cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

👶BF kids.uz📚🧸

📚Bolalar uchun rivojlantiruvchi va islomiy kitoblar 🧸Montessori rivojlantiruvchi o'yinchoqlari 🌸👶Farzandingiz porloq kelajagini 🌹BF Kids🌹bilan quring! Zakaz uchun @bf_books_toys_admin Kanal linki @Bright_Future_kids Reklama @Reklama_BFKids

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 462
Obunachilar
-124 soatlar
-167 kunlar
-7830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

O'zbekistondagi ilk Montessori bog'chasining rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
🎉🎉🎉 O'zbekistonda uzoq kutilgan Authentic Montessori bolalar bog'chasi rasman ochilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz! ⚡️⚡️⚡️ Kashfiyotlar boshlandi! 24.06.2024 birinchi marta o'zbek bolalari haqiqiy Montessori metodi asosida bir necha yillik tajriba va AMI Montessori diplomli ustozlar bilan ishlashdi! Xalqaro Montessori maktabi o'z-o'zini boshqarish, amaliy mashg'ulotlar va hamkorlikdagi o'yinlarni ta'kidlaydigan mashhur Montessori usuliga asoslangan yuqori sifatli ta'lim berishga bag'ishlangan. Bizning maqsadimiz yosh bolalarda mustaqillik, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, ularni porloq kelajakka tayyorlashdir. O‘zbekistonda bolalar ta’limining ushbu qiziqarli yangi bobini nishonlashda bizning safimizga qo'shiling. Farzandingizni bugunoq ro‘yxatdan o‘tkazing va har bir bolaning noyob salohiyatini qadrlaydigan jamiyatning bir qismi bo‘ling. Murojaat uchun +998990191439 @ims_tashkent
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from OʻYNAB OʻRGANAMIZ
#tarbiya #homeschooling Bolalarga yoshiga qarab qanday ish qildirish mumkin? 2 yoshda: -polni supurish; -changni artib olish; -kiyinish jarayonida yordam berish; -yechilgan kiyimlarni stulga qo'yish; -o'ziga yoki boshqa oila a'zolariga poyabzal olib kelish, juftlikni topish; -yuvilgan kiyimlarni osib qo'yishga yordam berish, kichik narsalarni berish; -kirlarni kir yuvish mashinasiga solish; -o'yinchoqlarni yig’ish. 3 yoshda -Yuqoridagilarga qo’shimcha: -o'yinchoqlar, kitoblarni o'zingiz va kattalar yordamida taklash;  -kiyim shkafidan kiyimini tanlash; o'zi kiyinishi; -kiyim-kechaklarni tugmalash, qadash -qarindoshlarga yordam berish; -stol tuzashga yordam berish - salfetkalar, qoshiqlar qo’yish; -Ozi ishlatgan idishlarni rakovinaga qo'yish, -stol ustidagi mayda narsalarni artib olish; -ko'zoynak, kitob, telefon olib kelish; -O’yin maydinchasida, arg’imchoq oldida navbatini kutish; -qisqa vaqt davomida yolg'iz o'ynash; -tanish joylarda  uyga ketish yo’lini ko'rsatish; -so'ralganda shovqin qilishni to'xtatish; -shirinlik yoki mevalarni hamma uchun teng taqsimlang; -ko'chada yolg'iz o'ynash (nazorat ostida, lekin kattalar ishtirokisiz).   4 yoshda: Yuqoridagi hammasiga qo’shimcha:   -idishlarni yuvishga yordam berish -joy yig’ishda yordam qilish; -salatni kesishga yordam berish; -kattalar bilan oddiy shirinlik pishirish; -do'konda kattalar bilan birgalikda mahsulotlarni aravaga solib tanlash; -o'ziga oddiy nonushta tayyorlash: , sendvich tayyorlash, holodilnikdan qaymoq olish -quritgichga kichik narsalarni ilib qo'yish; -uyda doimiy nazoratsiz  o'ynash 5 yoshda:   Yuqoridagi hammasiga qo’shimcha:  -ignaga ip o'tkazishga yordam berish; -ipni g'altakning ustiga o'rash; -o'ziga va boshqalarga sovuq ichimliklarni quyib berish; -kichik xaridlar uchun to'lov qilish; -kirlarni oq va rangli  qismlarga ajratish; -oshxonada idishlarni joylash, u yerni tartibga solish; -yechingandan keyin narsalarni ehtiyotkorlik bilan stulga ilib qo'yish; -tashqi kiyimingizni shkafga ilib qo'yish; -toza choyshabni shkafga qo'yish; -uy hayvonini boqish;  -mevalarni  idishga terish.   6 yoshda: Yuqoridagi hammasiga qo’shimcha: -pullarni bir joyga yig’ish, ularni bir xil qiymatdagilarini ajratish; -yuvilgan kichik kirlarni toifalarga ajratish; paypoqni juftini topish -mehmonlar sonini (o'ngacha) hisoblang va dasturxonni odamlar soniga qarab tayyorlashga yordam berish, hamma uchun yetarli ekanligini tekshirish; -xonani va gilamlarni changyutkichda tozalash; -gullarga suv quyish; -axlatni tashlashga yordam berish -bog'da “taroq” ishlatish; -oddiy ovqatni o'zi tayyorlash: issiq sendvich, qaynatilgan tuxum; -bog’cha uchun narsalarini tayyorlash. 7 yoshda:   Yuqoridagilarga qo’shimcha:   -strelkali soatga qarab vaqt aytish; -poyabzal ipini bog'lash; -kiyimingizni ob-havoga qarab tanlash; -portfelni mustaqil ravishda yig'ish; -sabzavotlarni yuvish va tozalash; -hojatxona va hammomni tartibga solish; -uy hayvonini cho'miltirish; -kichik uy hayvonlari bilan sayr qilish -yangi telefonni sozlash; -ilovalarni yuklab olish; -batareyalarni almashtirish. 8-9 yoshda:   Yuqoridagilarga qo’shimcha: -uxlashga yotish, ertalab soatiga  qarab o'zi uyg'onish; -ro’yxat asosida haridlarni amalga oshirish; -sotib olingan mahsulotlarni turlarga ajratish; -mayda narsalarni dazmollash; -shkafini tartibga solish -ota-onalarning turli topshiriqlarini bajarish; -yosh bolalarni(ukalarini) ovqatlantirishda yordam berish; tugmachalarni tikish; -kiyimida kichik yirtilgan joylarini tikish; -oila daromadining bir qismini taqsimlash bo‘yicha oilaviy kengashlarda ishtirok etish; -o'zingiz va boshqalar uchun vannani to’ldirish; -daraxtlardan mevalarni yig'ish; -kattalar ishtirokida olov yoqish va olovda ovqat pishirish; -kitoblardan va qidiruv tizimlari (google) yordamida yangi oshpazlik retseptlarini o'rganish; -kompyuter dasturlarida oddiy taqdimotlar qilish. Bolalarni ish qilishi ularda iroda, boshqalar mehnatiga hurmatni o'rgatadi, shu bilan birga ish qildirish  qo'rqitish, manipulyatsiya orqali bo'lmasligi kerak. Rozaliya Gabdulhakova ©@oynab_organamiz
Hammasini ko'rsatish...
Issiq kunlarda sizda ham holsizlik kuzatilyaptimi? Buning sababi faqat suvsizlanish emas, balki Natriy, Kaliy tuzlarining kamayib ketishi ekan.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Bek Olimjon
Issiq havo harorati o’limga sabab bo’lishi mumkin Nima qilish kerak? Issiq urishi bor narsa. Qariyalar va bolalarda buni xavfi katta. Issiq keldi, terlaymiz, suv ichamiz, qancha ichsak ham chanqoq bosilmaydi, terlayveramiz, bosh og’riydi, holsizlanamiz. Inson tanasi to’g’ri ishlashi uchun ma’lum bir haroratni bir xilda ushlab turishi kerak. Huddi go’sht aynib qolmasligi uchun sovutgich bir xilda sovuq haroratni ushlab turganidek. Havo issiq bo’lishi tana haroratini ortishiga sabab bo’ladi, buni nazorat qilish uchun tana ter orqali issiqlikni tashqariga chiqarib yuborishga harakat qiladi. Natijada tanadagi suv miqdori kamayadi va chanqoq hissi paydo bo’ladi. Buni qondirish uchun biz suv ichamiz. Mana shu joyda eng muhim narsaga e’tibor bermaymiz. Tanadan chiqayotgan ter ta’mi sho’r bo’lishi bor narsa. Terlaganimizda biz suv bilan qo’shib tuzlarni ham chiqarib yuboramiz. Ya’ni natriy, kaliy va hokazolarni. Bular umumiy nomi elektrolitlar deyiladi. Bu tuzlar esa yurak, miya, buyrak kabi eng muhim a’zolar funksiyasini bir me’yorda ushlab turish uchun juda-juda muhim. Biz esa bularni terlash orqali yo’qotganimizda faqat suv qismini qoplaymizda, yo’qolgan tuz qismini qoplashga e’tibor bermaymiz. Aslida bunday issiq kunlarda yo’qolgan tuz o’rnini qoplash chanqoqni qondirishdek muhim. Nega yozning issiq kunlarida sho’r ayron yaxshi ketishi sababi ham shunda. Tuzga bo’lgan ehtiyoj yuqori bo’lgani bois shunday. Issiqda, chanqaganda bosh og’rishi bor narsa. Chunki miya suvsizlanishga eng sezuvchan a’zo. Hujayralar esa tuzsizlanishga sezuvchanligi juda yuqori. Hujayra-ichi degidratatsiyasi degan tushuncha bor. Unda hujayralar qurib, puchayib qoladi va o’z faoliyatini to’liq bajara olmaydi. Bu paytda ularga suyuq qilingan namakob (oddiy osh tuzli suv) juda katta foyda beradi. Buni fan tilida gipotonik eritma ham deyiladi. Chanqoqni qondirish bilan birga, bosh og’rig’i va umumiy holsizlik tez ketsin desak suvsizlanishda suv ichish bilan tuzlarni ham o’rnini qoplash muhim. Natriy va kaliy tuzlarining qondagi miqdori o’ta pasayib ketishi holsizlik, mushaklar bo’shashidan tortib yurak to’xtashigacha olib borishi mumkin. Yevropa tomondagi o’quvchilar uchun bunga yechim ancha osonroq. Har qanday sport do’koniga kirib oddiy ichgani elektrolit ber desangiz topib beradi. 1 litrga eritiladigan tabletkadan 10 tasini 2€ ga beradi. Buni marafon yugurganda yoki uzoq masofada veloturga chiqqanda ishlatamiz misol uchun. O’zbekistonda aynan shu turdagi elektrolitli tabletka yoki kukunlar borligidan bexabarman, ammo Uzbda aptekadan regidron kukuni so’ralsa topib berishadi. Regidron bu bolalar ichi ketganda beriladigan tuzli eritma. Bitta paketchasini 1 litrli suvga solinadi va ichiladi. Bularning afzallik jihatlari suvsizlanishdan keyin miya va tana faoliyatini tez o’ziga kelishini ta’minlaydi. Ramazonda iftorlikda yaxshi yordam bersa, yoz oylarida sizda issiqdan bosh qaynab og’rimasligiga yordam beradi. Yozning issiq kunlarida suv ichish bilan birga tuzlarni o’rnini qoplashni ham unutmaslik zarur. Oddiy yechim bu tekin namokob yoki arzon regidronli suv. Bek Olimjon 22.06.24 Norvegiya
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
05:19
Video unavailable
#tarbiya Farzandingizga telefon/televizor qo'yib berishdan oldin bu videoni albatta ko'ring‼️ Videodagi eng ta'sirlantirgan jumla-,,Agar siz butun vaqtingizni Hudo sizga bergan qobiliyatni o'stirishga qaratganingizda edi, hech qancha vaqt o'tmay odamlar sizni televizorda ko'rishardi" Naqadar haqiqat, bu film qahramoni-Neyroxirurgning bolalik paytiga necha yil bo'ldi? Haqiqat egiladi, bukiladi lekin yillar ham uni sindirolmaydi😢 Bu g'ayridin onaning gaplari, lekin biz musulmon bo'la turib farzandimiz miyasi eng bebaho bo'lgan davrni shunchaki televizor yoki telefon qoshida o'tkazishiga qanday jim qarab tura olamiz?😔 @Bright_Future_kids
Hammasini ko'rsatish...
15.20 MB
👍 5
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
📕0-3 oylik bolalar uchun rivojlantiruvchi mashg'ulotlar
Hammasini ko'rsatish...
00:11
Video unavailable
Hadija ustozlikni boshlab yubordi😄 Dadasi ikkalasiga kitob o'qib bermoqchi edila, Hadija kitobni ovolib, Maryamga o'qib berishga tushib ketdi😂 Mashaalloh, opalik ham yangi qobiliyatlarni kashf qilarkan🥰 @Bright_Future_kids
Hammasini ko'rsatish...
4.09 MB
👍 6
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
00:22
Video unavailable
o4JeLLv4ALJjbGuUI4vDVOUdTeII2MY4AgCYQe.mp44.66 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.