cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

IJOD | she‘rlar | monologlar | ijrolar | qo‘shiqlar

Ijodiy blog She‘rlar Monologlar Ijrolar Qo‘shiqlar Tabriklar Ijodiy kechalar

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
438
Obunachilar
+124 soatlar
-17 kunlar
-2130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Ijod86 #sher63 #Duet31 "Afsonaviy sevgimiz" Afsonaviy edi sevgimiz Ayro ekan endi yo'limiz Bir birimiz qattiq sevardik Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Bektosh Mansurov Ko'rayapman ko'zlarda nam Armonlarga yana ne kam Ko'rganimiz bo'ldiku g'am Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Ibrohim Xoliqulov Pinhona yo oshkor sevgimiz Uzatsak gar yetmas qo'limiz O'zimdan ham qizg'ondim uni Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Bektosh Mansurov Barcha menga tilar sabr Tortganimiz faqat jabr Chidaymanda qancha axir Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Ibrohim Xoliqulov Sig'mas edi tasviri so'zga Sevolmaydi menday o'zga Nasib etmas baxt ikkimizga Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Bektosh Mansurov Qoldim armon ko'chasida G'am yo'lining o'rtasida Yurak yolg'on uychasida Tohir Zuhro edik ikkimiz. ✍ Ibrohim Xoliqulov Faryod chekib keldik yo'llarda Sevgi ketmas izi dillarda Qo'shiq bo'lib qoldik tillarda Tohir Zuhro edik ikkimiz ✍ Bektosh Mansurov Sendan faqat azob qoldi Ko'ngil balki sevib toldi Sevgi jonin armon oldi Tohir Zuhro edik ikkimiz ✍ Ibrohim Xoliqulov Mualliflar: Ibrohim Xoliqulov va Bektosh Mansurov 20.02.2024 @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"Dunyolarga tengsizim onajon" Bu dunyoda yolg'iz yagonam, Mushtiparim nurli koshonam, Olam ichra go‘zal gul lolam, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Asadbek Azamjonov Dunyoda ishonganim o‘zingiz, Dardga malham aytgan har so'zingiz, Baxtdan kulsin shu nurli ko'zingiz, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Bektosh Mansurov Siz borsiz-ku yorug‘ bu olam, Dardlar unut begonadur g'am, Hammadan ham aziz bir donam, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Asadbek Azamjonov Bilmay oqizdim ko'zdan yoshingiz, Men deb har joyga urdi boshingiz, Hech oqmasin ko'zdan yoshingiz, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Bektosh Mansurov Xayollarim ketmasdan nogoh, O‘zga qizlar solsada nigoh, Bir dasta gul olaman shu chog‘, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Asadbek Azamjonov To‘g‘ri bo‘lmadim bir yaxshi bola, Bilmay qalbingiz og‘ritdim yana, Jannatlardan kelgan xushbo‘y lola, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Bektosh Mansurov Yonimdagi yagona malhamim, Siz borsizki yayraydi tanam, Go‘zallardan go‘zalim manim, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Asadbek Azamjonov Goh yuragingizga sanchdim tikan, Men qanday bola bo‘ldim ekan, Yomon bo‘ldi farzandingiz nodon, Dunyolarga tengsizim onajon. ✍ Bektosh Mansurov Mualliflar: Asadbek Azamjonov va Bektosh Mansurov 22.02.2024 @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
TOʻYIB KETDIM BARIDAN ONA Dushmanlarim tishin qayrashar, Doʻstlar sirim sotib sayrashar. Gʻiybatimni qilib yayrashar, Toʻyib ketdim baridan ona. Soxtalarim pulimga joʻra, Kuchuk yaxshi ulardan koʻra.. Shunchalaram peshonam shoʻra, Toʻyib ketdim baridan ona. Ishi tushsa izlaganlarim, Nomim maqtab sizlaganlarim. Koʻzim boylar hiylagarlarim, Toʻyib ketdim baridan ona. Baxtim koʻrib muzlaganlar koʻp, Pinxon yaram tuzlaganlar koʻp. Qarang ikki yuzlaganlar koʻp, Toʻyib ketdim baridan ona. Foydam tegsa yonimda ular, Omad ketsa ustimdan kular. Atrofimga toʻldi tulkilar, Toʻyib ketdim baridan ona. Bu dunyoda yaxshiyam borsiz, Men uchun har nega tayyorsiz. Duolari zoʻr madadkorsiz, Toʻyib ketdim baridan ona. Pand yedim yosh qaridan ona, Goh yaqin goh naridan ona. Atrofimda soxta odamlar, Toʻyib ketdim baridan ona. ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
Hammasini ko'rsatish...
Faqat seni sevganman Uchrar yoʻlimda goʻzallar. Bitaman koʻp gʻazallar. Sevgi deb yuragi kasallar. Faqat seni sevganman yor ✍ Ozodbek Narzullayev Ich etimda savollar tinmay, Kimdan bevafo malham topay Ayt boshimni qayoqqa uray, Faqat seni sevganman yor ✍ Bektosh Mansurov Baxtga yetaylik biz gulim. Armon yoqar oʻng-u soʻlim. Topaylik biz baxtdan qoʻnim. Faqat seni sevganman yor ✍ Ozodbek Narzullayev Bevafoga aytilsa yor yor, Yurak aqlim qilmoqda xor, Bilaman menga bo‘ladi zor Faqat seni sevganman yor ✍ Bektosh Mansurov Muhabbatim bir donamsan. Yuragimda yagonamsan. Yurak duri durdonamsan. Faqat seni sevganman yor ✍ Ozodbek Narzullayev O‘zga osmon oldi yulduzim, Zulmatdir yorug‘mas kunduzim, Aybdor ham o‘zimman o‘zim Faqat seni sevganman yor ✍ Bektosh Mansurov Eshitsam deyman soʻzingni. Dur chaqnagan koʻzingni. Sevib qoldimda oʻzingni. Faqat seni sevganman yor. ✍ Ozodbek Narzullayev Beparvodek kuzatdim zimdan, Qaytolmayman endi izimdan, O‘chirdim seni qalbimdan, Faqat seni sevganman yor. ✍ Bektosh Mansurov. Mualliflar Ozodbek Narzullayev Bektosh Mansurov Yozildi.2024.02.20. Mualliflar ruhsatisiz foydalanilmasin. @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"O‘tda yondi" Alaf azal go‘zaldan ko‘ra, Bilgandi sevganim so‘ra, O‘zga quchog‘ida u yurar, Vujud o‘lmasdan o‘tda yondi. O‘chdi shirin xayollar ham, Qaydan topaman dardga malham, Uning to‘yi menga motam, Vujud o‘lmasdan o‘tda yondi. Turibman suratingga boqib jim, Hijron qiynab bermaydi tinim, Dilda dardim bisyordir g‘ijim, Vujud o‘lmasdan o‘tda yondi. Yuksaklarga chorla ishq kerak, Ummonlarga aylansin yurak, Bu azoblar hijrondan darak, Vujud o‘lmasdan o‘tda yondi. ✍ Bektosh Mansurov 2024 yil 20 fevral Kamchiliklar bo‘lsa uzr @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"ILOVA KERAK" Yaxshiyam daraxtlar shovullar faqat, Qo'rqaman bir kun qolsalar so‘zlab, Ularda balkim qolmagandi toqat, Tangrim seni faqat men uchun bitgan. Balkim xafadir biz yurgan yo'llar, Qaniydi qaytsaydi nogoh yillar, Bir biriga mushtoqdir bu dillar, Tangrim seni faqat men uchun bitgan. Men-chun kitob eding e'zozli, suyuk, Shoh baytim eding hammasidan buyuk, Nogoh bo‘ldimi bu ko'ngillar kuyuk, Tangrim seni faqat men uchun bitgan. Shunday komil eding, mening nazdimda,, Nogoh ojiz tutding go‘yo yoningda, Axir baxtli eding mening yonimda, Tangrim seni faqat men uchun bitgan. Nechun bilmaysan buyuk kitobni, Sevar edim sendik bir oftobni, Takror ko‘rmoq edi senday jamolni, Tangrim seni faqat men uchun bitgan Isming yodga tushsa titraydi yurak, Tushunmoqlik uchun ilova kerak, Bormi senda sevadigan yurak, Tangrim seni faqat men uchun bitgan Tangrim seni faqat men uchun bitgan... Bektosh Mansurov 2024 yil 18 yanvar @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"Kuydim ishqida" Kuyganim ham shudir bilmaydi jonim, Baxtli bo‘lsak edi u bilan har onim, Qaynatmasa bo‘ldi tashnadir qonim, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Bektosh Mansurov Sog'inib o'taymi yo Kuyib o‘tay, Ayting nima qilay, nimalar qilay, Sog'indi bu yurak qaylarga boray, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Asadbek Azamjonov Sog'inganim kulga tashladim, sovurdim, Bilar yo bilmas hijronda qovruldim, Bildim sevmas ekan undan ayrildim, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Bektosh Mansurov Vafosi bormikan ayting kimni der, Bu yurak zormikan faqat seni der, Bir bor aytaman ketma jonim kel, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Asadbek Azamjonov Sevmasam ey balkim yaxshimidi yo, Ishqim bilar edi u bilan xudo, Ko'rdim xiyonatni ayrildi judo, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Bektosh Mansurov Oh buncha ozorlar beravermagin, Yuragimni buncha ezavermagin, Mendan o‘zgani sen sevavermagin, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Asadbek Azamjonov Ravo ko'rding sanam ozorlaringni, Yupanch bo‘lmayman madorlaringni, Qalbga ko‘mdim sevgi mozorlaringni, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Bektosh Mansurov Yonib ketar ichim kuyar dillarim, Adog‘i ko‘rinmas mening so‘zlarim, U qaydan biladi oshiq bo‘lganim, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Asadbek Azamjonov Bir ko‘rib unga men mastona bo'ldim, Ishqida ovvora sarsona bo‘ldim, O‘ldim, tirildim, devona bo‘ldim, Shu qizning ishqida kuydim ishqida. ✍ Bektosh Mansurov Mualliflar: Asadbek Azamjonov va Bektosh Mansurov 2024 yil 17 fevral @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"Sogʻindim" Hijroningda yondiku dilim, Meni tashlab ketding sevgilim, Bag‘rim bo‘ldi tilim tilim, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Asadbek Azamjonov Bu rishtalar ketding uzilib, Yurakka dog‘ni ham chizilib, Bo‘g‘zimga keldi jon tuzilib, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Bektosh Mansurov Bu dardimga bormi da'volar, Bo‘g‘zimga jon yetmas havolar, Aytgin meni kimlar da'volar, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Asadbek Azamjonov Barcha hislar eh o‘lgandir, Qaynoq qonlar toshib to'lgandir, Allaqachon yurak o‘lgandir, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Bektosh Mansurov Toshbagʻilar ayirdi mendan, Bevafolik kutmadim sendan, Unutib bo‘lmaydi ayt nimadan, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Asadbek Azamjonov Buyuk sevgidan kechdim ham, Ko‘rmaysan endi ko'zdan nam, Nahot sevgim bo‘ldimi sham, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Bektosh Mansurov Yurak dardim to‘lgandi chog‘i, Yonib bitgan dilning o'chog'i, Og‘ir botar o‘zga quchog‘i, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Asadbek Azamjonov Unutmoqqa izladim chora, Alamlarim bilsang zora, Kelgin bir bor, so'nggi bora, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Bektosh Mansurov Yosh boladay erkalab seni, Shu ayriliq qiynaydi meni, Nima qilay ko‘rgim keldi, Sog‘indim-a seni sogʻindim. ✍ Asadbek Azamjonov Mualliflar: Asadbek Azamjonov va Bektosh Mansurov. 2024 yil 17 fevral @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
"Kapalak" esse Muhabbat bog'imda sevgi gulim kamlik qildimi?. Kapalak har bir boylarning gullariga qo‘nding. Ularning sevgi changli gullarida faqat xiyonat changlarini olding. Mening muhabbat bog'imda sevgi gulimda changlarmas faqat totli, shirali ishqimni yutarding. Axir, mening gulimda xiyonat changlarida o'rin yo‘q edi. Ko‘zni pana qilib kapalak o‘zi kim eding. Mayli ularning xiyonat changlari bilan osmoningga uch. Mendan oson kechib boylarning boylarini quch. Bilib qo‘y, shuni unutma, mendan ketganing bilan ulardan ishqning shirasini ololmaysan kapalak. Bir umr ularning yori bo'lolmaysan kapalak. Essiz qolgan umringni xiyonat bilan o‘tkazding. Essiz kapalakni sevibman. Bu kapalakni men faqat bir umr muhabbat bog'imda qoladi. Ikkimiz bir bo‘lib juftli kapalak bo'lardik. Sevgi osmonimizdan biz hech tushmay uchardik deb o‘ylardim. Afsus... Boshqa kapalaklar muhabbat bog'imga keladi-yu, ularga o'rin yo'qligini bilib uchib ketardi. Hammaning havasi kelardi muhabbat bog‘imga. Lekin afsuski, ularga joy yo'q edi. Faqat senga bog'imda joy bor edi. O‘ylama bir umr men ham toq bo‘lmayman. Qara kapalak, meni sevadigan, sevgim qadriga yetadigan, meni sog‘inadigan, qadrimga yetadigan juftimni topdim. Umringni boshqa kapalaklar bilan o‘tkazib qari qiz bo‘lib o‘tasan. Mening juftim bilan baxtli yashaganimni ko‘rib alam bilan afsus chekasan. Afsuski, endi sen bilan juftli kapalak bo‘lolmayman. Chunki o'zimning juftli kapalagimni topdim. Afsus, sen bilan o'tkazgan kunlarimga ming la'nat sevgi baxt visolidamas xiyonatli yor topganim. Ming la'nat o'sha kunlarga. ✍ Bektosh Mansurov 2024 yil 15 fevral @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
#Ijod79 #Sher56 #Duet26 "Mening sevgim bitta boʻldi" Sevdim to'qqiz yoshimda, Qaytib kelma qoshimga, Kuydim yigirma yoshimda, Mening sevgim bitta bo‘ldi ✍ Bektosh Mansurov Faqat seni sevgan edim, Muhabbating tuygan edim. Dilda isming yozgan edim. Mening sevgim bitta boʻldi. ✍ Ozodbek Narzullayev Sevgim sehrlanganding, Ishongandim yolg'on mehring, Yodimda qoqqan qoshlaring, Mening sevgim bitta bo‘ldi. ✍ Bektosh Mansurov Armonlarda qolmasaydim, Visolingga yetolsaydim. Oʻzim yoring boʻlolsaydim. Mening sevgim bitta boʻldi. ✍ Ozodbek Narzullayev Uzaymadi sevgi qissam, Unga bag‘ishladim hissam, Bo‘lar edi-ya, sevmasam, Mening sevgim bitta bo‘ldi. ✍ Bektosh Mansurov Gulim seni sevamanda. Seni deya kuyamanda. Chin sevgingni bilamanda. Mening sevgim bitta boʻldi. ✍ Ozodbek Narzullayev Sevgim sen qilding bo‘lak, Sevgimdan olardi o'rnak, Ko'zda yosh ko‘rmayin tilak, Sevgim qaytarilmas bo‘ldi. ✍ Bektosh Mansurov Bagʻrimni yoqmasin armon. Gulim seni sevdim har on. Yuragimga boʻlgin darmon. Mening sevgim bitta boʻldi. ✍ Ozodbek Narzullayev Sevganim bo'ldi xato, Afsuski qilding judo O'rtamizda bor xudo, Mening sevgim bitta bo‘ldi. ✍ Bektosh Mansurov Edingku meni yagonam Yuragimdagi bir donam. Sevdim men seni durdonam. Mening sevgim bitta boʻldi. ✍Ozodbek Narzullayev Bilakka chizardik yurak, Qancha bo'lardim xalak, Sevmayman qaytib malak, Mening sevgim bitta bo‘ldi ✍ Bektosh Mansurov Mualliflar:Ozodbek Narzullayev Bektosh Mansurov 2024 yil 15 fevral Mualliflar ruhsatisiz foydalanilmasin. @Bektosh_Mansur
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.