cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Profi University Kunduzgi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
346
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+117 kunlar
+3030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🅿️PROFI UNIVERSITYDA TALABA-YOSHLAR O’RTASIDA GASTRONOMIYA VA PAZANDACHILIK FESTIVALI! ⚡️Hurmatli "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi talabalari, bu imkoniyatni aynan sizlar uchun! ✔️Ijodkor va qo‘li gul talabalarimiz turli xildagi mahsulotlardan mazzali taom tayyorlash, ularni kreativ bezatish va did bilan dasturxonga tortish  bo’yicha bellashuvda qatnashishlari mumkin. ‼️Bellashuv quyidagi mezonlarda baholanadi: 1-shart Tanishtiruv; talabalar o‘z yo’nalishlari, guruhlari, shuningdek ularning afzalliklari to’g’risida (she’r, qo’shiq yoki sahna ko’rinishi orqali) tanishtirib o’tishadi. (10 daqiqa) 2-shart Savol-javob. Xar bir guruhga uy-ro’zg’or ishlari va pazandalikka oid bittadan savol beriladi (10 daqiqa) 3-shart Buterbrod tayyorlash (buterbrod tayyorlashni san’at darajasida bajarish) (15 daqiqa) 4-shart Noodatiy salat tayyorlash. (ko’pchilik uchun yangilik bo’ladigan salat tayyorlash) (20 daqiqa) 5-shart Shirinlik tayyorlaymiz. (pishirish talab etilmaydigan, tayyor mahsulotlatlardan mazzali shirinlik tayyorlaymiz) (20 daqiqa) 6-shart Mevalar (mevalarni dasturxonga tortishda estetik jihatdan bezatilishi va noodatiy uzatish) (15 daqiqa). ❗️Bellashuv qatnashchilaridan sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish, taomlarni tayyorlash texnologiyasini to’g’ri olib borish, tayyorlangan taomlarni did bilan dasturxonga tortish va ta’riflash mahorati talab etiladi. Bellashuv 15-may kuni soat 10:00 da  Universityning Beruniy kampusida bo’lib o’tadi. ❓Bellashuv bo’yicha barcha savollarni @LAYLO_AXMEDOVA telegram akkauntiga jo’natishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
2👍 1🤯 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
🅿️PROFI UNIVERSITYda TALABA–YOSHLAR HAYOTIGA BOG’LIQ MEDIA LOYIHA TANLOVI! 💻Talabalarning ijodiy imkoniyatlar va qiziqishlari asosida talabalarimiz "Kitobxonlik", "Dasturlash tili", "Intervyu", "Sevimli kasbim", "Mening hobbiyim", "Bir kunlik hayoti", "Ustoz-shogirt ananasi" mavzusida ta’lim jarayoni, bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish, ixtiyoriy turdagi mehnat faoliyatini tashkil etish va tayyorlash, talabalarining tug’ilgan joyi, oilasi haqida qisqa metrajli ixtiyoriy video yoki infografika materiallari tayyorlab mazkur tanlovda ishtrok etishingiz mumkin. ❗️Eng asosiy talablardan biri material ma’naviy ahamiyatga ega hamda talaba-yoshlar hayoti haqida bo'lishi va talabalar o’zining mobil ilovalar yoki kompyuter dasturlari imkoniyatlaridan foydalangan holda video material capcut, canva.com, piktochart.com., renderforest.com dasturlarda tayyorlangan bo'lishi kerak. Tayyor materiallarni @MadiyorPalvannazirovich telegram akkauntga yuboring. ✔️Saralash bosqichi 14-may soat 9:00 ga qadar davom etadi. Asosiy bosqich Bektemir Campusida 14-may soat 10:00 da g'oliblarni aniqlaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli talabalar, sizlarga o'tgan semestrdan qayta topshirishga qolganlar uchun qo'yib berilgan qayta topshirish imtihonlari jadvali yuborilmqda. E'tiborli bo'ling! DIQQAT! Kontrakt summasi va penyadan qarzdorligi bor talabalar qayta topshirish imtihonlariga qo'yilmaydilar!
Hammasini ko'rsatish...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli talabalar, qayta-qayta berilgan e'lonlar va guruh sardorlaringiz orqali yetkazilgan xabarlardan kontrakt to'lovlaridan kimda qancha qarzdorligi borligini va penyasi nechpul bo'lganligini o'zingiz yaxshi bilasizlar. 07.05.2023 yil sanasidan boshlab kontrakt to'lovidan qarzdorligi bor talabalarni darslardan chetlashtiramiz!
Hammasini ko'rsatish...
2
Repost from Profi University
Talabalar taqdirlanishdi! ✅ Universitetning asosiy vazifasi yetuk mutaxassis tayyorlash uchun sifatli ta'lim berishdir, ammo uning yana bir muhim faoliyati bor, ya'ni o'sib kelayotgan yoshlar o'rtasida networking yaratish va ularni jamiyatga ralashuvini ta'minlashdir.
1- may kuni Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashida KUCHKAROV jamoasi bilan Ekologiya partiya rahbari Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Va uchrashuvda bir nechta faol talabalar ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faolligi tufayli "Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ularning safida "Profi University" talabasi borligi "Profi" jamoasini, albatta, xursand qildi. Aziz talabalar, yutuqlaringiz bardavom bo'lsin! Profi University - Think out of the box @profiuniversity
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 3
DARS JADVALIGA O'ZGARISH KIRITILDI DIQQATLI BO'LING!
Hammasini ko'rsatish...