cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Koson tumani MMTB rasmiy kanali.

t/me.Kosonmmtb

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
227
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
+730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

''Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar'' xalqaro anjumanida maktabimiz direktori ham faol ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Tabriklaymiz Xudoyberdiyev 👏 https://t.me/Koson_72_maktabim
Hammasini ko'rsatish...
3.50 MB
👍 1
#yangiliklar "Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar" konferensiyasi doirasida tashkil etilgan Liderlik va o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha trening kurslari ikki kun davomida bo‘lib o‘tdi. 📍Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi asosida tashkil etilgan ushbu tadbirning ilk kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdas tomonidan olib borildi. ❇️ Kun davomida ishtirokchilar: XXI asrda taʼlim duch kelayotgan murakkabliklar va muammolar, jumladan, texnologik taraqqiyot, demografik oʼzgarishlar va farovonlik muammolari haqida ma'lumot olishdi. ✅ Mashg‘ulotlar davomida Singapur misolida yuqori sifatli taʼlim tizimini tashkil etuvchi asosiy elementlar tahlil etilib, muhokama qilindi. https://t.me/Koson_72_maktabim
Hammasini ko'rsatish...
24.64 MB
7-iyun kuni “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtdi. Anjuman qatnashchilari taʼlim sifati, bu sohadagi joriy tendensiyalar borasida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Taʼlim sifatini yaxshilash – davlatimiz siyosatining, olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri. Pedagoglar jamiyatda eng muhim oʻrin tutgan kasb egalaridir. Insonni tarbiyalab, atrofdagilarga, madaniyatga, Vatanga munosabatimizni shakllantiradigan asosan shular. Agar davlatni bir daraxt deb tasavvur qiladigan boʻlsak, oʻqituvchilarni uning ildiziga qiyoslash mumkin. Ishonchim komilki, daraxtning ildizi chuqur, baquvvat boʻlmas ekan, koʻkka boʻy choʻzolmaydi, gullab-yashnamaydi, meva bermaydi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston taʼlim tizimini takomillashtirishga bu qadar katta eʼtibor qaratib, pedagoglarimizni xalqaro dasturlarda ishtirok etishga, dunyoning eng ilgʻor tajribalarini qoʻllashga undamoqda. https://t.me/Koson_72_maktabim
Hammasini ko'rsatish...
#Taqdirlash_marosimi “Turon” maktab teatri tanlovi g’oliblari xorijga ta’lim sayohatiga borishadi! 🔴 Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. ✔️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi va bu kabi tadbirlarning yoshlarning iqtidorini kashf etishdagi ahamiyati haqida so’z yuritdi. Shundan so’ng, tanlovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan qo’yilgan ballarga ko’ra: 🥇Navoiy viloyatining “Ibrat“ jamoasi 1-o’rin, 🥈Namangan viloyatining “Ibrat izdoshlari“ jamoasi 2-o’rin, 🥉Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri“ jamoasi 3-o’rinni egalladi. ❗️G'olib jamoa xorijga ta'lim sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. ➖ Shuningdek, maktab jamoalari tanlov davomida namoyish etilgan sahna ko’rinishlari uchun “Eng yaxshi sahna spektakli”, “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng kreativ jamoa” kabi nominatsiyalar bilan taqdirlanishdi. ⚡️Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasining “Tan nuri” jamoasi a’zosi Niyozbek Boynazarov “Eng yaxshi aktyor”, Xorazm viloyati “Yosh teatrchilar” jamoasi vakili Dinara Safayeva esa “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g’olib deb topildi. Barcha g’oliblarni chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz! Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
#Mehrli_maktab "Mehrli maktab” faoliyati yanada rivojlantiriladi ✅ Xabaringiz bor, kuni kecha Toshkent shahrida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishida xalqaro kongress o‘z ishini boshladi. Kongressda 300 nafardan ziyod ishtirokchi, jumladan JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologlar maktabi, xorijiy universitet klinikalari, yetakchi tibbiyot markazi rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur Kongressda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev hamda Rossiya Federatsiyasining “UchimZnayem” gospital taʼlim loyihasi rahbari Sergey Sharikov ishtirok etib, “Mehrli maktab” faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida taqdimot qildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi “Mehrli maktab” faoliyatini kengaytirish maqsadida kelgusida hududlarda ham uning filiallarini tashkil etish hamda u yerda tarbiyalanadigan bolalarga sifatli taʼlim berish uchun yetarli sharoitlar yaratish to‘g‘risida fikr yuritildi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Zamin Foundation
O‘zbekistonda bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha "Dalillarga asoslangan harakat" birinchi Xalqaro kongressi o‘tkazilmoqda. Kongress 300 dan ziyod ishtirokchi, shu jumladan JSST, Xalqaro bolalar onkologlari jamiyati, Yevropa onkologlar maktabi, xorijiy universitet klinikalari va yetakchi tibbiyot markazlari rahbarlari, xalqaro va milliy ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillarini to‘pladi. Ziroat Mirziyoyeva kongressdagi nutqida "bu yerga biz yagona maqsadni ko‘zlab, o‘g‘il-qizlarimizning hayotiga zomin bo‘layotgan eng og‘ir kasalliklardan birini yengish uchun yig‘ildik. Har bir bola yashashga haqlidir. Bolalar kelajakda sog‘lom bo‘lishi, to‘laqonli hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish bizning burchimizdir", deb ta’kidladi. — В Узбекистане проходит первый Международный конгресс по детской онкологии и гематологии «Доказательства к действию», собравший более 300 участников, в том числе представителей руководства ВОЗ, Международного общества детских онкологов, Европейской школы онкологов, а также зарубежных университетских клиник и ведущих медицинских центров, международных и национальных научных кругов, гражданского общества. В своём выступлении на конгрессе Зироат Мирзиёева отметила: «Мы собрались здесь с единственной целью — преодолеть одну из самых тяжелых болезней, от которой страдают наши дети. Каждый ребенок имеет право на жизнь. Мы обязаны использовать все возможности, чтобы дети были здоровы и вели полноценную жизнь в будущем». Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Zamin Foundation
00:49
Video unavailableShow in Telegram
congress_hd.mp432.21 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Live "Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi boshlandi 🔴 Ayni damda ko’hna va hamisha navqiron Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. ❗️Birozdan so’ng tanlov g’oliblari e’lon qilinadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv