uz
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Yopiq kanal

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Pulli Gap analitikasi

Pulli Gap O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 34 164 obunachidan iborat bo'lib, Iqtisodiyot & Moliya toifasida 3 555-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 337-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 34 164 obunachiga ega bo‘ldi.

15 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 098 ga, so‘nggi 24 soatda esa -63 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 34.45% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.43% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 11 776 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 906 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 38 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 16 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Iqtisodiyot & Moliya toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

34 164
Obunachilar
-6324 soatlar
-2777 kunlar
-1 09830 kunlar
Postlar arxiv
Pulli Gap
34 174
Qaysi biri foydaliroq: so‘mdagi omonatlar yoki dollardagi? Keling, bugun shu mavzuni misollar orqali o‘rganib chiqamiz) 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Esingizda bo‘lsa, avvalroq inflyatsiya nima ekaniga to‘xtalgan edik. 👍 Keling, bugun shaxsiy inflyatsiyani ko‘rib chiqamiz.
Esingizda bo‘lsa, avvalroq inflyatsiya nima ekaniga to‘xtalgan edik. 👍 Keling, bugun shaxsiy inflyatsiyani ko‘rib chiqamiz. Bu ikkisi boshqa-boshqami? O‘zbekistonda Statistika agentligi tomonidan hisoblangan inflyatsiya ko‘rsatkichi har bir aholining shaxsiy (o‘zi sezadigan) inflyatsiya darajasidan farq qilishi mumkin. Shaxsiy inflyatsiya har bir odamning turmush tarziga, nimalarga ko‘proq pul sarflashiga qarab har xil bo‘ladi. Masalan, Nuriddin aka daromadining asosiy qismini uy-joy ijarasiga sarflaydi va u yashayotgan hududda ijara narxlari oshsa, bunday holda uning shaxsiy inflyatsiyasi umumiy inflyatsiyadan yuqoriroq bo‘ladi. Nazira xola esa nafaqaga chiqqan va daromadining katta qismini sog‘liqni saqlash uchun sarflaydi. Agar sog‘liqni saqlash xarajatlari qimmatlashsa, uning shaxsiy inflyatsiyasi yoshroq va sog‘lomroq bo‘lgan odamnikiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Shaxsiy inflyatsiya oilalarda ham turlicha bo‘ladi. Misol uchun, yosh oila bolalar oziq-ovqati va o‘yinchoqlar uchun ko‘proq pul sarflaydi. Farzandlari voyaga yetgan oilaning asosiy xarajatlari esa ta’limga qaratilgan. Agar mamlakatda bolalar oziq-ovqati narxlari keskin oshib ketsa, bu yosh oilaning shaxsiy inflyatsiyasi yuqoriroq bo‘lishini anglatadi. Ta’lim xarajatlari oshsa, ikkinchi oilaning shaxsiy inflyatsiyasi balandroq bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, mamlakatdagi tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishi har bir kishiga yoki oilaga ular tomonidan doimiy ravishda iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlardan kelib chiqqan holda alohida ta’sir ko‘rsatadi. 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Farzandingiz uchun aliment ololmayotgan bo‘lsangiz uni davlat jamg‘armasi to‘lab berishi mumkin. Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz) 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Qanday qilib kamroq foizli ipoteka kreditlari olish mumkinligini bilasizmi? Keling, bugun shu mavzuni o’rganib chiqamiz) Ipot
Qanday qilib kamroq foizli ipoteka kreditlari olish mumkinligini bilasizmi? Keling, bugun shu mavzuni o’rganib chiqamiz) Ipoteka kreditlari bo‘yicha foizlar ularning resurs manbaasidan kelib chiqib, bir-biridan farq qiladi. 👍 Masalan? Banklar o‘z mablag‘lari hisobidan turli xil shartlarda ipoteka kreditlarini taklif qiladi. Bundan ipoteka krediti 21 foizdan 28 foizgacha ajratilishi mumkin. Yangi tartib doirasidagi ipoteka kreditlari esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi. Shu sababdan ularning foiz stavkalari 17-18 foiz bo‘ladi. Lekin bunda bir qancha cheklovlar mavjud. Ushbu turdagi ipoteka kreditlari Toshkent shahrida faqat 416,5 mln so‘mgacha, viloyatlarda esa 327 mln 250 ming so‘mgacha ajratiladi. 👍 Qimmatroq uy sotib olayotgan bo‘lsamchi? Toshkentda siz sotib olmoqchi bo‘lgan uyning narxi dastlabki badal chegirilgandan keyin ham 416,5 mln so‘mda qimmatroq bo‘lsa, foizi yuqoriroq bo‘lsa ham boshqa tijoriy ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing! 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Aloqa botimizga bolalar bog‘chalari mavzusida ham ketma-ket savollar kelib tushmoqda. Bugun sizlar bilan shulardan birini muh
Aloqa botimizga bolalar bog‘chalari mavzusida ham ketma-ket savollar kelib tushmoqda. Bugun sizlar bilan shulardan birini muhokama qilamiz. Demak, “Bolam bog‘chaga bormagan kunlari uchun ham to‘lov qilishga majburmanmi?” degan savolga to‘xtalamiz. 📌 Bolangizning bog‘chaga ketma-ket 3 kundan ortiq bormagan davri uchun to‘lov undirilmaydi. Shuningdek, siz bog‘cha to‘lovlarini oldindan amalga oshirgan bo‘lishingiz mumkin. Bunda quyidagi sabablardan biriga ko‘ra, to‘langan pullar keyingi to‘lovlaringizni amalga oshirishda hisobga olinadi: 👍 Bola yoki oila a’zolari kasal bo‘lsa; 👍 Oila karantin holatida bo‘lsa; 👍 Ota-onalaridan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘shagan davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytiriladi. So‘ng, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. 📌 Bolangizning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirmagan bo‘lishingiz ham mumkin. Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan pul miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi. 📌 Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan bolaning bog‘chaga qatnashi butunlay to‘xtatilishi ham mumkin. Bunda to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun ya’ni bola amalda bog‘chaga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi. 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Biz birlamchi bozor uchun ajratilayotgan eng manfaatli ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyorladik) 🏦 Aloqabank: Foiz stavkasi
Biz birlamchi bozor uchun ajratilayotgan eng manfaatli ipoteka kreditlari ro‘yxatini tayyorladik) 🏦 Aloqabank: Foiz stavkasi — 18 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 420 mln so‘mgacha; Batafsil 🏦 Asakabank: Foiz stavkasi — 0 foizdan boshlanadi; Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz; Muddati — 10 yilgacha; Miqdori — qiymatning 75 foizigacha; dan ko‘p bo‘lmagan kredit summasi; Batafsil 🏦 Aloqabank: Foiz stavkasi — 18 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 420 mln so‘mgacha; Batafsil 🏦 Biznesni rivojlantirish banki: Foiz stavkasi — 18 foizgacha; Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 416 mln 500 ming so‘mgacha Batafsil 🏦 Hamkorbank: Foiz stavkasi — 28 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 26 foiz; Muddati — 10 yilgacha; Miqdori — 600 mln so‘mgacha Batafsil 🏦Ipak yo‘li bank: Foiz stavkasi — 27 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz; Muddati — 7 yilgacha; Miqdori — 800 mln so‘mgacha; Batafsil 🏦 Orient Finans Bank: Foiz stavkasi — 25,9 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz; Muddati — 20 yilgacha; Miqdori — 600 mln so‘mgacha; Batafsil 🏦Ziraat Bank Foiz stavkasi — 28 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 25 foiz; Muddati — 10 yilgacha; Miqdori — 1 mlrd 853 mln so‘mgacha; Batafsil Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing! 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Sizning ruxsatingiz ham nomingizga kredit rasmiylashtirish mumkinligini bilarmidingiz? Firibgarlarning bunday tuzog'iga tushib qolmaslik uchun nima qilish kerak? Bugungi videomiz aynan shu haqda) Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ham ulashing! 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Bilasiz, “bola puli” olish uchun arizani faqat mahallaga topshirish talab etilardi. Endi esa buni uyingizdan chiqmasdan onlay
Bilasiz, “bola puli” olish uchun arizani faqat mahallaga topshirish talab etilardi. Endi esa buni uyingizdan chiqmasdan onlayn amalga oshirishingiz ham mumkin bo‘ldi! My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan ushbu qulaylikdan kam ta’minlangan, jumladan, oilasida 18 yoshgacha farzandi bor ijtimoiy nafaqa olish istagida bo‘lganlar foydalanishi mumkin. 👍 Bolalar nafaqasi 12 oy (bola 18 yoshga to‘lgunga qadar), moddiy yordam esa 6 oy muddatga to‘lanadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Xizmatdan foydalanish uchun: 👍 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘tish; 👍 tegishli xizmatni tanlash; 👍 undagi so‘rovnomani to‘ldirish va yuborish kerak. Ushbu xizmatdan onlayn foydalanish mutlaqo bepul. Ariza bir oy davomida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi tomonidan o‘rganiladi. Bu borada to‘liq video-qo‘llanma tayyorlashimizni istaysizmi? Unday bo‘lsa ushbu postimizga like bosing va uni do‘stlaringizga ham ulashing) 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni ham unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi. Daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muht
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari uchun subsidiya ajratish jarayoni yana boshlandi. Daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joyga muhtoj aholi uchun ipoteka kreditlari asosida subsidiya ajratiladi. Subsidiya — ipoteka bilan uy sotib olishda boshlang‘ich badal yoki kredit foizlarining bir qismini qoplab berish uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘. Ipoteka krediti uchun subsidiya olsangiz, bu mablag‘larni davlatga qaytarib berishingiz shart emas. Masalan, siz yillik 18 foizga ipoteka krediti olgan boʻlsangiz, dastlabki besh yil mobaynida foiz toʻlovlarining 10 foiz qismini oʻz hisobingizdan, 8 foiz qismini davlat subsidiyalari yordamida toʻlashingiz mumkin boʻladi. Uy joy sotib olishda davlatdan subsidiya olish uchun ariza beruvchi yoki oilaning oylik daromadi quyidagicha boʻlishi kerak: 👍 Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 8 mln 400 ming so‘mgacha); 👍 Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so‘mdan 9 mln 660 ming so‘mgacha). 2023-yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 50 mingni tashkil etmoqda. Subsidiya uchun ariza Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin. Komissiya quyidagi hollarda arizani rad etishi mumkin: 👍 ilgari uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olgan oila aʼzolarining takroriy arizasi; 👍 taqdim etilgan maʼlumotlarning talab qilinadigan ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi; 👍 joriy yilda hududga ajratilgan subsidiyalar soni tugab qolganida; 👍 oʻrtacha oylik daromad miqdorining komissiya talablariga mos kelmasligi; Subsidiya berish tartibi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
IELTS’dan 7 yoki undan balandroq ball olib, imtixon pulingizni qaytarib ololmayabsizmi? Endi bu oson. Biz siz uchun batafsil video-qo‘llanma tayyorladik) Ma’lumotlarimiz foydali bo’lgan bo’lsa, uni do’stlaringizga ham ulashing! 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
“Pulli Gap”da mavzular yanada qiziqarliroq yoritilishini istaysizmi? Unday bo‘lsa, kanalimizga ovoz berib, bunga o‘z hissangi
“Pulli Gap”da mavzular yanada qiziqarliroq yoritilishini istaysizmi? Unday bo‘lsa, kanalimizga ovoz berib, bunga o‘z hissangizni qo‘shing! Bu orqali qo‘shimcha yangi imkoniyatlar ham ochiladi. Masalan, pul haqida foydali mavzularni doimiy stories'lar orqali o‘rganib borishingiz mumkin bo‘ladi) 👍 Shunday ekan, bizni qo‘llab-quvvatlang: https://t.me/pulli_gap?boost TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Kechiktirilgan oylik ish haqi uchun foiz to‘lanishini bilarmidingiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz) Agar ish be
Kechiktirilgan oylik ish haqi uchun foiz to‘lanishini bilarmidingiz? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz) Agar ish beruvchi xodimlarining maoshi, ta’til pullari va shunga o‘xshash to‘lovlarini vaqtida bermasa, qo‘shimcha foiz – pulli kompensatsiya ham to‘lashi shart. U qanday hisoblanadi? Foizlar oylik kechiktirilgan kundan boshlab hisoblab boriladi. Masalan, maosh har oyning 5-sanasida tushishi kerak bo‘lib, u 15-sanada tushsa, ish beruvchi 6-sanadan 15-sanagacha har bir kunga foiz to‘lashi shart. Miqdori qancha? Xodimga to‘lanadigan pulli kompensatsiyaning Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining o‘n foizi miqdorida belgilanadi.  U esa 2023-yil 17-martdan beri 14 foiz. Demak, ish haqi kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya miqdori 1,4 foizni tashkil etadi. Deylik, sizning ish haqingiz 3 mln so‘m. Ushbu summani 1,4 foizi 42 ming so‘m bo‘ladi.  Agar sizning oyligingiz umumiy 10 kunga kechiktirilsa, shu kunlar uchun sizga 420 ming so‘m pulli kompensatsiya to‘lanishi kerak. Muhim! Bandlik vazirligiga ko‘ra, ish beruvchining oylikni kechiktirilishida aybi bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham u sizga pulli kompensatsiya to‘lashga majbur. Bularning barchasi, Mehnat kodeksining 333-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ma’lumotlarimiz foydali bo’lgan bo’lsa, uni do’stlaringizga ham ulashing! 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Bankers.uz” nashri asoschisi Ismoil Turopovdan loyihamizga kelib tushayotgan savollar yuzasidan intervyu oldik. ● Xo‘sh, kim aslida moliyaviy savodxon bo‘ladi? ● Buni qanday o‘rganish mumkin? ● Bu uy va mashinaga tezroq ega bo‘lishning asosiy vositasimi? ● Firibgarlarga aldanib qolishning sababi nima? Bundan qanday qochish mumkin? Shu va shu kabi savollaringizga mutaxassis orqali javob oling! 👉 To‘liq intervyu: https://youtu.be/IjSv4lx6Y0s?si=F8F4GEh_lwf1xrqY 👍 Aytgancha, kanalga ovoz berishni unutmang: https://t.me/pulli_gap?boost) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Va’damizga ko‘ra, to‘langan kontraktdan 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olish bo‘yicha video-qo‘llanmamiz tayyor! Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Ancha vaqtdan beri omonat ochish haqida o‘ylab, qaysi bankni tanlashni bilmayabsizmi? Endi bu muammo emas) Bugungi ro‘yxatimi
Ancha vaqtdan beri omonat ochish haqida o‘ylab, qaysi bankni tanlashni bilmayabsizmi? Endi bu muammo emas) Bugungi ro‘yxatimiz yordamida uyingizdan chiqmasdan, o‘zingizga eng ma’qul bankdan omonat oching! 🏦 Agrobank Foizi — 23 foiz; Muddati — 13 oy; Minimal summa — 500 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q; Batafsil 🏦 Anorbank Foizi — 25 foiz; Muddati — 24 oy; Minimal summa — 1 mln so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — 12 oygacha mumkin; Batafsil 🏦 Asakabank Foizi — 24 foiz; Muddati — 24 oy; Minimal summa — 100 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud; Batafsil 🏦 Davr bank Foizi — 27,09 foiz; Muddati — 24 oy; Eng kam miqdor — 100 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin; Batafsil 🏦 Hamkorbank Foizi — 24 foiz; Muddati — 18 oy; Minimal summa — 500 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud; Batafsil 🏦 Kapitalbank Foizi — 26 foiz; Muddati — 25 oy; Minimal summa — 1 mln so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q; Batafsil 🏦 Mikrokreditbank Foizi — 25 foiz; Muddati — 24 oy; Minimal summa — 100 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — mavjud; Batafsil 🏦 TBC Bank Foizi — 27 foiz; Muddati — 24 oy; Minimal summa — 100 ming so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — yo‘q; Batafsil 🏦Ziraat Bank Foizi — 26 foiz; Muddati — 24 oy; Minimal summa — 3 mln so‘m; To‘ldirib borish imkoniyati — 6 oygacha mumkin; Batafsil Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Unutmang, bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
O‘zi qanday holatlarda mikroqarz olish sizning moliyaviy holatingizga zarar keltirishini bilasizmi? Keling, bugun shunday hol
O‘zi qanday holatlarda mikroqarz olish sizning moliyaviy holatingizga zarar keltirishini bilasizmi? Keling, bugun shunday holatlarni ko‘rib chiqamiz. 👍 Avvalgi kreditlarni yopish uchun mikroqarz Ba’zida olingan kreditni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Bunday vaziyatdan esa yana yangi mikroqarz olish orqali chiqib ketish oson yo‘ldek ko‘rinadi. Aslida, bu noto‘g‘ri qaror – faqatgina qarz yukining oshishiga olib keladi. Sizning holatingiz esa yaxshilanmay, bir kreditingiz ikkita bo‘ladi. Tabiiy-ki, ularning har biri, har qanday holatda ham bankka qaytarilishi kerak. 👍 Boshqalar uchun mikroqarz Ba’zida qarindoshlar yoki do‘stlaringiz kredit olib berishingizni so‘rashadi, chunki negadir bank ularga kredit ajratishni rad etadi. Bu juda noqulay holat, lekin har kim bunday vaziyatda nima qilish kerakligini o‘zi hal qilishi kerak. O‘z nomingizga kredit olib, uni boshqa odamga berib yuborsangiz, oxir-oqibat qarzni o‘zingiz qaytarishga majbur bo‘lishingiz mumkin. 👍 Kredit tizimi qanday ishlashi haqida bilmasdan kredit olish Kredit pulni ma’lum vaqt davomida foizlar bilan bankka qaytarish kerakligini nazarda tutadi. Ammo foizlar qanday hisoblanishini, to‘lovlarni qachon amalga oshirishni va kredit bo‘yicha qanday ortiqcha to‘lovlar vujudga kelishini hamma ham tushunmaydi. Mikroqarz uchun bankka murojaat qilishdan oldin, hisoblangan foizlar asosida har oy kredit uchun qancha to‘lashingiz kerakligini tushunishingiz kerak. Kreditni o‘z vaqtida to‘liq to‘lash muhimligini hamma ham tushunmaydi. Kredit bu, birinchi navbatda, mas’uliyatdir. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Qanday qilib uydan chiqmasdan, onlayn tarzda elektron raqamli imzo olish haqida o‘ylayabsizmi? Biz sizga video-qo‘llanmamiz bilan yordam beramiz. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa uni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Banklardan sizga kredit berishda qarz yuki ko‘rsatkichingizni ham hisobga olishidan xabaringiz bormi? Keling, bugun shu mavzu
Banklardan sizga kredit berishda qarz yuki ko‘rsatkichingizni ham hisobga olishidan xabaringiz bormi? Keling, bugun shu mavzuni o‘rganib chiqamiz) Qarz yuki nima? Qarz yuki ko‘rsatkichi deganda qarz oluvchi krediti uchun to‘layotgan o‘rtacha oylik to‘lovining o‘rtacha oylik daromadiga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Masalan, sizning oylik daromadingiz 3,5 mln so‘m deb olaylik. Siz kreditingiz uchun oyiga 1,4 mln so‘m to‘lov qilasiz. Demak, sizning qarz yuki ko‘rsatkichingiz 40 foizni tashkil qiladi. Uni hisoblash nega kerak? Qarz yukini hisoblash banklarga risklarni baholashga yordam beradi. Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi qanchalik katta bo‘lsa, uning qarzni to‘lay olmaslik ehtimoli ham shuncha katta bo‘ladi. Ko‘p hollarda qarz yuki ko‘rsatkichi ipoteka kreditlari bo‘yicha 70 foizdan, mikroqarzlar, avtokreditlar va boshqa kreditlar turlari bo‘yicha 50 foizdan oshmasligi zarur. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega 200 so‘mlik, 100 so‘mlik hatto 500 so‘mlik pullardan foydalanmay qo‘ydik? Keling, bugun shu ma
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega 200 so‘mlik, 100 so‘mlik hatto 500 so‘mlik pullardan foydalanmay qo‘ydik? Keling, bugun shu mavzuda bosh qotiramiz) Mamlakatda inflyatsiya oshib ketsa, pul qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Shunday vaqtlarda, mayda pullarning xarid qobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Hukumat bu past qiymatli valyutalarni ishlab chiqarish va saqlash xarajatlarini kamaytirish uchun ularni bosqichma-bosqich muomaladan chiqaradi. Shuningdek, mayda pullar kundalik hayotda tez-tez ishlatiladi. Bunday pullardan ko‘p foydalanish ularni eskirishiga sabab bo‘ladi va doimiy muomalaga yaroqsiz holga keltiradi. Bundan tashqari, hamma mamlakatlarda mayda pullarni muomaladan chiqarishning o‘ziga xos boshqa sabablari ham mavjud bo‘ladi, chunki markaziy banklar naqd pulni boshqarish bo‘yicha turli xil siyosatga ega. Shunday bo‘lsa ham, mayda pullar kamayishining asosiy sababi – o‘sha pul birligi miqdoridagi qiymatga tovar yoki xizmat sotib olish imkoni keskin qisqarishi. Bunga misol qilib, O‘zbekistonda 2022-yil davomida 1 000 so‘mlik qog‘oz pul shaklida muomalaga chiqarilmagani keltirsa bo‘ladi — hozir odamlar orasida 1 000 so‘mga avvalgidek talab yo‘q, deyarli hech narsa sotib ololmaysiz. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 174
Aloqa botimizga kimlarga ijara haqini to‘lash uchun yordam berilishi haqida so‘rovlar kelib tushdi va biz bu mavzuni o’rganib
Aloqa botimizga kimlarga ijara haqini to‘lash uchun yordam berilishi haqida so‘rovlar kelib tushdi va biz bu mavzuni o’rganib chiqdik) Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga shu ko‘rinishdagi imtiyoz ajratilishi mumkin. Bunday imtiyozlar uy va tadbirkorlik bilan shug‘ullanilayotgan binoning ijara haqini to‘lashda qo‘llanadi. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 👍 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan yosh fuqarolar biznesini noturar binoda yuritayotgan bo‘lishi kerak. Shunda bir yilda 12 oygacha bo‘lgan ijara xarajatlarini 30 foizi (BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi – 8 500 000 so‘mgacha) to‘lab beriladi. 👍 Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga yashayotgan xonadonining ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratiladi. Bu kompensatsiya 12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan (1 020 000 so‘m) oshmagan miqdorda beriladi. Bunda bir qator talablar bor: ● er-xotinning har ikkisi o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) bo‘lishi; ● mulk huquqi asosida turar joyi bo‘lmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar olmagan; ● ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar yoki uy-joylar ta’minoti bilan bog‘liq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan; ● har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lishi kerak. Imtiyozdan foydalanish uchun vasiylik kengashiga turar joy ijara shartnomasi nusxasi bilan ariza berish kerak bo’ladi. TelegramInstagramYouTubeTikTok