cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
346
Obunachilar
+324 soatlar
+117 kunlar
+2030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Bitiruvchi_2024 SO'NGGI QO'NG'IROQ 📆 Joriy yilning 25 may sanasida Ixtisoslashttirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri tashkil etildi. ✔️ Tadbirda maktabning 9-11 sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ustozlar hamda hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda Nurota tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i V.Qobilov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini yig'ilganlarga o'qib eshittirdi. Yil davomida o'qish va jamoat ishlarida yutuqlarga erishgan o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda maktabning pedagogik jamoasi vakillariga tashakkurnomalar va maqtov yorliqlari topshirildi. O'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bayramga yanada ko'tarinkilik baxsh etdi. https://t.me/Nurota_IM
Hammasini ko'rsatish...
👏 8👍 2 1
Repost from Hilola Umarova
Qadrli o‘quvchi-yoshlar, Aziz maktab bitiruvchilari!   Bugun katta hayot ostonasida yuraklaringiz to‘la hayajon, 11 yillik qadrdon maskan – maktab bilan, samimiy sinfdoshlarning har kungi diydori bilan xayrlashish iztirobi va ayni paytda ulkan orzular, aniq maqsadlar quchog‘iga talpinish zavqi ko‘nglingizni nurlantirib turibdi. Ushbu kun birgina sizlar uchun emas, balki, ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz uchun ham umrbod unutilmas bo‘lib qoladi. Yuragida buyuk orzulari va rejalari mujassam, bolalik xayollarini endi chinakam maqsadlarga aylantirishga chog‘lanayotgan siz o‘g‘il-qizlar nafaqat o‘z oilalaringizning, balki jonajon vatanimizning chinakam faxru iftixoridirsiz. Har biringizda katta iste’dod, qat’iy ishonch mujassam. Tomirlaringizda dunyo taraqqiyotiga bemisl hissa qo‘shgan buyuk ajdodlar qoni jo‘sh urmoqda. Endi navbat sizniki, ularga munosib bo‘lib, jahonni lol qoldiradigan avlod sifatida kamol topshinigizni tilayman. Eng muhimi, ezgu orzular qilishdan va ularga yetishdagi mehnat va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Yangi O‘zbekistonning ertangi rivoji va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Shuni unutmang. Bugun maktabdagi saboqlar yakuniga yetganini anglatish uchun chalinayotgan so‘nggi qo‘ng‘iroq sizning yorug‘ istiqbolingiz, baxtli hayotingiz boshlanganidan dalolat beruvchi ilk quvonch sadosi bo‘lib yangrasin! Siz, aziz bitiruvchi yoshlarga hamisha mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman.   Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri  
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 23-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan "Ochiq eshiklar kuni"da tumandagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari va ota-onalar ishtirok etdilar.Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik jamoasi tomonidan tashrif buyuruvchilarga taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, dars mashgʻulotlari va qabul jarayonlari toʻgʻrisida oʻquvchilar va ularning ota-onalariga tushunchalar berildi. Taʼlim muassasasiga tashrif buyurgan oʻquvchilarga Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari tomonidan yaratilgan amaliy ishlardan va laboratoriya ishlaridan namunalar namoyish etildi. https://t.me/Nurota_IM
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi FUQARO MUHOFAZASI KUNI 📆 Joriy yilning 23 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Favqulodda vaziyatlar tuman bo'limi, "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi kuni doirasida o'quv taktik mashg'ulot tashkil etildi. Mashg'ulot doirasida shartli zilzila sodir bo'lgan hududda fuqarolar evakuatsiya qilinib, yaradorlarga hamda vayronalar ostida qolgan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatildi. ‼️ FVV tuman bo'limi xodimi S.Sohibov hamda "Qizil yarim oy" jamiyati tuman bo'limi boshlig'i J.Eshmurodovlar favqulodda vaziyat sodir bo'lganda to'g'ri harakatlanish va jabrlanganlarga tezkor tibbiy yordam ko'rdatish bo'yicha tushunchalar berib o'tdilar. https://t.me/Nurota_IM
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
Hammasini ko'rsatish...
Joriy yilning 21 may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8 "a" sinf oʻquvchisi Sanaqulov Dilshod Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan "Bilimdon bolalar" koʻrsatuvida faxrli I-oʻrinni egalladi. Oʻquvchimizga keyin oʻqishlarida omad tilaymiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 23👏 5 2
Photo unavailableShow in Telegram
#ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining: ➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga; ➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi. 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi 📆 Joriy yilning 20-may sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-B sinf oʻquvchilari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston manzaralari” shiori ostida tumandagi “Chashma” meʼmoriy majmuasiga sayohat uyushtirildi. 🇺🇿 Sayohat davomida oʻquvchilar mazkur ziyoratgohning tarixi, undagi “Chilustun” va “Panjvaqta” masjidlarining qurilishi, sobiq Shoʻro davridagi ahvoli, mustaqillik yillarida kasb etgan mutlaqo yangi qiyofasi, majmua, shuningdek tumanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.Shuningdek oʻquvchilar tumandagi Oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan tumanimizning yaqin va uzoq oʻtmishiga oid eksponatlar bilan tanishdilar. https://t.me/Nurota_IM
Hammasini ko'rsatish...
👏 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni #Nurota_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi #Qabul_2024 ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim  muassasalari agentligi tizimidagi Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi. ⏺ Ochiq eshiklar kunida: ➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi; ➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi; ➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi; ➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi. 📆 23-may ⏰ Soat 10:00 dan 15:00  gacha 📍Manzil: Nurota tuman S.Siddiqov ko'chasi 63-uy. Mo'ljal: Sherdor to'yxonasi ro'parasida.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ertaga O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bepuladi. 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi va shu kuni O‘zbekiston muzeylarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi, ya’ni kirish bepul bo‘ladi. Инсайд хабарлар учун: @Artmadadbot Каналга қўшилиш: https://t.me/teatryangiliklari
Hammasini ko'rsatish...