cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi facebook.com/ima.xorazm

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 369
Obunachilar
+124 soatlar
+227 kunlar
+2730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Zakovat: Xorazm
🏆 Ayollar ligasi davom etmoqda!!! 📣 18-may, shanba kuni  “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan ayollar o‘rtasida muntazam o‘tkaziluvchi Ayollar ligasining 7-turi bo'lib o'tadi! 😁 Ushbu turnirning Xorazm viloyatidagisi  Urganch shahrida o'tkaziladi! 😎 18-may kuni soat 13:00da Liganing 7-tur o‘yini bo‘lib o‘tadi. 😄 Liganing Xorazm viloyatidagi o‘yinlari UrDU binosida o‘tkaziladi. 📌 Manzil: UrDU binosi Talabalar turar joyidagi Axborot resurs markazi (kutubxona). Ayollar ligasida jamoalar quyidagi havola orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi: https://zakovatklubi.uz/tournaments/453 Xorazm viloyatidagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning Xorazm viloyati koordinatori  @Ilhom_Babajanov ga murojaat qilishlari mumkin.  🔥 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal:  @Xorazm_ZakovatNNT 🔥
Hammasini ko'rsatish...
#Ochiq_eshiklar_kuni #Qabul_2024 ⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi. ⏺ Ochiq eshiklar kunida: ➖ 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi; ➖ Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi; ➖ O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi; ➖ Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi; ➖ Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi. 📆 23-may Soat 10:00 dan 15:00 gacha 📝 IJOD MAKTABLARI 🗺 HUDUDIY MAKTABLAR 📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#teatr #Urganch_shahar_1_son_IMI YANGI SPEKTAKL PREMYERASI BO'LIB O'TDI 🎭 Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 14- may kuni “Mahorat” teatr studiyasida yangi spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi!!! 11.02, 11.01-sinf o‘quvchilaridan iborat teatr klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan “Cho‘lpon” nomli spektaklda Cho‘lpon yashagan davr ziddiyatlari, qatag‘on siyosati, shoirning shaxs sifatidagi xususiyatlari o‘quvchilar yoshiga mos tarzda yoritib berildi. Spektakl senariysini tayyorlash va o‘quvchilar bilan birga sahnalashtirish ishlarini “Mahorat” teatr klubi rahbari, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Rahimova Gulshan olib bordi. 💥Tomoshabinlar spektakldan katta taassurot olishdi. 🌐 Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3👍 1
#4_Choraklik_summativ_baholash #2_kun 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda IV chorak yakuni CHSB sinovlari bo'lib o'tmoqda. 📸 Fotolavhalarda: 1. Urganch shahar 1-son IMI 2. Shovot tumani IMI Yangibozor tumani IMI 3. Yangiariq tumani IM 4. Tuproqqal'a tumani IM 5. Xiva shahar 2-son IM 6. Xonqa tumani IM 7. Hazorasp tumani IM 8. Bog'ot tumani IM 9. Yangibozor tumani IMI 10. Xiva shahar 1-son IMI ❗️3 smenada tashkil qilingan jarayonlarni Agentlik tomonidan masʼul etib belgilangan xodimlar joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda. 🌐 Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
3👍 1
#4_Choraklik_summativ_baholash #2_kun 🏢 Bugun Agentlik tizimidagi maktablarda IV chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash  (CHSB) sinovlarining 2-kuni onlayn shaklda davom etmoqda. ❗️Xorazm viloyatida jarayonlarni joylarga borib o'rganish va shaffoflikni ta'minlash uchun Agentlik Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi F.F.Tuychiyev boshchilik qilmoqda. Fotosuratlarda Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ChSB jarayonlaridan lavhalar. 🌐 Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. ❗️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar roʻyxati tasdiqlandi. 👉 Unga koʻra, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi. Har oylik ustama toʻlanadigan pedagoglar roʻyxati Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
#Xalqaro_oila_kuni #Urganch_shahar_1_son_IMI ⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan  Urganch shahar tibbiyot birlashmasi vrachi Sattarova tomonidan Muborak o'quvchi qizlar bilan suhbat uyushtirdi. 📌Suhbat davomida o'quvchi qizlarga shaxsiy gigiyena qoidalari, oilada qiz farzand o'rni kabi mavzular yuzasidan ma'lumotlar berildi. 🌐 Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#bugun 15-may - Xalqaro Oila kuni ☀️ Xalqaro oila kuni har yili 15-mayda oilalarning ahamiyati va jamiyatdagi o‘rnini targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi. BMT Bosh Assambleyasi 1993-yilda oilalar bilan bog'liq muammolardan xabardorlikni oshirish va ularga ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida Xalqaro oila kuni deb e'lon qildi. Shu kuni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan oilalarni qutlash, ularning farovonligini oshirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#4_Choraklik_summativ_baholash #1_kun ✅ Agentlik maktablarida ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu imtihon ixtisoslik fanlaridan 4-chorak yakunlari bo‘yicha olinmoqda. 📁ChSB savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan. 📸 Fotolavhalarda: 1. Yangiariq tumani IM 2. Bog'ot tumani IM 3. Xiva shahar 2-son IM 4. Tuproqqal'a tumani IM 5. Hazorasp tumani IM ⏺ Sinov jarayonlariga Agentlik tomonidan masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1
#4_Choraklik_summativ_baholash #1_kun 🏢 Bugun Agentlik tizimidagi maktablarda IV chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash  (CHSB) sinovlari start oldi. Imtihonlar 14-,15-,16-may kunlari onlayn tarzda, 17-may kuni oflayn shaklda bo'lib o'tadi. 📸 Fotolavhalarda: 1. Urganch shahar 1-son IMI 2. Yangibozor tumani IMI 3. Shovot tumani IMI 4. Xiva shahar 1-son IMI 5. Xonqa tumani IM 6. Qo'shko'pir tumani IMI ❗️Jarayonlar shaffofligi maktab rahbariyati, nazoratchi o'qituvchilar tomonidan ta'minlanmoqda. 🌐 Telegram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
Po'stilar arxiv