cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal

Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun! UASH -> uchun tavsiyalar! T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar! Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas! Kanalda reklama berilmaydi ! Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
9 407
Obunachilar
+4524 soatlar
+2397 kunlar
+22530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#tezyordam ⚡️Travmatik koma: Asosan, kalla suyagi va bosh miya ->markaziy nerv sistemasi jarohatlari, lat yeyish sababli yuzaga keladi. 1-2 daqiqadan 24 soatgacha davom etadi. 👉Klinik ko'rinishi: ko’pincha markaziy nerv sistemasining qaysi qismi jarohatlanganligiga bog'liq: ▶️ Miyaning og’ir chayqalishida: bemor 1 daqiqadan 24 soatgacha hushdan ketadi. Ko’zdan kechirilganda: yuzi oqargan, lablari ko’kargan, reflekslari past yoki yo’q. Ixtiyorsiz peshob keladi, qusadi, harakatsiz, savollarga javob bermaydi. ▶️ Miyaning lat yeyishida: yuqoridagi belgilarga meningeal belgilar qo’shiladi. Gemiparaplegiya holati kuzatilishi mumkin. ▶️ Jarohatlar natijasida epidural qismga qon quyilganda: bemor 1-2 soatda hushiga keladi, so’ngra yana miya zararlanish belgilari paydo bo’ladi (vaqtincha yorishish) bemorda anizokariya, zo’rayayotgan gemiparez paydo bo’ladi. ▶️ Subdural qon quyilishda vaqtincha yorishish yaxshi bilinmaydi. ▶️ Bosh chanog’ining yopiq jarohati talvasa bilan kechadi.Subaraxinoidal qon quyilishda meningial belgilar juda aniq bo’ladi. Agar bemorning burni va qulog’idan likvor suyuqligi, qon kela boshlasa, bu xavfli belgidir. 🚑Tez yordam choralari: 📌Shifokor kelguncha yordam: ▪︎ bemor xavfsiz joyga olib o’tiladi; ▪︎ chalqancha yotqizilib, yuqori nafas yo’llari shilliq moddalardan, qondan tozalanadi; ▪︎ nafas, puls tekshirib ko’riladi, agar nafas to’xtagan bo’lsa,sun’iy nafas oldirish amalga oshiriladi; ▪︎ qon ketayotgan bo’lsa, to’xtatiladi; ▪︎ yaralar bog’lanadi. 📌Shifokor yordami: ▪︎ glukoza, 10 %- 150-300 ml. gacha, qon bosimini kuzatib turgan holda v/i (bolalarga 10 ml/kg. v. v/i); ▪︎ poliglukin, 100-300 ml (bolalarga 10 ml/kg. v. v/i); ▪︎ traxeyaga intubatsion nay o’rnatiladi; ▪︎ mannitol, 15 %- (0,5-1 g) 200 ml, v/i (bolalarga 50-100 ml). Laziks 1 %- 2 ml, m/o (bolalarga 0,5-1 ml); ▪︎ deksametazon, har 4 soatda 4 ml, m/o, prednizalon 3 %- 1 ml, m/o (bolalarga 0,2-0,6 ml, m/o). Gidrokortizon, 2-3 ml,m/o (bolalarga 0,5-1,5 ml, m/o); ▪︎ natriy gidrokarbonat, 4 %- 100-300 ml, v/it (bolalarga 2-3 ml/kg. v.v/i); ▪︎ ko’rsatmaga ko’ra glikozidlar qilinadi; ▪︎ bemor tibbiy xodim kuzatuvi ostida kasalxonaga jo’natiladi. ✅Mana do'stlar travmatik koma haqida qisqa, lekin kerakli content. ❇️Biz bilan birga qoling! Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#foydali ⚡️ Kardiogen shok haqida umumiy content ... Biz bilan birga bo'ling zo'rlari hali oldinda .. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
💥Eng zamonaviy tibbiy malumotlarni qayerdan olishni bilmayapszmi? 🖥Tibbiyotning turli soxalariga oid o’zingiz uchun qiziq bo’lgan ma’lumotlarni tegishli kanallar orqali oson topishingiz mumkin. ✔️1. @medd_rs - tibbiyotga bog'liq bo'lgan turli, qiziqarli materiallarni jamlagan kanal. ✔️2. @Germaniyada_Shifokorlik Nemis Tilidagi Tibbiy terminlar va Nemis tiliga oid maʼlumotlarni oʻzida jamalagan kanal . ✔️3. @Jaroxatlar — operatsiyalar va xavfli jarohatlar bilan tanishtiruvchi maxsus kanal. ✔️4. @Shox_Med_Pharm7 Farmatsevtikaga oid Terminlar Va Dorilarni o'zaro ta'sirini Sodda va Tushunarli qilib o'rgatuvchi Maxsus Kanal...? ✔️5. @Med_apex — xirurgiya va morg video, rasmlar to‘plangan tibbiy baza ✔️6. @tursunboy_ibrakhimov0203 UASH yoki oilaviy shifokor faoliyati va TEZ TIBBIY YORDAM ga ixtisoslashgan tibbiy kanal.... ✔️7. @med_arbor — xirurgik operatsiyalar va morgdan videolar jamlangan kanal ✔️8. @duppili_doktor Shifokor Abbos Nazarovning kasalliklar tõğrisida foydali ma'lumotlar jamlangan tibbiy kanal ✔️9. @Laboratoriya_07- Laboratoriya tekshiruvlari va analizlari haqida video, rasmlar jamlangan tibbiy kanal ✔️10. @radiologiya_uz - rentgen, ultratovush tekshiruv va tomografiyaga oid qiziqarli ma'lumotlar, keyslar. ✔️11. @xavfli_xirurgiya operatsiyalar videolari va fotosuratlari, hamda operatsiyaga bog‘liq holatlar. ✔️12. @cardioscience - Fundamental kardiologiya va ekg asoslariga bag’ishlangan tibbiy kanal. ✔️13. @Med_apex_morg — xirurgik video, rasmlar va ma'lumotlar jamlangan kanal. ✔️14. @Stomatologiya_umumiy Stomatologiyaga oid eng yaxshi video qo'llanmalar va so'ngi qiziqarli ma'lumotlar.🦷 ✔️15. @Pharmacology_uz — farmakologiyaga oid videodarslar, audiodarslar, darsliklar va boshqalar. ✔️16. @Jarrohlik_uz — jarrohlikga oid qiziqarli ma'lumotlar, videolavhalar. Haqiqiy jarrohlik atmosferasini his eting. 📍Dostlaringizga ham ulashib qoyishni unutmang💯
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Uash UASH amaliyotida " Azitromitsin " tabletkasi : Chiqarilish shakli : 125, 250, 500 mg tabketka . Klinik-farmokologik guruhi- makrolid guruhidagi azalid antibiotigi hisoblanib, keng spektrda ta'sir ko'rsatadi. Qo'llanilishi : ▪︎ yuqori nafas yo'llari va LOR a'zolari infeksion yallig'lanishli kasalliklarida ( sinusit, tonzillit, faringit, o'rta otit); ▪︎ pastki nafas yo'llari infeksion yallig'lanishlarida ( o'tkir bronxit, ikki tomonlama surunkali bronxit, pnevmoniya va boshqalar ); ▪︎ teri va yumshoq to'qima infeksiyalarida ( yiringli, o'rtacha og'irlikdagi teri xusnbuzarlarida, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar ) ▪︎ siydik-jinsiy yo'llarning infeksiyalanishi, chlamydia trachomatis ( uretrit yoki servitsit) chaqirgan kasallikllarda . Qarshi ko'rsatma : -> makrolid antibiotiklarga sezuvchanlik bo'lganida; -> jigarning og'ir darajadagi kasalliklari va yetishmovchiligida; -> buyrak yetishmovchiligida va kasalliklarida qo'llash mumkin emas. -> azitromitsinni antidepressantlar va ftorxinolinlar ( moksifloksatsin, levofloksatsin ) bilan birga qo'llash mumkin emas, chunki bu tufayli bemorda suv tuz almashinuvini buzilishiga-> gipokaliemiya yoki gipomagniemiyaga-> bradikardiya, taxikardiya, aritmiya yoki yurak yetishmovchiliklarini keltirib chiqarishi mumkin. -> xomiladorlikda qo'llash mumkin, qachonki ginekolog bilan bog'lanib maslaxat qilgan xolatda qo'llash, ginekolog maslaxatisiz qo'llamaslik. Dozalash: -> 6 oylikkacha chaqaloqga tabletkasi mumkin emas; ( maxsus suspenziyasi bor , keyingi postlarda suhbatlashamiz ); -> 3 yoshgacha 125 mg yoki 1/2 250 mg tabletkasidan 1 maxal ovqatdan keyin buyuriladi. -> 12 yoshgacha 250 mg yoki 1/2 500 mg tablektasidan 1 maxal ovqatdan keyin buyuriladi. -> 12 yoshdan yuqori va tana vazni 45 kg dan yuqori bolalarga 500 mg 1 maxal yoki 250 mg 2 maxal ovqatdan keyin buyuriladi. Do'stlaringizga ham jo'natib qo'ying, bu orqali ular uchun ham ilm ulashgan bo'lasiz. O'zingiz va biz uchun savob olasiz, chunki ilm ulashish ham savobdir. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 9
#answer ✅To'g'ri javob 👉 kompas 👈 😊Javobini topganlarga qoyil, tasanno va qarsaklar. 👍👌👏 Bizdan uzoqlashmang. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
#quest 🔰Tibbiyotdan biroz chalg'iylik : Savol: Braziliyada futbolni targ'iboti uchun juda ko'p ishlar qilinadi, ya'ni yoshlarni futbolga qiziqtirish uchun. Bulardan biri bu bir mavsum tugagach turlicha nominatsiyalarda sovg'alar topshiriladi, masalan hammamiz biladigan eng ko'p to'purar-> oltin to'p eng yaxshi himoyachiga->oltin butsa, eng yaxshi darvozabon-> qo'lqop kabi. Shunday bir moslama ( taxnika ) borki: uni " o'z darvozasiga eng ko'p gool urgan " insonga topshirishadi, avvalo bu moslamaning futbolga ham futbolchiga ham aloqasi yuq, lekin o'ziga gool urgan o'yinchiga bundan yomon sovg'a yuq... Bu moslama nima ? Javobilarni commentda yozinglar ! Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🤩 2
#foydali 🔰 Yuqoridagi rasmlarda siydik ayiruv tizimining normal holati keltirillgan. 💊Siydik va jinsiy yo'llar shamollashida qo'llaniladigan antibiotiklar. Siydik chiqarish tizimining organlariga buyraklar, siydik chiqarish yo'llari, siydik pufagi, siydik chiqarish yo'llari kiradi. Bu yuqorida berilgan . ▪️ Lеvofloksatsin ▪️ Amoksitsillin ▪️ Mеtronidazol ▪️ Fosfomisin ▪️ Furazolidon ▪️ Nitroksolin Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 3 1
Taxlil: Bemorimizning yoshi katta va onkologik kasalligini hisobga olsak, unda aniq biz ayta olamizli: - og'ir darajadagi anemiya ;( anemiyaning barcha belgilari : rangparlik, teri quruqlashishi, doimiy taxikardiya, kuchsizlik, quvvatsizlik, darmonsizlik va boshqalar bo'ladi) - ifodalangan kaxeksiya; ( onkologiya sababli) - surunkali yurakning yetishmovchiligi( gipertrofiya, anemiyaning og'ir asorati desak ham bo'ladi). Bemorda bir necha yillardan buyon qon ketish va kam ovqatlanish tufayli anemiya kuchayib ketgan. Onkologiyaning ozuqasi oqsil bo'lgani uchun eng ko'p oqsilni albatta qon orqali oladi. Va bu tufayli qonning ozuqani va dori moddalarning yetkazib berishini taminlovchi oqsili yetarli bo'lmaydi. Hullas qonga tushgan dorilar tasiri tezroq bilinadi, xususan promedollarning u bemorga surunkali qilinib kelgan, va bu asta sekin markazlarni faoliyatini pasaytira boshlagan, bemorimizdagi holat ham buni dalili, yani oxirgi marta qilinganida bemorning xush, nafas va qon-tomirlarni nazoratga buzilgan -> oqibatida bemorda qon bosim tushib ketgan, nafas kamaygan va bemor xushini yo'qotgan.( qisqa qilib aytganda). Bu paytda yurak reflektor tarzda harakat qilib qon yetkazishga urinib taxikardiya kuchaygan. Bemorda qon bosimi oxirgi paytlar past yurgan bo'lishi kerak, chunki qonning onkotik va osmotik bosimini ushlovchi elementlari yetarli bo'lmagan. Bemorning hozirgi holatida esa qon tomir kengayib , bosim yanayam tushib ketgan. Algo-Vera bo'yicha 120/40 =3 shokning og'ir darajasi. Bu holatni ko'rgan har qanday shifokor mezaton buyurishi tabiiy hol bo'lsa kerak, lekin mezaton bilan bosim ko'tarilmagan, chunki qon tomirni toraytirgani bilan qon tomir ichida bosimni ushlovchi modda bo'lmasa, bosim ko'tarilmaydida. ( bu xuddi bo'sh shlankani siqqandek gap ). Bemordagi qon bosimi tushgan paytida hamma qon tomirlar qatori, miyada ham qon tomirlar kengayadi va qon oqimi pasayadi, qo'yiladi. Miyada kislorod va ozuqa kamligi sababli sudirgi boshlangan, sudirgi to'xtagach miyada albatta suyuqlik ko'payishi hisobiga shish ham kelib chiqishni boshlaydi. Miyadagi qonning qoyilishi, sudirgi hisobiga tromb paydo bo'lishi -> keyin bemorda ishemik insult yoki b.m.q.a.o'.b. kelib chiqqan. Buning belgilarini oyoq qo'llarning ishlamasligidan bilib turibmiz. Birinchi yordamga nimalar qo'shsek bo'ladi : - mezaton 1 ml + 9 ml NaCl t/i - strofantin 1ml + 9 ml NaCl t/i - glukoza 5% 200 ml t/i qon tomirni to'ldirish kerak va bu organlar uchun ozuqa bo'ladi. ( statsionarda qilingani ma'qul ) - agar qon ketmayotganiga ishonsak : Glukoza 40% 20-30 ml t/i Geparin 1-2 ml t/i perfuziyani yaxshilash uchun. ( lekin bu risk bo'ladi ) Mana do'stlar taxlik qildik, kamchiliklar bo'lsa commentga yozilar, boshqalar uchun ham ko'nikma bo'ladi. Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 18🔥 6👌 1
#quest Tez tibbiy yordamga 13:50 larda chaqiruv bo'lgan. Sababi bemor o'zida emas. Tez yordam bemor uyiga 14:10 larda kirib borgan. Bemor 82 yosh erkak. Anamnezi: bemorda bir neca yillardan buyon qizilongach raki, 1 haftadan buyon ovqat yemay qo'ygan, deyarli ko'p gapirmaydi, lekin savollarga reaksiya qiladi, og'riqqa promedol oladi. Bemor oldiga kirilganida kelini " bemor qon bosimi tushib ketgan biz elektron tonometrda o'lchaganimizda 50/20 edi ekan kofein 1 ml t/o, deksametazon 1 ml m/o qildik, va bunga 40 minut bo'ldi. Shifokor bemorni tekshirganida qon bosimini o'lchab bo'lmagan, bir necha marta uringan. Puls 120 , saturatsiya 90% . Lekin bemor qo'llarini biroz qimirlatib, savollarga ozgina reaksiya berib yotgan ekan, oyog'i ostiga ruchkani yurgizganda reaksiya yuq, qorachiq joyida, reaksiya bor. Shifokor yana o'lchagan sistolik 40 ekanini eshitgan. - Mezaton 1 ml - NaCl 0.9% 9 ml t/i buyurgan. 20 minut davomida bemor oldida bo'lgan va qayta bosim o'lchanganida sistolik 50 ekanini aniqlagan. Bemor esa o'ziga kelib atrofdagilarga qarashni boshlagan, suv ichasizmi deyishganida yuq ham degan. ( bemor uyidagilari boldi ukol qilib qiynamang, duo qilib o'tiramiz deyishgan). Bu tez yordamdan oldin borganlar promedol + dimedrol qilib qaytishgan. Boshqa ukol qilib qiynamanglar deyishgan. Soat 15:45 da yana shu uydan chaqiruv bolgan, bemorda qaltirab sudirgi bergan va buni ko'rib qizi xushidan ketgan. Kechki 19:55 da shifokorning o'ziga teo qilib yana chaqiruv qilishgan, lekin boshqa tez yordam borgan: chaqiruv sababi bemorning bir tarafi umuman ishlamay qolgan, tez yordam borganda bemor vafot etgan. Do'stlar bu vaziyatni qanday baholaysizlar ? Bemorda mezaton tasirida b.m.q.a.o'.b. yoki insult bo'lgan bo'lishi mumkinmi ? Siz nima qilgan bo'lar edingiz ? Javobilarni commentda qoldiringlar, taxlil qilamiz! Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Hammasini ko'rsatish...
👍 8