cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali

🏫Prezident maktabi agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabining rasmiy kanali!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
254
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

📣📣📣📣📣 Diqqat, diqqat! Ota-onalar uchun yanada qulaylik! ⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar amalga oshiriladi. Farzandlaringizni Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab internatlariga hujjatlarini online topshirishda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi? Bu kabi qiyinchilklarga endilikda yechim bor! Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar qabuli bo‘yicha online hujjatlar topshirishda ko'maklashadi! 🏢 Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida 2024-2025-oʻquv yilida o‘quvchilar hujjatlarini online qabuli bo'yicha BEPUL MASLAHAT MARKAZI faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ❓ Qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. Telegram| Facebook| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 1
#Ochiq_muloqot Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildiBugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan. ❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi. Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi. Xususan: ➖vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi, ➖maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi. Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi. ❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi. Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi. Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi. ✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi. Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi. Yakuniy bosqich jarayonlaridan fotoreportaj. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Туркиянинг олий давлат мукофоти билан тақдирланди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
REELS_ORDEN_TG.mp430.68 MB
Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. - Сегодня состоялась международная конференция «Успешные реформы — устойчивые результаты», на которой участники поделились своими взглядами на текущие тенденции и качество образования. Повышение качества  образования является важнейшим направлением нашей политики и проводимых реформ. Педагоги — самые важные профессионалы в обществе,  потому что во многом именно они воспитывают и формируют наше отношение к людям, культуре, стране. Если государство представить в виде дерева,  то они будут его корнями. И я убеждена, что дерево без глубоких, сильных корней не вырастет высоким, цветущим и плодоносящим. Поэтому Узбекистан уделяет так много внимания совершенствованию системы образования, поощряет педагогов участвовать в международных программах и внедрять лучшие мировые практики.
Hammasini ko'rsatish...
1
Repost from Hilola Umarova
01:32
Video unavailableShow in Telegram
Ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy teatrni ibratxonaga mengzaganda juda to‘g‘ri ta’rifni tilga olgan edi. Buni kecha Buxoroda bo‘lib o‘tgan “Turon” maktab teatri tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimida yana bir bor his qildim. Belgilangan tartibga ko‘ra, 1-o‘rinni egallagan Navoiy viloyatining “Ibrat” jamoasi chet elga ta’lim sayohatiga borish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi. Men ushbu ma’rifat tanlovida qatnashgan yoshlarni chin qalbimdan qutlagan holda, “ilm egallashdan, kitob o‘qish va tafakkuringizni boyitishdan to‘xtamang”, deb qolaman.
Hammasini ko'rsatish...
Turon teatrii.mp428.40 MB
👍 1 1👏 1
#qabul_2024 #ishchi_guruh YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Buxoro viloyati Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi. Oʻrganish davomida Buxoro 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari ham koʻzdan kechirildi. Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#Buxoro Vazir Buxorodagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurdi 🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Dastlab vazir Buxoro tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida bo‘lib, taʼlim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maktabda yil davomida ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar ingliz va koreys tili sertifikatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, muassasa o‘quvchilari “Sambo” kurash turi bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan. Vazir o‘rganish ishlari jarayonida yakunlangan o‘quv yilida erishilgan natijalar, pedagoglar sifat tarkibi bilan qiziqdi. Yozgi mavsumda taʼlim muassasasida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasini ko‘zdan kechirdi. ➖ So‘ngra Hilola Umarova olis Peshku tumanidagi 45-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbirida ishtirok etdi. Bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda tarbiyachilar bilan suhbatlashdi. Shuningdek, vazir tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Muassasadagi obodonlashtirish ishlari, fizika, kimyo laboratoriya xonalarini ko‘zdan kechirdi. Hilola Umarova maktab pedagoglari bilan uchrashib, ularning muammolari va taʼlim sifatini oshirish borasidagi takliflarini o‘rgandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ baholar tabeli nusxasi; ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? 2024/2025-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari: ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga; ⏺Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ➖ aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga; ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ➖ tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Po'stilar arxiv