PACEMAKER | 2.0 |
Kanalga Telegram’da o‘tish
Fundamental fanlar Klinik fanlar Tez tibbiy yordam ko'rsatish ESC tavsiyalari asosida bilimlarga ega bo'ling. Kanal manzili:👇 https://t.me/PACEMAKER_2 Instagram: cardio_arrythmology https://www.youtube.com/@Pacemaker_academy
Ko'proq ko'rsatish4 808
Obunachilar
+624 soatlar
+117 kun
+730 kun
Postlar arxiv
4 806
Yurak ichidagi protseslarni koʻz bilan kormesz tassavur qilasz xolos bugun shu jarayonlarni oddiy goʻsht misolida (tovuq) sinab koʻrdik
4 806
Radiochastotali ablatsiyasini BIOFIZIKA si haqida qiziqarli, kerakli va amaliy fikrlar o'rtoqlashildi.
4 806
Bugungi O'zbekiston yurak jamoasi konferensiyasini pryamoy olib bermoqchi edim imkoniyat bolmadi.
4 806
💊 Salbutamol (Salbutamol) - Astma va bronxospazmni bartaraf etuvchi dori vositasi
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🍻 Farmakologik guruhi:
Bronxodilatator, β2-adrenoretseptor agonisti
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🥁 Ta’sir mexanizmi:
• Selektiv β2-adrenoretseptor agonisti – bronxlarning silliq mushaklarini bo‘shashtirib, bronxospazmni bartaraf qiladi.
• β2-retseptorlarni faollashtirish orqali adenilat siklazani rag‘batlantiradi sAMF darajasi oshadi bronxlarning kengayishi yuz beradi.
• Yuqori dozalarda qisman β1-retseptorlarga ta’sir qilishi mumkin, yurak urishining tezlashishiga olib kelishi mumkin.
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🙊 Chiqarilish shakllari va dozalash:
1. Ingalatsion aerozol (spray, 100 mkg/dosa)
2. Nafas olish uchun eritma (2.5 mg/ml, 5 mg/ml nebulizator uchun)
3. Tabletkalar (2 mg va 4 mg)
4. Siroplar (2 mg/5 ml bolalar uchun)
5. Inyeksiya eritmasi (0.5 mg/ml V/I, V/M)
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🍁 Dozalash (kattalar uchun):
• Bronxospazm (ingalyatsiya):
➡️ 100–200 mkg (1-2 doz) kerak bo‘lganda, lekin 24 soatda 800 mkg dan oshirmaslik kerak.
• Profilaktik maqsadda (jismoniy zo‘riqish astmasida):
➡️ 200 mkg (2 doz) jismoniy mashqdan 10-15 daqiqa oldin.
• Nebulizatsiya uchun eritma:
➡️ 2.5 mg (0.5 ml) 3-4 marta kuniga.
• Tabletkalar:
➡️ 2-4 mg kuniga 3-4 marta.
• Vena ichiga inyeksiya (og‘ir holatlarda):
➡️ 0.25-0.5 mg sekin vena ichiga, kerak bo‘lsa, 4 soatdan keyin takrorlanadi.
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🍁 Dozalash (Bolalar uchun):
• Nebulizatsiya: 0.15 mg/kg har 6-8 soatda.
• Tabletkalar: 2 yoshdan katta bolalar uchun 1-2 mg kuniga 3-4 marta.
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🩺 Qo‘llanilishi:
• Bronxial astma (hujum va profilaktika)
• Bronxospazm sindromi (KOPB, bronxit)
• Jismoniy zo‘riqishdan kelib chiqadigan bronxospazm
• Erta tug‘ruqni oldini olish (bachadon mushaklarini bo‘shashtiradi, faqat shifokor nazorati ostida)
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
⚠️ Qarshi ko‘rsatmalar:
• Tireotoksikoz
• Yurak ishemik kasalligi, aritmiyalar
• Qandli diabet (giperglikemiya xavfi)
• Homiladorlik (III trimestrda ehtiyotkorlik bilan)
• Glaukoma
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🩺 Nojo‘ya ta’sirlari:
• Yurak urishining tezlashishi (taxikardiya)
• Qon bosimi pasayishi yoki oshishi
• Qo‘l qaltirashi (tremor)
• Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i
• Giperaktivlik va asabiylik
🫀🫀🫀🫀🫀🫀
🩺 Salbutamol tez ta’sir qiluvchi bronxodilatator bo‘lib, astma xurujlarini bartaraf etishda juda samarali. Dozani oshirib yuborish yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilishi mumkin, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak.
4 806
Ренин-ангиотензин-альдостероновая система
Ренин-ангиотензиновая система (РАС, англ. RAS) или ренин-ангиотензин-альдостероновая система (РААС) — это гормональная система человека и млекопитающих, которая регулирует кровяное давление и объём крови в организме.
4 806
Bronxoektaziya -
bu bronx devorini xaltasimon kengayishi. Etiologiyasi: surunkali bronxit natijasids rivojlanadi hamda bronxiogen bronxoektaziya deb ataladi. Oqibatlari esa organizmda anomal oqsil sintezlanishiga “Amiloidoz” olib keladi, bu esa Jigar, Taloq hamda buyraklarda uchraydi va qo’l, oyoq barmoqlarida ham to’planadi va baraban tayoqcha bo’lib qoladi.Core-Pulmonale -
bu pnevmoskleroz natijasida o’pka arteriyalarida qon bosimini ortishi hisobiga o’ng yurak qorinchasiga yuklamani ortishi va natijasa chap qorincha gipertrofiyasi hamda deletatsiyasiga olib keluvchi kasallik hisoblanadi. “Bu mavzuga yana cardiologiya postlarida chuqurlashamiz” Oqibati esa o’ng qorincha yetishmovchiligi, muskat jigar va o’rganlarda to’laqonlik yuzaga kelishi bn namoyon bo’ladi.📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏📏 Surunkali oddiy bronxit (obsturktiv bo’lmagan turi) Bugungi bu kasalligimiz eng ko’p erkaklarda asosan chekuvchi turida uchraydi va kasallikni kashandalar kasalligi deb aytsak ham bo’ladi. Kasallik etiologiyasi va patogenezi:
Tamaki tutunidan aktiv va passiv nafas olish natijasida asosan kasallanadi va bu organizmda ahamiyati katta. Bu tutun va pollyutantlar bronx shilliq qavatini surunkali tarzda shikastlashi oqibatida bronxlar sekretini quyuqlili va gipersekretsi, kiprikli shilliq epiteliylar zararlanishi kuzatiladi. Buni oqibatida bronx himoya va mukosilliar transport faoliyati buziladi. Tamaki 1-eng katta sababi bo’lsa 2-sababi bu kremniy, Cd, NO2, SO2 va boshqa pollyutantlar hisoblanadi va 3-omil Respirator viruslar, pnevmokokklar, gemofil tayoqcha, mikoplazma hamda xlamidiya va boshqalar kiradi. “Bu 2-3 sabablar orqali kasallik rivojlanishiga tamaki tanijasida bronx devorlari kuchrizlanib infeksion muhitga chidamsiz holatga kelishi natijasida paydo bo’ladi”Kasallik klinikasi:
Kasallik kechishi 2 xil uzoq remissiya va kamroq qo’zg’alish. Remissiya davrida bemor o’zini kasal hisoblamedi va vaqti-vaqti bilan yo’tal hamda balg’am ajralishini chekgani sabab deb hisoblaydi. Yo’tal asosan sovuqda, jismoniy harakatdan keyin va pollyutantlar tasirida kuchayadi va remissiya davrdan chiqib qo’zishga o’tin ketishi munkin. Obyektiv ko’ruvda hech narsa zerilmaydi lekin Auskultatsiyada forsillagan nafas chiqarganda yakka quruq xirillashlar eshitiladi. U doimiy bo’lmaydi yo’talganda tezda yo’qoladi. Qo’zg’alish davrga o’tishga sabablar: O’RVI, sovqotish, haddan ortiq chekish, o’tkir laringit, faringit, angina. Bu sabablar natijasida kasallik yaqqol klinik belgilar namoyon qiladi. Bunda balg’amli yo’tal ko’proq ertalab paydo bo’ladi va ba’zam doimiy kechadi, gorizontal holatda kuchayadi. Tana harorati ko’tariladi va intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi. Auskultatsiyada dag’al vezikulyar nafas, nafas olish va chiqarishda tarqalgan quruw xirillashlar eshitiladi. Kam hollarda mayda yoki o’rta pufakchali nam xirillashlar ham eshitiladi.Laborator va instrumental tekshiruv:
Qon taxlilida neytrofilli leykotsitoz, ECHT biroz oshgan bo’lishi bular kasallikga gumonni hosil qiladi lekin aniq ma’lumot bermaydi. Qon zardobida - alfa antitripsin, alfa1- glikoproteid, alfa2- makroglobulin, gaptoglobulin, seruloplazmin, seromukoid, C-reaktiv oqsili, umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini aniqlash ahamiyatiga ega. Bular bronxlardagi yallig’lanish faolligini ko’rsatadi.
🟧
balg’am taxlili
🟧
rentgen tekshiruvi
🟧
bronxoskopiya, yallig’lanishli kasalliklarga shubxa tug’ilganda qilinadi.Kasallik oqibati👼☠️👼
Bu kasallik bemorlarda umr bo’yi kuzatilishi mumkin.Kasallik vaqtida aniqlanib davolanmasa u obsturtiv turiga o’tib ketadi va o’pka emzifemasi, pnevmoskleroz, nafas yetishmasligi va Core-Pulmonale rivojlanishiga sabab bo’ladiDavolash va profilaktikasi:
Keyingi postda O’pkaning surunkali obstruktiv kasalligida birgalikda yoritib ketamiz
😇Mana nima uchun chekish va hatto tamaki tutunini hidlash ham qanaqa jarayonlarga sabab bo’ladi🥺 Postni do’stlarizga ham ulashing zero bilimni ulashish faqatgina foyda😇. Bizning kanal😊 ✈️ t.me/medical_xpress
