OcoderX
Kanalga Telegram’da o‘tish
Xabar uchun : @OcoderXbot Instagram: https://www.instagram.com/OcoderX
Ko'proq ko'rsatish1 681
Obunachilar
-824 soatlar
-217 kun
+1430 kun
Postlar arxiv
1 686
Rüdigeeeeeeerrr tillaasan tillllaaaaaaaaaaaaaaa
Xuddi oʻtgan yilgideeek hal qilding qoravoy💥💥💥
1 686
Kurtua yengilishini tahmin qilyapman... 10 tadan bitta toʻsgan u...
Atletiko futbolchilariga Messini formasini kiydirish kerak Kurtua toʻsishi uchun.
1 686
Real Madrid chempionlar ligasidan chiqib ketmoqchi shekilli, Vini va Mbappe ni qilayotgan harakatlariga qaraganda...
Bu yil dam olamizmi diyman...
1 686
Hayot va o‘limni quyidagicha ta’riflash mumkin: o‘lim – bu mutlaq jimlik, harakatsizlik va faqat chirish bilan bog‘liq o‘zgarish. O‘limda biz boshqalardan ajralamiz va butunlay yolg‘iz qolamiz. Hayot esa aksincha – harakat, boshqa tirik mavjudotlar bilan bog‘lanish va xilma-xillikdir.
Yashayotgan bo'lsang, biror kun iftorlikda o'tiraylik og'ayni!
1 686
Shu yaqin yillarda ijtimoiy tarmoqdagi bloger, vayner va sanʼatkorlarni ochiq-oydin faxsh videolarda bemalol koʻrinish berishi, qimor oʻyinlari targʻibi, behayolarcha janjallar va dinga nisbatan "oʻzlaricha" isyonlarini kuzatib turib, yurakdan bir ogʻir siqilish his qilaman:
"Musulmonlar shunaqa osongina buzilib ketaveradimikin...";
"Hoy, bu ishing uchun Xudodan qoʻrq" desa, "oʻzingni bil d* negativ, qiyomatda oʻzi javob beradi" deb oʻshalarni himoya qiladigan bir toʻda armiyasi borligini koʻrib, shokka ham tushib qoladi kishi. Auditoriyani ozgina kattaroq qilib olib, istalgan mavzusiga burun tiqishi aytmaysizmi(dinga, siyosatga, taʼlimga va boshqa mutaxassislar ishiga)...
Oʻz millatini unutib, kimligini unutib, gʻarbni texnologiyalarini olishni oʻrniga, faxshga botgan "odamlarni qirilishi" uchun sistemtik tarzda nafsga erkinlik haddan ortiq berilgan "madaniyat"ni oʻzlariga nusxalashlarini aytmaysizmi... Shunday qilib, Doʻzax tomon oʻz oyoqlari bilan yurib ketishini bilib turishibdi-ku... >>
Xullas shunaqa oʻy hayollar kelganida, 6 yil oldingi oʻzimga nazar solaman, men ham xuddi shu avlod bilan bir xil edim-ku... Nima hozir ham men shundayman... Farqim ozgina gunohlardan tiyilganim xolosmi?( undayam Alloh biladi, qanchalik tiyilganman deb oʻylayman oʻzimcha). Oʻzim kimman ularni qora otliq qiladigan? Bu narsalarni "vapsheta" oʻylashga haqqim bormi? "Vapsheta", "ular" deb ajratvolishimga nechchi? Xoʻp Xudo ozgina ilm berib judayam hozir rasvolashmayotgandirman. Lekin menga ham Alloh arqonni uzun tashlab qoʻymaganmidi, oʻsh paytlar? Boshqalarga ham tashlab qoʻygandir? Toʻgʻrimi?. "Sen doʻzaxisan", "Joying doʻzaxda" deb boshqalarga hukm oʻqish, mendaqa kecha tugʻilgan tirranchalargamasdir hoynahoy.
"Juda katta fitna qilinyapti bizni ustimizda" deb mobodo oʻylab qolsam( yani "oʻzimcha", oʻzimi xuddi oppoqroqdek, ziyoliroqdek his qilib) yaxshisi ushbu oyatni eslab qoʻyaqolganim oʻzim uchun foydali menimcha...
Oli Imron surasi, 54-oyat:
> وَمَكَرُوا۟ وَمَكَرَ ٱللَّهُ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَـٰكِرِينَ
"Ular makr qildilar, Alloh ham makr qildi. Alloh makr qiluvchilarning eng yaxshisidir."
#birovga_birtiyinlik_qiziq_boʻlmagan_shaxsiy_fikrimdan
1 686
Oʻlimi yaqinligini bildirib turuvchi kasallikka chalinganlar aslida inson uchun berilgan bor potensial(imkoniyat)lardan juda samarali foydalanadi.
Hech qanday kasal boʻlmagan odamlar esa, oʻlim yaqinligini eslashdan qocha boshlashadi, cheksiz hayot illuziyasiga berilib ketadi. Imkoniyatlaridan deyarli foydalanishdan qocha boshlaydi. 4 milliard yilda bir takrorlanadigan(aslida takrorlanmas) shaxsiyatini shunchaki havoga uchiradi. Abadiy yashayman deb oʻylaydi. Shu sababdan vaqtini arzimagan narsalar, qisqa chalgʻituvchi ishlarga sarflab yuboradi. Oʻylamaydilar-ki, bugun vafot etgan odamni holati, bir kun biz bilan ham yuz beradi. Vaqt chegaralangan. Oʻlim albatta bizga mehmon boʻladi. Ha har birimizga. Oq boʻlamizmi, qora boʻlamizmi, haq boʻlamizmi nohaq boʻlamizmi, boy yoki kambagʻal boʻlamizmi buni umuman dahli yoʻq. Bu dunyoda eng samarali adolatni taʼminlab turadigan narsa bu oʻlimdir. Oʻlim bu meʼyordir. Oʻlimni yaqinligini his qilib, vaqtini avaylab oʻz orzu-maqsadlariga yoʻnaltirgan insonni hayoti unumli va mazmunlidir.
©️The laws of human nature
