💿 2006-yilda chiqarilgan afsonaviy Nokia N91 bugungi kunda ham ko‘pchilikni hayratga soladigan xususiyatga ega edi — tarixdagi eng kichik HDD disk. O‘sha paytlarda flesh-xotira juda qimmat, microSD kartalarning hajmi esa yetarli emas edi, shu sababli ajoyib musiqiy flagman yaratmoqchi bo‘lgan finlar yaponlarning Toshiba kompaniyasiga murojaat qilishgan. Yaponlarda bunga yechim topildi: 4 va 8 GB hajmli kichik qattiq disk. 2006-yil me’yorlari bo‘yicha bu juda katta hajm edi: o‘sha toifadagi raqobatchilar hatto 512 MB xotirani ham kamdan-kam hollarda taklif qilishgan. 📟 DigiTech

📃 Google Drive'da hujjatlar skaneri paydo bo‘ldi — u konspektlar, ekrandagi taqdimot yoki hatto kitobni tezda raqamlashtirishga yordam beradi. U avtomatik tarzda ishlaydi: ilova kamera orqali sahifalarni o‘zi topib, masshtab va perspektivani moslashtiradi. Funksiyani allaqachon iOS va Android qurilmalarida sinab ko‘rish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft foydalanuvchilarning shikoyatlari bo’yicha Windows 11'ni «tuzatadi»: jonga tegadigan yangilanishlarni o‘chirib qo
⚡️Microsoft foydalanuvchilarning shikoyatlari bo’yicha Windows 11'ni «tuzatadi»: jonga tegadigan yangilanishlarni o‘chirib qo‘yishga ruxsat beradi va tizimni barqarorlashtiradi. Yangilanishlarni istalgan muddatga to‘xtatib turish hamda kompyuterni ularni majburan o‘rnatmasdan o‘chirish/qayta ishga tushirish, «Vazifalar paneli»ning joyini o‘zgartirish va keraksiz sun’iy intellekt funksiyalarini o‘chirib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, «Fayl boshqaruvchisi» va «Пуск» menyusi ishlashi tezlashtiriladi. Dastlabki o‘zgarishlar yaqin orada joriy etiladi va operatsion tizimni optimallashtirish ishlari butun 2026-yil davomida olib boriladi. 📟 DigiTech

⚡️AQSH hukumati aliens.gov domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi Whois xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlang
⚡️AQSH hukumati aliens.gov domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi Whois xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklarga bag‘ishlangan ushbu domen 2026-yil 17-martda ro‘yxatdan o’tkazilgan. Hozircha u birorta saytga yo‘naltirmaydi. Ma’lumot uchun: .gov zonasidagi domenni faqat davlat tashkilotlari olishi mumkin. Avvalroq Tramp Pentagonning o‘zga sayyoraliklar haqidagi maxfiy ma’lumotlariga bir necha bor ochiq izoh bergan, biroq uning aytishicha, «o‘zga sayyoraliklar mavjud yoki mavjud emasligini bilmaydi». 📟 DigiTech

📲 Android'da tekshirilmagan manbalardan ilovalarni o‘rnatish uchun 24 soatlik «kutish davri» joriy etiladi. Bu chora firibga
📲 Android'da tekshirilmagan manbalardan ilovalarni o‘rnatish uchun 24 soatlik «kutish davri» joriy etiladi. Bu chora firibgarlarga qarshi kurash bilan izohlanmoqda. APK faylni o‘rnatish uchun dasturchi rejimini yoqish, o‘z ixtiyoringiz bilan harakat qilayotganingizni tasdiqlash, bir kun kutish va so‘ng o‘rnatishni biometrik ma’lumot yoki PIN-kod yordamida qayta tasdiqlash kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon bir martalik bo‘lishi va avgust oyida ishga tushirilishi va’da qilinmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Avstraliyaliklar dunyodagi birinchi kvant akkumulyatorini yaratishdi — u bir zumda quvvatlanadi. Avstraliyalik olimlar yaqi
+1
⚡️Avstraliyaliklar dunyodagi birinchi kvant akkumulyatorini yaratishdi — u bir zumda quvvatlanadi. Avstraliyalik olimlar yaqingacha ilmiy fantastikadek tuyulgan narsani, ya’ni kvant akkumulyatorining ilk ishlaydigan prototipini namoyish etishdi. Bu shunchaki nazariya emas — qurilma allaqachon zaryadlanishi, energiya saqlashi va uni uzatishi mumkin.
Bu yerdagi eng asosiy «vau effekt» – tezlikda: batareya lazer yordamida zaryadlanadi, buning uchun esa atigi femtosoniyalar kifoya. Hozircha energiya saqlanishi faqat bir necha nanosoniya davom etadi, lekin bu ham zaryadlash jarayonining o‘zidan millionlab marta uzoqroqdir. Qolaversa, tadqiqotchilar o‘ta g‘ayrioddiy holatni aniqlashdi: bunday kvant batareyasi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik tez zaryad oladi.
«Bir zumda quvvatlanadigan» smartfon, elektromobillar va powerbank'largacha hali ancha bor. Hozircha bu faqat kichik konsept bo‘lib, asosiy muammo zaryadni bir necha nanosoniyadan ko‘proq vaqt ushlab turishdir. Lekin shuni o’zi ham kvant texnologiyasidagi katta inqilob. 📟 DigiTech

👨‍💻 Apple vaybkoderlar bilan kurashishni boshladi: Replit va Vibecode kabi ilovalarga yangilanishlar chiqarish taqiqlandi.
👨‍💻 Apple vaybkoderlar bilan kurashishni boshladi: Replit va Vibecode kabi ilovalarga yangilanishlar chiqarish taqiqlandi. Ular App Store qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Bu kabi xizmatlarga Apple qurilmalari uchun kod yozishni taqiqlashlari va ilova ichidagi loyihalarni oldindan ko‘rishni cheklashlari mumkin. Shu bilan birga, Apple aynan «vayb kodlash» ilovalari uchun alohida taqiq joriy etilmaganini ma’lum qilgan. Biroq, amalda dasturchilar moderatsiyadan o‘tish uchun o‘z servislarining ish mexanizmini o‘zgartirishga yoki ba’zi funksiyalarni olib tashlashga majbur bo‘lmoqda. 📟 DigiTech

⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi. Barch
⚡️MSI videokartalar narxini rasman 30 foizga oshirmoqda. Kompaniya, shuningdek, ularni ishlab chiqarishni qisqartiradi. Barchasiga chiplarga bo‘lgan talabni qondira olmayotgan Nvidia aybdor qilinmoqda. Mavjud zaxiralar faqat bir necha oyga yetadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu yil ular uchun tashkil etilganidan beri eng yomoni bo‘lishi mumkin. 📟 DigiTech

📱Samsung Galaxy S26 Ultra'ni qaytarib bermasliklari uchun mijozlariga pul to‘lamoqda. Bir yigit smartfonni qaytarish uchun t
📱Samsung Galaxy S26 Ultra'ni qaytarib bermasliklari uchun mijozlariga pul to‘lamoqda. Bir yigit smartfonni qaytarish uchun texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qildi, unga qaytarish fikridan voz kechib, telefonni o‘zida qoldirishi uchun 250 dollar taklif qilishdi. 📟 DigiTech

🚘 BMW Neue Klasse uslubidagi yangi i3 2027 elektromobilini namoyish etdi. Avtomobil 469 ot kuchiga ega ikkita elektr motor,
+3
🚘 BMW Neue Klasse uslubidagi yangi i3 2027 elektromobilini namoyish etdi. Avtomobil 469 ot kuchiga ega ikkita elektr motor, bir zaryadda 700 km masofani bosib o’tishga yetadigan batareya va tezkor quvvatlash funksiyasiga ega bo‘ldi — 10 daqiqalik quvvat 400 km yo‘l bosish uchun yetarli. Shuningdek, haydovchining nigohi va gavdasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, boshqaruvni avtomatik tarzda o‘z zimmasiga oladigan «simbiotik» yordamchi tizimi ham mavjud. Ishlab chiqarish avgust oyida kompaniyaning Myunxendagi zavodida boshlanadi. Narxi hozircha ma’lum emas, lekin 60 000 dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

📲 Internetda matnni o’zbek tilidan zumerlar tiliga tarjima qiladigan sayt paydo bo‘ldi. U orqali istalgan matnni zumerlarnin
📲 Internetda matnni o’zbek tilidan zumerlar tiliga tarjima qiladigan sayt paydo bo‘ldi. U orqali istalgan matnni zumerlarning klassik yozishmalariga aylantirish mumkin. Saytdan oddiy tarjimon sifatida foydalanish ham mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🤖 Robotlar ma’lumotlar markazlarini qo‘riqlashni boshladi: bir qator kompaniyalarda ular oddiy qo‘riqchilarning o‘rnini egallashdi, chunki bu arzonroq tushadi. Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotlari kameralar va sensorlari yordamida hududni nazorat qiladi, odam esa qo‘riqlash xonasidan shunchaki monitorlarni kuzatib turadi. 📟 DigiTech

📱FnNews: Samsung jiddiy inqirozga duch keldi. Yarimo‘tkazgichlar narxi va logistika bilan bog‘liq muammolar sababli kompaniy
📱FnNews: Samsung jiddiy inqirozga duch keldi.
Yarimo‘tkazgichlar narxi va logistika bilan bog‘liq muammolar sababli kompaniyada «favqulodda holat rejimi» e’lon qilingan. MX (mobil qurilmalar bo‘limi) Samsung tashkil etilganidan beri ilk bor, hatto Galaxy S26 seriyasi rekord darajada sotilganiga qaramay, zarar ko‘rishi mumkin. Bunga yarimo‘tkazgichlar narxining keskin ko‘tarilishi sababli rentabellikning pasayib ketgani sabab bo‘lmoqda. FnNews nashrining xabar berishicha, bir yil ichida ularning narxi 850 foizga oshgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya barcha bo‘linmalariga xarajatlarni 30 foizga kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, bu esa, shubhasiz, kompaniya qurilmalaridagi innovatsiyalar soniga ta'sir ko‘rsatadi. 📟 DigiTech

🎾 Xitoylik talabalar robotga bor-yo‘g‘i besh soatlik videolar orqali, tennis o‘ynashni o‘rgatishdi. Albatta, u professional o‘yinchilar bilan bellasha olmaydi, biroq yangi boshlaganlarga qarshi to‘plarni 90% aniqlik bilan qaytaradi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia DLSS 5'ni namoyish etdi Endi neyron tarmoq nafaqat kadrlar tezligini (fps) oshiradi, balki real vaqt rejimida fotorealistik kadrlarni ham yaratadi. Sun’iy intellekt kadrdagi obyektlarni (teri, soch, suv, metall) o‘zi aniqlab, ularga yorug‘lik va soyalarni fizik jihatdan to‘g‘ri tushiradi va real vaqt rejimida qayta render qiladi. Reliz 2026-yilning kuzida faqat RTX 50-seriyali videokartalar uchun eksklyuziv tarzda chiqariladi. Texnologiya Starfield, Resident Evil Requiem, Hogwarts Legacy, Assassin’s Creed Shadows va boshqa yirik o’yinlarda ishlashi allaqachon tasdiqlangan. 📟 DigiTech

📱Smartfonlar o‘tmishga qaytishi mumkin: 90 hz ekran va «tomchi» dizayn yana qaytadi. Insayder Digital Chat Station'ning ma’l
📱Smartfonlar o‘tmishga qaytishi mumkin: 90 hz ekran va «tomchi» dizayn yana qaytadi. Insayder Digital Chat Station'ning ma’lum qilishicha, ehtiyot qismlar inqirozi Xitoy brendlarini eski 90 hz chastotali ekranlar va tomchisimon dizayndagi smartfonlarni ishlab chiqarishga qaytishga majbur qilgan. Komponentlar qimmatlashgani tufayli ishlab chiqaruvchilar yo smartfonlar narxini oshirish, yo qurilmalarning o‘zini arzonlashtirish yo‘lini tanlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Aksariyat kompaniyalar eski texnologiyalarga qaytgan holda, ikkinchi variantni tanlamoqda. 📟 DigiTech