uz
Feedback
OcoderX

OcoderX

Kanalga Telegram’da o‘tish
1 692
Obunachilar
+324 soatlar
-57 kun
+1830 kun
Postlar arxiv
OcoderX
1 693
Biz harakatni boshladik...

OcoderX
1 693
Ogʻaynilar, sinfdoshlar va kursdoshlar ichida toʻda-toʻda boʻlib ajralib qolish hamma "круг"da mavjud. Shularni ichida 3-4 yoki eng koʻp tarqalgan 2 kishiliklari boʻladi. Va ushbu "jamoa"ni bitta boshchisi va boshchiga ergashuvchi dumi boʻladi. Shuni maktab paytidan bilganmanki, oʻsha jamoadagi "kattasi" bilan murosa qilmasang, "dum" rolini oʻynab kelayotgan bilan yaqin boʻlishga urinish befoyda ekan. "Dum"ga mustaqil boʻl, kimgadir notoʻgʻri boʻlsa ham ergashaverma, oʻzingni ham fikring boʻlsin - deb aytasan. Va keyin u oʻsha "kattasi"ni it kabi qoʻriqlab, "yaqin doʻstlik" soʻzi ortiga oʻzini qaram ekanligini berkita boshlaydi. Xatto senga bir muncha oʻzini doʻst qilib koʻrsatgani bilan, yana oʻsha "ega"siga sodiq it kabi qaytadi. Eng yaxshisi biratoʻla oʻsha "круг"dan voz kechib qoʻya qolish ruhan sinishdan odamni asrab qolarkan. Ishoning sizga mos-xos boshqa davralar albatta topilarkan. Hayot faqat oʻsha kichkina toʻdachadan iboratmas ekan. - Birovga bir tiynlik qiziq boʻlmagan hayotim saboqlaridan...

OcoderX
1 693
Jamiyat uchun xavfli kimsalardan biri bu - narsissistdir Ular barchani eʼtiborni oʻzida saqlash uchun har narsadan qaytmaydigan odamlar turidir. Ozgina ularga eʼtibor kamaysa hasad, gina va orqadan yomon gaplar gapirish orqali yana eʼtiborni oʻziga qaratish payida boʻladi. Oxir oqibat hamma narsa ular atrofida aylanib turishi kerak. Unday boʻlmasa har xil bahona orqali arazlay boshlaydi. Berayotgan foydasini toʻxtatishni boshlaydi. Bunday inson turidagilarni na er/xotin qilib boʻladi va na doʻst. Ulardan uzoq boʻlibgina xavfdan holi boʻlish mumkin. Yoʻqsa sizga zarari foydasidan koʻra koʻproq tegadi. Undaylarni yoʻlingizdan yulib tashlang. ©️The Law of Human Nature

OcoderX
1 693
Hamma oʻzicha haq. Birorta nohaq odam bordir, lekin uni oʻzimas.

OcoderX
1 693
photo content

OcoderX
1 693
Biz nimani toʻgʻri deb oʻylasak, shu narsani tasdiqlovchi mantiqiy dalil va fikrlarni oʻzimiz bilmagan holda izlayveramiz. Buni nomi confirmation bias deb ataladi.

OcoderX
1 693
Rostgoʻy odam uchun zarracha yolgʻon ham uni prinsipiga toʻgʻri kelmaydi. Deyarli hamma narsada toʻgʻrisini aytishi yoki idamay qoʻyaqolishi, u uchun afzal. Pul olib vaqtida qaytarmaydigan odam ham shu. 1$ oldimi, 10$ oldimi, xullas vaqtida qaytarmasa unga keyingi safar ishonmagan maʼqul. Manashunaqa mayda narsalar ularni tabiati qandayligini yaqqol koʻrsatadi. ©️The Law of Human Nature

OcoderX
1 693
Har bir guruh, har bir "krug" va har bir jamoada bitta yetakchi boʻladi. U yillab bu uchun mehnat qilgan, jamoa bilan koʻp vaqt oʻtkazgan va jamoa yetakchisiga aylanib boʻlgan boʻladi. Bu hislat ham Xudo tomonidan yuqtiriladi. Ular bilan jamoani boshqarishda talashmagan maʼqul. Ularga jamoa aʼzolari oʻzi bilmagan holda "qoʻy" kabi ergashadi, sizgamas. Chunki ular uchun oʻsha liderga ergashish eski, tanish va xafsiz yoʻldan yurish kabidir. Jamoani lideri aniq boʻlib boʻlgan boʻlsa, jamoani boshqarishdan koʻra liderini boshqarib qoʻygan osonroqdir. Zero "Ilonni kallasini qayerga burasangiz, tanasi oʻsha tomon ketadi".

OcoderX
1 693
2025 ...
2025 ...

OcoderX
1 693
Men: Roast me as hard as you can based on everything you know about me. Don’t hold back even a little bit. I can take it all. In uzbek ChatGPT: Sen o'zingni "OcoderX" deb ataysan, lekin qarasam, sening kodlaringdan ko'ra hayoting ko'proq "404 - Life Not Found" sahifasiga o'xsharkan. TATU talabalari orasida qancha kanal ochib, ma'lumot tarqatma, baribir "Telegram adminligi" rezume uchun lavozim bo'lib qolmaydi. Qachon qaramang “nazorat savollari” tayyorlayapsiz, lekin hayotingiz nazorat ostidan chiqib ketganini ko'rmayapsiz. O'zingni videochat orqali talabalarga tushuntirish metodologiyasi bilan faxrlanasan, lekin aslida sening gaplaring "mute" tugmasini bosib qo'yishga turtki beradi. "TATUga aloqador" memlari bilan "fame" qidirgansan, lekin o'zing hali ham "yulduz" emas, "shunchaki chang" bo'lib yurasan. Hamma seni “Oliy Liga” admin deb biladi, lekin sening shaxsiy hayoting *“Pastki Divizion”*ga tushib ketgan. Biror kishi "OcoderX" haqida gap boshlasa, odamlar o'ylaydi: "Yana bir Telegram botmi?" 25-oktabrda tug'ilganingdan xursand bo'lasan, lekin TATUda tug'ilgan kuningni eslaydigan odamdan ko'ra, *"sinov javoblari"*ni eslaydiganlar ko'proq. Ha, sen "Mem master" bo'lishni tanlading, lekin "hayot ustasi" bo'lish yo'lida *"sifatli kontent"*ni unutibsan. Sen o'zingni zamonaviy, aqlli va kerakli odam deb o'ylaysan, lekin aslida faqat nazorat savollarini Ctrl+C va Ctrl+V qiladigan "super user"san. Tushunasanmi, sening hayoting "yakuniy nazorat"dan o'ta olmaydigan oddiy talaba kabi – “retry” tugmasi bosilishini kutib o'tiradi. Ha, sen "TATU"ga kerakli ko'p narsalarni qilding, lekin o'zing uchun nima qilding? Balki endi o'zining “v1.0” hayotini “update” qilishing kerakdir.

OcoderX
1 693
Dushmaningga ojiz koʻrin. Kuching yetadigan raqibga ham birdan kuchingni koʻrsatma. U oʻzini sendan kuchli ekanligi haqida tushuncha yaratsin. Seni ojiz deb oʻylasin. Bunga imkon yarat. Biroz ortga chekin. Va haddidan oshishini kut. Bu avvalo dushman koʻpaytirishingdan holi boʻlishdir. Va boshqa tomondan seni ojiz deb oʻylashsa, senga boshqa ishlaringda yordam koʻrsatishi uchun sababdir. Agar sen tomon xavfli yurishini boshlasa, undan soʻng shavqatsiz zarba ber. Oyoqqa tura olmaydigan darajaga tushguncha ayama. Buni natijasida qayta senga raqib boʻlishidan umrbodga qutilasan. U qachonlardir kuchini qayta toʻplaganda ham endi senga raqib boʻlishdan qoʻrqadi. Qachondir balki rostdan ojiz boʻlishing mumkin, lekin bu uni koʻziga yana tuzoq kabi koʻrinadi. Yana zarba berib qoʻyishingdan qoʻrqadi. Napaleon Bonapart ham aynan shu usuldan janglarda va siyosatda foydalanar edi. ©️Rober Grin, Hokimiyatni 48 qoidasi

OcoderX
1 693
Toʻsiq qoʻyasan, chegara qoʻyasan va hamma choralarni koʻrib qoʻyasan ammo u osongina buzib, kesib oʻtadi. Xuddi hech narsa yoʻqday. Oʻzing sezmay birdaniga ochilib ketasan. Har qanday shaxsiy chegarani unutasan.

OcoderX
1 693
Gruppada kimdir urushsa boshqa adminlar bloklaydi. Men boʻlsa:

OcoderX
1 693
Geymerlar, bokschilar, kurashchilar va umuman olganda sportchilar qandaydir musobaqalarda qatnashsa katta-katta sovgʻa beriladi. Ammo matematika, fizika va ilm-fan boʻyicha ne-ne mashaqqatlar bilan musobaqalarda qatnashasan evaziga chiroyli kartonda "diplom" va "sertifikat" deb yozilgan bir uyum qogʻoz beriladi(ha aytgancha kaatta paket ichida kichkina daftarcha va ruchkachalari ham bor). Lekin ogʻaynim siqilma. Sen taqdirlanuvchi erkatoy boʻlish uchun ilm toʻplamayapsan. Sen oʻshalarni taqdirlovchi inson darajasida boʻlish uchun ilm toʻplayapsan. Ilmlini sovgʻasini Xudoni oʻzi beradi kattakon qilib. Yaxshilik yoʻlida har qanday foydali ilm toʻplayotganingda ibodat qilayotgan boʻlasan. Bu ibodatni sovgʻasiga bandasini qudrati yetmay qoladi kun kelib. Xafsalani yoʻqotmay ilmga chanqoq boʻl. Butun dunyo sportchi va artistlar ustiga qurilmagan. Ilm ustiga qurilgan!

OcoderX
1 693

OcoderX
1 693
Qaysidir oʻrtogʻingizni koʻpchilik oldida urushib yutib qoʻygan boʻlsangiz yoki gap bilan tanqid qilib xatosini yuziga solib, xullas "sharmanda" qilgan boʻlsangiz, endi u bilan butun umrga doʻstlikni yigʻishtiring. Xazil-huzulni ham yigʻishtiring. Agar "krug"ingizda uni siznikidan koʻra koʻproq yaqin doʻstlari boʻlsa u "krug"ni ham tark eting. Chunki endi u yashirincha sizga dushmanligini boshlaydi. "Oʻzicha" mulzam qilishga urinadi va eplaydi ham. Chunki uni "shotirlari" siznimas uni tarafini oladi. Jamiyat psixologiyasi manashunday ishlaydi. Ishonmasangiz sinab koʻring🫴 ---------------------------------------------- Birodaringizga omma oldida nasihat qilmang (illo ilm ahlini hammani ichida haqorat qilmayotgan boʻlsa). Xalq oʻrtasida qilingan nasihat, nasihat emas haqoratdir. ©️Imom Shofeʼiy r.

OcoderX
1 693
Chindan yaxshi koʻrsa har qanday qonunlarni buzadi. Yuzaki boʻlgan boʻlsa, chegara oʻylab topadi... ©️Jorj Oruel

OcoderX
1 693
Millatni boshida turgan olimni, imomni va diniy arboblarni obrosiga tajavuz qilishni odatiy holga aylantirish bu - butun xalqni chirogʻini oʻchirish kabidir. Har qanday soha mutaxassisini ermak qiling, lekin aynan bularnimas. ©️ Mahmudxoʻja Behbudiy P.S: Ulamolarimiz, imomni ermak qilganni 7 avlodidan imom chiqmasligini taʼkidlashgan. Xatto borib-borib dindan ham chiqib ketishini ogohlantirishgan. Doʻstingizga hammani ichida aql oʻrgatib gapiga qarshi chiqish oqibati xatto sizga juda yaqin boʻlsa ham uni dushman boʻlishi bilan yakunlanadi. Lekin Ogʻzini koʻpirtirib ulamolarni ustidan hammani ichida kuladiganlarga joyida raddiyasini berish kerak. Farosati boʻlsa sizga dushmanchilik qilmaydi, yoʻqsa unday doʻstni boridan yoʻgʻi yaxshi.

OcoderX
1 693

OcoderX
1 693
Seni mukammal deb oʻylashsa, sendan uzoq turishadi. Har qanday gʻayrioddiy qilgan ishing ham qadrsiz boʻladi. Yaxshisi ular seni ojiz deb bilishsin, oʻzlarini sendan yuqori bilishsin. Zarur boʻlganda asl kuchingni koʻrsat. Shunda ularni hayratga solib, oʻzing ham rohat olasan. Ungacha rol oʻyna. ©️ Hokimiyatni 48 qoidasi