cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qilingÂť, bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

👉XAYOTIY VA XAYOLIY XIKOYALAR✍🤚

💫 XAR KIMNI XAYOTIDA XAYOLIDA O'Z XIKOYASI BOR💞

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
227
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

* * * Eshik taqillanganda Nizom kirishga ruhsat berganida ichkariga Sodiq kirib keldi. —Nima gap Sodiq? —Bugungi rasmlar—dedi Sodiq va Shahloni qayerga borganligini rasmlarini Nizomga taqdim qildi. Sodiq tòrt yildan beri Nizomni oldida ishlardi, Nizomni òng qòli desayam bòladi. Bunday mas"uliyatli ishni Nizom undan boshqasiga topshirolmasdi. Yana bir tarafi Sodiq hech nimani sòrab òtirmay qiladi, vaziyat haqida òz fikrini ham aytmaydi, faqat Nizomni aytganini qiladi-bòldi. Vaqtida Sodiq Dunyoni ham shunday kuzatgan edi, endi esa Shahloni. —Chiqishing mumkun—dedi Nizom stol ustidagi rasmlarni qòliga olib. Sodiq chiqib ketgandan sòng rasmlarni sinchkovlik bilan tomosha qila boshladi. Ertalab òqishga ketyabman deb uydan chiqqan qiz, aslida, birovni uyiga kulgancha kirib ketardi. Ajabo, Shahlo shunchalikka bordimi? Nahotki, qilmishlari haqida òylamasa?! Tarbiyasizligi akalarini, dadasini yuzini yerga qaratishini òylamasa?! Hozir tushunib yetdiki, òsha Farruxda emas ayb. Òz qondoshi, singlisida ayb. Qanchalik oģir bòlmasin, haqiqiy "buzuq" aslida singlisi. Nizom shularni òylarkan, beixtiyor kòzidan yosh chiqib ketdi. Nomus, ģurur, orni deb... Yiģlamasin, erkak singillari va opalarini qilmishlarini deb yiģlamasin ekan...
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
* * * Shukrona pastga nonushtaga tushib, endi joyiga òtirgan ham ediki, shu payt xizmatchi Sadoqat xola kelib: —Shukrona qizim, senga kimdandir gullar kelibdi! Shukrona ichayotgan joyida tiqilib qoldi. Yuragi òynoqlab, dadasi bilan onasiga qaradi. —Kimdan ekan?—dedi dadasi qiziqsinib. —Kimdirdandir-da, dadasi siz qiziqmang—Shukronani oyisi Mehribon opa vaziyatni òz qòliga oldi va qiziga "men bilan yur" deb kòzi bilan imladi. Shukronani xonasiga kirishganidan sòng oyisi eshikni qulflab, qiziga imoli qaradi. —Kim bu yigit? —Oyiii, men qayerdan bilay?—dedi Shukrona oyisini qòlidagi gulni olib, gulga qistirilgan xatni ochdi. Xoliddan ekanligini bildi-yu, endi kulmoqchi edi oyisi yonidaligini sezib, òzini zòrģa tutdi. —Demak, taniysan! Kim u bola? —oyi, hech kim. —Shukrona qizim jaxlim chiqqani yòq. Kimnidir yaxshi kòrish gunoh emas, lekin amin bòl òsha yigit sevgingga arzishiga, hopmi? Keyin men seni dòstingman, yomonlik tilmayman, bilasan-a? Agar òsha bola seni chindan yoqtirsa, sovchisini jònatsin! Oyisi xonasidan chiqib ketgandan keyin, Shukrona darrov Xolidga telefon qildi. —Ertalabdan telefon qilyabsan, demak gullarni olibsan! —Bu nima qilganingiz? —Nima qilibman? —Oyim nima deganini bilasizmi? Chindan yoqtirsa, sovchisini jònatsin dedi! —Ohho, zòr-ku. Qaynonam bunchalar tez deb òylamagandim, akam yaqinda uylanadi, balkim, qòshaloq tòy qilarmiz! —u sizni qaynonangiz emas! —Sen xotinim bòlasan, demak ular ham tabiiy ravishda qaynonam bòlmaydimi, Shukrona? —bor yòqoling! Shukrona uyalganidan gòshakni qòyib qòydi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Dilshoda kelgach, Farrux Dilshoda bilan hech nima bòlmagandek kòrishdi. Ikkisi birga ovqatlanishdi, sòng ovqatlanishdan chiqib, ikkisi shunchaki kòchalarni aylanib yurarkan Farrux tòxtadi: —Nimadir bòldimi? —Hech nima bòlmadi. Shunchaki, sen bilan ayrilmoqchiman!—Farruxni òzi ham bunday tarzda aytaman deb òylamagan edi. Dilshoda 5 soniya Farruxga qarab turdi va shaqirlab kulib yubordi. —Shunaqayam hazillashasizmi? Tavba qildim. Jiddiy turvolganingizga òlaman—dedi Dilshoda kula-kula, kulgu sababli kòzlaridan chiqqan yoshlarni artib. —Hazillashmayabman, Dilshoda! —Ok, men unda jiddiy qabul qilmayman—dedi Dilshoda hech nima bòlmagandek. —Men jiddiy gapiryabman! —Men jiddiy qabul qilmayman dedim—Dilshoda kòchani òrtasida baqirdi, odamlar borligiga ham e"tibor bermadi. —Odamlar bizga qarayabdi, Dilshoda sekinroq! —Qarayverishsin, qiziqmas odamlar. Menga hozir siz qiziqsiz, shuni tushunmayabsizmi? Qancha harakat qilganimni kòrmayabsizmi? Sizni yaxshi kòrganimdan òzimni ģurursiz qiz qilib qòyganimni kòrmaslik uchun nima bòlishi kerak? Kòr bòlishi kerakmi odam? Qancha kutdim? Birgina sizni kòrish uchun òsha kafega har kun borishimni hamma bildi, ammo, lekin siz his qilmadingiz! Kechagina soģinaman deyayotgan odam, bir kunda nima òzgardi? Hop, nimadir òzgargandir, meni aybim nima? —Dilshoda men bilan baxtsiz bòlasan—dedi Farrux chuqur nafas olib. Ich-ichidan hozir Dilshodani baģriga bosishni istardi, ammo, qilolmasdi. Chunki, otasini gaplari hali ham yodida. "Dadang qilmagan yaxshilikni qilyabman, axir". —Jin ursin, òsha baxtga ham. Roziman, baxtsiz bòlay, roziman. Siz bilan baxtsiz bòlsam roziman. Ajabo, men ketsam Dilshoda baxtli bòladi deb òylayabsizmi? Kòzlarimga qarang, kimni kòryabsiz? Kòzlarimda faqat siz. Sizni kòzlaringizda ham mendan boshqa insonni kòrmayabman. Zotan, tuyģularingizni his qilmasam sizga bunchalar yalinmasdim, òzimni bunchalar oyoq ostida ezdirmasdim. Farrux bizga bunday yomonlikni ravo kòrmang. Ketsangiz, ishontirib aytaman na siz, na men baxtli bòlamiz. Yashashim uchun suv bòlib, keyin sahrosizlikda qoldirmang! —Kechir! —Aslo kechirmayman!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
* * * Farrux restorandan chiqib, ijaraga uy qidirmoqchi edi, afsuski, yoniga kelgan insonni deb rejalari butunlayga chippakka chiqdi. Òzini Dilshodani dadasiman deb tanishtirgan odam ochiqdan-ochiq Dilshodani tinch qòyishini sòradi. Farrux Dilshoda yomon kòrinmasin deb u bilan oramizda hech nima yòq degan edi, dadasi bir dunyo rasmlarni kòrsatdi. Farrux Ikkisini rasmlariga anqayib turarkan, qòliga bir dasta dollarni tutqazishdi.  —Tinch qòyishing uchun, kam bòlsa aytishing mumkun—dedi Sodiq amaki qat"iylik va nafrat aralashgan ohangda. —Pulingiz kerak emas! —Kammi? Tòģri, katta pul istashing aslida tabiiy hol. Umringda buncha pul kòrmagansan ham, dadang ham senga qilmagan yaxshilikni qilyabman, axir Farrux dadasini gapirgani uchun ģazabi qòzidi. Qanchalik, ģazablanmasin qarshisida sevgan odamini dadasi turgani uchun òzini bosdi. —Shu paytgacha yigitlik ģururimni ezdirmadim, ezdirmayman ham. Pullaringiz òzingizga siylov, qizingizni ham tinch qòyaman. Xavotir olmang va soģ bòling! Tush payti Dilshoda bilan kòrishishga kelishgan edi. Ikkalasi "KFC" da ovqatlanishmoqchi edi, bu ham Dilshodadan chiqqan fikr edi. Farrux aytilgan paytda yetib keldi va ruhan ayriliqqa tayyorlana boshladi. Ajabo, ògay taqdir yana ògayligini qildi. Ota-ona mehriga, singlisini diydoriga tòyolmaganidek, sevgilisini vasliga yetish ham armon ekan...
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
* * * Dunyo ovqatni suzib, endi dasturxonga tortgan ham ediki, eshik jiringladi. Samira qizi yugurib borib, eshikni ochishga bordi xuddi eshikni ocholadigandek eshik yoniga borvoldi, Samirni esa dardi hozir qornini tòydirish edi. Dunyo Samirani qiliģiga kulib, birinchi bòlib, kelgan odamni kimligini kòrdi, sòng qiziga qarab: —Kim kelibdi? Topchi? —Dada—dedi qizi shiringina jilmayib. —Dada degan tillaringni òpay òzim—Dunyo Samirani peshonasidan òparkan, bir qòli bilan eshikni ochdi. Samira Nizomni kòrishi bilan òzini Nizomni baģriga otdi, jajji qòllari bilan Nizomni quchoqlashga harakat qilardi. —Qizim, òzimni qizim, dunyolar gòzalim—Nizom Samirani erkalarkan, dast kòtarib olib, oshxonaga kirdi. Oshxonaga kirishi bilan Samir ham Nizomni baģriga otildi. Ikkalasini ikki tizzasida òtirģizib, Nizom ham òynatdi, ham ularga ovqatini yedirdi. Bir soatlardan sòng esa bolalarni òzlari charchab, uxlab qolishdi. Nizom Samirni kòtarib joyiga yotqizarkan, Dunyo Samirani olib kelib, yotqizdi. Ikkisi dam bolalarga, dam bir-biriga tikilib turishdi. Sòng ikkisi ham yotoqxonadan chiqib, mehmonxonaga òtishdi va divanga joylashishdi. —Menga gapiradigan gapingiz bormi? —haq ekansan! —qaysi mavzuda? —Shahlo mavzusida, uni orqasidan kuzatish uchun odam yolladim! Dunyo endi gapirmoqchi edi, telefoni jiringlab qoldi. —Shu paytda senga kim qònģiroq qilyabdi?—dedi Nizom biroz jahl bilan. —Men qayerdan bilay? Notanish raqam! —Ber, men òzim gaplashaman! —Tentakmisiz? Men 18 yoshli qizchamanmi? Tavba-tavba yosh bolaga òxshab rashk qilishini?! Yaqinda 30 ga kiradi!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
—Kerak bòlsa yuz yoshimdayam rashk qilaman—dedi Nizom Dunyoga yaqinlashib va bir santimetr qolganda tòxtadi. —Telefonga javob berishim kerak—dedi Dunyo nafasi ichiga yutib va zòrģa asabiy jiringlayotgan telefonini tindirish uchun gòshakni kòtargan edi, shu ondayoq Nizom atayin qilgandek Dunyoni labiga labini bosdi. Dunyo hayajonlanganidan qòlidagi telefonni tushirib yubordi va Nizomni òzidan itarishga qancha harakat qilmasin uddalay olmasdi. Hozir gapirishni ham eplay olmasdi, chunki, Nizomni lablari halaqit berardi. Oxiri Dunyoni òzi ham qarshilik qilishdan tòxtab, bòsalarga javob bera boshladi. Buyoģi tezlashib ketdi. Nizom endi Dunyoni kòylagini zamogiga qòl yugurtirgandi, shu payt mehmonxona eshigi ochilib, xonaga Samira kirib keldi. —Oyi, oyi—deb yiģlay boshladi. —Nima bòldi?—dedi Dunyo jon holatda Nizomni baģridan chiqib, sòchlarini tòģirlagan bòlib, qizini yoniga yugurdi. —Qòrqinchli tush kòrganmikin?—dedi Nizom ham xavotir olib. —Bilmasam, qizaloģim suv ichasanmi? Samira onasini baģrida ancha tinchlanib, savoliga ha deb javob berdi. Dunyo yugurib oshxonadan suv olib keldi. Sòng Samiraga suv ichirib, qayta joyiga yotqizarkan bolalarni bir tarafiga Dunyo, bir tarafiga esa Nizom joylashdi. —Xayrli tun—dedi Dunyo kulib. —Xayrli tun—dedi Nizom va biroz turib, Dunyoni peshonasidan òpib qòyishni ham unutmadi. Nizom ayni paytda Shahlo haqida aytishni istamadi, kayfiyatini buzgisi kelmadi. Aynan hozir, oilasi bilan baxtli hayot kechirishni tanlagandi va bu kechagina hech nimani òylamasdan uyquga ketdi!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Dunyo ertalab turganida Nizom joyida emas edi. Hayron bòlib, òrnidan turib, birinchi hammomga qaradi. Hammomda yòq, eshik oldida oyoq kiyimi ham yòq. Tovba, ketib qolibdimi? Soat òzi necha bòldi? Dunyo kecha mehmonxonada tushib qolgan telefonini olib, soatga qaradi. Soat tòqqizni kòrsatardi. Shuncha uxlaganiga hozir òzi ham hayron qolayotgan edi. Nizomga telefon qilmoqchi edi, fikridan qaytdi. Ishda bòlsa kerak. Dunyo shu xayolda oshxonaga kirdi. Oshxonada esa tayyor nonushta turardi. Qovurilgan sosiskalar, qaynatilgan tuxum, bodringlar ham kesilib qòyib, did bilan joylashtirilgan. Choy ham issiqqina, endi damlangan. Stol chetida kichkina qoģozcha turgan ekan, Dunyo kòrishi bilanoq qòliga oldi. "Shunchalik shirin uxlayotgan edingizki, uyģotishga kòzim qiymadi. Yoqimli nonushta. Samir va Samirani meni nomimdan òpib qòy, seni esa òzim òpib qolaman". Dunyo Nizomni xatini òqishi bilan yuziga tabassum yugurdi, yuragi sekin-sekin me"yordan chiqib urishni boshladi. Yana òsha his! Yana òsha hayajon! Yana osmonlarda uchyabdi! Shularni òylarkan, baxtiga kòz tegmasligini, bunday kunlari hech tugamasligini Allohdan yolvorib sòrardi. Shuncha azob bersa ham, Nizom hayotida paydo bòlganidan Dunyo mamnun edi. "Azoblaring bilan kel, Yetarki, men bilan bòl. Seni azoblaring bilan qabul qilib olay!"
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
—Kòrib turibman, Nizom sizlarga meni uncha yaxshi tanishtirmabdi. Unda yana bir shok yangilikni aytay, men Nizomni 3 yil oldin uylangan va atigi 1 oy yashagan soxta xotiniman!—Dunyo akasini qismatini davomini aytmadi, Shahloni yolģonini ham sòzlagisi bor edi, lekin gapirmaslikka qaror qildi. Chunki, hozir ular Dunyoga emas, Shahloga ishonishi aniq edi. Nizom ham Dunyoni qanchalik sevmasin, Shahloni yonini olishi aniq. Tòģri, Nizom Dunyo va bolalarini qòyib yubormaydi. Ammo, bu vaziyatda bu gaplarni aytish ikkisini orasiga sovuqchilik tushirishi aniq. Bòlajak qaynona va qaynotasiga ham yomon kòrinish niyati yòq. Shahlo qanday bòlmasin, u shu oilaning a"zosi. Shahlo ularning dilbandi. Qachonki, dalil topsa ochiqlashni diliga tugib qòydi. Ungacham bir oģiz bu mavzu haqida gapirmaydi. Hozircha, dardini ichiga yutishga majbur. Nizom bu voqeaga ortiq dosh berolmadi va Dunyoni qòlidan tutib, "biz ketdik" deb restorandan olib ketdi. Shahlo ularni orqasidan qararkan, ichida xursand edi. Onasi aniq u qizni akasiga olib bermaydi. Yuz foiz ishonchi komil. Husniddin aka shok holatidan chiqqan bòlsa ham, Sadoqat xolani ahvoli unchalik ham yaxshi emas edi. Shuncha òzi xohlagan qizlarni rad etgan òģliga shu paytgacham tazyiq òtkazmagandi. Soxta diydiyolar qilib turardi, ammo òģli "yoqmadi" deyishi bilan Nizomni unchalik ham majburlamasdi. Chunki, òģli uylansa ham yoqtirib, sevib uylanishi tarafdori edi. Sevib-sevilib yashasa òģlini hayoti baxtli kechishiga ishonardi. Hozir esa hech nimani tushunmayabdi. Akasi qamalgan, yetim bir qizni sevib qolgan, undan ham hayratlanarlisi tushunishi bòyicha òģli uni aldagan. Hech kimi yòq qizga adolatsizlik qilinishi hayotning adolatimi? Nahotki, òģli shunday odam bòlib, yetishgan bòlsa? Òģliga shunday tarbiya berganmide? Ba"zida farzandlarni doim ham kòngliga qarayverish xatomikin?
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Xolid bir nafas nima deyishini bilmay qoldi, kechagina rad etgan insoni bugun sevgi izhor qilib òtirishi uni hozir gangitib qòygan edi. Shukrona esa bu jasoratni kichik bòlsa ham shu avtohalokat sababli topgan edi. Negadir, bugun izhorini qilmasa, ertaga kech bòladigandek tuyildi. Rostan ham, Xolidga nimadir bòlganidachi? Shukronada, balki bunday imkon umuman bòlmasdi. Shu sababli ham sevgisi armon bòlib qolmasligi uchun bugun sevishini aytishga jur"at qildi. —Hech narsa demaysizmi?—dedi Xolidni sukunatidan Shukronani ģashi kelib. —Menimcha, aytishdan kòra boshqa narsa qilgan yaxshiroq—Xolid shunday deb ukol yòq qòli bilan Shukronani òziga yaqinlashtirdi va bir lahzada labiga labini bosdi. Dilshoda Shukronani chiqmayotganidan, unga òzi ketmoqchiligini aytmoqchi edi, xonaga kirdi-yu, qotib qoldi. Xolid Dilshodaga qarab, kòzini qisdi. Xuddiki, uyalmaysanmi degandek. Dilshoda òzi bu ishni qilmagan bòlsa ham, xonadan qizarib-bòzarib chiqdi. Keyin qizargan yuzini ushlarkan, òziga-òzi gapirdi: "Nega men uyalyabman òzi? Men bu ishni qilmagan bòlmasam. Uyalishi kerak bòlgan odam ular, tavba, yaxshisi keta qolaman. Shukrona hozir yettinchi osmonlarda, men esiga ham kelmayman".
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
—Nima bòldi?—Dilshoda xavotirlanib Shukronadan sòradi. —Hech nima bòlmadi—dedi Shukrona boshida hech narsani aytib bergisi kelmay. —Peshonamga "lox" deb yozib qòyilganmi? Yuzing osiq, kòzing shishgan, qovoģingdan 3 metrlik qor yoģyabdi, xòsh, nima bòldi? —Aslida, hech nima bòlmadi—dedi Shukrona ònģaysizlanib. —Aslida, hamma narsa bòlgan va undanam qiziģi bu hammasi anavi bola bilan boģliq bòlsa kerak! —Qaysi bola bilan—dedi Shukrona bu safar ovozini balandlatib, xuddiki, hozir siri ochilib qoladigandek. —Institut eshigi oldida seni quchoģiga olgan odam bilan. Kòrmadi deb òylama, kòrdim. Sezmaslikni iloji ham yòq edi—dedi Dilshoda kulib. —Magistraturada òqiydi shu institutda! —Nimaaaa? Xòsh, ismi nima? Qanday tanishib qolding? Va eng oxirgi muhim savol: U seni xafa qildimi? Shukrona Xolid bilan xojatxonada kòrishgan kunidan boshlab, toki bugungi kunigacham aytib berdi. —Nega yòq deding? Tayyor, sevaman degan ekan! —Sinagandim, aslida. Yòq drganimdan darrov alvido dedi-yu, ketdi. Sevgisi shumi, ajabo? Kurashmaydimi? Yòq, sen bilan oxirigacha boraman deb qat"iy gapirmaydimi? Sevgisi bitta yòq degunimcha davom etdi va tugadi. Menga unday bittada tashlab ketadiganlar emas, yòq desam ham mendan umuman vos kechmaydigan inson kerak. Aslida, tòģri aytishgan. Sen sevgan odamga emas, seni sevgan insonga turmushga chiq, shunda baxtli bòlasan deb. Hozir bu jarayonda sevgan taraf faqat men bòldim deb òylayman. Agar rostan sevganida hech qachon vos kechmasdi!!!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1