cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

✨Ibodati Islomiya ✨

Reklama postlari
257
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-1830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from أمي
وَانشَقَّتِ السَّمَاءُ فَهِيَ يَوْمَئِذٍ وَاهِيَةٌ Va osmon yorilsa, bas, o‘sha kunda, u (osmon) bеholdir. وَالْمَلَكُ عَلَىٰ أَرْجَائِهَا ۚ وَيَحْمِلُ عَرْشَ رَبِّكَ فَوْقَهُمْ يَوْمَئِذٍ ثَمَانِيَةٌ Va farishtalar uning atrofida va o‘sha kunda Robbingning Arshini sakkiztasi ustlarida ko‘tarib turadir. Haqqo surasi 16,17 _______________________ Bag’oviy tafsiri Dohhak dedi: Farishtalar osmonning atroflarida bo’ladilar. Hatto Rob ularga buyuradi va ular tushib kelib yerni va uning ustidagilarni o’rab oladilar. Robbingning Arshini ustlarida ko‘tarib turadir.” Ya’ni boshlarining ustiga ortib. “O’sha kunda” qiyomat kunida. “Sakkiztasi” ya’ni sakkizta farishta. Hadisda keladi: Bugun u farishtalar to’rtta. Agar qiyomat kuni bo’lsa Alloh ularga yana boshqa to’rttasi bilan yordam beradi va ular sakkizta kiyik ko’rinishida bo’ladilar. Ularning tuyoqlaridan yelkasigacha bo’lgan masofa yer bilan osmon o’rtasichalik masofa. va yana hadisda keladi: Ulardan har bir farishtaning yuzi, inson yuzli, sher yuzli, buqa yuzli, burgut yuzlidir. Abbos ibn Abdulmuttolib rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bathoda Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o’tirgan edik, bir bulut o’tib qoldi. Shunda nabiy sollallohu alayhi vasallam “buni nima ekanligini bilasizlarmi?” dedilar. Biz bulut dedik. Rosululloh Muzn(yomg’ir yog’adigan bulut)ni bilasizlarmi dedilar. Biz Muzn dedik. Rosululloh A’nonni bilasizlarmi? dedilar. Biz sukut qildik. So’ng Rosululloh Osmon bilan yer o’rtasidagi masofani bilasizlarmi? dedilar. Biz: Alloh va Rosuli bilguvchiroq dedik. Rosululloh shunday dedilar: U ikkisining orasi besh yuz yillik masofa. Har bir osmondan keyingi osmongacha besh yuz yillik masofa. Huddi shunday har bir osmonning yo’g’onligi besh yuz yillik masofa. Yettinchi osmonning yuqorisida dengiz bor. Dengizning yuzasi va tubi yer va osmon orasidagi masofa kabi. So’ngra uning ustida sakkizta kiyik bor. Tuyoqlari va yelkasi orasi yer va osmon orasidagi masofa kabi. So’ngra uning ham ustida Arsh bor. Arshning osti va ustidagi oraliq yer va osmon oralig’i kabi. Alloh taolo uning ustida, Odam farzandlari qilayotgan har bir amal undan maxfiy qolmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from أمي
Агар уйланиш энг афзал ишлардан бўлмаганида эди, Мусо алайҳиссаламдек пайғамбар 10 йил умрини аёлнинг махрини тўлашга сарфламаган бўлар эди. Уч болани хадисини биламиз. Бириман куни билан рўзаман дейди. Иккинчиси ман туни билан қоим бўламан намозда дейди. Учинчиси ман уйланмайман, аёлларга яқинлашмпйман дейди. Буни эшитган Росулуллоҳ ﷺ ман аёлларга уйланаман ким мани суннатимни тарк қилса мандан мас дедилар. Умар Афифий
Hammasini ko'rsatish...
Repost from أمي
Imom Molik (93-179 hijriy) rahimahullohning vasiyatlaridan: 1 Senga hikmatli kishilarning hikmati yetib borgan narsani aytib beray: “Agar bir majlisda bo‘lsang, sukut saqla. Chunki majlis ahli to‘g‘ri so‘zlar aytsalar, undan foyda olasan. Agar xato qilsalar sen salomat qolasan”. Ilmli kishilarning ilmi yetib borgan narsani ham aytib beray: “Agar bilmagan narsang haqida so‘ralsang, “bilmayman” deb ayt”. Tabiblarning tabobati yetib borgan narsani aytay: “Qorning och qolmasdan ovqat yema, xohlab turgan vaqtingda ovqat yeyishdan to‘xta. Shunda o‘limdan boshqasi jasadingni og‘ritmaydi". 2 Sen o‘zingni ¬- insonlar xohlagan vaqtda undan foydalanadigan - ko‘prik qilib berma. Chunki inson o‘z oxiratini boshqalarning dunyosi evaziga sotishi eng zararli savdodir. 3 Bilgan narsangni ayt, unga dalolat qil. Bilmasang, sukut saqla. 4 Senga Allohdan taqvo qilishni, Qur’onni va bu ilmni tarqatishni vasiyat qilaman. 5 Bu ilm haqida Allohdan taqvo qilinglar. Uni zoye qilib tashlab qo‘ymanglar. Uni tarqatinglar va yashirmanglar. 6 Nima bilan o‘ynashsang ham, dining bilan o‘ynashma.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from أمي
Repost from أمي
Repost from أمي
Repost from أمي
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.