cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sarvar Nazarbayev | Blog

Kechasi tugagan, ertasi sir bo’lgan istiqbolli o'zbek yigitining bugungi fikrlari. Reklama yo'q. Menejment kanalim: @Nazarboyev_menejment Muallif: @Sarvar_Nazarbayev Anonim savol yo'llash: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=38465b2a221

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
502
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+57 kunlar
+1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Tanasini qiynamagan "erkak". 1. Onasini umraga olib bordi. Yelkasida ko'tarib tavof qildrimoqchi edi, beli og'rib ko'tara olmadi. Umrida 15 kg dan ortiq tosh ko'tarmagan edi 2. Ayoli bilan sayohatga chiqdi. Ayoli uni yelkasiga boshini qo'yib hayol surmoqchi edi, yigitning yelkasi qattiqligidan boshini og'ritdi. Yelka mushagiga ishlamagandi bola 3. Singlisini to'yi bo'ldi. Akaxon kuyov bilan quchoqlashdiyu, uni yonida yosh boladek ko'rinib qoldi. Zalga chiqmagan edi. 4. Uylandi. To'yda kostyum shimda tashqaridan zo'r bola bo'lib ko'rindi. Kostyum shimni yechdi. Nimjongina bola ekan kuyov bola! 5. Qo'rqma do'stim, bular bizni boshimizga tushmaydi, bemalol abetgacha uxlab, ovqatlanishni to'g'ri qilmay, tanamizni qiynamay yuraveraylik. @Sarvar_Nazarboyev
Hammasini ko'rsatish...
😁 13👍 5 2🔥 1
01:53
Video unavailableShow in Telegram
Adashmasam, o'tgan yili oktabr oyida kundaligimga Dadajonimga, Onajonimga o'z pulimga telefon olib beraman deb yozib qo'ygan edim. Nasib qildi, fevralda Dadajonimga, bugun esa Onajonimga sovg'a qildim. Bugun Volidamning tavallud kunlari. Aziz Dadajonim va mehribon Onajonim! Sizlarni juda yaxshi ko'raman! Bu kichkina sovg'amiz misolida ota-onalarimizga yaxshilikni targ'ib qilgan bo'lsak, maqsadimizga yetibmiz! Hammamizga ota-onalarimizni faxri bo'lish nasib qilsin! Videoni tayyorlab bergan Saidmurod do'stimga tashakkur! @Sarvar_Nazarboyev
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6370.MOV86.52 MB
❤‍🔥 45👍 9 8🏆 4 2🔥 2
01:53
Video unavailableShow in Telegram
IMG_6370.MOV86.52 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❌ Evosda boshqa tanlov yo'qligidan pepsi olish ✔️ Tashqaridan milliy, tabiiy ichimlik olib kirib ichish @Sarvar_Nazarboyev
Hammasini ko'rsatish...
😁 19🔥 8❤‍🔥 4👍 2 2 1😢 1
Yashash oson bo'ladi, qachonki... "Atomic habits", "Raqamlar uchun yaralgan idrok" va h.z miya, shaxsiy rivojlanishga doir kitoblarda umumiy bitta narsani ko'rdim.
Mohiyat –iloji boricha aqliy energiyani tejash
Odatlarni avtomatik holga keltirish — bomdodni o'qib bo'lib "nima qilsam ekan" deb o'tirib, uxlab qolishni oldini oladi Odat shakllantirish – robot kabi bir xil yashab, erkinlikni cheklash emas. Balki ayni erkinlikdir! Kunning qaysi qismida, qaysi mashg'ulotdan keyin qaysi mashg'ulotni qilishni bilish miyamizni ancha bo'shatadi va o'zimizni erkinroq his qilishimizga yordam beradi. Bir kun oldin ertaga qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni yozib qo'yish ham, operativ xotirani bo'shatadi va endi miyamiz o'sha ishlarni o'ylab bizni siqiltirmaydi. Shunchaki ro'yhatga tez-tez qarab turamiz tamom. Xulosa: O'zimizni, miyamizni o'rganaylik, yashash oson bo'ladi. @Sarvar_Nazarboyev
Hammasini ko'rsatish...
17🔥 8👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga hurmatimiz cheksiz! Bir gap, o'ng tomondagi inson ham rosa prezidentlikka tortar ekana?😇
Hammasini ko'rsatish...
🔥 30❤‍🔥 7 3😁 3👍 2 1💯 1🤗 1
Eslab qolishning eng samarali usuli Hammamiz ilm o'rganuvchimiz. Tibbiyot, yuridik, iqtisodiyot, marketing va h.z sohalarni o'rganamiz. 🧠 Nima qilsak bilimlar miyamizdagi uzoq muddatli xotiraga joylanadi? 1️⃣Bilim miyamizda neyron bog'lamlarda joylanadi. Biz ma'lumotni birinchi o'qiganimizda operativ (qisqa muddatli) xotiraga joylanadi. 2️⃣ Uni kelajakda ham eslab, ishlatish uchun uzoq muddatli xotiraga o'tkazishimiz kerak. 3️⃣Ko'pchilik sohta mahorat effektiga aldanib qoladi. Ma'lumotni qayta-qayta o'qiydi. Xuddi yod bo'lib ketgandek tuyuladi. Lekin kitobni yopib yoddan aytishga harakat qilsa, ayta olmaydi. 4️⃣
Aslida 10 marta o'qigandan 1 marta kitobni yopib o'sha ma'lumotni o'zimiz qayta eslaganimiz foydaliroq.
5️⃣Bu tadqiqotlarda isbotini topgan. Ma'lumotni qayta-qayta o'qigandan ko'ra, bir marta o'qish va yoddan aytishga harakat qilish samaraliroq.. Shunda neyron bog'lam hosil bo'ladi. 6️⃣Birinchisida to'liq yoddan ayta olmasangiz, ma'lumotni yana bir marta o'qiysiz va yana yoddan aytasiz. 7️⃣Bu usul har qanday ilmda Qur'on yodlashda, matematikada, tibbiyotda, yurisprudensiya, iqtisodiyot sohalaridagi yodlashda ishlatsa bo'ladi. 8️⃣O'qing, yopib yoddan eslang, yana o'qing va yoddan eslang. Bu 20 marta o'qigandan afzal. @Sarvar_Nazarboyev
Hammasini ko'rsatish...
👍 16❤‍🔥 3🔥 2
Ertaga yozaman bugun kech bo'ldi...)
Hammasini ko'rsatish...
🤯 1
Ilm o'rganishdagi ba'zi texnikalarni bilib qolganingda, nega ertaroq bilmadim degan his yomon ekan...
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3👍 1
Mana shunday kichkina bo’lsa ham hissam tekkanini ko’rsam mazza qilamanda)
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.