uz
Feedback
Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Kanalga Telegram’da o‘tish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Navoiy viloyat hududiy bo‘limi Murojaat : 👉 @NavoiyHB_bot

Ko'proq ko'rsatish
676
Obunachilar
-324 soatlar
-87 kun
-2330 kun
Postlar arxiv
🚀 YANA BIR MUHIM YUTUQ! 🏆✨ Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-01-sinf o‘quvchisi Komiljonov Kamolbek za
🚀 YANA BIR MUHIM YUTUQ! 🏆✨ Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-01-sinf o‘quvchisi Komiljonov Kamolbek zamonaviy bilim, innovatsiya va tadbirkorlik yo‘nalishidagi salohiyatini namoyon etib, “Founders Camp 2026” dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi! 👏🎓 🌟Kamolbek Komiljonov Bo‘stonliq tumanida 10–15-avgust kunlari o‘tkazilgan, yosh startapchilar va loyiha asoschilari uchun tashkil etilgan bir haftalik “Founders Camp” dasturida qatnashib, maxsus “Certificate of Participation” sertifikatiga ega bo‘ldi. 💡 Dastur davomida ishtirokchilar: 🔹 yangi g‘oyalar va hamfikr yoshlar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 👏 Kamolbekning ushbu nufuzli dasturdagi ishtiroki — uning izlanuvchanligi, zamonaviy bilimlarga qiziqishi va kelajak sari dadil intilayotganidan dalolatdirBizni kuzatishda davom eting    Telegram|Facebook|Instagram

#Navoiy_shahar_1_sonli_IMI_ 🛡BULLINGGA QARSHI-BIRGALIKDA! 🤝Bugun 6-02-sinf o'quvchilarining Ota-onalari bilan uchrashuvda m
+7
#Navoiy_shahar_1_sonli_IMI_ 🛡BULLINGGA QARSHI-BIRGALIKDA! 🤝Bugun 6-02-sinf o'quvchilarining Ota-onalari bilan uchrashuvda maktabimiz MMIBDO',si Sinf rahbari,yotoqxona tarbiyachilari,maktab psixologi hamda Ota-Onalar ishtirok etdilar. 💬Suhbat davomida o'quvchilar o'rtasida masxara qilish,kamsitish,bosim o'tkazish va zo'ravonlik holatlarining oldini olish,o'zaro hurmat va sog'lom munosabatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 👨‍👩‍👧‍👦Ota-onalarga farzandlarining ruhiy holatiga e'tiborli bo'lish,ular bilan ochiq muloqot qilish hamda muammoli vaziyatlarda maktab bilan hamkorlikda harakat qilish bo'yicha tavsiyalar berildi. 🌱Har bir bola hurmat,e'tibor va xavfsiz muhitga loyiq! 🏫 Xavfsiz va farovon ta'lim muhiti-barchamizning umumiy maqsadimiz! 📌Bullingning oldini olish bo'yicha profilaktik ishlar sinflar kesimida tizimli ravishda davom ettiriladi! 🌐Bizni kuzatib boring:       ✅ Telegram: https://t.me/navoiy_shahar_IMI ✅ Facebook: www.facebook.com/groups/367710194704297/

Jadidlar izidan” haftaligi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi “Jadidlar izidan” haftaligi doirasida o‘quvchi-
+5
Jadidlar izidan” haftaligi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi “Jadidlar izidan” haftaligi doirasida o‘quvchi-yoshlarning bilim va dunyoqarashini oshirish, mantiqiy fikrlash hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda ishtirokchilar jadidlar hayoti va faoliyati, tarix, adabiyot, ma’naviyat hamda turli sohalarga oid savollar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. https://t.me/konimex_tuman_IM

⚖️ “Yuksak tarbiya – komil inson ko‘rki” haftaligi 🏫 Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yuksak tarbiya – komil in
+3
⚖️ “Yuksak tarbiya – komil inson ko‘rki” haftaligi 🏫 Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Yuksak tarbiya – komil inson ko‘rki” shiori ostida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilim va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan “Huquqiy madaniyat — komil insonning muhim fazilati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 📚 Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy madaniyatning mazmun-mohiyati, inson huquq va burchlari, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etish hamda jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida batafsil tushunchalar berildi. 👨‍🏫 Shuningdek, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi. 💬 Davra suhbati davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. ✨ Bizni kuzatishda davom eting! https://t.me/NavbahorITMA

🌿 5- B sinf o‘quvchilari bilan moslashuv mashg‘uloti Joriy yilning 11-sentabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan makt
+6
🌿 5- B sinf o‘quvchilari bilan moslashuv mashg‘uloti Joriy yilning 11-sentabr sanasida Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 5-B sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘quvchilarning yangi muhitga moslashish jarayonini o‘rganish maqsadida “Moslashish so‘rovnomasi” o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilarni bir-biri bilan yaqindan tanishtirish, erkin muloqotga kirishish va sinfda do‘stona muhit yaratish maqsadida “Ism + hobby” qiziqarli metodi tashkil etildi. 🎯😊 📽 Ta’lim va motivatsiyaga oid videorolik namoyish etilib, uning mazmuni yuzasidan o‘quvchilar bilan savol-javob va fikr almashish tashkil qilindi. ✨ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarning faolligi, qiziqishi va erkin fikrlashi alohida e’tiborga olindi. Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi: Bozorova Odina Odilovna https://t.me/Nurota_IM_psixolog

🏫 TOMDI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI ⚖️ “Yuksak tarbiya – komil inson ko‘rki” Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan
+5
🏫 TOMDI TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI ⚖️ “Yuksak tarbiya – komil inson ko‘rki” Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5–6-sinf o‘quvchilari ishtirokida “O‘z huquqingni bilasanmi?” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 📚 Tadbir davomida o‘quvchilarga tarbiyaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, o‘z huquq va burchlarini bilish, qonun-qoidalarga rioya qilish, kattalarga hurmat va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida tushunchalar berildi. 🎥 Mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga tarbiya va huquqiy madaniyatga oid videorolik namoyish etildi. Videorolik orqali o‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari yanada boyitildi. ⚖️ Huquqini bilgan yosh — o‘z kelajagini anglagan yosh!Bizni kuzatishda davom eting    Telegram|Facebook|Instagram

#QIZILTEPA_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman
+4
#QIZILTEPA_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI 🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi ✅Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🏃‍♀‍➡️🏃‍♂‍➡️Mashg‘ulotlarda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, turli jismoniy mashqlarni birgalikda bajardilar. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi. Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! 🇺🇿 🌐 Bizni kuzatib boring Telegram 👉https://t.me/PTMAQiziltepa Facebook 👉http://fb.com/QiziltepaIM

⚖️ YOSHLARNING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH — MUHIM VAZIFA! 📚 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-in
+4
⚖️ YOSHLARNING HUQUQIY ONGI VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH — MUHIM VAZIFA! 📚 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish maqsadida maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 📝 Yig‘ilish davomida o‘quvchilarga maktab-internatning ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishning ahamiyati tushuntirildi. 🔹 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, turli salbiy ta’sirlardan himoyalanish, mas’uliyat va intizomni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✨Bizni kuzatishda davom eting    Telegram|Facebook|Instagram

#QIZILTEPA_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman
+3
#QIZILTEPA_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI 🏢  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziltepa tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Sog‘lom tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, turli jismoniy mashqlarni birgalikda bajardilar. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga xizmat qildi. Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! 🇺🇿 🌐 Bizni kuzatib boring Telegram 👉https://t.me/PTMAQiziltepa Facebook 👉http://fb.com/QiziltepaIM

📚 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yana bir yuksak natija! Maktabimiz ingliz tili fani o‘qituvchisi Bahriddinov Mi
+1
📚 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yana bir yuksak natija! Maktabimiz ingliz tili fani o‘qituvchisi Bahriddinov Mirzabekning o‘quvchilari — Shohjahon Po‘latov va Sardor Doniyorov IELTS Academic xalqaro imtihonida 7.0 ballni qo‘lga kiritib, C1 darajani qayd etdilar! 🇬🇧🏆 🔹 Shohjahon Po‘latov — Overall 7.0 Listening — 8.0 | Reading — 7.5 | Writing — 6.0 | Speaking — 6.0 🔹 Sardor Doniyorov — Overall 7.0 Listening — 7.5 | Reading — 6.5 | Writing — 6.0 | Speaking — 7.0 Mazkur natijalar o‘quvchilarning yuqori bilim va salohiyati, shuningdek, ustozning samarali mehnati va puxta tayyorgarligining yorqin ifodasidir. 🏆 Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — yuksak natijalar sari! 🇺🇿

🌟🏆 YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🏆🌟 🇺🇿 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Sunnatiloyev Behruzjon IEL
🌟🏆 YANA BIR YUKSAK NATIJA! 🏆🌟 🇺🇿 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Sunnatiloyev Behruzjon IELTS Academic xalqaro imtihonida munosib natijani qo‘lga kiritdi! 🎓✨ 📚 IELTS Overall — 7.0 🔥 🎧 Listening — 8.0 ⭐ 📖 Reading — 6.0 ✍️ Writing — 7.5 🗣 Speaking — 6.5 🌍 CEFR — C1 👏 Bu natija — Behruzjonning izlanishi, tinimsiz mehnati va ingliz tilini puxta egallash yo‘lidagi intilishlarining yorqin samarasi! 💪📚✨ 🎉 Sunnatiloyev Behruzjonni ushbu ajoyib natija bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusidagi o‘qish va faoliyatida yanada ulkan zafarlar, nufuzli oliygohlarda tahsil olish va katta marralarni zabt etishini tilaymiz! 🚀🎓🌍 👨‍🏫 Ustozlariga va ota-onalariga ham Behruzjonning ushbu yutug‘idagi fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 👏🌷 🔥 7.0 — katta natija! C1 — katta imkoniyatlar sari mustahkam qadam! 💙 Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internati — bilim, intilish va yuksak natijalar maskani! 🏫🏆

🌟🏆 YUKSAK NATIJA — 1560 BALL! 🏆🌟 🇺🇿 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 12-sinf o‘quvchisi Abdullayev
🌟🏆 YUKSAK NATIJA — 1560 BALL! 🏆🌟 🇺🇿 Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 12-sinf o‘quvchisi Abdullayev Akobir SAT xalqaro imtihonida ajoyib natijani qo‘lga kiritdi! 🎓✨ 📚 SAT natijasi: 1560 ball / 1600 ✍️ Reading and Writing — 770 ball 📝 🧮 Math — 790 ball 🔢 🏅 Natija — 99+ persentil! Bu natija — Akobirning bilimi, tirishqoqligi, intilishi va katta maqsadlari sari tashlagan muhim qadami! 🚀💫 👏 Abdullayev Akobirni ushbu yuksak natija bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Kelgusida nufuzli xorijiy oliygohlarda tahsil olib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilaymiz! 🇺🇿🎓🌍 👨‍🏫 Akobirning ustozlari va ota-onalariga ham ushbu muvaffaqiyatdagi mehnatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🌷👏 🔥 1560 — bu shunchaki ball emas, bu katta mehnat va ulkan orzular natijasi! 💙 Tomdi ixtisoslashtirilgan maktab-internati — bilim va yutuqlar maskani!

🔔 2026-yil 2-sentabr kuni Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi muno
+9
🔔 2026-yil 2-sentabr kuni Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangrab, Vatanimiz mustaqilligi, tinchligi va farovonligi madh etildi. Tadbir davomida Mustaqillik – xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi. Joriy yilda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida nishonlanmoqda. Bayram dasturida o‘quvchilar tomonidan Vatan, istiqlol, tinchlik va ona yurtga bo‘lgan muhabbatni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. 👇🏻Bizni kuzatishda davom eting    Telegram|Youtube|Instagram

Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori os
+6
Qiziltepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi “Bilimlar kuni” tadbiri o'tkazildi. Tadbirda tuman prokurori Jamil Toshev ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigini o’qib eshittirdi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining chiqishlari bilan faol ishtirok etib, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ularning she’r, kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Tadbir soʻngida yutuqlarga erishgan bir qancha oʻquvchi va oʻqituvchilar tuman prokurori tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👦👺🤯🤌👺🤌😴 🥹🤳🫱💚🤳👦 🔺Bir yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 5,1 ballga oshib, 174,1 ballga yetdi 🔺Navoiy shahridagi 1-
👦👺🤯🤌👺🤌😴 🥹🤳🫱💚🤳👦 🔺Bir yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 5,1 ballga oshib, 174,1 ballga yetdi 🔺Navoiy shahridagi 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2025–2026-o‘quv yilini yuksak natijalar bilan yakunladi. 🔺Joriy o‘quv yilida maktabni 69 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 29 nafari oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Bu esa bitiruvchilarning qariyb yarmi o‘qishga kirish masalasini maktabni tugatmasdan turib hal qilganini anglatadi. 🔹Xalqaro baholash tizimlaridagi natijalar ham e’tiborga loyiq. 13 nafar o‘quvchi SAT xalqaro imtihonida 1200–1600 ball oralig‘idagi yuqori natijalarni qayd etdi. Chet tillarini o‘zlashtirish yo‘nalishida esa o‘quvchilar tomonidan 40 ta milliy va xalqaro sertifikat qo‘lga kiritildi. Shundan 22 tasi IELTS 6,5–8,0 darajasidagi xalqaro sertifikatlardir. 💠Maktabning eng muhim yutug‘i esa oliy ta’limga kirish natijalarida namoyon bo‘ldi. 2025–2026-o‘quv yilida bitiruvchilarning o‘rtacha kirish bali 174,1 ballni tashkil etdi. 🔻Ma'lumot o'rnida, 2024–2025-o‘quv yilida maktabning 60 nafar bitiruvchisining barchasi — 100 foiz oliy ta’lim muassasalariga talaba bo‘lgan va ularning o‘rtacha natijasi 169 ballni tashkil etgan edi. 📈Bir yil ichida o‘rtacha ko‘rsatkich 5,1 ballga oshib, 174,1 ballga yetdi. 💠Mazkur natijalar ta’lim jarayonida zamonaviy metodikalar, pedagoglarning fidokorona mehnati hamda har bir o‘quvchi bilan individual ishlash tizimi izchil yo‘lga qo‘yilganining amaliy ifodasidir. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’li
📢DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! Rahbar xodimlar tanlovi davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, yangidan tashkil etilayotgan muhandislik hamda hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari lavozimiga tanlov davom etmoqda. 🟢 Hududiy (saralash) bosqichi: 🟢 2026-yil 3–4-avgust 🟢 2-bosqich (asosiy suhbat): 🟢 2026-yil 6–7-avgust
Tanlovlar Agentligi tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tashkil etiladi.
Tanlov bosqichlari: 1-bosqich – Hududiy saralash Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ishchi guruh tomonidan o‘rganiladi. Malaka talablariga javob bergan hamda suhbat natijasiga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan 3 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi. 2-bosqich – Asosiy suhbat Hududiy saralashdan o‘tgan 3 nafar nomzod bilan tanlov komissiyasi tomonidan savol-javob shaklida suhbat o‘tkaziladi. 💻 Suhbat videokonferensaloqa (onlayn) yoki an’anaviy (oflayn) shaklda tashkil etilishi mumkin. ⚠️ Eslatma! Suhbat bosqichida ishtirok etmagan nomzodlar uchun qo‘shimcha suhbat o‘tkazilmaydi.
Hududlar kesimidagi suhbat sanalari va ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlangan reja-grafik asosida belgilanadi.
Barcha nomzodlarga tanlov jarayonida muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Repost from Hilola Umarova
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident! Yurtimizda Siz boshchiligingizda amalga oshirilayotgan bugungi islohotlar ertangi ulkan muvaffaqiyatlarga poydevordir. Xalqimiz baxtiga hamisha omon boʻling! @hilola_umarova

🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-s
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

Navoiy | Ixtisoslashtirilgan maktablar - Telegram kanali @navoiy_ima statistikasi va tahlili