uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling 👈

UzChess

UzChess

Kanalga Telegram’da o‘tish

Uzchesss loyihasining rasmiy Telegram kanali Bepul, Qiziqarli, Ommabop Rasmiy sahifalarimiz: http://youtube.com/@uzchesss https://instagram.com/uzchesss UzChess Market : @Uzchess_Pro Hamkorlik bo’yicha : @UzChess_tijoriy_bot

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali UzChess analitikasi

UzChess (@uzchesss) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 20 363 obunachidan iborat bo'lib, Sport toifasida 3 347-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 3 932-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 20 363 obunachiga ega bo‘ldi.

11 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni 2 554 ga, so‘nggi 24 soatda esa 0 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 47.21% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 46.81% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 9 635 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 552 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 159 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Uzchesss loyihasining rasmiy Telegram kanali Bepul, Qiziqarli, Ommabop Rasmiy sahifalarimiz: http://youtube.com/@uzchesss https://instagram.com/uzchesss UzChess Market : @Uzchess_Pro Hamkorlik bo’yicha : @UzChess_tijoriy_bot”

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 12 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Sport toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

20 363
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-947 kun
+2 55430 kun
Postlar arxiv
UzChess
20 373
Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!” Nodirbek Abdusattorov Javohir Si
Nodirbek Abdusattorov: “Sindarov shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri!” Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovning iste’dodi, uning muvaffaqiyatlari va bu natijalar o‘ziga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi. 🗣 “Biz uning salohiyatini yaxshi bilamiz. Javohir nihoyatda iste’dodli, hatto mendan ham iste’dodliroq. 2021–2022-yillargacha u shaxmatga unchalik ko‘p vaqt ajratmasdi, boshqa ishlar bilan ham shug‘ullanardi. Menimcha, u shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan biri. Kasparov va boshqa buyuk shaxmatchilar qatorida. Iste’dod jihatidan ulardan aslo qolishmaydi. Shunchaki, u uzoq vaqt o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta olmadi va biroz soyada qolib ketdi”. Nodirbek Sindarovning muvaffaqiyatlari unga ham katta turtki berganini ta’kidladi: 🗣 “2022-yilda men birinchi bo‘lib 2700 reyting marrasidan o‘tdim. 2025-yilgacha reyting bo‘yicha kuchli shaxmatchilar qatorida edim. Lekin Nomzodlar turniriga chiqa olmadim. Avvaliga yoshligim, keyinchalik tajribam yetishmagani bunga to‘sqinlik qildi. Ko‘p yillar davomida men Javohirdan bir qadam oldinda edim. Endi esa u mendan o‘zib ketdi va bu marraga birinchi bo‘lib erishdi. Uning ketma-ket g‘alabalari menga ikkinchi nafas berdi. Javohir buning uddasidan chiqish mumkinligini ko‘rsatdi, yo‘l ochib berdi va o‘zimga bo‘lgan ishonchimni oshirdi. Endi u oldinda, men esa uning ortidan ketyapman”. Sizningcha, Sindarov haqiqatan ham shaxmat tarixidagi eng iste’dodli besh shaxmatchidan birimi? 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
TASODIFLAR TASODIFAN BO'LMAYDI! 🏆To‘rt yil avval Chennaydagi oltin medalni kutilmagan mo‘jizaga yo‘yganlar bo‘lgan edi. Ammo
TASODIFLAR TASODIFAN BO'LMAYDI! 🏆To‘rt yil avval Chennaydagi oltin medalni kutilmagan mo‘jizaga yo‘yganlar bo‘lgan edi. Ammo Samarqand mezbonlik qilgan Olimpiadada yigitlarimiz butunlay boshqa maqomda — chempionlik uchun asosiy favoritlardan biri sifatida boshladi. 🔥Hindistonga qarshi match taqdirini butunlay ostin-ustun qilib yuborgan Yoqubboevning bitta taktik yurishi, ilk mag‘lubiyatdan keyin birinchi raqamli jamoa — AQShga berilgan sovuqqon javob va asablar eng taranglashgan so‘nggi turdagi tarixiy lahzalar. Biz bu yo‘lni bosib o‘tdik! 🇺🇿O‘zbekiston qanday qilib ikkinchi marta Shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi? 🔴videoni ko'rish 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
Yan Nepomnyashchiy: “Sindarov favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi” Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan r
Yan Nepomnyashchiy: “Sindarov favorit, ammo jahon tojiga yo‘l oson bo‘lmaydi” Jahon chempionligi uchun ikki marta kurashgan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashchiy The Hindu nashriga bergan intervyusida Javohir Sindarov va Gukesh o‘rtasidagi bo‘lajak match haqida fikr bildirdi. “Jahon chempionligi uchun match oddiy turnirdan butunlay farq qiladi. Turnirda bir partiyani yomon o‘tkazsangiz, keyingi raqibni yutib, vaziyatni o‘nglashingiz mumkin. Bu yerda esa doim bitta raqibga qarshi o‘ynaysiz”, — dedi Nepomnyashchiy. “Ularning ikkalasi ham juda yosh. Bu yoshda sport formasi tez o‘zgarishi mumkin. Hozir Sindarov katta favorit, ammo imkoniyatlarni 80:20 deb baholamagan bo‘lardim. Menimcha, 65:35 nisbati haqiqatga yaqinroq”, — dedi grossmeyster. Biroq grossmeyster dastlabki partiyaning ahamiyatini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, Sindarov g‘alaba bilan boshlasa, ustunligini yanada oshirishi mumkin. Gukesh yaxshi boshlasa esa matchning borishi butunlay o‘zgarishi mumkin. Siz Neponing 65:35 bahosiga qo‘shilasizmi? 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
UzChess Arena'da ishtirok eting! ⚡️Vaqt nazorati: 1+0 🎁Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium 🥈 2-o‘rin — 3 oylik
UzChess Arena'da ishtirok eting! ⚡️Vaqt nazorati: 1+0 🎁Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium 🥈 2-o‘rin — 3 oylik Uzchess Premium 🥉 3-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium ♟ Ishtirok etish uchun shu yerga bosing 20:00'da boshlanadi YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
Gukesh va Praggnanandhaaga 15 500 dollardan mukofot berildi! Hindistonning Tamil Nadu shtati hukumati Samarqandda o‘tkazilgan
Gukesh va Praggnanandhaaga 15 500 dollardan mukofot berildi! Hindistonning Tamil Nadu shtati hukumati Samarqandda o‘tkazilgan 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasida medal qo‘lga kiritgan o‘z shaxmatchilarini pul mukofotlari bilan taqdirladi. 💰Mukofotlar: Gukesh D — 15 500 dollar R Praggnanandhaa — 15 500 dollar R Vaishali — 10 400 dollar Savitha Shri B — 10 400 dollar Jamoa sardori Srinath Narayanan — 10 400 dollar Hindistonning ochiq yo‘nalishdagi terma jamoasi Olimpiadada kumush, ayollar terma jamoasi esa bronza medalni qo‘lga kiritgan edi. 👉Taqqoslash uchun, Olimpiada chempioniga aylangan O‘zbekiston terma jamoasining har bir a’zosi 200 ming dollar, uy va Volkswagen Teramont Pro avtomobili bilan mukofotlangan. 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
Hikaru Nakamura: “Jahon chempionligi uchun o‘ynash men uchun foydali bo‘lishiga ishonchim komil emas” Hikaru Nakamura 2022-yi
Hikaru Nakamura: “Jahon chempionligi uchun o‘ynash men uchun foydali bo‘lishiga ishonchim komil emas” Hikaru Nakamura 2022-yilgi Nomzodlar turnirida Ding Lirenga mag‘lub bo‘lgani va jahon chempionligi uchun kurashish imkoniyatini qo‘ldan boy bergani haqida fikr bildirdi. 💬 “Ding Lirenga qarang. Jahon chempioni bo‘lish bir tomondan ajoyib, boshqa tomondan esa uning uchun juda og‘ir kechdi. Men uchun ham bu qanchalik yaxshi bo‘lardi, bilmayman. Albatta, jahon chempionligi uchun o‘ynashni istardim. G‘alaba qozonish imkoniyatim ham bo‘lardi. Ammo jiddiy tayyorgarlik sababli strim va kontent yaratishni ancha vaqtga to‘xtatishimga to‘g‘ri kelardi. Ehtimol, olti oy davomida umuman kontent chiqarmasdim. Gap pulda emas. Shuncha vaqt tanaffus qilsangiz, algoritmlar sizni qattiq jazolaydi. Tasavvur qiling, olti oy kontent yaratmayman, Nepomniachtchiga yutqazaman va qaytganimda YouTube kanalimga hech kim qiziqmay qo‘ygan bo‘ladi. Jahon chempionligi uchun o‘ynashni juda xohlagan bo‘lsam-da, bu men uchun yaxshi bo‘larmidi, bilmayman. Dingning hayotiga qarang. Menimcha, chempionlikdan keyin uning hayoti butunlay yomon tomonga o‘zgardi”. ❓Sizningcha, Nakamura haqmi? Jahon chempionligi uchun kurashish olti oylik tanaffusga arziydimi? 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
Freestyle Friday ⚡️Freestyle Friday - Chess.com’ning har juma o‘tkaziladigan, unvonga ega shaxmatchilar uchun haftalik onlayn
Freestyle Friday ⚡️Freestyle Friday - Chess.com’ning har juma o‘tkaziladigan, unvonga ega shaxmatchilar uchun haftalik onlayn turniri. Turnir Chess960 (Freestyle) formatida, 3+1 vaqt nazoratida, 11 tur davomida o‘ynaladi. 🔥Musobaqaning haftalik sovrin jamg‘armasi $1,000: 1-o‘rin $400, 2-o‘rin $250, 3-o‘rin $150, 4-o‘rin $100, eng yaxshi ayol shaxmatchi $100. 🟥jonli efir YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
Sizga til o‘rganishni yanada qulay qiladigan imkoniyatni taqdim etamiz. IBRAT ARENA — сhet tillarini bepul o‘rganish imkoniya
Sizga til o‘rganishni yanada qulay qiladigan imkoniyatni taqdim etamiz. IBRAT ARENA — сhet tillarini bepul o‘rganish imkoniyati! ⚡️ Format: 3+0 🕖Boshlanish vaqti: 20:00 🎁 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 3 oylik Premium 🥈 2-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 1 oylik Premium 🥉 3-o‘rin — "Ibrat Farzandlari"dan 1 oylik Premium ➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
Germaniya shaxmat Bundesligasi boshlanmoqda: tarkiblarda 5 nafar o‘zbekistonlik! ♟ ⚡Bugun, 9-oktabr kuni Germaniya shaxmat Bu
Germaniya shaxmat Bundesligasi boshlanmoqda: tarkiblarda 5 nafar o‘zbekistonlik! ♟ ⚡Bugun, 9-oktabr kuni Germaniya shaxmat Bundesligasining 2026/27-yilgi mavsumi start oladi. Musobaqada 16 ta klub ishtirok etadi. Dastlabki uch tur 9–11-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Klublarning rasmiy ro‘yxatlariga O‘zbekistonning besh nafar grossmeysteri kiritilgan: - Nodirbek Abdusattorov — SC Viernheim - Javohir Sindarov — OSG Baden-Baden - Rustam Qosimjonov — OSG Baden-Baden - Shamsiddin Vohidov — OSG Baden-Baden - Nodirbek Yakubbayev — FC Bayern München 👉Amaldagi chempion — Abdusattorov ro‘yxatdan o‘tgan SC Viernheim. Baden-Baden esa bu mavsumda chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri sanalmoqda. Besh nafar o‘zbekistonlikning barchasi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi partiyalarda aynan kimlar doskaga o‘tirishi hozircha tasdiqlanmagan. 1-tur bahslari bugun 19:00'da boshlanadi. 📱YouTube 📱Instagram 📱Telegram 📱Chesscom 📱Ilova

UzChess
20 373
🎓Zamonaviy kasb egasi bo'lish vaqti keldi! 👉Ustoz AI Arena turnirida ishtirok eting va bugungi kunning eng daromadli mutaxa
🎓Zamonaviy kasb egasi bo'lish vaqti keldi! 👉Ustoz AI Arena turnirida ishtirok eting va bugungi kunning eng daromadli mutaxassisliklarini mutlaqo BEPUL o'rganing! ⚡️ Vaqt nazorati: 2+0 🔴Boshlanish vaqti: 20:00 🎁 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Ustoz AI Premium 🥈 2-o‘rin — 1 oylik Ustoz AI Premium 🥉 3-o‘rin — 1 oylik Ustoz AI Premium ➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing 👉Pro obunani faollashtirish uchun: buy.uzchesss.uz YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
Chess.com’da sirli maxluqlar paydo bo‘ldi! Chess.com oktabr oyi uchun “Cryptids” — afsona va rivoyatlardagi sirli maxluqlarga
Chess.com’da sirli maxluqlar paydo bo‘ldi! Chess.com oktabr oyi uchun “Cryptids” — afsona va rivoyatlardagi sirli maxluqlarga bag‘ishlangan 5 ta yangi botni taqdim etdi! 🤖Bu safargi raqiblar: Martinfoot — 250 reyting Loch Chess Monster — 575 reyting Mothman — 900 reyting Checkacabra — 1250 reyting Count Morphy — 1800 reyting 🔥Eng qizig‘i, shaxmat tarixidagi afsonaviy amerikalik shaxmatchi Paul Morphy ham vampir qiyofasida Count Morphy nomli bot sifatida qayta talqin qilingan! 👉videoni ko'rish YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
Gukeshning murabbiyi: “U bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi” Jahon chempioni Gukeshning murabbiyi Grzegorz Gajewski shogirdini
Gukeshning murabbiyi: “U bundan ham yaxshiroq o‘ynay oladi” Jahon chempioni Gukeshning murabbiyi Grzegorz Gajewski shogirdining Samarqanddagi Olimpiada ishtirokiga baho berdi.
“Gukeshga juda yaxshi o‘ynay olishini yana bir bor eslatish foydali bo‘ldi.”
Gayevskiyning aytishicha, Gukeshning natijasi ishonch uchun muhim bo‘lgan. Shaxmat nuqtayi nazaridan esa u Olimpiadani “yaxshi, lekin a’lo emas” deb baholagan va Gukesh bundan ham kuchliroq o‘ynay olishini ta’kidlagan. Murabbiy uchun eng muhim jihat — Gukeshning ruhiy jihatdan kuchli ko‘ringani. Gukesh Samarqandda 8,5/11 natija qayd etdi va 4-doskada kumush medal oldi. Endi esa uning oldida eng katta sinovlardan biri turibdi — noyabr oyida Javohir Sindarovga qarshi Jahon chempionligi matchi. YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
😅Restoranda shaxmat donalariga xizmat ko‘rsatish jarayonidan... YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chessc
😅Restoranda shaxmat donalariga xizmat ko‘rsatish jarayonidan... YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
📚Mutolaa" ixlosmandlari va shaxmat sevarlar uchun maxsus — DAVRA ARENA'da ishtirok eting! ⚡Vaqt nazorati: 3+1 🎁 Sovrinlar:
📚Mutolaa" ixlosmandlari va shaxmat sevarlar uchun maxsus — DAVRA ARENA'da ishtirok eting! ⚡Vaqt nazorati: 3+1 🎁 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Mutolaa Premium 🥈 2-o‘rin — 1 oylik Mutolaa Premium 🥉 3-o‘rin — 1 oylik Mutolaa Premium ➡️Ishtirok etish uchun shu yerga bosing YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
Nodirbek Abdusattorov: “Ko‘p xatolar faqat shaxmatdan emas, psixologiyadan kelib chiqadi” Nodirbek Abdusattorov yuqori daraja
Nodirbek Abdusattorov: “Ko‘p xatolar faqat shaxmatdan emas, psixologiyadan kelib chiqadi” Nodirbek Abdusattorov yuqori darajadagi shaxmatda psixologik barqarorlik qanchalik muhim ekanini ta’kidladi:
“Partiyadan keyingi salbiy fikrlarni ortda qoldirish kerak. O‘yin davomida esa butun diqqat doska va pozitsiyada bo‘lishi kerak. Bunday fikrlar chalg‘itadi va energiyani ham olib qo‘yadi.”
Uning aytishicha, ko‘plab xatolar sof shaxmat sababli emas, balki hissiyotlar va psixologik bosim tufayli yuz beradi.
“Men shuni tushundimki, ko‘p ochkolar aynan shunday holatlarda yo‘qotiladi. Vaqt o‘tishi bilan yuqori bosimli vaziyatlarda o‘zimni yaxshiroq nazorat qila boshladim.”
Abdusattorov elit shaxmatda natijani ko‘pincha juda kichik detallar hal qilishini ham aytdi:
“Eng yuqori darajada juda kichik jihatlar ham o‘yin natijasini belgilashi mumkin. Agar shu mayda tomonlarni yaxshilasangiz, umumiy o‘yiningiz ham ancha kuchayadi.”
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
⚡️Titled Tuesday boshlandi! Titled tuesday — har seshanba Chess.com platformasida o‘tkaziladigan onlayn blitz turniri bo‘lib,
⚡️Titled Tuesday boshlandi! Titled tuesday — har seshanba Chess.com platformasida o‘tkaziladigan onlayn blitz turniri bo‘lib, faqat rasmiy shaxmat unvoniga ega (GM, IM, FM va boshqalar) shaxmatchilar ishtirok etadi. Format: 11 raund, shveysarcha tizim Vaqt nazorati: 5+0 ➡️Onlayn shaxmatda dunyoning eng kuchlilari bilan o'ynaymiz. 🟥Jonli efir
🔖46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga 80 kun qoldi
YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
Hikaru Nakamuradan yangi rekord! 🔥Hikaru Nakamura Chess.com blitz reytingida 3500 ochkoga yetgan tarixdagi ilk shaxmatchi bo
Hikaru Nakamuradan yangi rekord! 🔥Hikaru Nakamura Chess.com blitz reytingida 3500 ochkoga yetgan tarixdagi ilk shaxmatchi bo‘ldi. 👉Ayni paytda u reytingda ikkinchi o‘rindagi shaxmatchidan 100 ochkoga oldinda. YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
“Men umuman shaxmat kitoblarini o‘qimaganman” — Faustino Oro 12 yoshli argentinalik grossmeyster Faustino Oro shaxmatni o‘rga
“Men umuman shaxmat kitoblarini o‘qimaganman” — Faustino Oro 12 yoshli argentinalik grossmeyster Faustino Oro shaxmatni o‘rganishda asosan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishini aytdi.
“Men doim texnologiyaga tayanaman. Umuman shaxmat kitoblarini o‘qimaganman. Men kompyuterlar davrida tug‘ilganman. Magnus va Kasparov davrida esa eng yaxshi yurishni ko‘rsatib beradigan kuchli dasturlar bo‘lmagani uchun ular ko‘proq kitoblardan o‘rganishga majbur edi. Hozir esa kompyuterlar bilan o‘rganish ancha osonlashgan.”
Sizningcha, kuchli shaxmatchi bo‘lish uchun kitoblar hali ham muhimmi yoki zamonaviy dasturlar ularning o‘rnini bosa oladimi? YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS

UzChess
20 373
UzChess Open’da ishtirok eting! ⚡️Vaqt nazorati: 1+0 🎁Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium 🥈 2-o‘rin — 3 oylik
UzChess Open’da ishtirok eting! ⚡️Vaqt nazorati: 1+0 🎁Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin — 1 yillik Uzchess Premium 🥈 2-o‘rin — 3 oylik Uzchess Premium 🥉 3-o‘rin — 1 oylik Uzchess Premium ♟ Ishtirok etish uchun shu yerga bosing YouTube | Instagram | Telegram | Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS | Mobil ilova

UzChess
20 373
Rahmat bilan birga — katta turnir, katta tajriba Samarqandda o‘tgan Shaxmat Olimpiadasi davomida UzChess jamoasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan Rahmat brendiga alohida minnatdorlik bildiramiz. Rahmat — O‘zbekistonda bizneslar uchun raqamli to‘lov yechimlarini rivojlantirayotgan platforma bo‘lib, yagona QR orqali to‘lov, onlayn va oflayn ekvayring, to‘lov terminallari hamda smart-kassa yechimlarini taklif etadi. Biz uchun bu hamkorlik nafaqat Olimpiada davomida katta ko‘mak, balki kuchli mahalliy brend bilan birgalikda ishlash uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Kelajakda ham Rahmat bilan yangi loyihalar va tashabbuslarda hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz. Rahmat, Rahmat! 💙 👋👋👋👋👋👋 👉 Batafsil ma’lumot

UzChess - Telegram kanali @uzchesss statistikasi va tahlili