uz
Feedback
Pulli Gap

Pulli Gap

Yopiq kanal

Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali Pulli Gap analitikasi

Pulli Gap O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 34 134 obunachidan iborat bo'lib, Iqtisodiyot & Moliya toifasida 3 548-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 2 349-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 34 134 obunachiga ega bo‘ldi.

17 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -1 116 ga, so‘nggi 24 soatda esa -28 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 34.38% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 11.90% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 11 739 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 4 062 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 34 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Iqtisodiyot va biznes olamidagi vaziyat hamda moliyaviy savodxonlikni oshirish loyihasi © Agrobank Instagram: https://www.instagram.com/pulligap Biz bilan aloqa: @pulligap_bot http://myurls.co/pulligap

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 18 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Iqtisodiyot & Moliya toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

34 134
Obunachilar
-2824 soatlar
-2317 kunlar
-1 11630 kunlar
Postlar arxiv
Pulli Gap
34 118
Kredit kartasi nima? Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lash ishlatiladigan bo
Kredit kartasi nima? Kredit kartasi — bankning kredit mablag‘lari hisobidan tovarlar va xizmatlarga to‘lash ishlatiladigan bo‘lgan bank kartasidir. Kredit kartasida shaxsiy mablag‘larni saqlab (to‘plab) to‘plab bo‘lmaydi. Ular qanday paydo bo‘lgan? Bugungi kunda biz bilgan kredit kartasining birinchi namunasi sifatida ko‘pincha 1949-yilda “Diner’s Club”ni yaratgan Frenk MakNamara va uning biznes sherigi Ralf Shnayderning tashabbusi eslanadi. Ta’kidlanishicha, Frenk MakNamara Nyu-York shahridagi restoranlardan birida ovqatlanib bo‘lgach, hamyonini uyida unutib qoldirganini tushinib yetadi va hisobni to‘lay olmaydi. Aytilishicha, MakNamara yegan taomlari pulini restoranda idish-tovoq yuvish orqali to‘lamaslik uchun kelishuv imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra, u voqeaning ertasiga hisobni to‘lash uchun restoranga qaytishi kerak bo‘lgan. Ushbu voqea MakNamaraga birinchi kredit karta g‘oyasini berdi va u Diner’s Club’ni tuzdi. Ushbu klub 27 restoranni qamrab olib, u yerda foydalanishi mumkin bo‘lgan karton kartalarni ishlab chiqargan. Diner’s Club tashkil etilganda, uning bor yo‘g‘i 200 a’zosi bo‘lgan. Ular ham asosan Shnayder va MakNamaraning do‘st va tanishlari edi. Ikki yil ichida esa ular AQSH bo‘ylab hayratlanarli darajada ko‘payib ketadi va 42 mingga yetadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam berami
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz! Ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan eng past foizli avtokreditlar haqida ma’lumotlar bilan tanishing👇

Pulli Gap
34 118
“Pulli gap” kanali siz uchun qiziqarlimi?
Anonymous voting

Pulli Gap
34 118
Har doim “dollar oshdi” degan gaplar quloqqa chalinadi. Xo‘sh, boshqa valyutalarchi? Ularning ishlatilishi, tarixi haqida ma’lumotingiz bormi? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz!
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin o‘zingizga mos bankni tanlolmayabsizmi? Biz bunda yordam beramiz! Biz siz uchun Oʻzbekiston banklarida ikkilamchi bozor uchun ajratilayotgan avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik. 🏦 Asia Alliance bank: Foiz stavkasi — 26,99-27,99 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 15-30 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — chegaralanmagan; Garov — xarid qilingan avtomobil Batafsil 🏦 Ipak yo‘li bank: Foiz stavkasi — 23,99-27,99 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 0-50 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 500 mln so‘mgacha; Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi Batafsil 🏦 Ipoteka bank: Foiz stavkasi — 27,99 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 15 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 360 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilinayotgan avtomobil, sug‘urta polisi Batafsil 🏦 Mikrokreditbank: Foiz stavkasi — 25 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 20 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 990 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilinayotgan avtomobil Batafsil 🏦 Orient Finans bank: Foiz stavkasi — 23-25 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 30-50 foiz; Muddati — 48 oygacha; Miqdori — 600 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilinayotgan avtomobi Batafsil 🏦 Qishloq qurilish bank: Foiz stavkasi — 24 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 30 foiz; Muddati — 48 oygacha; Miqdori — 450 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilinayotgan avtomobil Batafsil 🏦 Turon bank: Foiz stavkasi — 24,99-25,99 foiz; Boshlang‘ich to‘lov — 25-30 foiz; Muddati —60 oygacha Miqdori — 450 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilinayotgan avtomobil Batafsil Qanday qilib avtokredit olish mumkinligi, shart va talablarini bilish uchun videomizni tomosha qiling. Qo‘shimcha ro‘yxatlar: 👍 Birlamchi bozor uchun eng past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar; 👍 Chet el avtomobillari uchun foizsiz hamda past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar; 👍 Boshlang‘ich to‘lovsiz avtokredit ajratayotgan banklar. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Har doim ham zaruriy buyumlarni xarid qilishga yetarli pulimiz bo‘lavermaydi. Shunday vaziyatlardan chiqish uchun ikki xil yechim bor: bankdan kredit olish yoki do‘konni o‘zida “rasrochka”dan foydalanish. Aslida qaysi biri foydaliroq? Bugun sizlar bilan shu mavzuni hayotiy misollar orqali o‘rganamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Mastercard, kobeyjing va oilaviy kartalar haqida bilasiz-u, lekin kobrend kartalari nima ekanligidan xabaringiz yo‘qmi? Bugun
+4
Mastercard, kobeyjing va oilaviy kartalar haqida bilasiz-u, lekin kobrend kartalari nima ekanligidan xabaringiz yo‘qmi? Bugungi fotohikoyamiz aynan siz uchun! Kobrend kartalarining oddiy kartalardan farqi va afzalliklari nimada? TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
So‘rovnomamiz yodingizda bo‘lsa kerak, bugun uning yangi sonini taqdim etamiz. Xo‘sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Dividend — aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad. Bu kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, u aksiyadorlarga i
Dividend — aksiyalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan daromad. Bu kompaniya foydasining bir qismi bo'lib, u aksiyadorlarga investitsiyalaridan daromad sifatida taqsimlanadi. Dividendlar odatda naqd pulda to‘lanadi, lekin ular qo‘shimcha aksiyalar yoki boshqa aktivlar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Har bir aksiyadorga to‘lanadigan dividend miqdori odatda kompaniyaning direktorlar kengashi tomonidan belgilanadi va kompaniyaning rentabelligi va uning dividend siyosati kabi omillarga asoslanadi. Dividendlar aksiyadorlar uchun kompaniya daromadidan ulush olishning bir usuli bo‘lib, investorlar uchun muhim daromad manbai bo‘lishi mumkin. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Uy sotib olish uchun ipoteka kreditidan foydalanish hozirgi kunda eng qulay yechimlardan biridir. Bu jarayonda ayrimlar uchun qaytarib berish shart bo‘lmagan yordam — subsidiyalar ham beriladi. Bugun sizlar bilan qanday qilib subsidiya olish haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Biz yana jamoamiz bilan aholining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishga urinib ko‘rdik. Xo‘sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin boshlang‘ich to‘lov uchun yetarli mablag‘ingiz yo‘qmi? Biz siz
🚘 Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin boshlang‘ich to‘lov uchun yetarli mablag‘ingiz yo‘qmi? Biz siz uchun Oʻzbekiston banklaridagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik. 👇

Pulli Gap
34 118
Sug‘urta — mol-mulk, sog‘liq, biznes va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Ularnin
Sug‘urta — mol-mulk, sog‘liq, biznes va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir. Ularning ikki xil turi mavjud: Majburiy va ixtiyoriy. Sug‘urta kompaniyalari — tuzilgan shartnomaga binoan aholi va korxonalar xatarlarini sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus turi. O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi bo‘lib, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini litsenziyalaydi. Shuningdek, sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan asosiy xizmatlaridan biri: 👍 Transport vositalarini sug‘urtalash; 👍 Tibbiy sug‘urta; 👍 Yuklarni sug‘urtalash; 👍 Ipoteka sug‘urtasi; 👍 Mol-mulkni sug‘urtalash va boshqalar. Sug‘urta kompaniyasini tanlashda uning litsenziyasiga, taklif qilinayotgan ta’riflar va talab etilayotgan shartlarga e’tibor qaratish zarur. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
O‘tgan gal sizlarni lombard xizmati, uning ijobiy va salbiy jihatlari bilan tanishtirib o‘tgandik. Bugun esa lombardlarda qanday qilib mikroqarz olish mumkinligi haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin boshlang‘ich to‘lov uchun yetarli mablag‘ingiz yo‘qmi? Biz siz uch
Avtomobil sotib olish uchun kredit olishni istaysiz, lekin boshlang‘ich to‘lov uchun yetarli mablag‘ingiz yo‘qmi? Biz siz uchun Oʻzbekiston banklaridagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlar toʻpladik. 🏦 Asia Alliance bank: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 25-29 foiz; Muddati — 12-48 oygacha; Miqdori — chegaralanmagan; Garov — xarid qilingan avtomobil va sug‘urta polisi Batafsil 🏦 Ipak yo‘li bank: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 23,99 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 500 mln so‘mgacha; Garov — avtomobil, ko‘chmas mulk yoki sug‘urta polisi Batafsil 🏦 Ipoteka bank: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 23,99-26 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 500 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilingan avtomobil va sug‘urta polisi Batafsil 🏦 Poytaxt bank: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 22-24 foiz; Muddati — 24-48 oygacha; Miqdori — chegaralanmagan; Garov — ko‘chmas mulk Batafsil 🏦 Saderat bank: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 28 foiz; Muddati — 48 oygacha; Miqdori — 170 mln so‘mgacha; Kredit ta’minoti — xarid qilingan avtomobil Batafsil 🏦 Xalq banki: Boshlang‘ich to‘lov — 0; Fozi stavkasi — 26 foiz; Muddati — 60 oygacha; Miqdori — 600 mln so‘mgacha; Garov — xarid qilingan avtomobil va sug‘urta polisi Batafsil Avtokreditlar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun videomizni tomosha qiling. O’zbekistondagi birlamchi bozorda eng past foizli avtokreditlar ajratayotgan banklar bilan tanishish uchun ro‘yxatimizni o‘rganib chiqing. Ma’lumotlarimiz foydali bo‘lgan bo‘lsa, ularni do‘stlaringizga ham ulashing. Bu bizni ruhlantiradi!) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Bu gal ham jamoamiz bilan aholining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishga urinib ko‘rdik. Xo‘sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo‘lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Ta’kidlaganimizdek, sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lib qolgan vaqtda lombardlar yordamga keladi. Lekin lombarddan kredit oli
+3
Ta’kidlaganimizdek, sizga zudlik bilan pul kerak bo‘lib qolgan vaqtda lombardlar yordamga keladi. Lekin lombarddan kredit olishning ham o‘ziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bugun sizlar bilan shu haqida gaplashamiz. Bizni kuzatishda davom eting) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Lizing — uzoq muddatli ijara Lizing — uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish mumkin.
Lizing — uzoq muddatli ijara Lizing — uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish mumkin. Bu bir qarashda oddiy ijaraga juda o‘xshash ko‘rinsa-da, u ikkisining o‘rtasida yetarlicha farqlar bor. Oddiy qilib aytganda, lizing bu xizmat. Masalan, avtomobilni llizingga olmoqchi odam ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. Kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan keyin esa avtomobilga egalik qilish huquqi mijozning nomiga o‘tadi. TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Zudlik bilan pul kerak bo‘lib qolsa sizga lombardlar yordamga keladi. Tez va ortiqcha hujjatlarsiz. Bugun sizlar bilan lombardlar va ularning faoliyati haqida gaplashamiz) TelegramInstagramYouTubeTikTok

Pulli Gap
34 118
Bu safar ham jamoamiz bilan aholining moliyaviy savodxonlik darajasini tekshirishga harakat qilib ko‘rdik. Xo'sh, siz nechta savolimizga javob bera olgan bo'lardingiz?) TelegramInstagramYouTubeTikTok