PACEMAKER | 2.0 |
Kanalga Telegram’da o‘tish
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Ko'proq ko'rsatish4 804
Obunachilar
+324 soatlar
+127 kun
+1530 kun
Postlar arxiv
4 805
Бемор 6 яшар бола
Онаси сўзидан шикояти тинимсиз бошини силкиниб туришига, хатто уйқудаям, авваллари оз даражада қиларди охирги 5-6 кунда сезиларли даражда бошни қимирлатишга ўтди,
Этибор берсам бош силкинишипулсацияга боғлиқ
Бошқа шикояти йўқ
Болани невропатолог, гастроэнтролог ва детский кардиолог консултатсиясига тавсия қилдим
Диққат савол: хаммаси аён лекин кардиолог нима учун тавсия қилинди?
https://t.me/medical_xpress
4 805
Assalomu alaykum. Hammaga ramazon oyi muborak boʻlsin . Bugun xudo xohlasa gipertoniya mavzusida post qilamiz.
4 805
Assalomu alaykum hammaga bitta yangilik bor . Ramazon oyida bilimni yanada oshirish maqsadida bitta sohani tanlab shu boʻyicha postlar koʻproq joylanadi. Case lar taxlil qilinadi shunga nima fikrdasizlar.
4 805
Гиперкалиемия, асосан этибор берилмайдиган
Лекин даво талаб қиладиган белги шу хақда ёзаман бугун
https://t.me/medical_xpress
4 805
Синдром ДВС...
синдром диссеминированного внутрисосудистого свертывания
Микроциркулятор тромбоз ёки коннинг куплаб томирлар ичида қоннинг ивиб колиш синдроми
бир талай майда - майда тромблар пайдо булиши, геморрагик диатез бошланиши ва одамнинг кон кетиб туришига мойил булиб колиши билан таърифланадиган патологик жараёндир.
Сабаблари
Хомиладорлик асоратлари.
Инфекциялар: сепсис, менингококкемия, безгак.
Усмалар: меъда ости бези, простата, упка, меъда карциномаси; уткир промиелоцитар лейкемия.
Тукималарнинг куплаб зарарланиши: травма, бадан куйиши, катта жаррохлик операциялари.
Хар хил жараёнлар: тугри келмайдиган конни куйиш, шок, васкулитлар, жигар касалликлари
Нечта босқичи бор?
| босқич – гиперкоагуляция.
II босқич – гипокоагуляция
III босқич – фибринолизнинг умумлашган фаоллашиши билан кечадиган гипокоагуляция.
IV босқич – қоннинг бутунлай ивимаслиги. Терминал босқич.
Кон ивиш вактининг кискариши. Ёки узайиши (нормада Ли-Уайт буйича 3-5 мин.)
ПТИ курсаткичининг ошиши (нормада 75-85%)
Тромбоцитлар -Узгаршсиз ёки камайган (норма 180-320 тыс
Лабататорияда...
Кон ивиш вакти камаяди. Тромбин вакти камаяди.
Этанол тести (+) 2-фаза гипокагулятсия тромбоситлар сони 120.10.9/л гача камаяди. Тромбоситопения. Тромбин вакти 6-секунтдан куп этонол тести (+) протромбин-120-450секунт
3-фаза фибринолиз кон ивиш вакти узаяди. Тромбин вакти хам узаяди тромбоситлар микдори100.10.9/лгача камаяди.
4-фаза тикланиш ёки коннинг тулик ивимаслиги. Патогенези буйича 3-та стадиаси бор. 1-конли ёки тукимали протромбин хосил булиши. 2-протромбиндан тромбин хосил булиши. 3-тромбин тасирида фибриногендан фибрин хосил булиш
Асосий симптомлари
Периферик
Қон айланишнинг бузили, АҚБ кескин пасайиши, полиорган етишмовчилик
ДВС нимаси билан хавфли?
Гемморагик шок га олиб келиши мумкин, Буйрак ва жигар етишмовчилиги, интоксикацион шок чақириши мумкин
Даволаш
Хамма этибор
Асосий касалликка қаратилади,
-Антибиотик терапия
-дезинтоксикатцион терапия
-гепарин
-албумин
-трансфузион терапия
Даволаш анчагина қимматга тушади
https://t.me/medical_xpress
4 805
Бугун кўрган видеоларим орасида энг тасирлиси, сизларгаям илиндим...
#остановка_сердца 😳
Танлаган касбимдан базида фахрланиб кетаман
https://t.me/medical_xpress
4 805
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik
– fiziologik yoki patologik holat boʻlib, bunda chaqaloqlar qonida giperbilirubinemiya va teri rangi, koʻrinadigan shilliq qavatlarning sargʻayishi bilan bola hayotining birinchi haftasida namoyon boʻladi.
Chaqaloqlarda sariqlik qonda bilirubin konsentratsiyasining yuqori boʻlishi, anemiya, teri qoplamalari, shilliq qavatlar va sklera sariq rangda boʻlishi, gepatosplenomegaliya, ogʻir holatlarda bilirubinemik ensefalopatiya bilan yuzaga chiqadi.
Sariqlik diagnostikasi
Sariqlik darajasini
baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:
I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin 80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (300 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori 300 mkmol/l).
sariqlikni aniqlashda umumiy qon analizi, qon biokimyoviy tekshiruvi, ona va bola qon guruhi, Kumbs testi, PTI, umumiy peshob tahlili, jigar sinamalari oʻtkaziladi.
Gipotireozga shubha qilish ham esdan chiqmasin
Chaqaloqlarda sariqlik davosi
Sariqlikni kamaytirish va giperbilirubinemiya holatini bartaraf etish uchun har bir bola ona suti bilan oziqlantirilishi kerak boʻladi, koʻkrak suti bilan sutka davomida kamida 8-12 marotaba oziqlantirilishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Bolalarga sutkalik suyuqlik miqdori 10-20 % ga oshiriladi va enterosorbentlar buyuriladi. Oral gidratatsiya imkoni boʻlmasa: infusion terapiya oʻtkaziladi – glyukoza, fiziologik eritmalar, askorbin kislotasi, kokarboksilaza, B, C guruh vitaminlari vena ichiga quyiladi.
Bilirubinni bogʻlanish jarayonini ragʻbatlantirish uchun fenobarbital qoʻllanilishi mumkin.
Bogʻlanmagan giperbilirubinemiyani bartaraf etish uchun eng samarali usul bu fototerapiya hisoblanadi. Bunda bogʻlanmagan bilirubin suvda eriydigan koʻrinishga keladi.
Barcha neonatal sariqlik asosiy kasallikni davolashni talab etadi.
Jilber sindromini bilasizlar a?
https://t.me/medical_xpress
4 805
Gipolaktiya sabablari
Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.
Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi?
Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur, lekin emizish deganda bolaning ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat ovqatlanish, balki bolaning onasini bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi, onasi bilan suhbatlashishi, onasi allalashini eshitishi, onasiga qarashi va boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz. Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga, ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun kunining deyarli 70 foizini ajratishi lozim. Agar uy ishlari kutib turgan bo'lsa, u holda uydagilarga tushuntiring. Ularga qorni to'q, mehrga to'yib o'sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani yetarlicha emazmay onada sut kamayib borib bola uchun qo'shimcha aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?
Agar ona suti kamaymasdan, bola tiniqib katta bo'lishi muhim bo'lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.
1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang. Shoshayotgan onani bola sezadi va qo'yib yuborishni istamaydi.
2. Bolani alohida tinch joyda emizishga odatlaning. Birov bilan gaplashib yoki telefonga qarab emizsangiz, bola mehringiz va e'tiboringizga yetarlicha to'yib ololmaydi va yarim soat o'tmay yana emgisi kelib qoladi.
3. Bolani vaqtga qarab emizmang. Qachon emizishni bilish uchun eng yaxshi ko'rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba'zi kunlar bo'ladiki, bola xuddi tinmay ko'krakni so'ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko'krakni ko'p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko'kragida sut kamaygan bo'lib, bola uni ko'paytirish maqsadida ko'p so'radi. So'rish ko'paygan sari sut ishlab chiqarilish hajmi ham ko'paya boshlaydi.
4. Emizishni ishlar orasida emas, ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to'lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag'ringizga olib o'tirish.
5. Emizish jarayoniga soat poylab yodnashmang. Emizishga o'tirdingizmi, hamma ishni unuting. Endi butun vujudingiz bilan bolaga o'zingizni qarating.
6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo'rquv va asabiylashish sutni qochirib yuboradi.
7. Bolaning 6 oygacha bo'lgan davrida o'zingizni urintirmang. Charchov sutni kamaytirib yuboradi.
https://t.me/medical_xpress
4 805
#Кун_тавсияси
Қоним ўз ўзидан "тушиб" кетмасин десангиз совуқ чой ичманг
Айниқса, аёллар
Айниқса болалар
Сабаб?
https://t.me/medical_xpress
4 805
Ўзбекистон шароитида хамма врач ўқиши шарт деб билган адабиётинггиз борми?
4 805
🩸Ishemik insult (Bosh miya infarkti) I63 -MKB
Ishemik insult (I.I) bu harakatli, koordinatsiya, sezgir va boshqa buzilish o'choqlari tarzida barqaror (1 sutkadan ortiq) nevrologik tanqislik bilan xarakterlovchi miya qon aylanishining o'tkir buzilgan shakli. I.I bazida yuqori kortikal funksialarning buzilishi bilan birga kechishi mumkin. Shuningdek, u miya qon qoimining pasayishi yoki qon tomirlari, yurak yoki qon tanqisligi bilan bogliq tromboz yoki emboliya natijasida miyaning muayyan xududida qon ta'minoti yetishmasligidan kelib chiqishi mumkin. I.I Barcha insultlarning 80% ini tashkil qiladi.
I.I rivojlanishining 5 ta patogenitik variantlari mavjud:
• 1A Aterotrombotik insult
• 1B Arterio-arterial emboliya
• 2 Kardioembolik insult
• 3 Lakunar ilsult
• 4 Gemodinamik insult
• 5 Gemoreologik mikrooklyuzion
ISHIMIM INSULT BOSQICHLARI
• O'ta og'ir - birinchi 3 kun
• O'tkir - 3-14 kun
• Erta tiklanish muddati - 2 haftadan 3 oygacha
• Kechki tiklanish davri - 3 oydan 6 oygacha
• Reabilitatsion davri - 6 oydan 2 yilgacha
• Boshdan kechirilgan insultning oqibatlari(qoldir ta'siri) - 2 yildan keyin
DEFFERINSIAL DIAGNOSTIKA
- Gemorragik insult
- Gepoglikemiya
- Meningoensefalitlar
- Bosh miya suyagi shikastlanishi
- Miya shishlari
- Epileptik xolatlar
- Jigar-buyrak yetishmovchiligi
🩺TEKSHIRUV USULLARI
- UQT
- VSK
- Koagulogramma
- EKG
- Oftalmoskopiya
- Exo ES
- MSKT
SHOSHILINCH TAKTIKA
💉sol: L- Lizin 10.0
sol: NaCl 0.9 100 v/v
💉 Sol: Resorobilakt 200ml v/v
💉 Sol: NaCl 0.9% 200 ml
Sol: KCl 4% 10.0 ml
Sol: Lidokain 10% 1.0 ml
Sol: MgSO4 25% 10.0ml v/v
💉Sol: Geparin 5000ED 1.0 t/o
💉Sol: NaCl 0.9% 200
Sol: Sitikolin 100mg v/v
💉Pirosetam 20% 10.0 ml v/v
💉Sol: Mannit 15% 200ml v/v
💉Sol: Furosemid 2.0(4.0) v/v
💊tab:Karbamazepin 200mg p/o
💊tab:Klopidogrel 75mg p/o
💊tab: Trombo ASS 75mg p/o
V/ch: Ahrorov A.I
4 805
🩸Tranzitor ishemik ataka (TIA) – bosh miyada qon aylanishining o‘tkir ishemik buzilishi bo‘lib, fokal tserebral va retinal ishemiya belgilari bir soat ichida o‘tib ketadi va infarkt izlari shakllanmaydi. Aksariyat hollarda TIA simptomlari bir necha daqiqa ichida o‘tib ketadi. TIA yaqinlashib kelayotgan insult xabarchisidir. TIA o‘tkazgan aksariyat bemorlarda bir oy ichida ishemik insult rivojlanish xavfi bir necha barobarga oshadi. Yaqqol etiologik omillar, ya’ni miokard infarkti, hilpillovchi aritmiya, karotid ateroskleroz va arterial gipertenziya sababli rivojlangan TIA dan so‘ng esa bir hafta ichida ishemik insult rivojlanishi mumkin. TIA bosh miyaning ma’lum bir qon tomir havzasida qon oqimining to‘satdan to‘xtashi va keskin pasayishi sababli yuzaga keladi. Bu holat to‘la orqaga qaytuvchi jarayon bo‘lib, bosh miyada infarkt o‘choqlari shakllanmaydi. Bosh miyada infarkt o‘chog‘ining shakllanmasligi – TIA tashxisini qo‘yish uchun asosiy talablardan biri. Chunki 1 soat ichida ishemik infarkt o‘chog‘i shakllanmaydi.
🩺Shoshilinch taktika:
Avvalo kelib chiqish sababi aniqlansin!
Nevropatolog ko'rigi, Kardiolog ko'rigi.
MSKT, EKG, Laboratoriya...
Qon bosimi yuqori bo'lsa avval qon bosimi normallashtiriladi...
Sol: Geparin 5000ED 1.0 t/o
Sol: L-lizin 10.0
Sol: NaCl 0.9% 200.0 v/v
Sol: NaCl 0.9 % 200ml
Sol: KCl 4% 10.0 ml
Sol: Lidokain 10% 1.0 ml
Sol: MgSO4 25% 10.0 ml
Sol: Mannit 15% 200ml v/v
Sol: Furosemed 2.0(4.0) v/v
https://t.me/medical_xpress
4 805
ТИА нима...?
ТИА (транзитор ишемическая атака)
Мия хужайраларининг қон ва кислород билан етарли даражада таминлай олмаслик натижасида келиб чиқадиган неврологик холат
Симптомлар турлича бўлиши мумкин
( ишемия жойллашишига кўра)
Ютишда қийинчилик, кўришда ўзгариш, қўл ва оёқнинг базан тилнинг хам матор ва сезги функцияларининг бузилиши
Диққат ТИА дан сўнг
Беморнинг ёши ва хамрох касалликлари га кўра 6 соатдан бир неча йилгача инсулт хавфи беморга хавф солади
Ану кунги бемор (соат 19:45)
АҚБ 160/100 (нормада 100/70 )
Пулс 115
шикояти
Ўғлини айтишича чап қўл ва оёқда увишиш икки соатдан буён
Бир соат олдин чап қўл ишламай қолган, кўз кўрмай қолган 15 минутларда функциялар қайта тикланган,хозир яна ишламасликни бошлаяпти(харакати сусташяпти)
Тилиям ғўлдирагандек аввал равон гапирган
Ёши 97 да
Анамнезидан 6 ой аввал хам шундай холат кузатилган
Шок залда
Магнезий 25% 5.0
Новокаин 0.5% 5.0 в/м
Бисорол 5мг тил остига
Фурасемед 4.0 в/в
Ва қон босим ва пулс нормага келди
Физ раствор 200
Серебролизин 4.0 капелно уладим
Оёқларда харакат тикланди, увишиш тарқамади, тили энди ғўлдирамай тиниқ гапира бошлади
Аммиак хидлаттим
Гепарин 5000ЕД 1.0 Т/о
Бемор холати яхшиланди
Ёши катталиги ва инсулт хавфи борлиги учун терапия бўлим врачи қабул қилмади,
-устоз реаниматолог: хуши ўзидаю ука, ТИА ни яхши биласану ўзинг...
-хаа, охири инсулт?
-унгача оборма
Шунақа вазиятлар учун Сехрли сўз бор битта
"Акалар ману амбулаторний картаси кўрганийларни, биз томондан яхши деб ёзиб қўйинглар"-яхши бўса?
Бошқаттан яхшилаб беморни кўриктан ўтказишга мажбур қиладиган жумла
Ёзишди.
Ва нима бўлди айтайми?
Соат 01:31 бемор инсулт бўлди реанга олишди
Нима демоқчиман?
Базида кичикларниям айтганини қилиш керак
Инсулт хақида Аброр айтиб беради
https://t.me/medical_xpress
