cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ajoyiib | Blog 🇵🇸

Blog egasi kim? - Karimova Zilola - Jilmaying, sunnat hammamizga yarashadi :) - 🇭🇰HKUST va 🇹🇷Turkiya oliygohlariga qabul - 🇵🇸Free Palestine

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
699
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

My friend Amir (SAT 1480) who is the Founder and CEO of Nufuz and published book writer has recently opened his blog where he’ll be sharing valuable content about SAT, Admissions and Finding EC Opportunities. Follow and support @rakhimoff_amir
Hammasini ko'rsatish...
Nufuz Channel

Nufuz, a non-profit charity organization, is committed to providing volunteer opportunities in Tashkent, with plans to expand its reach across Uzbekistan in the future, aiming to assist those in need. Contact - @rakhimovamir

🔥 4🐳 1
Jamshidxon Ziyoxonov Subyektivdan ketgan beri ko'rsatuvni kuzatmayotgandim. Keyin kecha genetika haqidagi oxirgi sonni ko'rishga o'zimni majburladim. Fikrim? Xulosa? Menimcha qaytib Subyektivni ko'rmayman, ko'rsatuvni sifati yaxshigina tushibdi. Bitta mavzudan ikkinchi mavzuga shunchaki sakrab ketaverilgan va umuman keraksiz ma'lumotlar ham qo'shib tashlangan. Ko'rsatuv missiyasi jamiyatimizdagi og'riqli muammolarni ochish va ularga qarshi kurashish edi va bitta aniq mavzuni olib uni keng ochishardi. Hozir-chi? Ko'ngilochar shou ham, informativ hujjatli film ham, dolzarb muammo ko'rsatuvi ham emas - hammasi aralashtirilgan atala bo'lib qolibdi. Ora-orada qandaydir yigitning stulda o'tirib bo'lar-bo'lmas gaplarni valdirashi umuman ta'bimni xira qildi. Vaqtimga achindim, o'tkazib-o'tkazib ko'rdim. Oldin esa. Hattoki reklama boshlansa ham o'tkazmasdim, Subyektivning sifatli kontenti uchun reklamalarni ham bajonidil o'tkazmasdan ko'rardim. @karimova_zi
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 7 5💯 1
🔺Bu borada yana bir eslatma! Dugonam yozib ketishimni so'radilar. Koreys taomlari pishiriladigan restoranlarga kirganda, ular umuman o'zi oshxonada cho'chqa go'shti ishlatishadimi yo'qmi so'rash kerak ekan. Ya'ni, restoranda halol ovqatlar bor bo'lishi mumkin, to'g'ri. Lekin cho'chqa go'shti ham qo'shiladigan ovqatlar ham bo'lishi mumkin. Oshxona bittaligi sabab, halol ovqatlar uchun ishlatilgan idish-tovoqlar harom ovqatlar uchun ham ishlatilgan bo'ladi katta ehtimollik bilan. O'zim koreys taomlarini yemayman, yeydiganlar uchun foydali bo'lsin dedim. @karimova_zi
Hammasini ko'rsatish...
5🔥 4
Barvaqt uxlash bo'yicha dars olmasam bo'lmaydi-yov. Haligacha uxlamadim, ajoyib. Menga qolsa umuman uxlamasdan tong ottirishim mumkin, shunchaki ertalabki 10dan keyin miyada "daxshat" boshlanadi.
Hammasini ko'rsatish...
💯 7 6 1
Photo unavailableShow in Telegram
Go'zal niyat ⛰Tog'da edik va bugun to'satdan adam kechki payt bizni Amirsoyga olib chiqib ketdilar. U yerga oilamizga qarindosh bo'lmasa ham juda yaqin bo'lgan insonlarni ham chaqiribdilar. Borib, *kanatkada cho'qqiga chiqdik va tushganimizda Amirsoydagi mas'ullar bizga bir joy tomon yo'l boshlashdi. 🕊Yetib borib qarasak, go'zal bir kichik restoran. Atrofi juda go'zal bezatilgan dasturxon va orkestr kutib turibdi. Ota-onamning to'ylariga 30 yil bo'lgani munosabati bilan syurpriz. • Nishonlov davomida hamma o'zining chiroyli tilaklari va dildagi gaplarini aytarkan, gal opamga keldi. Ota-onamga Qiyomatda toj kiydirmoqchiliklarini aytdilar. ☁️Bu gap meni uzoq o'ylantirdi. Ha, hamma ham buni istaydi. Lekin-chi, men bu gapni hamma aytganda ham ta'sirlanavermayman. What do I mean? 💎Toj kiydirish yo'lida yurayotib ushbu niyatni qilganlar bor, umuman boshqa yo'lda yurib ushbu niyatni qilganlar bor. Bu ikkisi teng bo'lurmi? 🧨Amallar niyatlarga bog'liqdir. Niyatlaringiz amallarda ko'rinsin! @karimova_zi
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
1yil oldingi postlarga qaytdim. Kanaldagi postlar ancha ko'tarinki kayfiyatda bo'lgan ekan. Ajoyib xotiralar muxrlangan. Baxtli Zilolacha bo'lgankanman. Shu linkdagi postdan boshlab tepaga qarab o'qib ketdim. Rasmdagi joy kimning esida bor? Ha, bu Amirsoy, zo'r xotiralar bilan qaytgandik. Bu yil oilamdagilar qishda chiqishganida bormagandim. Yozda borishga ulgurmasam kerak lekin, shaharda ish ko'p💔. @karimova_zi
Hammasini ko'rsatish...
5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Barcha o'zbeklardan rus tili talab qilinishiga qarshiman, to'g'ri. Rus tili qanaqangidir joylarda o'zbek tilidan - o'z tilimizdan ustun qo'yilishi yoqmaydi. Lekin bag'rikenglikni ham unutmaslik kerak. Rus bo'lsa va ruscha gapirsa nima qilibdi?! Shuncha nafrat va millatchilik qayerdan, axir? Menimcha rus tilini maktabda yomon o'qigan odam ham rus tilida gapirilgan gaplarni bir muncha tushunadi. Xitoycha gapirishmayapti-ku! Tushunib chiroyli muomala qilish mumkin-ku, bilmadim. Yaxshilik qidirsak, atrofimizdagilarga yo'q talablarni qo'ymasak, hayotimiz yaxshilanib, baxtlilik darajamiz ham oshardi. @karimova_zi
Hammasini ko'rsatish...
4🔥 4💯 2
*Kecha anonim ajoyib bo'ldi. Menimcha hamma savoliga javob oldi. Qo'limdan keladigan yordam bo'lsa, vaqtim bo'lsa, bemalol! Yordam beraveraman. Erinmasdan javob beraman. Adekvat bo'lmagan gaplarni esa hurmatni saqlagan holda *ignor qilamiz. Kanalim asosi o'zi adekvat insonlar hisobiga qurilgan, shukur.
Hammasini ko'rsatish...
9🕊 4
Hammasini ko'rsatish...
Ajoyiib | Blog 🇵🇸

Bu kanal qoʻshimcha funksiyalarni ochishiga yordam berish uchun unga ovoz bering.

8
2.17 MB
5 2 1🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.