𝙱𝙴𝙶'𝚄𝙱𝙾𝚁 𝚀𝙸𝚉𝙰𝙻𝙾𝚀 𝙸𝙹𝙾𝙳𝙸
Ko'proq ko'rsatish
189
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
-2930 kunlar
- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Obunachilar o'sish tezligi
Ma'lumot yuklanmoqda...
"Dadajonim"
Bugun bayon qildim ko'ngilning sirin
Sog'inch hissi qiynar dilda yashirin
Qay birini aytay, aytay qay birin
Alamlardan kuyib bitdi tanda jon
Yomon sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Tushimda ko'raman o'shal damlarim
Siz bilan baxtiyor yurgan onlarim
Go'zal chamanzorim, jannat bog'larim
Kechib ketgim kelar dunyodan shu on
Qumsab sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Esimda har kuni yo'lingiz poylab
Kelsangiz chopardim sizni quchoqlab
Qaynoq mehringizni qalbimga joylab
Shirin xotiralar qiynaydi hamon
Sizni sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Mehrizga to'ymadim sizga zor bo'lib
Tunlari yig'lardim yuragim to'lib
Do'stlarim o'tsa ham ustimdan kulib
Sizni yaxshi ko'rdim, qumsadim chunon
Yig'lab sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Kunlar o'taverdi quvib bir-birin
Tushunib yetmasdim hayotning sirin
Bolalik tark etib, bo'lib o'spirin
Yashardim qalbimda ming bitta armon
Dildan sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Yaratgan bizlarga berdi ko'p sinov
Taqdir ovchilari bizni qilgan ov
Dunyolarni kezib darbadar yayov
Izlab topolmadim yig'ladim qon-qon
E vooh, sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Oq libos kiygan kun o'yildi bag'rim
Yuragim tirnardi azobli dardim
Qaniydi, bo'lsangiz tog'im, tirgagim
Eslasam hozir ham bosar hayajon
Bo'zlab sogʻinyapman sizni, Dadajon!!!
Dilimda mujassam har bir so'zingiz
Ko'zimga surtardim bosgan izingiz
Bugun ona bo'ldi, Dada, qizingiz
Mehringizga zorman, zorman, Otajon
Sog'inib ketyapman sizni, Dadajon!!!
Bugun xotiralar o'ydi bag'rimni
Qog'ozga tushirdim yurak dardimni
Robbimga topshirmay omonatimni
Bir bor ko'rolsaydim bir lahza, bir on
Qizingiz sog'indi sizni, Dadajon!!!
👍 3🥰 1💯 1
SHE'R NOMI...
ARMON...
#PREMYERA
#ILTIMOSLARIGA_BINOAN_YOZILDI
Xiyonatni kechirolmas telba ko'nglim.
Sizni sevib netay bugun kuydi dilim.
Mayli endi boraqoling vafosizin.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tutib baxtga yeting.
Mayli men ham bir kunimni ko'rarman ham.
Bir kun men ham o'z baxtimga yetarman ham.
Boring sizni kutayapdi o'sha sanam.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tutib baxtga yeting.
Naxot shuncha bergan va'da yolg'on bo'lsa.
Baxtim deya ishonganim armon bo'lsa.
Men alamni mehmon qilay agar kelsa.
O'shal yorning qo'llaridan tutaqoling.
Qo'llaridan tutib baxtga yetaqoling.
Ne demoqqa so'z topolmay qolayapman.
Faqat alam - faqat alam yutayapman.
Kelmaysizu lekin sizni kutayapman.
Sizchi.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tutib baxtga yeting.
Ko'zyoshimning daryolari sizga uvol.
Shuncha sevgim sadoqatim sizga uvol.
Mayli endi ketaqoling jim iltimos.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tuting baxtga yeting.
Vaqtlar o'tib unutaman sizni bir kun.
Unutaman siz ishoning kelar shu kun.
Faqat sizga esga solar qorong'u tun.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tutib baxtga yeting.
Baxt tilashdan sizga o'zga choram ham yo'q.
Yuragimni kuydirmoqda o'tli firoq.
Mayli endi mendan butkul keting yiroq.
O'shal yorning qo'llaridan mahkam tuting.
Qo'llaridan mahkam tutib baxtga yeting.
12.11.2023... 19:00...
MUALLIF RUXSATISIZ TEGMANG...❌
MUALLIFLIK HUQUQI QONUN HIMOYASIDA...✅
👇MUROJAAT UCHUN:
@begubor_qizaloq_05
©Muallif:Dinara Aliyeva.
👇-Telegram kanal:
@begubor_qiz_sherlari
👍 2💯 1
soat 23:00 dan ertalabki soat 05:30 ga qadar qo'l telefon va boshqa aksessuarlarni to'liq o'chirib qo'ying. Ushbu aytilgan vaqt oralig'ida Rossiya tomonidan karonavirusni dizinfeksiya qilish uchun kuchli to'lqinli radiatsiya yuboriladi. Oila a'zolaringizni ham bundan ogoh qiling. Diqqat qiling bu hazil emas!
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun soat 23:00dan 05:30gacha telefon orqali, uyali telefonni, planshetni va hokazolarni o'chirishni so'radi... va tanadan uzoqda.
Qirg'iz televideniesi yangiliklar e'lon qildi. Iltimos, oilangiz va do'stlaringizga bugun sayyoramizdagi soat 23:00dan 5:30gacha radiatsiya juda yuqori bo'lishini ayting. Kosmik nurlari Yerga yaqinlashadi. Shuning uchun mobil telefonlarni o'chirib qo'ying. Qurilmani tanaga yaqin qo'ymang, sizga dahshatli zarar yetkazishi mumkin. Google va NASA BBC News bilan tanishing. Ushbu xabarni siz uchun juda qadrli bo'lgan barcha kishilarga yuboring!
Barcha Gruppadagilarni va yaqinlaringizni ogohlantiring tarqatvoringlar iltimos..!!!🙏🙏🙏
Repost from N/a
Hammasini ko'rsatish...💯 2
Boshqa reja tanlang
Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.