UK Hayot | Saidolim
Kanalga Telegram’da o‘tish
Men @Saidolim. Buyuk Britaniyaga kelish va yashash haqida yozmoqchiman. Bu mening shahsiy fikrlarim.
Ko'proq ko'rsatishO'zbekiston64 953Toif belgilanmagan
206
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kun
-130 kun
Postlar arxiv
Repost from 1% Bilim
10 soniya shu rasmga qarab turing. Nimalar o’tdi?
Bu rasmni avval ham post qilganman. Yana bir do’stimiz eslatdilar hozir. Aynan shu rasmchalik emotsiya va hayollarni chigal qiladigan rasmlar kam…
…shuncha mehnat, tirikchilik, kim qildi bu ishni, nimaga… uyiga borsa nima bo’ladi…. shunaqa narsalar ko’p o’tadi hayoldan.
Mani qo’limda bo’lganda shu fotografga mukofot bergan bo’lardim, balkim olgandir ham…
Qiz va mening Robbim bir, biz so’raladigan narsalarimiz ko’p. O’zing kechir.
@birfoizbilim
Aeroport va xitoyliklar
Aeroportdaman. Kutish zalida bir xil kiyingan oʻquvchi bolalar. Xotoyning milliy qizil rangiga oʻxshatdim.
Bular biror musobaqa, olimpiada yoki yozgi maktabga kelgan boʻlishi kerak.
Birincha marta koʻrmayapman. Koʻp kelishadi.
Agar bilim shunday ragʻbatlantirilsa, oʻqiyman degan yoshlar koʻpaysa kerak.
29.06.2025 London
@UKHayot
Repost from N/a
Мен ўйлаб қоламан-да.
Ўтган йили бир ўзбек тадбиридаман, эшик тагида сoқчи бўлиб турибман. Бир гала ўзбек болалар қайсидир санъаткорни кутяпти — улар ўша эшикдан чиқади деб 4 соат кутди. Мен уларга айтдим: — Акалар, шу расм билан ҳаёт қандай ўзгаради? Онагиз ёки отангиз билан расмга тушинг. У одам чиқмайди ҳам, сизларга ёқмайди ҳам, — дедим. Улар: — Биз мухлисмиз, — дейишди.
Мен: — Ҳа, яхши, — деб, ичига кириб ўша санъаткорга айтдим: — Ташқаридан 5-6 нафар йигит сизни кутяпти. Шу билан биргаликда расмга тушиб берсангиз бўладими? — дедим. Чунки унинг бўш вақтини кўплигини билардим. У киши: — Ҳа, лекин тезда, — деди.
Ҳоп деб, саҳна ортига ўтди. Мен эса соатга қараб турдим. Ўша санъаткор чиқиб: — Акалар, тезда, тезда. Ҳамма билан алоҳида туша олмайман (ўзи беш киши эди). Ҳамма умумий расмга тушамиз, — деди-да, қайтиб кириб кетди.
Шу умумий ҳолатга 18 сония кетди. Ҳалигиларнинг алоҳида расмга тушиш орзуси 4 соат тик турган ҳолда ҳам ушалмади. Ва мен айтдим: — Акалар, сизлар шунчалик кучайингларки, эртага улар сизлар билан бир дастурхон атрофида ўтиришни орзу қилсин! — дедим.
Баъзи бирлар (ҳатто Лондондаги ўзбеклар ҳам) машҳурроқ ёки пули кўпроқ одамларнинг гапини, ҳаракатини маъқул деб билиб, бор вужуди билан пахта қўяди.
Мен кўплаб машҳур, эл танитган инсонлар билан суҳбат қилганман, бирортасидан: — Расмга тушиб олайлик, — деб сўрамаганман.
Аллоҳ мени мукаммал яратди. Ақл-ҳушимни жойида қилди. Энг зўр ота-онани тақдир қилди. Аллоҳ менинг илмли бўлишимни истади ва ўзимга нисбатан ҳурмат туйғусини ҳис қилдириб қўйди.
Лекин баъзи бир инсонларимизни кўриб ачинаман. Агар ишингиз мажбур қилса ёки у ҳақиқий устоз бўлса — майли. Лекин ҳаётингизда заррача аҳамияти йўқ, ўзини баланд тутадиган машҳур одам сизга шундай қилса, — "Дамингни ол, братишка," — дейишга журъат қилинг.
Қўрқманг. Сиз ҳам анвойи эмассиз. Сиз ҳам ўз шаънингизни булғаманг.
Пахта қўйманг. Бор диққат-эътиборингизни шахсий ривожланишга, умрингизни келажак авлод учун гўзал макон қолдиришга сарфланг.
Менинг шахсий принципим бор: қалбимда пок деб билган одамларни ўзим расмга таклиф қиламан, сўрайман. Қолганига эса таклиф қилмайман. Чунки улар мен билан бир расмда бўлишга арзимайди!
Alisher Hashimjanov
Moneff ✅Live taqdimot qildi.
😎 Moneff korxonasi Oʻzbekistonga pul oʻtkazmasi va xizmatlarga tolov qilishni Jonli tadmot qildi!
https://t.me/UzbekCultureFestival
Assalomu alaykum,
Ertaga ertaroq kelaverasiz.
Nasib qilsa koʻrishamiz.
20.06.2025 London
@UKHayot
+1
😎 Moneff'dan MacBook va osh!
🕌 21-22 Iyun kunlari Uzbek Culture and Food Festival bo`layotganidan ko`pchilikning xabari bor.
Shu bilan birga, bosh homiy Moneff kompaniyasidan sovg`alar tarqatilmoqda.
1. Festival kuni tekinga osh olish imkoniyati - Hammaga!
2. Apple mahsuloatlaridan 3 tasi esa, qatnashchilar orasida tasodifan tanlanib, tarqatiladi.
Shu sababli quyidagi havola orqali o`tib, o`zingizga joy olib qo`ying.
👉 https://personal-accounts.moneff.com/moneff-osh-voucher
Festival kuni kelib, birga bayram qilish barchamizga nasib etsin!
17.06.2025 London
@UKHayot
Repost from N/a
The Caravan of Uzbekistan has set off from the Uzbekistan embassy in the UK toward its first destination — Edinburgh.
🗓️5th June
🕛12pm - 5pm
📍The Gyle, Gyle Avenue EH12 9JY
See you 😊
Moneff and Beshqozon
Thanks for your support!
Find us on social media, click
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Telegram
#uzbekculture
Shu yerda turib, qanchalik mitti ekanimizni his qilaman.
Baʼzida mayda narsalar bilan band boʻlib qolsam, shu yerga kelaman. Katta ishlar kutib turganida, nima uchun mayda vazifalar bilan band boʻlganimni tafakkur qilaman.
Tongda qilish foydaliroq.
18.05.2025 London
@UKHayot
Assalomu alaykum,
@UCanConsulting baraka topishsin, juda ajoyib tadbir boshlashdi. Talabalar uchun foydali bo`ladi deb o`ylayman.
Agar kela olmaganlar orasida savollar bo`lsa yozib qoldiring, yetkazishga va javobini topishga harakat qilamiz.
Keladiganlar bilan tadbirda ko`rishamiz, nasib...
16.05.2025 London
@UKHayot
Repost from N/a
Uchrashuvga 1 kun qoldi
🗓16-may
⏱16:00
📍Hazev Restaurent, 2 S Quay Square, London E14 9RT
💵Ushbu qiymatli uchrashuvda ishtirok etish mutlaqo bepul
Ishtirok etish uchun iltimos anketani to'ldirib joyingizni band qiling!
❗️Joyni band qilish
Guruhga qo’shilib oling⬇️
@networkinguchrashuv_may
Hatto Londondek katta shaharlarda ham kichik xatolar boʻlib turadi.
Izoh: avtobus bekatida yaqin orada keladigan avtobus raqamlarini koʻrsatadigan tablolar bor.
Shulardan biri serverga ulana olmay, qotib turibdi.
10.05.2025 London
@UKHayot
Assalomu alaykum,
Tadbir kunlari keladiganlar bo`lsa, aloqaga chiqing. Bir piyola choy ustida suhbat qilamiz.
08.05.2025 London
@UKHayot
Repost from N/a
Get ready for the BIGGEST celebration of Uzbek culture in London!
Join us for the 3rd Annual Uzbek Culture & Food Festival 2025
🗓️21-22 June
📍Tower Bridge, Potters Fields Park
We’re bringing 1 TON of plov, vibrant stage performances, traditional exhibitions, stunning fashion shows, and so much more!
From the rhythm of doira to the aroma of osh – it’s a full cultural experience you don’t want to miss.
FREE ENTRY | Family-friendly | Unforgettable vibes
Mark your calendars & tag your festival squad!
Find us on social media, click
📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 Telegram
#uzbekculture #milliyfest
Terminal 4 yaxshi ko‘rsatuv tayyorlabdi.
Doniyor aka bilan ilk bor suhbatlashganimda ajoyib inson ekanlarini ko‘rgandim. Ochiq ko‘ngil, qiziquvchan. O‘zining sohasini yaxshi ko‘radigan inson.
📱 https://m.youtube.com/watch?v=QcvWjNvX7qA
Ko‘rsatuvni ko‘rib, maza qildim. Shu sabab sizga ham tavsiya qilaman.
Bitta gap: o‘zingizga yoqadigan kasbni tanlang.- Pul ko‘p olib keladigan emas - ertaga pul ko‘p bo‘ladi, baxtingiz bo‘lmasligi mumkin. - Birov tanlagan kasb emas - ertaga butun umr tanlab bergan odamni yomonlab o‘tasiz. - Reklama va "hayp" bo‘layotgan kasbni emas (masalan, IT) - ertaga obro‘yi tushib qolsa, siz esa o‘sha kasbda ishlayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizni kechirolmay yurasiz.
O‘zingizga yoqadigan, jamiyatga foyda beradigan, foydali kasb tanlang.Universitetni xato tanlagan odam, 4 yil umr yo‘qotadi. Kasbini xato tanlagan odam butun umrini yo‘qotadi. 04.05.2025 London @UKHayot
+4
Panjara va davomat
Ko‘chalarimiz, binolarimiz va tomorqamizni panjara bilan o‘rash hozirgi kunda tabiiy xolga aylangan. Katta ko‘chalarimizda esa xavfsizlik uchun maxsus panjaralar qilinadi. "Adashib" yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketmaslik uchun. Qiziq-a.
Lekin manga qiziqroq tomoni biz doim biror mavzuni salbiy tomonini birinchi muhokama qilishimiz.Shahar ko‘chalarida panjaralar qilingan edi. Keyin uni xavfli ekani, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan odamlarni ko‘rmay qolish holatlari sababli, olib tashladik. Keyin yana qo‘ydik. Eng qizig‘i bunday "tozalash"lar faqat yurtimizda emas. Chet davlatlarida ham bo‘lib turadi. Sababini bilmayman, lekin 2ta holatni ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Poyezd bekatlarida platforma chekkasi panjara bilan yopilgan. Ob-havo ta’sirida ustidagi bo‘yoq ko‘chadi va rangi yo‘qoladi. Bir necha hafta oldin bir bekatda barcha panjaralarni qayta bo‘yab chiqishdi. Har qadamga "Bo‘yalgan" degan yozuv yopishtirib chiqishdi. 2 haftada hamma joy chiroyli bo‘ldi. (1,2-rasm) Bugun boshqa manzarani ko‘rdim. Boshqa bir bekatda eski panjarani tagi bilan olib, yangisini o‘rnatishmoqda. (3-5 rasm). Yaxshi gumonda bo‘ldim. Eskisi chirib, kuchi qolmagan bo‘lsa kerak. Shunga yangisi bilan almashtirishmoqda.
Bu kabi bir xilliklarni ko‘p kuzatdim. Odamlar qabul qilishi turlicha xolos.- maktab formasi va galstuk - davomat - taqinchoq va bo‘yanishga taqiq va boshqalar. Bu yerda ham maktabda "forma" bor ekan. Biz yurtimizda shuncha shov-shuv qildik, shartmi deb to‘polonlar bo‘ldi, 1 yilga kechiktirildi ham. Angliyada esa maktabga farzandingiz qabul qilinishi bilan maktab o‘zining formasining talablarini yuboradi. Maktab logosi tushirilgan maxsus maktab kiymi asosan shu maktab bilan shartnoma tuzgan tikuvchi korxonada bo‘ladi. Ba’zida rangi o‘xshash kiyimlarni katta do‘konlardan topsa bo‘ladi. Uni kiyish ham mumkin.
Lekin, mening farzandim forma kiymaydi, - deya olmaysiz.Davomat ham shunday. Maktabga vaqtida borish kerak. Dars boshlanishidan 15-30 daqiqa oldin. Hatto biror soat darsga kirmasa ham sizga xabar keladi. Ba’zi maktablar rag‘batlantirish uchun davomati 100% bo‘lgan o‘quvchilarga yil so‘nggida turli tadbirlar uyushtiradi.
Qiziq...Har safar qonun chiqsa, chet elda unday emas deb eshitar edim. Ularda ham shunday ekan-ku.
Mayli, hammasi yaxshilikka bo‘lsin.P.S. Juda uzun yozvordim. Vaqtingizga rozi bo‘ling. 15.04.2025 London @UKHayot
Hayit ayyomi muborak!
Assalomu alaykum, hammaga Hayit ayyomi muborak bo`lsin! Alloh ibodatlarimizni qabul qilsin. Xonadonlarimizga baraka, sakinat va salomatlik bersin!Barchamizga ayyom muborak! 30.03.2025 London @UKHayot @DrAlgorithm
+2
🌒 Ramazon Muborak!
Har yili mushtoq kutadiganimiz baraka oyi kirib keldi. Bu uy uchun alohida taraddud, alohida eʼtibor qilamiz. Alloh barchamizning ibodatlarimizni qabul aylasin.
🌜 Ramazon Muborak!!Bu yil ham Ramazonni Vatandan uzoqda nishonlash nasib qildi. Qayerda boʻlsak ham ibodatimiz butun, Vatanimiz tinch boʻlsin! 01.03.2025 London @UKHayot ~~~ Izoh: (rasm) Qurʼoni, 1639 yildan avval. Qurʼoni Karimning bu nusxasi 1600 yillardan ancha vaqt avval yozilgan boʻlib, Xindiston oʻlkasidan sovgʻa qilingan. 1639 yilda Cambridge universiteti kollejlaridan biriga taqdim etilgan.
