cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MUZRABOT TUMAN 21-SONLI BMSM|AXBOROT XIZMATI

Muzrabot tumani 21-sonli Bolalar musiqa va san'at maktab Matbuot xizmati kanaliga qo'shiling va musiqa maktabda bo'layotgan yangiliklardan xabardor bo'lib boring. Ushbu kanalda 21-son BMSM da ro'y berayotgan barcha yangiliklarni kuzatishingiz mumkin.👍

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 787
Obunachilar
-14524 soatlar
-2557 kunlar
-25930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Hozirgina Javohir Sindarov rossiyalik top shaxmatchi Vladimir Fedoseev ustidan g'alaba qozondi, endi navbat Shamsiddin Vohidovga. Shamsiddin g'alabaga yaqin, o'yin yonayapti! Jonli efirda Shamsiddinni qo'llab-quvvatlaymiz: 👉https://www.youtube.com/live/4O2F9pWBgGk?si=5M3VJLfbthMhfJdr
Hammasini ko'rsatish...
21:42
Video unavailableShow in Telegram
#Botir_Zokirov #hujjatli_film
Milliy estrada san’atimiz asoschilaridan biri, zamonaviy o‘zbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targ‘ib etgan, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film
™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Diqqat e'lon!!! ⚡️ 18–21-iyun kunlari Madaniyat vazirligi "Dirijyor, rejissyor, baletmeystyerlar" respublika ko'rik-tanlovini e’lon qiladi. ☝️ Tanlovda bolalar musiqa va san’at maktablari o‘qituvchilari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, musiqa va san’at kollejlari, oliy ta’lim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, badiiy va ijodiy jamoalarning ijrochilari ishtirok etishi mumkin. ❗️ Hujjatlar 15-iyunga qadar qabul qilinadi. 👉 Batafsil ‼️ Eslatma, tanlovning 1-o‘rin g‘oliblari (oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilaridan tashqari) mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul kvotasiga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
Интернет замонида ҳаким зотнинг ўғлига қилган олтинга тенг тавсиялари Ўғлим! Google, Facebook, Twitter, WhatsApp, Telegram, Instagram ва барча ижтимоий тармоқлар бамисоли тубсиз денгиздир. Унда қанчадан қанча кишиларнинг ахлоқлари ғарқ бўлган, ақллари чўккан. Унга шўнғиб кетишдан огоҳ бўл. Интернетда гўёки асалари каби бўл, аввало ўзингга, кейин ўзгаларга фойда келтиришинг учун саҳифаларнинг энг покизасини зиёрат қил. Ўғлим! Интернет катта бозорга ўхшайди. У ерда ҳеч ким молини текинга тарқатмайди. Ҳамма муқобилига бирор нарса хоҳлайди. Кимдир молининг муқобилига одоб-ахлоқни олмоқчи бўлади. Кимдир шубҳали фикрларини тарқатмоқчи бўлади. Яна кимдир шуҳрат қозонгиси келади. Яна кимдир жамиятни ислоҳ қилмоқчи бўлади. Молни яхшилаб текширмагунингча сотиб олма. Ўғлим, миш-мишларни ва бўлмағур латифаларни тарқатишдан, ҳаром нарсаларни кўчириб ёйишдан ҳазир бўл! Билгин, сен бу яхши ва ёмон нарсалар билан тижорат қилмоқдасан. Товарингни бировга таклиф қилишингдан олдин покизасини танлаб ол, чунки мижоз сендан маслаҳат сўраб ўтирмайди, сотиб олаверади. Ўғлим! Бирор нарса остига фикр ёзиб қолдирмоқчи бўлсанг, яхшилаб ўйла, бу гапларинг Аллоҳни рози қиладими, йўқми?! Кўзинг билан кўрмаган инсон билан дўст тутинма. Одамларга ёзган нарсалари орқали ҳукм чиқарма. Чунки уларнинг исмлари ясама, суратлари сохта, ахлоқлари безалган, сўзлари ёқимли, юзларида ниқоб, ростлари ёлғон бўлиши мумкин. Қанчадан-қанча олимликни даъво қилганлар қип-қизил жоҳил, гўзаллар бадбашара, сахийлар зиқна, жасурлар қўрқоқ. Аллоҳ раҳматига олганигина мустасно. Сен ҳам Аллоҳ раҳматига олганлар сафида бўл. Ўғлим! Ўзларига сохта исм қўйиб оладиганлардан эҳтиёт бўл. Чунки улар ўзларига ишонмайдилар. Ўзига ишонмаганга сен ҳам ишонма. Сен ҳам бировнинг исмини қўйиб олма, чунки Аллоҳ сирни ҳам, ундан-да махфийроғини ҳам билиб туради. Ўғлим! Сенга озор берганга озор берма. Сен ўзингнинг, у ўзининг ахлоқини намойиш қилади. Сен бу ишинг билан ўз ахлоқингни кўрсат, унинг ахлоқини эмас… Қозон – ичидаги нарсаси билан тошади. Ёзаётган нарсангни саралаб ол… сен ёзасан, фаришталар ҳам ёзишади. Аллоҳ барчани кузатиб, ҳисоб-китоб қилиб туради. Ўғлим! Дахшатли интернет денгизида сен учун энг қўрқадиган нарсам ҳаром, фисқу фужур, беҳаё нарсаларни томоша қилишингдир. Агар ушбу ҳаром нарсалардан четлаб ўта олсанг, интернетдан ўзингнинг манфаатинг учун фойдалан, жамиятинг билан мулоқот қил, динингни ёйишга ҳаракат қил. Агар ҳаром нарсалар гирдобида қолганингни кўрсанг, интернет дунёсидан йиртқич ҳайвондан қочганингдек қоч. Ўғлим! Шайтоннинг қармоғига ғафлатда қолганлар, шаҳватга берилганлар илинади. Бу иккиси интернетнинг устунларидан ҳисобланади. Интернет ғафлатинг учун эмас, хизматинг учун яралган. Сен уни икки дунё манфаатинг учун ишлат, у билан келажагингни қур, сени бузиб, ер билан яксон қилишига йўл қўйма! Охиратда сенинг фойдангга ҳужжат бўладиган қил, зиёнингга ҳужжат қилма! Аллоҳ барчамизни тўғри йўлидан адаштирмасин!” ✍ Муҳаммад Али Муҳаммад Юсуф Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Hammasini ko'rsatish...

Repost from Alisher Sadullaev
00:44
Video unavailableShow in Telegram
⚡️“Mutolaa” jamoasidan menga kreativ taklifnoma keldi.  Sun’iy idrok orqali tayyorlangan bo‘lsa-da, jadidlar otasi Behbudiyning o‘tli so‘zlari, tilaklari, loyiha taqdimotiga chorlovini tinglash shunchaki ajoyib. Men jamoaning kitobxonlikka yangicha yondashayotganidan, milliy tariximiz, qadriyatlarimizni zamon bilan uyg‘un ko‘rayotganlaridan xursandman. Loyihaning teatrlashtirilgan taqdimoti hamda “Qo‘rqma” filmi premyerasini Youtube sahifamiz orqali jonli tomosha qilishingiz mumkin. Yana bir ajoyib loyiha barchamizga muborak bo'lsin! Taqdimot va premyera 27-aprel, 18:00:https://youtube.com/@mutolaafilms?si=aWI_rt6F22u_R2ot
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
"Qo‘rqma" – Mutolaa'dan premyera Ilmni yoyish uchun jadidlardan qanday namuna olsak bo‘ladi? Shu haqda ko‘p o‘yladik, izlandik. 1908-yilda Behbudiy Samarqandda mutolaaxona tashkil qilganiga e'tibor berdik. Keyin shu yo‘lda bir zamonaviy yoshlarga mos loyihani ishga tushirdik. Uni yuritish uchun xuddi jadidlar kabi xorijda o‘qib, Vatanga hissa qo‘shishchun qaytgan, nufuzli Edinburg universiteti magistri Sirojiddin Olimovni taklif qildik. Kecha, 27-aprel kuni, ushbu loyiha – audio, video, sun'iy idrok texnologiyalari orqali kitoblar o‘qishni, yangi bilim va g‘oyalarga ega bo‘lishni ommalashtirishni niyat qilgan Mutolaa taqdim etildi. Mutolaa'ga, xususan, shu debyutning ilhom manbasi Javlon Jovliyev, bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov, rejissor va aktyor Erkin Bozorov kabilarni jalb qilganimiz loyiha uchun katta yutuq. Bizga yana yosh rejissor va aktyorlar, dyublaj ustalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini ham bergani uchun kitoblar asosida filmlar yaratishga qaror qildik. Mana, shu turkumdan birinchi film: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ Katta salohiyatga ega jamoa shunday ijodiy namunalarni yaratishda davom etadi.
Hammasini ko'rsatish...
"Qo‘rqma" | Film

“Qo‘rqma” – 70 nafar o‘zbek talabaning ayanchli tarixi! Film "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo'nalishida suratga olingan bo'lib, 2021-yil O'zbekistonning bestseller kitobi bo’lgan Javlon Jovliyevning ayni nomli asariga asoslanadi. Rejissor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yoldoshov, Dilshoda Jo'rayeva ijro gilgan. "Mutolaa" loyihasi o'zbek adabiyoti targ'iboti uchun "kitob-kino" yo'nalishida filmlar suratga olishda davom etadi. Bizning ijtimoiy tarmoqlar: Telegram:

https://t.me/mutolaaxona

Instagram:

https://www.instagram.com/mutolaaxona/

Twitter:

https://x.com/mutolaaxona?s=21

“Mutolaa” ilovasini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: Android -

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.mutolaa.commercial.mutolaa

iOS -

https://apps.apple.com/uz/app/mutolaa/id6475738561

👍 1
Repost from Alisher Sadullaev
01:30
Video unavailableShow in Telegram
“Sen nima uchun o’qiyapsan?” — Bu aslo oddiy savol emas! “Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin. Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ - Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying. @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...