uz
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Ko'proq ko'rsatish
1 071
Obunachilar
+224 soatlar
+37 kunlar
+11930 kunlar
Postlar arxiv
Go’shtsiz 25 kun Xumor tutayabdi;)

“Kutilgan Prezentatsiya” 1 hafta tayyorgarlik ko’rgan prezintatsiyamni bugun Team leader va Department boshlig’i qarshisida qilib berdim. Mendan oldin qilgan Koreyslarning PPT sidan kamchilik topgan Director, menga kelganda ”깔금하고 보기 좋다“ iborasini ishlatdi (O’zbekcha tarjimasini bilsangiz izohlarda yozib qoldiring). Albatta PPT qilish jarayonida har doim eshituvchi tushunishini hisobga olgan holda, sodda va lo’nda qilishga harakat qilaman. Bugun shu odatim o’zini oqladi. Qolgan Koreys hamkasblar hammasi 8-10 yil tajribaga ega kishilar edi. Ular PPT ga juda ko’p ma’lumot qo’yishgan ekan, shu sabab tinglovchini boshini biroz og’irib qo’ygan chamamda. Men oxirgi bo’lganim uchun, mendan oldingi qilgan hamkasblar kelib “tip” berib ketishdi. Ya’ni ushbu savolni berayabdi, ushbu joyiga e’tibor qaratayabdi deb. Doim meni “챙겨주다” qilishligidan yanada uzoqroq ishlash kayfiyati paydo bo’ladi. Director PPT ni bir qismini maqtay turib, ushbu slaydni Department majlisida qilib bersangiz juda yaxshi bo’lar ekan deb qo’shib ham qo’ydi. Team leader esa hayron va mendan ko’ngli to’q:) Shu sabab muammoli Davlatlarni yana ishonib topshirishayotganga o’xshaydi “afsuski”)

Ish vaqti Ba’zida ish vaqti qanday o’tib ketayotganini bilmay qolaman. Avvalari tushlikga qanday ovqat chiqar ekan deb kuzati
Ish vaqti Ba’zida ish vaqti qanday o’tib ketayotganini bilmay qolaman. Avvalari tushlikga qanday ovqat chiqar ekan deb kuzatib turar edim. Endi bo’lsa tushlik vaqti bo’ldi deb, hamkasblar eslatib turishibdi. Ishga sho’ng’ib ketish deb shunga aytishsa kerak. Har zamonda yonimga shunday shirinliklar olib kelib qo’yaman. Kayfiyatni ko’taradida:) Ha aytgancha, gulni o’zim sotib oldim. Hech kim sovg’a qilmadi😁

Bu e’lonni joylaganimdan to bugunga qadar 15 nafar arizachining CV ni tekshirib chiqdim. Afsuski faqat 2 kishigina qayerga ishga topshirayotganligini tushunib ariza qoldirgan. Shulardan bir nafari Afrikalik va bir nafari Vetnamlik ekan. Vetnamlikni CV juda ajoyib, ana endi bugun telefon orqali muloqot qilib ko’raman. O’zbeklarimizni CV si ham juda yaxshi ammo talablarni o’qimasdan yuborishgan chamamda. Yoki chiqmagan jondan umid deya urinib ko’rishgandur. Ochig’ini aytsam men Musulmon chet ellik olish tarafdoriman. Menga sherik bo’ladida:)

Key point* Aynan ushbu qism eng ta’sirli va ma’noli chiqgan. Ya’ni Turistlarni o’ziga jalb qila oladi. Videodagi ushbu gap “우즈벡 분들이 되게 조건없이 잘해주거든요“ Ya’ni manfaatlarsiz mexmondo’st demoqchi bo’lgan…

Turizm qahramonlari! Rasmdagi 3 kishi O’zbekistonni Koreyaga tanitish borasida juda katta hissa qo’shishdi desam mubolag’a bo
+7
Turizm qahramonlari! Rasmdagi 3 kishi O’zbekistonni Koreyaga tanitish borasida juda katta hissa qo’shishdi desam mubolag’a bo’lmaydi. Biz eng xohlagan jihat: Mehmondo’stlik va samimiylikni Orif va Omon akalar misolida yaqqol ko’rish mumkin. Shunga aminmanki, 곽튜비 ▶️You Tube kanali va Netflix dagi 기사 식당 2 sonlarida butun boshli O’zbekistonga bag’ishlangan videolar yuklandi va rekord darajada kuzatilayabdi. Kuzatuvchi Koreyslar esa, O’zbekistonga borishni ham hoxlab qolishmoqda. (Izohlardan bilish ham mumkin) Qahramonlarimizni tashqi ishlar vaziri va Turizm vazirimiz tomonidan e’tirofga loyiq kishilar deb bilaman. Hech qanday manfaatlar to’qnashuvisiz uchrashuv shu yergacha yetib keldi. Azamat aka sharofatlari bilan bugun kechgi ovqatni birga qildik. Barchaligi juda samimiy va sodda kishilar edi. You Tube ga video ham tayyorlandi. Yaqin kunlarda 곽튜브 ▶️ kanalida kuzatishingiz mumkin.

Obunachilarga savol? Tasavvur qiling, Sentabr oyida Turkiyaning 🇹🇷Istanbul shahriga sayohatga ketayabsiz. Sizda taxminan 2-3 kun vaqt bo’ladi. Ho’sh shu kunlarda Istanbulning yoki yaqinidagi boshqa shaharlarning qayeriga borgan bo’lar edingiz? Turkiya Istanbulga borilsa, aniq kirib o’tish kerak deb bilgan yerlaringiz bo’lsa o’rtoqlashing:) Turar joy, transport borasidagi fikrlaringiz ham qiziq.

Kompaniyada ish o’rni: Men ishlayotgan Kompaniyada “Overseas Sales” bo’yicha ish o’rni mavjud. Agar siz quyidagi talab va so’
Kompaniyada ish o’rni: Men ishlayotgan Kompaniyada “Overseas Sales” bo’yicha ish o’rni mavjud. Agar siz quyidagi talab va so’rovlarga tog’ri kelsangiz, rasmda qoldiringan emailga CV ni yuboring. Chet elliklarga eng zo’r tarafi: KOSDAQ ga a’zo bo’lgan. P.s. Tanish bilishchilik qilmayman.

Notanish qo’ng’iroq… Kecha “Otash qassob” dan qo’ng’iroq qilishdi. Notanish raqam, balki shoshilinch deb o’ylab ko’tardim. (Oxirgi yillar notanish raqamdan qo’ng’iroq kelsa olmay qo’yganman) Suhbatimiz quyidagicha kechdi: Otash qassob: Assalomu alaykum, Elyor aka yaxshi yuribsizmi? Men: Voalaykum assalom. Hudoga shukr yaxshiman. Uzur tanimadim? Otash qassob: Otash qassob do’konidan hol ahvol so’rab qo’ng’iroq qilayotgan edik. Ilovamizdan mahsulotlar olmay qo’ygan ekansiz. Bizdan kamchilik bo’ldimi deb o’ylab, qo’ng’iroq qilayabmiz. Men: Ha.. endi tushundim. Kamchilik deyarli yo’q, shunchaki yonimizda Halol do’kon ochilgan. Kerak bo’layotganda o’sha yerdan olayabman. Otash qassob: Aka, u yerdan go’shtlarni kilosini qanchadan olayabsiz? Men: “mana shunchadan” olayabman. Otash qassob: Aka agar bizdan olishda davom etsangiz, hozirda narxlar arzonlagan. (Shu bilan go’sht kg narxlarini aytishga tushishdi) Men: Ma’lumot uchun rahmat, Kimhega borgan paytim kirib o’taman shundoq ham. Otash qassob: Hop, aka sog’ va salomat bo’ling. Shu bilab telefonda suhbatimiz yakunlandi.
P.s. Men esa o’zimni hiyonat qilib, dakki eshitganday hijolat bo’lib ketdim:) Otash qassobning muomalasi yaxshi. Anchadan beri hech kim hol ahvol so’ramagan edi. 😅

Azamat aka bilan ba’zi fikrlarimiz juda o’xshashib ketadi.

Америка ёки Кореянинг вазирларию зиёлилари ковбой қиёфати ёки ханбук киймаса ҳам бутун дунё ёшлари ўшаларнинг урф-одатларига тақлид қилишади. Бизда нимагадир шу тескари эффект беради, “сунъий ватанпарвар”лар жуда кўпайиб қолган, демак масала дўппи билан эмас, уни кийган одам билан боғлиқ. Бу кетишда аниқ ёшларда дўппига нисбатан аллергия пайдо бўлади…масалан дўппили порахўр, қаллоб, амалдор ва ҳоказолар…

Bangladeshda urush Esingizda bo’lsa Fevral oyi oxirida Pokistonga xizmat safari bilan borib kelgan edik. Borishimizdan avval
+1
Bangladeshda urush Esingizda bo’lsa Fevral oyi oxirida Pokistonga xizmat safari bilan borib kelgan edik. Borishimizdan avval Pokistondagi Koreya elchixonasi ham bormaslikni tavsiya qilgan, sababi Yanvar oylaridagi saylovlar tufayli Davlat to’ntarishi va terror kuzatilayotgan edi. Tavvakal qilib bordik. Tog’ri safarimiz oson kechgani yo’q. Ho’sh endi navbat Bangladeshga kelibdi. Avgust oyining oxirlariga Banladeshga xizmat safarim bor edi. Lekin hozir Bangladeshda fuqarolar urushi/Davlat to’ntaruvi boshlanibdi. 50 dan oshiq odam o’lgan. Asosiy to’qnashuv talaba va harbiylar o’rtasida bo’layabdi. Sabab: Veteranlarning farzandlariga ajratilgan kvota ekan. 18-iyuldan beri Internetlar butun boshli Davlatda o’chirilgan hech kim bilan aloqa qilib bo’lmayabdi. (Koreyadagi Bangladeshlik do’stlar ham oilasidan havotirda). Agar vaziyat 1 hafta ichida qo’lga olinmasa, bizni safar ham bekor bo’ladi. Axir havfsizlik 1-o’rindaku! Manba: https://www.aljazeera.com/news/2024/7/19/bangladesh-imposes-curfew-deploys-army-as-job-quota-protests-continue

주간회 / Majlis Bugun 2-marotaba “Team manager” guruh boshlig’i o’rniga haftalik majlisda qatnashdim. Majlisda, Kopmaniyadagi: President - Kompaniya egasi CEO - Kompaniya bosh direktori Head of Department - Bo’lim boshliqlar 5 nafar Team manager - Guruh boshliqlar 20 nafar qatnashar ekan. 1. Qism Dunyodagi bo’layotgan global muammolar, Kompaniya biznesiga ta’siri va kelajakdagi e’tibor berish kerak bo’lgan muhim jihatlar yoritiladi. Bu majlisda: 1) Yevropadagi saylovlar 2) Bola tarbiyasi (yoxud team memberlarga oid) Virginia Satir kitoblari 3) AI, Blockchain 4) Ishni ortga surish oqibatlari va ularning sabablari President so’z navbati (Bu ma’lumotlar ochiqlanmaydi) Production plan (Bu ma’lumotlar ochiqlanmaydi, shu qismida men Team manager o’rniga javob berdim) CEO so’z navbati (Bu ma’lumotlar ochiqlanmaydi) Xulosa: Majlislarda qatnashib shuni tushunib yetayabmanki, katta Kompaniyani boshqarish uchun muhim kishilar “dumalo stol” atrofida o’tirib muhokama qilinishi kerak mavzularni gaplashishi kerak. Bu Kompaniyani monitoring va nazorat uchun ajralmas qism sanaladi.

#kichiktajribamdan Reklama yoki tavsiya qilish ham alohida mavzu. Ko’pchilik kanallar yoki shaxsiy profilda, biror bir xizmatni reklama qilish yoki tavsiya qilishni iltimos qilib yozishadi. (Ba’zida pul taklifi bilan, sababi men adminlik qilayotgan kanallar bir nechta) Ammo negadur men, reklama qilib bering deb aloqaga chiqganlarni xizmatidan foydalanib ko’rmagunimcha birovga tavsiya qilgim kelmaydi. Sababi faqat yaxshinigina birovlarga ilina olaman. Ora-orada tavsiya postlarini ko’rsangiz, ko’p ehtimol bilan ular menga aloqaga chiqishmagan bo’ladi. Men o’zim kuzatib, foydali deb topsamgina sizlarga ham ilinaman. Yuqoridagi gaplarim bilan nima demoqchiman?: Xizmat sifati va muoamalani chiroyli qilsangiz, birovlar o’zi sizni “iltimosingizsiz” tavsiya qila boshlashadi. Muhimi xizmatni xolis qiling, ya’ni blogger yoki taniqli “influencer” odamlarga zo’r qilib, qolganlarga e’tiborsiz yondashsangiz, ishonch bilan aytamanki - uzoqqa bormaysiz.

Ruhiy Kasal Koreyada bir deganda sizni deport qilib yuborishi mumkin bo’lgan omillar talaygina. Ba’zida bu omillar sizga bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Oddiy bir misol: Asosan Seoul shahridagi metrolarda ruhiy kasal bo’lgan odamlarni ko’p kuzatish mumkin. Ularning ba’zi birlari yon atrofga zarari ham tegadi. Shunday payt agar siz unga qarshi reaksiya bildirib qo’ysangiz tamom… Menga shu paytgacha aynan shu jihat - o’zimga bog’liq bo’lmagandek tuyilgan. Birgina musht katta o’zgarishlarga olib keladi. Ko’chada provokatsiya qiladigan ruhiy kasallar ko’p. Chet ellik o’laroq iloji boricha o’zimizni tiyishimiz kerak. Albatta F5 ulgungacha:) O’zbekistonning eng yoqadigan jihati, ruhiy kasallarni asosan mahsus shifoxonalarda yoki ularning oilalari qaramog’ida na’zorat qilishadi. Ya’ni jamiyatga salbiy ta’siri o’ta kam degani. Koreyada esa boshqacha. Inson huquqlari deb jar solishadiyu, ochiqdan ochiq jinoyat yoki haqoratlarga ko’z yumishadi. Ajoyib xalq va Davlat bu Koreya.

Vaqt o’tishini qarang, Bir vaqtlar o’zim univer tomonidan sohamga oid ilmiy markazlarga uyishtiriladigan “tour” larga qatnash
Vaqt o’tishini qarang, Bir vaqtlar o’zim univer tomonidan sohamga oid ilmiy markazlarga uyishtiriladigan “tour” larga qatnashar edim. Bugunga kelib o’zim, talabalarga “tour” qilib berayabman. Oradan bor yog’i 3-4 yil o’tdi xolos. Daejeon shahrimizdagi univerlardagi yuqumli kassaliklar fakultetidan talabalar kelishdi. Ularga ishlab chiqarish, laboratoriya va ofis bo’limlarini ko’rsatdim. Hash-pash deguncha 선배 ham bo’lib qolibmiz.

Boboy tan oldi.
Boboy tan oldi.

장티푸스 - Tif (Salmonella) 말라리아 - Malaria Yuqoridagi kassaliklarga qarshi vaksina oldim bugun. Ushbu kassaliklar keng tarqargan
+1
장티푸스 - Tif (Salmonella) 말라리아 - Malaria Yuqoridagi kassaliklarga qarshi vaksina oldim bugun. Ushbu kassaliklar keng tarqargan hududlarga (Davlatlar) borishdan oldin olish kerak bo’ladi odatda. Ko’pincha Hindiston, Bangladesh, Nepal, Miyanma va shu kabi Davlatlarga borishdan oldin emlanish kerak. (O’zi ro’yxati bor ushbu Davlatlarni) Men ham kelasi oy, yuqoridagi Davlatlardan biriga xizmat safari bilan borib kelishim kerak.

Kecha Daiso supermarketdan rayxon va kashnich urug’ini olib keldim. Qulay jihati plastik tuvak tuproq va o’g’iti bilan komple
+1
Kecha Daiso supermarketdan rayxon va kashnich urug’ini olib keldim. Qulay jihati plastik tuvak tuproq va o’g’iti bilan komplekt sotadi. Uyda bir o’zim uchun ayni muddao. Quyosh yaxshi tushadigan yerga qo’yib qo’ysam bo’lgani, 10 kundan so’ng natijani ulashaman. Koreyadagilar, sinab ko’rganmisiz? Esdalik bo’lishi uchun elektron kundaligimga (telegram kanal) yozib qo’ydim.

Koreya va MDH Koreya borgan sari MDH davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlab borayabdi. Ayniqsa Rossiya va Ukraina urushi sabab, Rossiya bozoridan chiqib ketgandan so’ng O’rta Osiyo davlatlariga qiziqishi yanada ortdi. Shu sabab Koreyaning katta Kompaniyalari O’rta Osiyo bozoriga kirish taraddudida. Buning uchun o’sha yer odamlarini ishlatish, eng effektiv yo’llardan biri. Oxirgi paytlar, ish e’lon qilinadigan saytlarda Koreys, Rus va Ingliz tilini biluvchi Koreyada o’qishni bitirganlarga talab ortayabdi. Imkoniyatlardan foydalanib qolish uchun kamida internship qilgan bo’lishi va chiqishuvchan bo’lishlik kerak bo’ladi. Faqatgina O’zbek tilini bilish bilan ish topish amri mahol. Vaqtingiz bo’lganda qo’shimcha til o’rganing. Qo’shimchasiga dunyoda global o’zgarishlarga sabab bo’layotgan voqealikdan habardor bo’lib turing. P.s. Bizni Kompaniya ham Turkiya bozoriga kirishimizni sezib, Turkcha so’zlashuv darslarini eshitib yurdim. Qarabsizki, Turkiya bozori menga tegdi. Avvalari Istanbulga borishni niyat qilgan edim. Hudo hohlasa “Business trip” qilganda ko’rib keladigan bo’layabman.

Elga yor (Elyor) - Telegram kanali @elyorbilan statistikasi va tahlili