cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ Reklama @Qulay_Taklif Murojaat uchun: @Tgaloqabot Guruhimiz: @Milliy_Universiteti_Chat

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
13 843
Obunachilar
-624 soatlar
-307 kunlar
-21130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:08
Video unavailableShow in Telegram
⚡️QADRLI DINDOSHIM, QURBON HAYITI MUBORAK BO'LSIN! 🌙 Muborak kunlarda Alloh barchamizga ezgulik, mehr-muhabbat, xayrli amallarda bardavom bo'lishlikni ato aylasin. Hayotimizda quvonchli kunlarimiz ko'paysin! 💫 Hayit muborak aziz dindoshim ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
1.78 KB
2
01:16
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 ⚡️Rasman: Joriy yilgi kirish test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi aniq bo'ldi! Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
3.39 MB
👍 3
00:50
Video unavailableShow in Telegram
#savol #javob ‼️Yangi tartibga koʻra taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilindi. Bu hozirda grantda oʻqiyotgan talabalarga ham joriy etiladimi? ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
11.12.mp43.53 MB
👍 2👎 1
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? #abituriyent  Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi: 1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar. Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q; 2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar. Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi. Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan; Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas. 3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi; 4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar. Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi. Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi; 5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar. Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi. Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad! ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
Hammasini ko'rsatish...
ХАЛҚАРО ЭЪТИРОФ

Ҳурматли таълим соҳасининг жонкуярлари, азиз устозлар, билимга чанқоқ талабалар! Биз, салкам бир миллион нафардан ошиқ "Адолатчи"лар илк бор мамлакатимизнинг икки олий ўқув юрти дунёнинг энг нуфузли университетлари «ТОП-1000» талигидан ўрин олгани ҳақидаги хабарни катта хурсандчилик билан қарши олдик. Ушбу хушхабар ҳар бир ўзбекистонликнинг қалбида ғурур ва фахр туйғусини уйғотганига ишончимиз комил. Аср билан юзлашган Ўзбекистон Миллий университети нафақат Марказий Осиё, балки жаҳон миқёсида юз минглаб салоҳиятли…

00:17
Video unavailableShow in Telegram
Tayyorlanmasdan o'qishga kirish siri topildi!
Yaqinlarga yuborib qo'ying!
#Qabul2024   #Abituriyent2024 ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
1.14 MB
😁 8👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Миллий университети дунёнинг ТОП-1000лик рейтингида Quacquarelli Symonds (QS) Халқаро олий таълим таҳлилий агентлиги 2025 йил учун дунёнинг энг яхши университетлари рейтинги – QS World University Rankings 2025 натижаларини эълон қилди. Эътиборли жиҳати, мамлакатимизнинг энг улуғ таълим даргоҳларидан бири бўлган Ўзбекистон Миллий университети дунёнинг энг яхши университетлари рейтингида (QS World University Rankings 2025) 781-790 ўринларда қайд этилиб, ТОП-1000 университетлар қаторидан жой олди. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 3👏 2
#Rasman #abituriyent ‼️Bugundan qabul boshlandi Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🔥 Ertadan OTMlar va texnikumlarga qabul boshlanishi kerak ▪️Avvalroq ma'lum qilinganidek, 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Hammasini ko'rsatish...
01:40
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Rasman: 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon bekor bo‘ldi ✅ 2024-yilda ushbu ro‘yxatdagi OTMlarda ham boshqa chet tili yo‘nalishi bor OTMlar kabi test imtihoni o‘tkaziladi: ➖ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ➖ Samarqand davlat chet tillar instituti; ➖ Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; ➖ Toshkent davlat pedagogika universiteti; ➖ Qo‘qon davlat pedagogika instituti; ➖ Nukus davlat pedagogika instituti; ➖ Andijon davlat chet tillar instituti; ➖ Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
Hammasini ko'rsatish...
7.61 MB
👍 2