cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Noshir qiz daftari 📚

🤲 ٱهۡدِنَا ٱلصِّرَ ٰ⁠طَ ٱلۡمُسۡتَقِی Ихдинас сиротол мустақийм 😊 Fikrlar📝 Noshirlik 📚 Birgalikda mutolaa 📖 Murojaat: @noshirqiz_bot 😊

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
209
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#yangi_kitob📔 #eski_yaralar 🥺 Kitob – bebaho meros, deya ko‘p eshitgan bo‘lsak-da, buning asl mohiyati va mas’uliyatini mana endi chinakamiga his qila boshladik. Bugungi hayotimizda sa’y-harakatlarimiz, mehnatimiz bilan nafaqat zamondoshlarimiz, balki kelajak avlod uchun ham munosib xazina – manfaatli kitoblar chop etishni eng asosiy maqsadlarimizdan deb bilamiz. O‘rganib qoldik – afsuski, biz bunga moslashib boryapmiz – yangiliklar ulashuvchi barcha platformalarda: ijtimoiy tarmoqlarda, televideniye va boshqa manbalarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik, ularni kaltaklash, o‘ldirish (O‘zing asra) aks etgan turli ko‘rinishdagi xabarlar... Shunchaki dahshat, lekin vaqt o‘tgan sayin oddiy qabul qilyapmiz... Mohiyat bir, makon turfa, vaziyatlar turfa. Hammasi borgan sari yomonlashsa yomoshlashyapti-yu, ammo vaziyat yaxshilanishi uchun hech narsa haqiqiy yechim bo‘lib xizmat qilolmayapti, nazarimizda. Va tabiiyki, bu kitob ham to‘liq yechim emas, lekin zarra qadar bir yaxshilikka, ayollar uchun bir yengillikka turtki bo‘lishidan umidvormiz. Tillarda qanchalar e’zozlab, ash’orlar to‘qiladi, bayramida eng yaxshi so‘zlar aytiladi, eng ulug‘, muqaddas ekani bot-bot izhor etiladi. Aslida esa uning uchun qulay va xotirjam, halovatda va fitratiga xos hayot yaratib berish hammasidan muhim. Mazkur kitob butun dunyoda ayollar turmush tarzi, ular uchun yaratil(ayot)gan sharoitlar, vaziyatlar hamda turfa holatlarning turfa ta’siriga eng ishonchli rakursdan – tadqiqot, tahlillar vositasidan qaralgan eng yaxshi manba. Kitobni mutollaa qilib, o‘zi shundoq ham nozik, himoyatga muhtoj, turmushning mushtlarini nozik yelkasida mamnuniyat bilan ko‘tarib yuradigan, o‘zi emas, hamisha oilasi, yaqinlari halovati, baxtini o‘ylab butun umrini o‘tkazuvchi ayol xilqatiga yana shu qadar mashaqqatlar, har jabhada unga, zarracha bo‘lsa-da, noqulayliklar keltirib chiqarishi, hayotiga xavf solib kelishi mumkinligi va qator tahlillar insonni mutaassir qilmay qo‘ymaydi – har kimni: xoh erkak, xoh katta hayot ostonasida turgan yigit, xoh ana shu jarayon, holatlar ishtirokchisi bo‘lib kelayotgan ayol-qiz bo‘lsin... Mamlakatimizdagi bugungi ayollar bilan bog‘liq og‘riqli vaziyatlar, holatlar, tabiiyki, hammani ham xavotirga solmoqda. Kitobdagi tahlillar esa dard ustiga chipqon bo‘lar balki. Lekin ana shu ichingizdagi olov – insoniylik, tiriklik sizga kuch berishi, sergak yashashga undashi, yon-atrofingizdagi opa-singil, umuman, ayol shaxsiga yana ham mehr-shafqatli, yana ham og‘irini yengil qilish istagingizga kurtak berishiga umid­vormiz. Nashriyotning “Factor focus” loyihasi butun dunyoda mashhur, muayyan yo‘nalishda o‘ziga xos ijtimoiy ahamiyatga ega ilmiy-ommabop, ijtimoiy-gumanitar, ma’rifiy, ta’limga oid adabiyotlarni kitobxonlarga taqdim etishga qaratilgan va bu kitob loyihaning ilk mahsulidir. Bunda bilim berish barobarida ko‘tarilgan masala, muammolar yechimida mazkur kitob biror tashabbus, yaxshi o‘zgarishlarda, ozroq bo‘lsa-da, xizmat qilolsa, biz ikki karra maqsadimizga yetgan bo‘lamiz.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from IKAR | FACTOR BOOKS
#muhim_eslatma 🫡 🕰Hurmatli kitobxon, o’ylaymizki, bugungi kuningizni rejalashtirib, soat 20.00 da audiochatga shay bo’lasiz! Audio suhbat uch qismdan iborat bo’ladi: 1. Savollarga nashriyot mas’ullari javoblari tinglanadi. 2. Namunaviy savollar o’qib eshittiriladi. 3. Qo’shimcha taklif va mulohazalar uchun kitobxonlarga so’z beriladi. ✳️ Suhbatda ishtirok etuvchi nashriyot mas’ullari: 1. Nashriyot ta’sischisi: Mansur Abdunazarov 2. Nashriyot bosh muharriri: Saidjalol Saidmurodov 3. Muharrir: Shavkat Do’stmuhammad 4. Loyiha menejerlari: Ramazon Qahhorov, Sohibjamol Kattayeva, Xurshida Akbarqulova 5. Sotuv bo’limi rahbari: Abdumalik Kattayev 🥰 Ikar loyihasida endi ishtirok etmoqchi bo'lgan yoki loyiha haqida xabardor bo'lmagan do'stlaringizni taklif qilishingiz mumkin, Siz orqali kimgadir manfaat yetsa, bu qanday chiroyli?! https://t.me/ikar_factor?livestream=475de6bf2da04833ce 🤓(Kitobxonlarda suhbat vaqtida profillarida o’z ism-shariflari bilan kirishlarini so’rab qolamiz)
Hammasini ko'rsatish...
AnimatedSticker.tgs0.51 KB
#chekinmaymiz 😀🤓 Nashriyotga SMM xodimi izladik, hali tasdiqlay olmadik. O‘zim amallab turibman. Reels', videomontaj, mobilograflik kabilar uncha qiziqtirmasa-da, har kuni o‘zim uchun yangi narsalar o‘rganyapman. 😎 Mana bu rasmlarni esa o‘zim olganman.
Hammasini ko'rsatish...
#tungi_kayfiyat 🥹 "Faqatgina u ketgach..." Hamma narsaning – Alloh bergan jamiki ne'matlarning qadrini har doim ham o‘z vaqtida qadriga yetolmaymiz, hamisha ham shukrini ado qilolmaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
Passenger - Let Her Go [Official Video].mp33.88 MB
#kechinma Tinish belgilar. Undan juda chiroyli foydalansa bo‘ladi. Hislarni, mohiyatni, kayfiyatni ko‘rsata oladi. Yozuvchi odam tinish belgilarini qanchalar chiroyli ishlatsa, shunchalar asar boyiydi va o‘quvchiga yozganlarini yana ham aniqroq his qilishiga yordam beradi. Murod Muhammad Do‘stning "Galatepaga qaytish" qissasida uch nuqta o‘ziga xos o‘rinda ishlatilgan – muallifning, G‘aybarovning dilida kechgan-u tiliga chiqarmagan o‘ylari, haqiqatlari yozilgan ("...yoki u otamni rostan yaxshi ko‘rganmi?") Baayni shunday. Haqiqatlar. Ular hamisha ham tilga chiqqan, kimgadir aytilgan, kimdir eshitgan bo‘lishi shart emas. Ko‘p haqiqatlar tilga ko‘chmaydi – kimnidir ayab, vijdoningiz yo‘l bermay, tushunmaydilar deb va turfa sabab bilan. "Dilkash" dasturida ham (13-10 daqiqa) uch nuqta bilan bog‘liq juda chiroyli misol beriladi. Har eslaganimda allanimalar kechadi ko‘nglimdan. She'rlarda esa tinish belgilari she'rning yarmi kabi go‘yo. Mana bu she'rni tinish belgilarisiz tasavvur qilolmasam (chuqurroq his qilolmasam) kerak deb o‘ylayman. Tinish belgilarining har birida alohida mohiyat bordek. Hatto nomida. Tinish – tin olish – bir fursat tin olish, mohiyatni his qilish uchun ishoradek.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#alhamdulillah Ayrim duolaring kutganingdan-da chiroyli shaklda ijobat bo‘laverishi eng chiroyli baxt bo‘lsa kerak
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#chekinmaymiz ☺️ Karantin vaqtida “uyda qoling” degan chaqiriqlarga tinimsiz ko’zimiz tushardi, qulog’imizga chalinardi. Hozir esa uyda chiroq yo’q. Va sovuqqina.😀 Ishxonada alhamdullilah chiroq, tefal, termos va mana bu “pechkacha” bilan amallayapmiz.🤲 Xullas, bizda sharoit shuni taqozo qilyapti: ishda qoling!😂 Ha aytgancha, Ikar uchun judayam ma’nili savollar tuzyapmiz 🙃
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Birnima🌚
#☃️ Ko‘zingizni oching, qo‘rqmang, ziyodan qamashsin, og‘risin, mayli, mayliga yashamak bo‘lsin qiyinroq ochiqligi tufayli. Lazzat bor har qanday og‘riqda, kechalar og‘riqdan ingrab yotaman va o‘sha og‘riqni beg‘am, bo‘g‘riqqan —og‘riqsiz yuzlarga otaman... Izg‘iringa yuring, oching ko‘krakni, yiqiling, baribir keraksiz. qiynang, o‘z holiga qo‘ymang yurakni yashamaslik uchun yuraksiz... Shavkat Rahmon @birnima_b
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.