cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bibliophile Asqaraliyeva

Kitob va uning atrofidagi olam haqida...

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
228
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#kayfiyat Maktabda 7 oydan beri ishlayotgan bo’lsam, bugun ilk marta shu niyat uyg’ondi. Qaniydi, kichkina Nigorani ko’rolsam, u o’quvchim bo’lsa. Maktab o’quvchisi bo’lgan Nigoraga o’qituvchi Nigora ko’zi bilan qaragim keldi. Juda ham. Yaxshi o’quvchimidim? Ahil sinfdoshmidim? Qanaqa partadosh edim? Bir o’quvchimning orzusi zamonlar osha yolg’iz o’zi sayr qilish ekan. Meniyam orzumga aylandi bu! @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
17👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tarjima 360 daraja Dunyoning aholisi ikkiga ajraladi, Yarmi sen bo’lasan, yarmi men… So’ngra ikkimiz bir butun bo’lamiz Hech kimga sezdirmayin… O’zdemir Asaf @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 8👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Абдулла Орипов МАКТУБ Ғазаллар тўқирдим сенга бир замон, Қўшиқлар айтардим тунлар бошингда. На чора, ушбу кун ўзга бир инсон, Ўзга бир муҳаббат турар қошингда. Эшитдим, хазонли боғларда танҳо Ўтказар эмишсан сокин пайтларни. Сарғайган дафтаринг варақлаб гоҳо Такрорлар эмишсан маҳзун байтларни. Мен ҳам тонглар баъзан йўлга қарайман Мунаввар қуёшга кўксимни очиб. Сенинг хаёлингдан мадад сўрайман, Сенинг хаёлингга бораман қочиб. Лекин қутулмоқ йўқ ҳижрон дастидан, Фақат қалбимизда бардош ва сабот. Дунёда жамики ҳислар устидан Қаҳқаҳа уради қадим бу ҳаёт. Надомат нимага ва афсус нечун? Оламда неки бор ўчар бешафқат. Бизнинг вазифамиз кўникмоқ беун, Бизнинг вазифамиз унутмоқ факат. Йиллар ўтиб кетар такрор ва такрор, Ёшлик ҳам ўтади бенишон, бесас. Лекин ўша чоқ ҳам хўрсиниб, бир бор Севгандим, набирам, дея олсак бас... ✍️1971 @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
11
#mutolaa Bu xatni men 18 yoshimda o’qigandim. Ayni yaltir-yulturga, ortiqcha tuyg’ularga qiziqadigan yosh bu. Lekin menda ikkisi ham bo’lmagan, qisman)) Buni ancha avval ulashmoqchi edim. Menga qadrli bir odam o’qishim uchun yuborgandi o’sha vaqt. O’sha muhokamadagi podkast chiqdi-da, maktub yana esimga tushdi. Ochib o’qidim… Podkastni ko’rib miyam qancha toliqqan, shishgan bo’lsa, bunda teskarisi bo’ldi, menimcha. Men podkastchilarni to’liq qoralamoqchi yoki “ma’naviyat himoyachisi” bo’lmoqchi ham emasman. O’zim to’g’ri deb bilgan fikrim – rivojlangan sari insoniy tuyg’ularning yo’qolishini tan olardim-u, lekin uyat birinchi bo’lmasligi kerak edi! @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 5
#mutolaa Rahbarim va ustozim aytganidek, ochiq vijdon bilan ulashyapman! O’qing! Yigit-u qiz farq etmaydi, lekin shundog’am, qizlar, siz o’qing! https://telegra.ph/Nasroniy-ayoldan-muslima-ayollarga-maktub-03-17
Hammasini ko'rsatish...
Nasroniy ayoldan muslima ayollarga maktub

Isroilning Livanga qilgan hujumi hamda “terrorizmga qarshi kurash” tufayli, Islom olami Amerikadagi har bir oilaning diqqat markazida bo‘lib qoldi. Men Livanning boshiga tushgan vayrongarchilik, qirg‘inbarot va o‘limni ko‘rib turibman. Shu bilan birgalikda, yana boshqa bir narsani – sizni (muslima ayollarni) ko‘rib turibman. Ko‘zim tushgan ayollarning deyarli barchasining atrofida farzandlari bor yoki ular o‘z go‘daklarini opichlab olgan. Liboslari kamtarona bo‘lsa-da, ularning go‘zalliklari taralayotgan nur…

👍 11 4
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Asta tongda mo'jiza bo'lib , Osmon ajib nurga chulg'andi. Hayratimni yana oshirib , Borliq yangi nurga burkandi. Oftob nurin hech ham ayamay, Charaqlatdi olamni butkul . Bildim shunda hech ikkilanmay, Axir bu kun siz tug'ilgan kun! © Siz uchun Tabriklayman ustozim❤️
Hammasini ko'rsatish...
12🤩 3
Photo unavailableShow in Telegram
#tavallud Ovunch Yana keldim sizga baqamti, Yana qaytdim huzuringizga. "Ulgʻayibsiz"-, pichirladim jim, Bosh eggancha uzuringizga. Nigohingiz tanish va mayin, Tabassumda bir sogʻinch zohir Sizdan uzoqlashib ketmayin, Qarshingizda turibman, oxir. Soʻzlamaymiz, nechun soʻz darkor! Koʻz evrilgan - goʻyo alifbo, Harf yozilmas, toʻkilar sim-sim, Bir soʻz takrorlanar: Yo, Xudo... Hali-beri bitmas bu yoziq, Kuyimizning yoʻq soʻng notasi. Ogʻriqlarning oʻtmishi mubham, Va boʻlmaydi yorugʻ ertasi. Keyin...yana koʻz-oldim boʻshliq, Yana jonsiz, quruq savlatsiz. Endi qancha boqmayin sizga Gʻijimlangan, rangli suratsiz! *** Yirtib otdim .... marta ● Nigora Asqaraliyeva Ps: doim qalbingiz ham, yuzingiz ham bahor quyoshidek porlab tursin. Ijod, hayot va ishda har qadamingiz baxtga yondosh bo‘lsin. Hurmat bilan "Hilol" jamoasi @Yangi_hilol
Hammasini ko'rsatish...
11🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Qo‘shaloq bayram bugun... Ustozim, opam, eng yaqin insonim Nigora ustozimning tug'ilgan kuni bugun. Aslida hozir birga bo'lishimiz kerak edi. Shuni rejalashtirgandik. Ammo hozir ustozim Turkiyada. 22 yoshini o‘zi sevgan shaharda nishonlayapti. Tabriklayman! Samimiyatingizga hech qachon ko‘z tegmasin. Dunyodagi barcha baxtlarni sizga tilayman! Mazmunli umr o‘tkazish nasib qilsin... @ijodkor_kundaligi
Hammasini ko'rsatish...
16
Photo unavailableShow in Telegram
#kayfiyat – Qanchalik g’alatisan? – Odamlar tug’ilgan kunim bilan tabriklaganida “Rahmat, birga bo’lsin, sizgayam muborak” deydigan darajada…. “Aybim” meni onam bayramda tuqqan😅💜. @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
14👍 4😁 3
Photo unavailableShow in Telegram
#kayfiyat Nima deyishardi? Qutti bo’lsinmi😅😅 Ichimdagi ovoz: Tumtalalay-tumtalalay💃 @asqaraliyeva
Hammasini ko'rsatish...
20
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.