PACEMAKER | 2.0 |
Kanalga Telegram’da o‘tish
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Ko'proq ko'rsatish4 807
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+137 kun
+2530 kun
Postlar arxiv
4 807
Маош яхшиланмас экан, сифат яхшиланишидан умид йўқ.
Маош яхшиланмас экан, дори фирмалар кучайиб бораверади.
Маош яхшиланмас экан, халқ алданиб юраверади.
Маош яхшиланмас экан, шифокорлар эмас балки тиббиёт инситутини битирган фармацевтлар кўпайиб бораверади.
Пул, пул, пул. Шифокорлар ўз устида кўпроқ ишлаши учун етарли миқдорда ойлик олиши керак. Ойлик кам экан шифокор ўзини устида эмас, пул устида кўпроқ ишлашига тўгри келади.
Тиббий хизматнинг текин бўлиши, тиббий хизматни яхшиланишига эмас, тиббиёт ходимини қадрсизланишига олиб келмоқда.
Шундай экан тиббий хизматни текин эмас, балки пуллик қилиш керак. Маош ошиши шифокорда пулга эмас, илмга бўлган талабни ортиради.
Биламан сиз нега пуллик бўлиши керак экан дейсиз. Келинг ўйлаб кўрамиз. Сиз шифохонага келдингиз. Текинга хизмат кўрсатишди ва рецепт ёзиб беришди. Сиз рецептни олиб аптекага кирасиз ва палон пуллик дори оласиз. Хаммаси қиммат дорилар. Нега қиммат дорилар? Чунки шифокор ўзининг хизматини рецептга қўшиб юборган бўлади. Сиз пул бермасангиз, давлат эса 2 млн ойлик берса. Шифокор қаердан тирикчилик қилади. Албатта фирмалар орқали қилади.
Ана энди ким фойда кўрди оддий халқми, шифокорми, аптекачими ёки фирмачими ?
50 минг сўмадан қочиб 500 мингга дори олган халқ ютдими, ёки виждонини сотиб арзон дори бўлатуриб қиммат дори ёзган шифокорми? Менимча аптекачи ва фирмачилар ютмоқда.
Хулоса ўзингиздан....
https://t.me/medical_xpress
4 807
Мен кўп кибрланиб қўяр эдимда. Шунда Ёрқинжон домлани маърузаларидаги бир гап мени ўз ўрнимга тушириб қўйди. Балки сизни хам тушириб қўяр.
" Эй инсон сен нимангга кибрланасан? Ўзи яратилишинг бир томчи харом сувдан бўлса, хомила бўлган вақтингда қон билан тўйинган бўлсанг, туғилар чоғинг нажосат тушадиган жойдан тушган бўлсанг, туғилган чоғинг хатто ота-онангни кимлигини танимаган бўлсанг, орқангни онанг тозалаган бўлса, қариган чоғинг боланг тозаласа, ўлсанг бир қаро ерга кирсанг, жасадингни хашаротлар еса, яна камига ўша хашаротни қорнида қолсанг ҳам майли, йўқ ўша хашаротни ҳам ахлати бўлиб орқасидан чиқиб кетсанг нимангга кибрланасан?"
https://t.me/medical_xpress
4 807
#вазиятли_масала
Соат 22:57
Қўшним, синфдошим тел қилди.
-Бизикига чиқоласанми?
-ха тинчликми?
-дадамни, мазаси йўқ эди
Кирдим.
Умумий холати ўрта оғир, хуши ўзида
Шикояти: ўнг қовурға остида кучли оғриқ, қорин бўшлиғига тарқалиши билан, кўнгил айнип қайт қиляпти,
Анамнезидан кечки овқатга чойхонада қўй ёғида ош, озгина спиртнойи билан, оғриқ ярим йўлда бошланган, уйда кучайиб кеткан
Анамнезидан ўт пуфагидан шикояти бўлмаган
Апендитцитга шубха қилодим
Лекин симптомлар тортмади.
(мияга терапияда мюссе симптомири билмаганим эсга тушти)
Холициститда
Тўш-ўмров сўрғичсимон мускули босилса, оғриқ кучаяди
Симптом мусбат
Ношпа 2,0 в/м
Платифиллин 2,0 в/м
Ярим соатда оғриқ пастлади,
Эрта билан узи қилиб гастроэнтрологга учрайди
Оддий нарса бўлиши мумкин, симптом мюсси ни эсга солай деб ёздим
https://t.me/medical_xpress
4 807
Каналдаги энг кўп кўрилган постлар(Https://t.me/medical_xpress)
Шок индекси
Болалар истмаси тушмаганда
Тахминий туғруқ вақтини аниқлаш
Эмлаш хақида
Диарея
Цистит
Цистит 2-қисм
Рейно синдроми
Анемия
Қандли диабетда ишлатиладиган дорилар
Диабетнинг биринчи ва иккинчи тури
ТОРЧ хақида
Прекламсия биринчи марта
Уксус ичган қиз
Каналимиздаги 11,02,2023 гача чиқарилган мақолалар китоб шаклида
АПГАР шкаласи хақида
Https://t.me/medical_xpress
4 807
Sezyapsizlarmi, kunlar isigani sayin,emizikli onalar va bolalarida
Kandidoz uchrashi ko‘payib qoldi
Sizlarda ham shu kasallaik ko‘payib qoldimi?
Ona bilan bolada kandidoz kasаlligi
Ko'pincha onalar bolani emizish davomida ko'krak uchida xuddi uchli igna sanchilgan kabi og'riq bo'ladi.
Ko'krak uchlarida qichishish va oqish tangasimon dog'lar bo`ladi. Huddi shu vaqtda chaqaloqda ham lunj va tili ustida oq suzmasimon olinishi qiyin bo'lgan dog'larni ko'ramiz.
Bola emishga qiynaladi, emish davomida qattiq yig'lab yuboradi. Bunday hollarda turli dori darmonlar qilish mumkin emas, ayniqsa bu vaqtda ona va bola teng davolanishi kerak bo'ladi.
Davolash haqida keyingi poztlarda batafsil yoritib beraman
https://t.me/medical_xpress
4 807
Repost from PACEMAKER | 2.0 |
👉Болалар грипп ваксинаси(инфлювак)ни неча ёшдан олса бўлади???
🔹14 ёшдан катта болаларга -
0,5 мл(битта доза) бир марта
🔹3 ёшдан 14 ёшгача -
0,5 мл бир марта
🔹6 ойликдан 3 ёшгача -
0,25 мл бир марта.
🔹6 ойликдан кичик болаларни
онасига олиш тавсия этилади. Ҳосил бўлган гуморал иммунитет, она сути орқали болага ўтади.
♻️*Олдин грипп билан касалланмаган ва* ваксинация қилинмаган болаларга 4 ҳафта оралиғида 2 марта қилинади.
Препарат ҳимоя эффекти инекциядан сўнг 14 кунда намоён бўлади. Давомийлиги 6-12 ой.
✅Яқинларизга ҳам улашинг!!!
https://t.me/medical_xpress
4 807
#kerakli
⁉️TUTQANOQ NIMA?
‼️Tutqanoq - muskullarning beixtiyor qisqarish xuruji, asosan bosh miya gipoksiyasi natijasida kelib chiqadi.
Epileptik xolat - oldingi xuruj belgilari yo'qolmasdan turib yana tarqalgan tutqanoqning bo'lishi (20 min ortiq muddatda). Xayot uchun xavfli.
Epilepsiya - surunkali progridient ruhiy kasallik bo'lib paroksizmal buzilishlar, shaxs o'zgarishlari bilan xarakterlanadigan va tipik mnestik-intellektual aqliy pastlikka olib boradigan kasallik.
ℹ️BELGILARI
Tutqanoq vaqtida
- sianoz
- bosh va bo'yin venalari shishadi
- ba'zan qusish
Tonik faza 15-30 sekund
- kalla orqaga tortiladi
- midriaz
- yuqori muchalar bukilgan
- qo'l barmoqlar mushtlangan
- qisqa muddatli asfiksiyali nafas to'xtashi
Klonik faza 1-2 minut
- tez simmetrik-sinxron tutqanoqlar
- yarim bukilgan qo'llar yozish-bukish xarakatida
- oyoqlarning klonik tortishishi
- bosh va ko'z olmalarini aylanma xarakati
- tili og'izdan chiqqan, tishlangan
- kopikli so'lak ajralishi
- beixtiyor siyish, defekatsiya
- es hush yo'qligi
- nafasi shovqinli, hushtaksimon, noritmik
- mushaklar tonusi susaygan
- keyinroq nafas yuzakilashib, davomsiz chuqur uyqu ( 15-30 min ) boshlanadi.
💉 DAVOLASH
Intensiv terapiya
1. Asfiksiyani oldini olish
- nafas yo'llar sanatsiyasi
- traxeya intubatsiyasi
2. Tutqanoqqa qarshi
- glukoza 40%-10ml +
seduksen 10mg v/i
3. Epileptik xolat bo'lsa ( nafas, puls, qorachiq kattaligi nazorati bilan)
- natriy tiopental 1%-50-60ml v/i
samara bermasa
- kislorod + azot 2:1 nisbatda ingolyatsion narkoz
- o'pkani sun'iy ventilyatsiyasini o'tqizish
Statsionar sharoitda davolash
1. Epileptik xolatda
- seduksen 10 mg m/o yoki
- glukoza 5%-150 ml +
seduksen 30mg v/i
samara bermasa boshqa tavsiya etilmaydi va
- barbituratli narkoz 0.2-0.5 qilinadi.
Premidikatsiya uchun
- aminazin 2.5%-1-2 ml +
atropin 1%-0.5-1 ml
10 minutdan keyin
- natriy tiopental 1%-0.25 v/i sekin yuboriladi.
‼️ Lekin narkozni 2-3-bosqichigacha 1ml/min dan ortiq yuborilmaydi (kollaps xavfi, qorachiqlar maksimal toraygan, shox parda refleksi sust, ko'z olmalari o'rta chiziqda). Bunda A/B 20-25mm/sim/ust ga pasayadi, nafas 18-20 ta.
2. Tutqanoq bartaraf bo'lmasa
- kislorod+azot ingolyatsion narkoz 2 soat davomida yuboriladi
3. Epileptik xolat to'xtamasa
- o'pkani sun'iy ventilyatsiyasi
- ingolyatsion narkoz +
mushak relaksantlari (tubokurarin 30 mg) birgalikda
4. Bosh miya shishiga qarshi
5. Suv tuz muvozanatini tiklash
6. Metaboliklar buyurish
https://t.me/medical_xpress
4 807
13 ta eng keng tarqalgan qalqonsimon bezi simptomlari:
1.Holsizlik va tez charchash:
Ertalab uyqudan turiboq charchayverasiz, xatto 10 soat uxlab ham. Ishda doim yotgingiz kelaveradi. Dam olish kunlari bo'lsa "sug'ur kuni" bo'ladi(kun bo'yi yotasiz). Bular hammasi qalqonsimon bezning qandaydir kasalligi bo'lishi mumkin.
2. Tomoqda noxushlik hissi.
Qalqonsimon bez tomoqda, yutqundan pastda, traxeya oldida joylashgan. Agar sizda quyidagi bironta simptom bo'lsa sizda gipotireoz yoki gipertireoz bo'lishi mumkin:
- bo'yinda shish hissi.
- ko'rganda ishib qolishi.
- galstuk yoki vodolazka kiyganda bo'g'ilish.
- nafas olganda va yutinganda nimadir tiqilishi.
- tomoqning sezgir bo'lib qolishi.
3. Gapirganda tomoqda hirillash yoki oz miqdorda balg'am kelishi. Bu simptom uzoq vaqt saqlanishi mumkin.
4. Tana vaznining to'satdan o'zgarishi, dieta va trenirovka qilmasa ham.
Tana vaznining oshishi yoki kamayishi gipotireoz yoki gipertireoz belgisi bo'lishi mumkin. Agar siz ozish uchun dieta va trenirovkalar qilayotgan bo'lsangizu, ozmasangiz, albatta buqoqni tekshirtiring.
5. Depressiya, tez asabiylashish, vahimaga tez tushish.
Depressiya, vahima ham buqoqning simptomlari bo'lishi mumkin. Agar sizda asablardagi o'zgarishlar nevropatologning antidepressant dorilaridan o'tib ketmasa, gipotireozdan bo'layotgan bo'ladi.
6. Ko'rish bilan muammolar va ko'rishning hiralashuvi.
Gipotireozda ham gipertireozda ham ko'rishda muammolar bo'ladi. Asosan gipertireozda (Bazedov kasalligida)
- ko'zning quruqshashi va qum tiqilgandek bo'lishi.
- ko'rish hiralshuvi.
- ko'z qizarishi, qovoqlar ishishi.
7. Doimiy uyquning buzilishi.
Kechalari tez-tez uyg'onish, kam uyqulik, uyqu orasida vahima va yurak o'ynashi.
8. Soch to'kilishi va sochlarning holati yomonlashishi.
Agar sochlar nozik, sinuvchan va ko'p to'kilayotgan bo' lsa, ko'p hollarda bu qalqonsimon bez gormonlari kamayishi yani gipotireozdan bo'lishi mumkin. Yana, erkakalarda soqolning ikkala chetidan to'kilishi ham mumkin.
9. Teridagi o'zgarishlar
Teri gipotireozda quruqshagan asosan tirsak, tizza va to'piq sohalarda, rangi buzilgan bo'lishi mumkin, zaharli buqoqda esa boldirda toshmali shish miksedema, yuzda esa ko'p terlash bo'laveradi.
10. Ich qotishi, ich ketishi, ichaklarda o'zgarishlar.
Gipotireozda ich qotishi ko'p bo'lsa, gipertireozda esa ich ketishi bo'lib turadi.
11. Menstruatsiya buzilishi va homilador bo'lishdagi muammilar.
Agar homilador bo'la olmayotgan bo'lsangiz, balkim yaxshi ginekolog endokrinologga jo'natar. Siz tez-tez, ko'p ajralma(oy) kelayotgan bo'lsa, bu gipotireozdan, agar gipertireoz bo'lsa menstruatsiya tartibsiz va ajralma juda oz ko'ra boshlaydi.
12. Suyak va bo'g'imlarda og'riqlar, tunnel sindromi.
Bunday og'riq kam hollarda buqoqdan deyiladi. Gipotireoz bilan bemorlarda asosan qo'l va oyoqlarida og'riq bo'laveradi. Bunda to'qimalar shishadi, nervlarda ham shish bo'lgani uchun tunnel sindromi bo'ladi
13. Qon qo'yiladi, xolesterin ko'payishi hisobiga, xolesterin kamaytiruvchi prepartalar ta'sir qilmaydi.
Qonda xolesterin ko'payib, dorilar bilan ham kamaytira olinmasa, bu gipotireozdan albatta .
https://t.me/medical_xpress
4 807
Индекс талии/бедер.
Bel/Son Indeksi
Endokrinolog ustozim o‘rgatgandi
Joni sog‘ bo‘lsin
Bu indeks semizlikni aniqlash va qanday turdagi semizlikligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Tasavvur qiling oddiygina ipli metr bilan qanday gormon ko'pligi haqida anchagina ma'lumot olish mumkin.
Faqatgina bilish kerak holos🧐🧐🧐
Bel/son indeksi aniqlash uchun bel aylanasi(metr kindik ustidan o'tishi kerak)ni sonlar yuqori qismi(dumba sohaning eng keng qismi)ga nisbati olinadi.
Norma erkaklar uchun 0.9 dan kam, ayollar uchun 0.85 dan kam bo'lishi kerak.
Bu asosan ayollarda ahamiyatli, chunki esterogen va testosteron nisbatini va kortizol nisbiy miqdorini bilish mumkin.
Agar sizda testosteron ko'p bo'lsa, demak sizda songa nisbatan qorin kattalasha boshlaydi.
Esterogen ko'paysa belga nisbatan sonlarning yuqori qismi(dumba) kattalasha boshlaydi.
Hoziroq aniqlab ko'ring😉😉😉😉.
Masalan bel aylana 70 sm, dumba soha esa 88 sm, 70sm/88sm =0.79. Norma, 👆demak sizning qomatiz chiroyli😊😊😊😊
Batavsil
Rasmda талии(bel), бедер(dumba).
Https://t.me/medical_xpress
4 807
Гепатит с юқтирвоган Админимиз учун пост🤣
Гепатитни қаерда юқтириб олиш эхтимоли юқори?
Гепатит Б, С ва ВИЧ инфекциясини юқтириб олиш мумкин бўлган энг хавфли жойлар мавжуд.
1. Косметолог хонаси
2. Тату, Маникюр, Педекюр.
Энг хавфлиси Стамотолог хонасидир. Кўпчилик стамотологлар хар куни дизенфекция ва антисептика амалиётини маромига етказиб қилмайди. Натижада, тишни даволатаман деб тузалмас касаллик юқтириб оласиз.
Эхтиёт бўлинг. Стомотологни яхшилаб текшириб, танланг.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Bugun Asformin tabletkasi haqida...
Asformin tarkibi Metformin gidroxloridi, biguanidlar guruhiga kiruvchi tabletka.
Bu tabletka tasiri ko'p, asosiy tasiri insulin gormoni ni to'qimalarga ta'sirini yaxshilaydi. Qonizda insulin ko'pmi, demak metformin ichish kerak😊😊.
Bu dorini Endokrinolog va Ginekologlar ishlatishadi, bu dorini profilaktika uchun ham ichsa bo'ladi. Yani sog'lom odam ham yillab ichishi mumkin.
Asosan qandli diabet 2 tur iga yaxshi tasir qiladi. Yana polikistoz kasalligini davolashda ham asosiy dorilardan biriligini bir necha jahon olimlari tomonidan isbotlandi. Chunki polikistoz kasallgida ham insulin gormoni ko'payishi ham sodir bo'lishi kuzatilagan. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bachadon va tuxumdonlar va ko'krak sut bezi onkologik kasallik lariga qonda insulin gormoni ko'p bo'lishi ham olib kelishi isbotlandi. Bilingki sizda oshiqcha tana vazni bor, oilangizda kimdir qandli diabet bilan og'riydi, demak sizda insulin gormoni qonda ko'p ligi aniq.Katta ehtimol bilan
Siz avvalo qandli diabet ga moyilsiz, yoki polikistoz bolishga
Insulin gormoni to'qimalarni o'sish ini kuchaytiradi. Tasavvur qiling qonizda insulin gormoni ko'p, bu gormon tanayizda har qanday to'qimani o'stirishi mumkin. Masalan bachadon ichki qavatini o'stirib yuborsa UZI chi "Sizda Endometrioz bor ekan" deb, sizni vahimaga solishi mumkin(hech qachon UZI chi endometrioz tashxisi ni qo'ya olmasligi isbotlangan bo'lsa ham).
Shunday qilib metformin ni qandli diabet bor ham, polikistozi bor ham, semirishi bor ham, sog'lom odam ham ichishi mumkin, lekin shifokor tavsiyasi bilan.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Админларимиздан бирини
Чекмай туриши кераклигини кўнглига озор бермай тушунтиришворинглар😥
https://t.me/medical_xpress
4 807
Formaga eng "jestkiy" e'tibor qaratadigan domlani fanidan
"Yakuniy" bo‘ladigan kun
Institutga borib, sumkanga qarasang xalating uyda qolib ketgan bo‘lsa😅
https://t.me/medical_xpress
4 807
🫀#ANTIGIPERTENZIV DORI VOSITALARI TASNIFI:
Neyrotrop ta'sirga ega vositalar: (simpatik faollikni pasaytiruvchi)
1) Markaziy ta'sir etuvchi dori vositalari: klofelin, guanfatsin, moksonidin, alfa-metildofa
2) Periferik ta'sirga ega dori vositalar:
a) gaglioblokatorlar: gigroniy, benzogeksoniy, pentamin
b) simpatolitiklar: oktadin, rezerpin
v) alfa, beta - adrenoblokatorlar: labetolol
g) alfa - adrenoblokatorlar:
- noselektiv: fentolamin, tropafen
- alfa-1-selektiv: prazozin, doksazozin
d) betta-adrenoblokatorlar:
- noselektiv: propranolol (anaprilin, obzidan)
- betta-1-selektiv (kardioselektiv): atenolol, metoprolol, bisoprolol
Miotrop ta'sirga ega dori vositalar:
1) kalsiy kanallari blokatorlari:
a) digidropiridin xosilalari: nifedipin (1-avlod) nikardipin, nislodipin (2-avlod) amlodipin, latsidipin, lerkanidipin (3-avlod)
b) fenilalkilamin xosilalari: verapamil
v) benzotiazepin xosilalari: diltiazem
2) kaliy kanallari aktivatorlari: diazoksid, minoksidil
3) NO donatorlari: natriy nitroprussid, apressin
Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta'sir etuvchi dori vositalari:
1) AAF ingibitorlari: kaptopril, enalapril, lizinopril, ramipril
2) angiotenzin II retseptori blokatorlari: lozartan, valsartan
Suv-elektrolit muvozanatiga ta'sir etuvchi dori vositalari:
— diuretiklar: dixlotiazid, furasemid,
spironolakton
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
https://t.me/medical_xpress
4 807
❕Bolalarni #emlash dan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?
Emlash orasidagi muddat kamida 1 oy bo‘lishi kerak.
Emlash vaqtida bola sog‘lom bo‘lishi lozim. Agar bolada shamollash belgilari bo‘lsa, bola to‘liq tuzalgach, 2-3 haftadan keyin emlanish kerak.
Bolani har emlashdan oldin shifokor pediatr ko‘rigiga olib borish.
Emlashdan keyin 1-2 kun bolani cho‘miltirmaslik kerak.
Emlashdan oldin va emlashdan so‘ng bir necha kun davomida bola ovqat rasioniga yangi mahsulotlar qo‘shmaslik.
Emlashdan keyin bir necha kun bolani gavjum joylarga olib bormaslik lozim.
Agar bolada turli dori vositalariga reaksiyalar, tutqanoq holatlari kuzatilsa emlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
https://t.me/medical_xpress
4 807
Бугун кечроқ, ГБН (гемолитических болезнъ новорождённых) хақида гаплашайлик...
4 807
Тиббий ходим келгунига қадар ўлим...
Яни уйда ўлим холати кузатилса,
Тез тиббий ёрдам варақасини тўлдириш учун намуна
Фойдали бўлар
П.С/ обуначимиздан олдик, рахмат
https://t.me/medical_xpress
4 807
Тиббий ходим келгунига қадар ўлим...
Яни уйда ўлим холати кузатилса,
Тез тиббий ёрдам варақасини тўлдириш учун намуна
Фойдали бўлар
П.С/ обуначимиздан олдик, рахмат
https://t.me/medical_xpress
4 807
Бемор 2016
Гельминтоз
Антигелминт.таб
1*3 мах 7 кун
Албендазол.таб
1*2 мах 3 кун
Активны угол.таб
1*3 мах 7 кун
Омез
1*3 мах 7 кун
Панкерятин
1*3 мах. 7 кун
Пархез
3- 5-7 - Кунлари килизма
Кийимларини Хар куни алмаштриш
Камчликлар булса тулдирворасилар хамкасабалар👨⚕👩⚕
https://t.me/medical_xpress
