cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

💎𝐁𝐢𝐥𝐥𝐮𝐫 𝐪𝐚𝐥𝐛𝐥𝐚𝐫 𝐪𝐨ʻ𝐬𝐡𝐢𝐠ʻ𝐢💎

#Astroida ning olamiga Xush kelibsiz! Umid qilamanki, olamim sirlari sizni lol qoldirib, xayolotingizga erk berishga ko'maklashadi. Yoqimli mutolaa tilab ⭐ #Astroida ⭐

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 093
Obunachilar
-124 soatlar
+77 kunlar
+6230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

— Iltimos, toʻxtang. Oʻtinamaaan... Har qancha yalinmay u meni eshitmadi. Nemesis bolamning oxirgi tomchi kuchiga soʻrib oldi. Natijada... U oʻldi. Hali bir marta ham qoʻlimga olib koʻrmasimdan oʻldi... Bolamni dunyoga keltiriboq undan ayrildim. Ablah Nemesis xattoki jasadini ham menga bermadi. Oʻzi uni sehri bilan parchalab yubordi. Koʻz oldimda... Koʻz oldimda bolamni oʻldirdi u. Mitti quyoshimni, vujudimda asragan bir parchamni, hayotda qolish uchun yagona sababimdan ayirdi u meni. Yigʻlashga ham kuchim qolmay choʻkkalab qoldim. Men bolam uchun barchasiga chidagandim, ogʻriqqa, azobga, hoʻrlanishga... Bolam tugʻilsa u bilan ovunaman degandim. Nemesis esa jajji quvonchimni tugʻilgan onidayoq tortib oldi. Meni butkul sindirib tashladi. — Xonangga borib dam ol. Nemesis goʻyoki hozirgina, koʻz oldimga bolamni oʻldirmagandek bilagimdan ushlab meni turgʻazib qoʻydi. — Kuch toʻplashing kerak. Men har kuni tepangda seni sehr bilan davolab oʻtirolmayman. — Vahshiy... Mahluq... Uning qoʻlini siltab tashlab oʻkirib yigʻlay boshladim. — Norasida goʻdakda nima qasding bor edi? Nega uni oʻldirding? — Oooy, qoʻy, yigʻlama Raminaaa. Hozir men ham yigʻlab yuboraman yoʻqsa. Nemesis meni kalakalagancha bagʻriga bosdi. — Hali koʻoʻoʻoʻp bolalarimiz boʻladi. Koʻp bora homilador boʻlasan. — Ularni ham oʻldirasanmi aaa?! — Albatta. Barchasini oʻldiraman. Barchasining kuchini tortib olaman.
Hammasini ko'rsatish...
Umrimda hecham bola dunyoga keltirgan ayolni koʻrmaganim uchun ancha qiynaldim. Baxtimgami, yo baxtsizligimgami Nemesis xonaga kelib qoldi. U meni toʻlgʻoq tutayotganini koʻrib, yordam berish uchun qayerdandir doya topib keldi. U menga farzandimni dunyoga keltirishda yordamlashdi. Yolgʻiz oʻzim boʻlganimda aniq eplolmasdim. Oʻzim ham, bolam ham oʻlib qolgan boʻlardi. Bola yigʻisini eshitganimdan keyin oʻzimdan ketib qolibman. Hushimga kelgach xonaga koʻz yugurtirdim. Bolam yoʻq, doya deraza yonida qonga belangancha polda yotardi. Koʻzlari ochiq. Tekshirib koʻrmagan boʻlsam ham koʻrinib turardi, u oʻlgandi. Doyaning oʻlib yotganini koʻrib ichim muzlab ketdi. Jon holatda oʻzimni xonadan tashqariga urib, qasrdan bolamni izlay boshladim. Bolamni Nemesisning xonasidan topdim. Aniqrogʻi, Nemesis ikkisini oʻsha xonadan topdim. Nemesis chinqirab yigʻlayotgan bolamni stolga yotqizib qoʻyib, uning kuchini tortib olayotgandi. Buni koʻrib Nemesisga qanday otilganimni ham bilmayman. Bolamni yoʻqotish qoʻrquvidan aqldan ozgandim men. — Iltimos, unday qilmang. Mana men kuchimni beraman sizga, xohlasangiz jonimni ham oling. Iltimos, bolamga tegmang... Oʻlib qoladi axir u... Tashlanganimdan hech qancha vaqt oʻtmay Nemesis meni bir qoʻli bilan boʻgʻib olib, ikkinchi qoʻlini bolamga choʻzdi va uning kuchini tortib olishda davom etdi. — Yolvoraman, bolamga tegmang... Oʻtinamaaan, tegmang unga...
Hammasini ko'rsatish...
— Uning aslida kimligini bilasizku, toʻgʻrimi? Qanday qilib qutulish mumkinligini bilmaysizmi siz? — U Nemesis. Shahzoda Mihran bandi qilgan uni bu olamga. Bandi boʻlishidan ilgari olim edi u, vaqt oʻtib aqldan ozgan olim boʻldi. Dunyoni egallashga urundi. Shahzoda Mihran esa uni shu yerga qamab, olamlarni qutqarib qolgan. Men shuni bilaman. Dedi u nomiga jilmayib. — Koshki Shahzoda Mihran uni yoʻq qilish yoʻlini ham yozib ketganida. Ilk uchrashganimizdayoq yuragiga xanjar sanchib oʻtirmay Shahzoda Mihran yozib qoldirgan usul bilan uni oʻldirgan boʻlardim. — Yuragiga xanjar sanchsangiz ham oʻlmadimi? — Oʻlganida shu yerda asir boʻlib oʻtirarmidim? Esi past olim, sehr kuchimni ham tortib olgan. Sehr qilolmay oʻtiribman chorasiz. — Sehr kuchingizni tortib olganmi, yoʻqmi, bilmadim-u... Bu qasrda sehr qilib boʻlmaydi. Oʻzi ham sehr ishlatmaydi. — Himmm... Shunday de... Dilshod qafasning panjaralarini ushlab silkitdi. — Balki bu yerda sehrni kesadigan tosh bordira? — Boʻlishi mumkin. Ingragancha oʻrnimdan turib, xonam tomon odimladim. — Kelib qolmasidan xonamga chiqay. Yoʻqsa ikkimizni ham doʻpposlaydi nega gaplashdinglar deb. — Ehtiyot boʻl. Koʻrishguncha. — Koʻrishguncha. Dilshod bilan xayrlashib xonamga chiqdim. Belim uygʻonganimdan beri sim-sim ogʻrir, baʼzan ogʻriq kuchayib ketardi. Har kuni belim ogʻrib turgani uchun buni odatdagi ogʻriq deb oʻylabman. Aslida esa toʻlgʻoq boshlangan ekan. Oʻsha kuni kechasi meni toʻlgʻoq tutdi. Va ilk farzandimni dunyoga keltirdim.
Hammasini ko'rsatish...
— Ustimdan kulmang... Men ham bu savdoni oʻzim xohlab boshlamadim. Dilshodning ishidan yuzim oʻchoq tagidagi choʻgʻdek qizib ketdi. Uyalganimdan yuzimni berkitgancha qafasdan uzoqlashdim. — Oʻzimga qoʻyib berishsa hech qachon bunaqa taqdirni tanlamasdim. — Bilaman. — Him. — Gaplarim yodingdami? Toshni qidirayapsanmi? — Qidirishga hojat yoʻq. Toshni doim oʻzi bilan olib yuradi. Ketganida ham, yurganida ham, oʻtirganida ham, ovqatlanganida ham oʻzi bilan birga tosh. — Olishning iloji yoʻqmi? — Umuman. U ortiqcha bir qadam tashlasam ham sezib qoladi. — Ramina... U nimani kutayapdi, bilmayman, ammo meni nimanidir koʻzlab asrab turgani aniq. Agar unga kerak boʻlmaganimda kuchimni olgan zahoti oʻldirardi meni. Demoqchimanki ertami, kechmi, oʻlishim aniq. Hech boʻlmasa sen oʻzingni qutqar. Bu zindonda yashama. Dilshodning yuzi gʻamgin tus oldi. — Seni koʻp hoʻrlashi yuzingdan aʼyon. Qachon qarama yuzing qizargan, koʻkargan boʻladi. Qorningda bolasi boʻla turib shuncha qiynasa, boʻlmagan paytda qanday yashaganing... — Taqdir... Taqdirim shu ekan. — Taqdir emas. Nafs bu, nafs. Oʻsha nusxa seni nafsi yoʻlida qurbon qildi. Iflos! Ayol kishini ham shunchalik uradimi a?!
Hammasini ko'rsatish...
Gʻazablanib turgan Nemesis allaqayoqqadir ketib qoldi. U ketgach alamdan, ogʻriqdan, boshimga tushgan hoʻrliklardan toʻlib yigʻladim. Uzoq yigʻladim. Kechki ovqat paytigacha yigʻlagandim shekilli. Aniq eslayman, anovi vahshiy ovqat koʻtarib yonimga kelgandi. Goʻyoki meni kaltaklamagandek suyib-erkalagandi. U uchun haqiqatdan ham qoʻgʻirchoq edim. Xohlasa mehr berardi, xohlasa tahqirlardi, xohlasa zoʻrlardi. Xohlasa bir chetga uloqtirib yuborardi. U bilan doimo tahlika ichida yashardim. Oʻsha paytdagi zulmat hayotimda Dilshod bir nur kabi edi. Uning hazillari, qochish rejalarini tuzishi, rosa kaltak yeb ham kulib turishi kayfiyatimni koʻtarardi... Dilshod haligi Oliy Krian yigit edi. U bilan doʻst boʻlgandim men. Nemesis qasrda yoʻq payti uning qafasi yoniga kelardim, ikkimiz miriqib suhbatlashardik. Har kuni xonamdan pastga, qafas qoʻyilgan zalga tushayotganimda "Ishqilib Dilshodni oʻldirib qoʻymagan boʻlsin" degan ichimda hadik boʻlardi. Hayriyatki, Nemesis uni oʻldirishga shoshilmayotgandi. Nimaga shu paytgacha ozod boʻlmadi, nimani kutayapdi, sira tushunmasdim. Lekin Dilshodning tirikligidan juda xursand edim. — Bilasanmi nega hozir bu yerdasan? Bir kuni suhbatlashib oʻtirganimizda Dilshod mendan soʻrab qoldi. — Hech oʻylab koʻrganmisan negaligi haqida? — Yoʻq... Nega ekan? — Yaqinroq kelsang aytaman. Kel, kel. Dilshod qafas yoniga yaqinroq tortib, qulogʻimga shivirladi. — Husning boshingga balo boʻlgan seni. Chiroyli boʻlganing uchun seni oʻgʻirlab kelgan bu koʻppak. — Nimaga ekan debman-ey! Vahimangiz ham qursin. Qanaqadir muhim sababi... Gapim Dilshod mendan boʻsa olgani uchun boʻlinib qoldi. U shunchaki boʻsa olgandi, ammo mening qalbimda gullar ochilgandi goʻyo. Oʻzimni takror Farinlar saroyidagi malikadek his qilgandim. Garchi allaqachon Nemesis tomonidan toptalgan boʻlsam ham, Dilshod meni malikalardek koʻrardi chunki. Gʻalati, uning hazillari, qiliqlari, qaysarliklari menga yoqardi. Ehtimolki uni sevib qolgandim. — Bu nima qilganingiz? — Nima? Oʻlib ketsam hech boʻlmasa bitta chiroyli malika bilan oʻpishganman, armonim yoʻq endi deb yuraman. Dilshod yuzimdan chimdib qoʻydi. — Sen aslida haliyam yosh bolasan. Hali bolangni qanday katta qilasan, tasavvur qilishga ham qoʻrqaman.
Hammasini ko'rsatish...
— Men... oʻlsam... ham... boshqalar... seni... oʻldiradi. Bilib ... qoʻy. Yigit Nemesis qafasni yopayotganida qiynalib gap boshladi. — Peshonangda... boʻlmasa ham... boʻyningda... barchamizga... dushmanliging... bitilgan... koʻppak! Nemesis uni yana doʻpposladi. Bu safar yigit gapirolmaydigan darajada kaltaklandi chogʻi, qimir etmay qoldi. Shuncha yovuzlikni qilgan Nemesis esa hech narsa koʻrmagandek meni xonaga sudrab bordi. Kaltaklanish navbati menga keldi. U qafasdagi yigit bilan nimani gaplashganimni, nega gaplashganimni soʻrab meni ura boshladi. Men undan toʻxtashini, bolam oʻlib qolishi mumkinligini soʻrab yolvorardim. U sira toʻxtay demasdi. Yuzimgami, qoʻlimgami, oyogʻimgami, qornimgami, umuman duch kelgan joyimga uraverardi. Majbur boʻldim. Yigit nima deganini chala-chulpa aytib berdim. Nemesis aytib bergan zahotim kaltaklashdan toʻxtadi. Men yengil nafas oldim. — Qochib ketishni xayolingga ham keltirma Ramina. Seni yerni tagidan boʻlsa ham topaman. Sen mening qoʻgʻirchogʻimsan, oʻzim tashlab yuborishni xohlamagunimgacha oʻynayman seni. Eskirganingdan keyin oʻzim seni axlatga tashlab yuboraman. Ungacha mening koʻnglimni ovlab yashashga majbursan. Tushundingmi meni? Tushundingmi? U sochimdan changallab yuzimga qulochlatib tarsaki tushirdi. — TUSHUNDINGMI DEDIM MEN SEN FOHISHAGA?! — Tushundim... Iltimos... Bolam oʻlib qoladi... Qornimni ushlab olgancha dodlab yigʻlab yubordim. — Iltimos, bolamga rahmingiz kelsin...
Hammasini ko'rsatish...
— Senga yegan kaltaklaring kamlik qilibdi chogʻi a? Nemesis meni bir buyumdek otib yubordi va yigit tomonga gʻazab bilan yurib bordi. — Oʻldirolmaydi deb oʻylasang yanglishasan. Oliy Krianlardan ozi bor ekanmi Polemosda? Sen boʻlmasang ukang, ukang boʻlmasa amakivachchalaringdan foydalanaman. — Toʻgʻri, Oliy Krianlar koʻp. Mendaqasini topolmaysan ammo... Nemesiiis. Yigit uni kalaka qilish uchun atayin ovozini ingichkalatib gapirdi. — Senga eng kuchlisi kerakku, toʻgʻrimi? Shuning uchun valiahd shahzodani tanladingku axir, topdimmi? — Tiling biram uzun, biram uzun. Uzib olsammikin-a shu tilingni? Tilsiz ham sehr qila olasanku, toʻgʻrimi? Nemesis hazillashayapdi deb oʻylagan edim, yoʻq, adashibman. U rostan ham qafasni ochib, yigitning tepasiga bordi va uning tilini sugʻurib olishga harakat qildi. Yigitda shuncha kaltak yegan boʻlsayam ancha kuch bor ekan. Nemesis bilan mardlarcha jang qildi, unga ham jarohat yetkazdi. Afsuski yakunda soppa-sogʻlom Nemesis gʻalaba qozondi. Jarohatlari sal avvalgidan ham koʻpaygan shahzoda esa polda oʻlikdek choʻzilib yotib qoldi. — Kelasi safar asabimga tegsang, rostan ham tilingni sugʻurib olib, xomligicha oʻzingga yediraman. Koʻramiz keyin qanday sayrar ekansan? Nemesis yigitning qorniga qattiq tepdi. Tepki yeb olgan yigit ancha payt qon tufladi. — Oʻzi chalajon shahzoda boʻlsang, nima qilasan men bilan oʻynashib? Tinchgina ajalingni kutib yot, tamom.
Hammasini ko'rsatish...
— Oliy Krianmisiz? — Ha. Oʻzing kimsan? — Farinlarning malikasi. Yigit menga tentakka qaragandek qaraganini koʻrib uyalib ketdim. — U meni oʻgʻirlab keldi. Mana, ahvolimni koʻrib turibsiz. Qasr asirasi va uning ovunchogʻiga aylandim. — Demak malikasan? Yigit qiynalib oʻrnidan turib, meni yoniga imlab chaqirdi. — U bilan birga yashayapsan shundaymi? — Baxtga qarshi... — Senda imkon bor. Undan toshni oʻgʻirla va qochib ket. Qolganlarni ogohlantir. Nemesis uygʻonganini ayt. Yigit koʻksini changallab qoldi. — Ehtiyot boʻl malika. Qoʻlga tushmaslikka harakat qil. Undan uzoqlarga qoch. Menku oʻlib ketishim aniq. Hech boʻlmasa sen oʻzingni qutqar. — Nega bunday deyapsiz? — Ket. U kelib qolmasidan qoch. — Bu yerda nima boʻlayapdiii? Yigit qochishim haqida gapirayotganida Nemesis sochimdan changallab qafasdan nariroqqa sudrab ketdi. — Senga u bilan gaplashishga kim huquq berdi? — Kuching endi qiz bolaga yetdimi? Haligi yigit kulgancha joyiga qaytib yotdi. — Zaif erkaklar alamini ayol kishidan oladi. Aqlan zaifligingga chidolmaganing uchun shu qizni urayapsanmi a Nemesis?
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.