uz
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Yopiq kanal

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Pulli Gap analitikasi

Pulli Gap O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 34 187 obunachidan iborat bo'lib, Iqtisodiyot & Moliya toifasida 3 557-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 331-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 34 187 obunachiga ega bo‘ldi.

14 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 087 ga, so‘nggi 24 soatda esa -30 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 33.51% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.41% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 11 474 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 906 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 38 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 15 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Iqtisodiyot & Moliya toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

34 187
Obunachilar
-3024 soatlar
-2837 kunlar
-1 08730 kunlar
Postlar arxiv
Pulli Gap
34 181
👍 Soliq qo‘mitasi keshbek stavkasini 2% gacha oshirmoqchi 🔹Soliq qo'mitasi joriy keshbek stavkalarini 1%dan 2%gacha oshiris
👍 Soliq qo‘mitasi keshbek stavkasini 2% gacha oshirmoqchi 🔹Soliq qo'mitasi joriy keshbek stavkalarini 1%dan 2%gacha oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda Soliq qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Mubin Mirzayev xabar qilgan.
➖"Agar bu chora o‘z samarasini bersa, boshqa sohalarda ham keshbekni oshirishga tayyormiz. Maqsad – umumiy ovqatlanish va boshqa xizmat sohalarini qonuniylashtirish." -
deydi Mirzayev. 📌Eslatib o'tamiz, 2024-yil yakuni bo‘yicha aholiga 1 trln so‘m keshbek to‘langan, 1 mlrddan ortiq fiskal chek tizimda ro‘yxatdan o‘tgan. Toshkent shahri va viloyatlari aholisi – umumiy keshbekning 50% ini olgan. Sayohat xarajatlari uchun keshbek olish haqida post chiqishini istasangiz, izohda "" belgisini qoldiring! Unutmang, bu bizni ruhlantiradi! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Kreditga olingan uyni sotish mumkin! Qanday qilib deysizmi, unda oxirigacha o'qing! 💳 Amaliyotda kreditga olingan uylarga
👍 Kreditga olingan uyni sotish mumkin! Qanday qilib deysizmi, unda oxirigacha o'qing! 💳 Amaliyotda kreditga olingan uylarga o‘rtada tuzilgan garov shartnomasiga asosan to kredit qarzdorligi to‘lanmaguncha banklar tomonidan sotish uchun taqiq qo‘yilgan bo‘ladi. 🏠 Lekin “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunning 26-moddasiga ko’ra, bankning roziligi bilan sotish, hadya etish, ayirboshlash mumkin. Ya’ni, agar bank sizga mabodo o‘sha uyni sotishingiz uchun yozma ravishda rasman rozilik bersa, shundagina uyni sota olasiz. 🙂 Sizda yana bir yo’l bor. Fuqarolik kodeksi 322-moddasida qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish degan narsa bor. Agar kredit bergan bank rozilik bersa, shu ipoteka kreditini siz sotmoqchi bo‘lgan o‘sha odamga o‘tkazish mumkin. Bunda siz bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomaga o‘zgartirish kiritiladi va shartnoma bo‘yicha sizni zimmangizda bo‘lgan barcha majburiyatlar o‘sha shaxsga o‘tadi vassalom. 👍 Postni kreditga uy olib, to'lolmay yurgan tanishingizga yuborib qo'ying! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
O‘zbekistonda necha yoshdan kredit olsa bo‘ladi? 🤔Ko‘pchilik kredit olishni rejalashtirar ekan, yosh chegarasi borligini unutadi. Banklar kredit berishda mijozning yoshi, daromadi va kredit tarixiga e’tibor beradi. 📌 Yuqoridagi videoda qaysi yoshdan, qanday kredit olish haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing. ⁉️Kredit olish haqida yana qanday savollaringiz bor? Bizga bot orqali yozing: @pulligap_bot TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
Endi ko'proq pul o'tkazsangiz sizni tekshirishadi😮 2025-yil 2-iyuldan boshlab O‘zbekistonda elektron pul o‘tkazmalariga katt
Endi ko'proq pul o'tkazsangiz sizni tekshirishadi😮 2025-yil 2-iyuldan boshlab O‘zbekistonda elektron pul o‘tkazmalariga kattaroq eʼtibor qaratiladi. 🤑 Agar sizning o‘tkazmangiz 11,25 million so‘mdan oshsa, siz va pul oluvchi haqingizda pasport maʼlumotlari (ID raqam, tug‘ilgan sana va joy) talab qilinadi. 📞Shuningdek, mobil ilovada akkaunt ochganda yoki katta summada pul o‘tkazganda, to‘lov kompaniyalari sizni tekshirishi kerak bo‘ladi. 📌Bu ishlar pul yuvish va noqonuniy faoliyatlarni oldini olish uchun yo'lga qo'yilmoqda. Siz bunga qanday fikrdasiz? ❤️ - Yaxshi 👎 - Yomon TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
👍 Ishsizligingiz uchun nafaqa olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? ⚖️"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, agar od
👍 Ishsizligingiz uchun nafaqa olishingiz mumkinligini bilarmidingiz? ⚖️"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, agar odam rasman ishsiz deb tan olinsa va mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, u holda u nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi. 🤔Xizmatdan qanday foydalanamiz? ➖Buning uchun my.gov.uz saytiga o'tib, "Ishsizlik nafaqasi" bo'limini tanlaymiz. Bo'sh kataklarga kerakli ma'lumotlarni kiritib, ariza yuboramiz. ➖Shunday so'ng, mahalliy mehnat organi sizni ishsiz deb e'tirof etish/etmaslik, ishsizlik nafaqasini tayinlash/tayinlamaslikni hal qiladi va xulosani YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi. ➖Agar siz haqiqatdan ham ishsiz deb e'tirof etilsangiz, sizga ro‘yxatga olingan birinchi kuningizdan boshlab ishsizlik nafaqasi hisoblab beriladi. Ishsizlik nafaqasi turlari va miqdori haqida post chiqishini xohlasangiz, izohda "+" belgisini qoldiring✍️ Postni ishsiz tanishlaringizga yuborib qo'yingTelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! 🪪Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart. 🗓Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan. 🗓Ma'lumot uchun, ID-karta olish uchun ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya taqdim etish kerak. 💵Davlat boji - 333 750 so'm. Postni tegishli tanishlaringizga yuborib qo'ying🫠 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
1-apreldan nimalar oʻzgaradi?🤔 1️⃣“Yashil tariflar” joriy etiladi Chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek, shamol va q
1-apreldan nimalar oʻzgaradi?🤔 1️⃣“Yashil tariflar” joriy etiladi Chiqindilarni utilizatsiya qilish, shuningdek, shamol va quyosh manbalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun «yashil tariflar«ni joriy etish rejalashtirilmoqda. 2️⃣Mahallalarda oilaviy turdagi ixcham bolalar uylari tashkil etiladi Samarqand va Toshkent shaharlarida tajriba tariqasida autsorsing asosida “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan boquvchisini yoʻqotgan toʻliq boʻlmagan oilalar, mehnatga layoqatli aʼzolari boʻlmagan oilalar, ikki va undan ortiq aʼzosi nogiron boʻlgan oilalarning parvarishga muhtoj boʻlgan aʼzolarini kunduzgi qarovga olish xizmatlari koʻrsatiladi. 3️⃣Ayrim hujjatlarning qogʻoz shakllari bekor qilinadi Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, oʻquvchi guvohnomalari, urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs guvohnomalarining qogʻoz shakllari bekor qilinib, ularning oʻrniga ijtimoiy karta joriy etiladi. 4️⃣Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yorning amal qilish muddati tugaydi Mart oyida havo harorati sovuq bo‘lgani sababli, ijtimoiy normaning amal qilish muddati 1-aprelgacha uzaytirilgandi. Bugundan boshlab gaz uchun belgilangan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi. Siz bu o'zgarishlardan qaysilarini ijobiy baholaysiz? Izohlarda yozib qoldiring✍️ TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Hayit bayramining iqtisodiyotga ta'siri qanday? 🔹 Hayit bayrami, nafaqat diniy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan, balki iqtisodiy jihatdan ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Keling, Hayit bayramining iqtisodiyotga qanday ta'sir ko‘rsatishini batafsilroq ko‘rib chiqaylik! 1️⃣Chakana savdoning oshishi Hayit bayrami nafaqat oilalar, balki chakana savdo do‘konlari uchun ham katta imkoniyat yaratadi. Bayramga tayyorgarlik ko‘rish va sovg‘alar sotib olish jarayonida odamlar ko‘p xaridlar qilishadi. Bu esa, chakana savdo tarmoqlarida daromadning sezilarli darajada oshishiga olib keladi. 2️⃣Mehmonxona va turizm sektoridagi faollik Bayramda ko‘plab odamlar sayohat qilishni, yaqinlarini ziyorat qilishni yoki turistik joylarga safar qilishni xohlaydi. Bu esa mehmonxona va turizm xizmatlariga bo‘lgan talabni oshiradi, bu esa turizm sohasida qo‘shimcha daromad keltiradi. 3️⃣Transport va logistika sohasidagi o‘sish Hayit bayrami vaqtida odamlar ko‘p sayohat qiladilar, bu esa transport va logistika sohasida faollikni oshiradi. 4️⃣Kichik biznes va o‘z-o‘zini ish bilan ta'minlashni qo‘llab-quvvatlash Hayit bayrami kichik va o‘rta biznes uchun juda foydali davr bo‘lishi mumkin. Kichik do‘konlar, kafelar, restoranlar va boshqa xizmatlar bayramga bag‘ishlangan maxsus takliflar va aksiyalarni amalga oshiradilar. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
Kredit olsammi yoki yo‘qmi? 🤔 O‘zbekistonda kredit olish tobora odatiy holga aylanmoqda. Lekin qarzga pul olayotganda ko‘pch
Kredit olsammi yoki yo‘qmi? 🤔 O‘zbekistonda kredit olish tobora odatiy holga aylanmoqda. Lekin qarzga pul olayotganda ko‘pchilik quyidagi xatolarni qiladi: ❌ Faqat minimal to‘lovga qarash Ko‘pchilik foizlar va umumiy qarz qancha chiqishini hisoblamaydi. Natijada, to‘lovlar ortidan quvib, ortiqcha foiz to‘lashga to‘g‘ri keladi. ❌ Kredit maqsadini aniq belgilamaslik "Hamma olyapti, men ham olaman" tamoyili bilan olingan kredit – eng xatarlisi. Bu pulni ishlatishdan avval rejangiz bo‘lishi kerak. ❌ Daromadga mos kelmaydigan kredit olish Ayrimlar oylik maoshi 5 mln so‘m bo‘lsa ham, 50 mln so‘mlik kredit oladi. Har oy to‘lash og‘irlashganda, yana boshqa qarz izlashga majbur bo‘ladi. ✅ Qanday qilib to‘g‘ri qaror qilish mumkin? 👍 Kredit olishdan avval uning haqiqiy narxi (umumiy foizlar) qancha chiqishini hisoblang. 👍 Faqat haqiqatan kerakli va qaytishi mumkin bo‘lgan maqsadlar uchun kredit oling. 👍 Daromadingizdan 30-40% ortig‘ini to‘lovlarga sarflamaslikka harakat qiling. Kredit to‘g‘ri ishlatilsa – bu moliyaviy imkoniyat. Lekin noto‘g‘ri qaror uni og‘ir yukka aylantirishi mumkin. 🤷‍♂️ Siz kredit haqida qanday fikrdasiz? Kredit olganmisiz yoki olishni rejalashtiryapsizmi? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Endi nikohdan o'tish uchun ovora bo'lib, "zaks"ga borishingiz shartmas. Buni shunchaki onlayn qilsangiz ham bo'ladi. 🤔Qan
👍 Endi nikohdan o'tish uchun ovora bo'lib, "zaks"ga borishingiz shartmas. Buni shunchaki onlayn qilsangiz ham bo'ladi. 🤔Qanday qilib? 🔹 Buning uchun siz my.gov.uz saytiga kirasiz, u yerdan Nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish bo'limini topasiz. Tegishli maʼlumotlar toʻldirilgach, ariza FHDY boʻlimiga yuboriladi. Bir kun ichida tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma olasiz. Bir oydan soʻng esa nikohni qayd etish uchun FHDY boʻlimiga borasiz. Lekin avval siz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. 😮Bu qanday bo'ladi? 🔹Siz yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtasiz va nikohni qayd etish uchun FHDY organiga ariza yuborish xizmatidan foydalanasiz. Shundan keyin oʻzingiz haqizdagi maʼlumotlarni kiritib, arizani davom ettirish uchun invoys raqami arizaning boshqa ishtirokchisiga beriladi. 🔹Ikkinchi taraf arizani tasdiqlab, invoys raqamini kiritadi. Keyin o'zingizga qulay boʻlgan FHDY boʻlimi, nikoh marosimi qanday tartibda oʻtkazilishini tanlaysiz. Tamom. 🤑Nikoh qayd etishda qanday to'lovlar bor? Nikohdan o'tishda: 1️⃣Davlat boji - 75 000 so'm 2️⃣ Gerbli guvohnoma uchun - 56 250 so'm Nikohni tantanali qayd etish uchun: 1️⃣ FHDY bo'limi zalida - 187 500 so'm 2️⃣Joylarga chiqib, sayyor ravishda qayd etish uchun - 562 500 so'm miqdorida to'lov qilinadi. Postni "boshini ikkita qilish" kerak bo'lgan tanishingizga yuborib qo'ying! Bizni kuzatishda davom eting! TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
Bugungi kunda katta xaridlarni amalga oshirishda isteʼmolchilar oldida ikki asosiy moliyaviy yechim turadi: “Rassrochka” yoki kredit. 💱Ularning o‘zaro farqi nimada? Qaysi biri mosroq? Qanday holatlarda “Rassrochka” foydali, qaysi vaziyatda esa kredit maqbul? Keling, bu savollarga javobni video orqali izlaymiz! 🔍💡 Siz qaysi birini tanlaysiz? Rassrochka - 👍 Kredit - ❤️ TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
🌱 Navro'z bayrami va iqtisod. Bular bir-biriga qanday bog'liq bo'lishi mumkin. Keling, ko'rib chiqamiz. 💸 Bayram va iste’mo
🌱 Navro'z bayrami va iqtisod. Bular bir-biriga qanday bog'liq bo'lishi mumkin. Keling, ko'rib chiqamiz. 💸 Bayram va iste’mol iqtisodiyoti Navro‘z bayrami arafasida bozorlarda xaridlar ortadi. Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari (sumalak, osh, holva, mevalar), kiyim-kechak va sovg‘alar sotib olish odatiy holga aylangan. Ushbu xaridlar savdo-sotiqning faollashishiga olib keladi va tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin. ✈️ Turizm sektori jonlanadi Odamlar bayram munosabati bilan sayohatlarga chiqishadi, mehmonxona va transport xizmatlariga talab oshadi. 🥳 Bayram tadbirlari va kichik biznes rivoji Navro‘z bayramida xalq hunarmandchiligi, mahalliy tadbirkorlar va kichik biznes egalari uchun katta imkoniyatlar yaratiladi. Milliy taomlar tayyorlash, milliy kiyimlar va sovg‘alar savdosi, turli ko‘rgazma-yarmarkalar tadbirkorlar uchun yangi mijozlar topish va daromad olish imkoniyatini beradi. 💰 Navro‘z va xayriya iqtisodiyoti Navro‘z ko‘pincha saxovat va yordam mavsumi sifatida ham qaraladi. Ayrim tashkilotlar va tadbirkorlar bayram arafasida kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalar va nogironligi bor shaxslarga xayriya tadbirlarini o‘tkazadilar. Bu ijtimoiy iqtisodiyotga ham ijobiy ta’sir qiladi, jamiyat ichida pul aylanishini oshiradi va ijtimoiy tenglikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi! TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
❗ Temu rasman bloklandi 🇺🇿 O‘zbekistonda Xitoyning Temu sayti ochilmayapti. Sahifaga kirishda “Vazirlar Mahkamasining 2018-
Temu rasman bloklandi 🇺🇿 O‘zbekistonda Xitoyning Temu sayti ochilmayapti. Sahifaga kirishda “Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-sentabrdagi qarori (VMQ-707) asosida axborot resursiga cheklov o‘rnatilgan” degan xabar paydo bo‘ladi. 🌐 Temu ilovasi ishlayotganiga qaramay, mahsulotni savatga qo‘shishda ilovaning ishlashi keskin sekinlashadi. Ekranda internetga sekin ulanish haqida bildirishnoma paydo bo‘ladi, unda foydalanuvchiga ulanishni tekshirish va qayta urinib ko‘rish tavsiya etiladi. ✅ Avvalroq Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq hisobiga qo‘yilgan edi. Biroq 20-martdan boshlab rejalashtirilgan blokirovka o‘z kuchida qoldi, chunki platforma ro‘yxatdan o‘tguniga qadar bo‘lgan davrda soliqlarni to‘lamagan. 🔰 Soliq qo‘mitasi va ILMA hozirda Temu bilan muzokaralar olib bormoqda. Ularning natijasiga ko‘ra platformaning kelgusi faoliyati bo‘yicha yakuniy xulosa e’lon qilinadi. Siz Temudan buyurtma berganmisiz? Ha - 💔 Yo‘q - ❤️ TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
❓Ijtimoiy tarmoqlar xarajatlarimizga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkinligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Keling, "F
❓Ijtimoiy tarmoqlar xarajatlarimizga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkinligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Keling, "FOMO" atamasi va ijtimoiy tarmoqlarda mavjud "sarf-xarajatlar tusi"ning qanday qilib moliyaviy holatimizga ta’sir qilishini ko‘rib chiqamiz. 👍 Avvalo, "FOMO" o‘zi nima? FOMO ya’ni Fear of Missing Out - “biror narsadan chetda qolish qo‘rquvi” — bu atrofdagi odamlar qiziqarli tajribalar yoki mahsulotlarni qo‘lga kiritayotgan bir paytda ulardan ortda qolib ketishdan qo‘rqish hissi hisoblanadi. Bu his, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatayotgan vaqtda yaqqol namoyon bo‘ladi: do‘stlarimizning yangi narsalar sotib olishi, sayohatlar va tadbirlarda ishtirok etishi bizga o‘sha narsalarni istashga majbur qiladi. Bu esa rejadan tashqari xarajatlarga olib kelishi mumkin. 👍 Ijtimoiy tarmoqlarda "sarf-xarajatlar tusi" qanday shakllanadi? Ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab postlar yoki reklamalar orqali bizga yashirin tarzda sarf-xarajat qilish tusini beradi. Bu qanday ro‘y beradi? ⏺Estetik va boylik illyuziyasi: Insonlar o‘zlarini eng chiroyli, boy va baxtli ko‘rinishda ko‘rsatadi. Bu esa sizni ham o‘sha narsalarni istashga undaydi. ⏺Reklama va homiylik postlari: Mashhur insonlar va blogerlar mahsulotlarni reklama qiladi. Ularning uslubiga ergashishni xohlab, siz ham o‘sha narsalarni sotib olishni istab qolasiz. ⏺Guruh bosimi: Do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz biror yangi narsa sotib olganida, siz ham ularga ergashishni xohlaysiz. 💡Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardan ongli foydalanish va har bir xaridni oldindan o‘ylab amalga oshirish zarur. ➡️"FOMO"ga chalingan tanishingizga yuborib qo‘ying TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
Iste’mol savatchasi nima? 🛒Iste’mol savatchasi - bu ma’lum vaqt davomida, odatda bir oy yoki bir yil davomida normal hayot k
Iste’mol savatchasi nima? 🛒Iste’mol savatchasi - bu ma’lum vaqt davomida, odatda bir oy yoki bir yil davomida normal hayot kechirish uchun insonga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar to‘plamidir.
U eng asosiy narsalarni: oziq-ovqat, kiyim-kechak, kommunal xizmatlar, transport, dori-darmon va boshqa asosiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi.
2024-yilning 1-mayidan boshlab, O‘zbekistonda har bir fuqaro uchun minimal iste’mol xarajatlari oyiga 648 000 so‘m miqdorida belgilandi. Bu miqdor asosiy ehtiyojlar, masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport va kundalik xizmatlar uchun zarur hisoblanadi. 🛍 📌Davlat ushbu ko‘rsatkichdan foydalanib minimal ish haqi, ijtimoiy yordam va nafaqalarni belgilaydi, bu esa aholi turmush darajasini barqarorlashtirish va yashash sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mutaxassislar, shuningdek, minimal iste’mol xarajatlarini doimiy ravishda yangilash zarurligini ta’kidlaydilar, chunki inflyatsiya va kundalik xarajatlarning oshishi fuqarolarning asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun yangi o‘zgartirishlarni talab qilishi mumkin.
Shu bilan birga, ushbu miqdor aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadamdir. 🧐Nima deb o‘ylaysiz, minimal iste’mol xarajatlari uchun ushbu summa yetarlimi? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Faktoring bilan biznesingizni rivojlantiring! 🤔 Faktoring nima? Faktoring – bu biznes uchun tezkor pul olish yo‘li. Agar siz mahsulot sotgan yoki xizmat ko‘rsatgan bo‘lsangiz, lekin mijozingiz to‘lovni keyinroq qilishini aytgan bo‘lsa, faktoring orqali shu pulni oldindan olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. 👍 Ushbu xizmatni taklif etayotgan Agrobankda qanday imkoniyatlar mavjud, ko'rib chiqamiz! Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, like bosing va do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni yanada ruhlantiradi! TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
👍 Avtohalokat sodir bo‘lganda qanday qilib kompensatsiya olish mumkin? Yo‘l-transport hodisasiga uchradingiz, aybdor noma’lu
👍 Avtohalokat sodir bo‘lganda qanday qilib kompensatsiya olish mumkin? Yo‘l-transport hodisasiga uchradingiz, aybdor noma’lum yoki sug‘urtasi yo‘q. Sug‘urta kompaniyangiz to‘lovga qobiliyatsiz deb topildi. Vahimaga o‘rin yo‘q — O‘zbekistonda Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi mavjud, u standart sug‘urta mexanizmlari ishlamagan taqdirda zararni qoplashi mumkin. 📄Kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlar kerak? ➖aybdorning sug‘urta polisi (mavjud bo‘lsa); ➖sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; ➖yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, sud-tibbiy ekspertiza hujjatlari); ➖mol-mulkka yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va ҳ.к.); ➖jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar; ➖meros yoki huquqiy vorislik huquqi vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar. 🤔Xo‘sh, jamg‘armaga ariza qanday topshiriladi? ✍️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki hujjatlarni Jamg‘armaga tashrif buyurib taqdim qilishingiz yoki hujjatlar to‘plamini info@tkj.uz elektron pochtasiga yuborish orqali topshirishingiz mumkin. 🪙Arizangiz 30 kun ichida ko'rib chiqiladi, to'lovni esa qaror qabul qilingandan keyin bir hafta ichida olishingiz mumkin. 💰 Maksimal kompensatsiya miqdori – 40 mln so‘m; 👩‍⚕️ Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash uchun – 26 mln so‘mgacha; 🚗 Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun – 14 mln so‘mgachani tashkil qiladi. 🫵Sizda ham shu kabi holatlar bo‘lganmi? Ha — ❤️ Yo‘q — 👍 TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 181
✅“Open budget”ga ovoz berish boshlandi 🔹Bugun soat 23:59 dan e'tiboran “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi doira
“Open budget”ga ovoz berish boshlandi 🔹Bugun soat 23:59 dan e'tiboran “Tashabbusli byudjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Ovoz berish jarayonlari 20-martga qadar davom etadi. G‘oliblar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi. Ovoz berish usullari: 1️⃣“Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi (Sahifa) 2️⃣Portalning mobil ilovasi (Android va iOS) 3️⃣Telegram’dagi rasmiy bot yordamida O‘tgan yil mart oyidan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan edi. ❗️Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayonda majburiy ovoz berishga jalb qilgan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortiladi va 18 mln 750 ming so‘mdan 37 mln 500 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. 📞 Majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz 71 200-06-00 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling. 🔹“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlanib, 30 kun davom etadi. Ikkinchi mavsum g‘oliblari 1-sentyabr kuni e’lon qilinishi belgilangan. Xo‘sh, siz ovoz berishga ulgurdingizmi? Ha - ❤️ Yo‘q - 👍 TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
👍 Ayollar va moliyaviy mustaqillik Ko‘pchilik ayollar moliya bilan ishlash murakkab deb o‘ylaydi. Lekin aslida, moliyaviy ba
+4
👍 Ayollar va moliyaviy mustaqillik Ko‘pchilik ayollar moliya bilan ishlash murakkab deb o‘ylaydi. Lekin aslida, moliyaviy barqarorlik – bu oddiy odatlardan boshlanadi. 🪙 Moliyaviy barqarorlik – bu nafaqat katta daromadga ega bo‘lish, balki mablag‘ni to‘g‘ri boshqarish san’atidir. Ayniqsa, ayollar uchun moliyaviy mustaqillik – o‘z orzularini amalga oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkoniyatidir. Ayollar uchun 3 muhim moliyaviy qoidalar: 1️⃣ Byudjet yuritish – har oy daromad va xarajatlarni rejalashtirish. 2️⃣ Jamg‘arma yaratish – kutilmagan vaziyatlar uchun xavfsizlik yostig‘ini shakllantirish. 3️⃣ Sarmoya qilish – kelajakni kafolatlash uchun pul mablag‘larini ishlashga yo‘naltirish. 🗣️ Siz ushbu qoidalarning qaysi birini allaqachon hayotingizga tatbiq etgansiz? Yoki yana qaysi moliyaviy maslahatlar siz uchun muhim? 👍 Kunimizning mashhur milliarder va millioner ayollari moliyaviy mustaqillik haqida nima deydi? Buni yuqoridagi suratlardan bilib olishingiz mumkin! TelegramInstagramYouTube

Pulli Gap
34 181
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun avtokredit ololmayapsizmi? Endi bu siz uchun muammo bo‘lmaydi. Biz siz uchun rasmiy daroma
Rasmiy daromadingiz yo‘qligi uchun avtokredit ololmayapsizmi? Endi bu siz uchun muammo bo‘lmaydi. Biz siz uchun rasmiy daromadsiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar uchun avtokreditlar ajratayotgan banklar ro‘yxatini tuzib chiqdik. 🏦 Asakabank Foizi – 25,5–31,5 foizgacha; Muddati – 5 yilgacha; Boshlang‘ich to‘lov – 20–50 foizgacha; Batafsil 🏦 Aloqabank Birlamchi bozor uchun: Foizi – 25–27 foizgacha; Muddati – 5 yilgacha; Boshlang‘ich to‘lov - 25–50 foizgacha; Batafsil KIA va Chery uchun: Foizi - 5,99-22% Muddati - 5-yilgacha Boshlang‘ich to‘lov – 25–50 foizgacha; Batafsil 🏦 Turonbank Foizi – 25 foiz; Muddati – 5 yilgacha; Boshlang‘ich to‘lov – 30 foiz; Batafsil 🏦 O‘zSQB Foizi – 27–28 foizgacha; Muddati – 5 yilgacha; Boshlang‘ich to‘lov – 35–50 foizgacha; Batafsil Qanday qilib o‘zini band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kirish haqida ushbu postimiz orqali batafsil ma’lumot oling. TelegramInstagramYouTubeTikTok