cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Nofalsafiy fikrlar (20+)

Faqat fikrlashamiz! Reklama masalasida: @rekanomika Qoʻllab quvvatlash: https://www.tirikchilik.uz/nofalsafiy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 625
Obunachilar
-724 soatlar
-57 kunlar
-3030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from UZ24 uz
Photo unavailableShow in Telegram
Kutib oling, ulg‘ayishni xohlamaydigan avlod kelyapti Bugun Z-avlodning beshdan bir qismi o‘zlarini NEET deb atamoqda. Xo‘sh, NEET o‘zi nima va uning ertakdagi Piter Penga qanday aloqasi bor? Batafsil: https://uz24.uz/uz/articles/gen-z-6-22 Telegram | Facebook | X | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 12🔥 5
Tinchlikparvar! ​​Adabiyotda buyuklar koʻp, oʻz nomini turli shedevr asarlar bilan qoldirib ketgan adiblar anchagina. Ammo bu adib oʻzgacha, ehtimol uning asarlari eng zoʻrlar qatorida boʻlmas, ehtimol faqat urush mavzusidagi asarlarda ham undanda zoʻrlari bordir. Ammo haqiqiy kitobxon undan zoʻrini topganda ham bundayini topa olmaydi, bunday hayotiy asarlar, rangsiz dunyoning bunday tasvirini boshqa hech qayerda uchrata olmaysiz. Bugun Erix Mariya Remark 125 yoshga toʻldi! Uning asarlari urush haqida, urushdan keyingi insonlar hayoti haqida. Urushning qanchalik yomon ekanligi haqida, urushning faqatgina kulfat olib kelishi haqida, insoniyatni qirib yuboruvchi lanati urushlar haq! "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq" asarini oʻqigan zahotiyoq Remark bilan bogʻlanib qolgandim, undanda yaxshiroq yozuvchini uchratmasligimni bilgandim. Bu asar urush haqida, oʻzi qatnashgan urush haqida. Hamma joyda yomon obrazda boʻladigan nemis askarlarining aslida oddiy odam ekanligi, ular ham aynan boshqalar kabi idealogiya bilan urushga borganligi, yosh bolalarning urushda "katta odamga" aylangani haqida. Siz bu asarda urushning haqiqiy tasvirini koʻrasiz, siz oddiy hech qanday hissiyotlarsiz, bemalol gapira oladigan urush soʻzini aytganda endi etingiz jimirlaydigan ahvolga kelasiz. Urushning foydalari haqida gapiradigan ayrim "aqlli" insonlar albatta bu asarni oʻqishi kerak, zora minglab odamlar azoblanadigan, undan tashqari yana millionlab odamlarning hayotini buzib yuboradigan bu daxshatlar haqida boshqacha fikr yuritishsa! Siz uchun eng yaxshi sevgi qissasi "Martin Iden" boʻlsa, men uchun "Uch ogʻayni". Bu muhabbat haqida, ammo sof muhabbat haqida chunki haqiqiy muhabbat qissalari doimo qaygʻuli boʻladi. Bu asar urushdan keyingi yillar haqida, urushning odamlar dunyoqarashiga yetkazgan ulkan azoblari haqida. Bu asar doʻstlik haqida, har qanday holatda ham oʻz doʻstiga sodiq boʻlish, u uchun hamma narsaga tayyor boʻlish haqida. Bu asar hayot haqida, orzulardagi emas, hamma xohlaydigan emas, aksincha hamma yashaydigan hayot haqida, bu yerda baxt yoʻq, agarda uni oʻzing yaratmasang! Bundan tashqari yana koʻplab shedevrlar yozgan, "Qora haykal", "Jannatdan soyalar", "Lissabondagi tun", "Ortga yoʻl", "Qarzga olingan umr" kabi asarlari eng mashhurlaridir. Hali ularni oʻqiganim yoʻq ammo albatta oʻqiyman. Remark buyuk yozuvchi - uning kitoblari insonlarni yashashga oʻrgatadi, sevishga oʻrgatadi, insoniylikka boshlaydi, urushni qoralab,har doim tinchlik boʻlishi uchun kurashadi! Yuragi bor har bir odam uchun Remark albatta alohida oʻrin tutadi! Undan koʻplab asarlar qolmagan, ammo qolgan asalari mingtasini oʻrnini bosadi. Buyuk inson, buyuk yozuvchi, buyuk "oʻqituvchi"! 125 yoshing muborak boʻlsin. @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...

👍 12❤‍🔥 5🔥 2🍾 2 1
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Лолани кийими, Шерали Жўраев болалари, Iwash темаси, соч-соқол, ҳижоб муаммосидан чарчаган, онгсиз жамиятдан узоқда, оқимга қарши сузадиган тоза фикрлайдиган одамлар учун махсус канал👇 https://t.me/+qHNVwiz7V0AxNmQ6
Hammasini ko'rsatish...
4.31 MB
👍 16🔥 5😁 5👏 4🗿 2
Photo unavailableShow in Telegram
Xoʻsh, fikrlar? @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...
💯 75👍 15🗿 6😐 5 2🔥 2😁 2
​​Lucid dreams! Insoniyatni minglab yillar davomida turli savollar qiynab kelgan, shulardan eng qadimiylaridan biri - bu tushlardir. Biz har doim tush qanday paydo boʻlishi, uning inson hayotiga taʼsiri haqida oʻylaganmiz. Men tushlar haqida avvalroq yozgandim, hozir esa lucid dreaming - tushlarni boshqarish haqida mulohaza qilamiz. Nodir akaning soʻzlari bilan aytganda, yostiqlaringizni tayyorlang, biz tushlarni boshqarishga harakat qilamiz. Biz tush koʻrayotganimizda, aksariyat holatda bu tush ekanligini anglamaymiz. Lekin statistikaga koʻra 55 foiz odam umrida bir marta boʻlsa ham oʻzini tushda ekanligini tushunadi ekan. Bunday jarayonda siz tushdagi har bir ishni ongli holatda qilasiz, xuddi Inceptiondagi kabi. Olimlar tushlarning bu tipi haqida aniq faktlarni ayta olmaydi, ammo turli nazariyalar mavjud. Tekshiruvlarga koʻra aniq tushlarni koʻradigan odamlarda miya hajmi kattaroq boʻlar ekan, bu esa ulardagi fikrlashga ham taʼsir qiladi. Germaniyada oʻtqazilgan yana bir holatga koʻra, agarda siz tushlarni aniq koʻra olayotganda toʻliq uxlamagan boʻlasiz, ammo bu uygʻoq ham emas, bu "oraliq" holat. Olimlar tushlarni boshqarish uchun bir necha tavsiya va oʻrganishlar olib borishgan. Tadqiqotlarga koʻra muntazam kundalik yuritish bu uchun eng katta yordam boʻlishi mumkin, chunki inson bunda oʻzi haqida toʻliq bilib oladi, oʻzini toʻliq anglagan odam uchun tushlarni boshqarish ham ancha oson. Yana bir ajoyib usul bor, bundan siz uzoq uyqudan uygʻonasiz va tushingizni maksimal eslab, uni oʻzingizga bir necha marotaba aytasiz va qayta uyquga ketasiz natijada esa siz boʻladigan tushni oʻz izmingizga solishingiz mumkin, aynan ushbu tadqiqot sinov qilingan odamlarning anchasida ishlagan. Shuningdek buni tush ichida ham aniqlash yoʻli bor, bu haqiqatni tekshirishdir. Aksar hollarda siz tush ichida ekanligizni bilmaysiz va real jarayon kabi qaraysiz("Tushdagi voqealar bizga roʻyo boʻlib koʻrinadi" - Inception ). Shuning uchun birinchi navbatda bunday emasligini aniqlash kerak. Tush bu real hayotning paralleli kabi, shuning uchun barchasi oʻxshash, olimlar shuning uchun odam oʻzini uygʻoq paytida tayyorlashi kerak deb aytishadi. Kuniga bir necha marta koʻzguga qarash, bir necha marta "Men real hayotdamanmi" deb savol berish, baʼzan oʻzini urib(chimchalash, eng ommabop usul), shuningdek vaqtga qarash ham aytiladi, chunki tadqiqotlarga koʻra vaqt tushda oʻngdagidan koʻra oʻzgacha va juda tez oʻtadi, bu orqali tushni aniqlash mumkin. Darvoqe, siz tushda ekanligingizni bilganinizda shu zahotiyoq uygʻona olmaysiz. Bu uchun ham oʻziga xos yoʻllar bor. Agarda tushda baqirsangiz, bu sizga eshitiladi va uygʻonish mumkin, yoki koʻzlarni tez yumib ochish (miltillash), bu orqali siz miyaga turish vaqti kelganini signal berasiz (Inceptiondagi musiqa kabi). Yoki kitob oʻqish ham mumkin, chunki agarda siz kitob oʻqisangiz miyaning faol qismi uygʻonib ketib, boshqa qismlariga ham avtomatik xabar yuboradi, natijada uygʻonib ketasiz. Bundan tashqari tushda uxlash roʻyoda uygʻonishga yordam berishini aytishadi. Bu juda keng va oʻrganilishi hali ancha davom etadigan mavzu, tepadagilarning barchasi faqat nazariya, aniq faktlar yoʻq. Bunday tushlarning koʻpi ham aslida zararli, chunki miya oʻzi tayyor boʻlmagan "sarguzashtlarga" duchor boʻlavergach, uyqu falaji kelib chiqishi mumkin, shuning uchun buni oʻz ixtiyoriga qoʻyib berish lozim. Tushlar - juda qiziqarli va abstract mavzu, bu boʻyicha qiziqishlarning chegarasi yoʻq. Hozircha shularni maksimal kichraytirib yozdim. Keyinroq yana qaytamiz (ehtimol tushdagi hayot haqida). Hozircha Inceptionni koʻrib turinglar. Siz tushda ekanligingizni eslay olasizmi? Oʻz tushlaringiz ustidan hukmronlik qilganmisiz? @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...

👍 12 1🔥 1
00:22
Video unavailableShow in Telegram
Nimaga bu kanalga deyarli hech narsa tashamayapman? Chunki kuni boʻyi man: @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...
1947243907_An_Qc5Hot9QwmmkWEfX3Y76PZq2JZdj8KXPm7hAJa1heNJelW4PUgn1.mp42.51 MB
❤‍🔥 26😁 12👍 8 2🆒 2🔥 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Senzurasiz Podcast🎙️ Bu safargi suhbatimiz Nofalsafiy kanali muallifi - Farhod Azamov bilan bo’ladi 😎 Biroz Geeklashamiz jgarlar sizlarni qizg’in suhbat kutmoqda🥂 15-iyun soat 23:00 da jonli efirda ko’rishguncha✌️ @Senzurasiz_Fikrlar
Hammasini ko'rsatish...
🤯 7👍 3 2🔥 2🤔 1🗿 1
Bugun kechasi vanihoyat Yevro boshlanadi. Albatta bu yerda futbol muxlislari juda koʻp va men ham shular qatorida. Shuning uchun oʻz favoritlarimni yozmoqchiman(yutish ehtimoli boʻyicha ketma-ketlikda) 1. Angliya 2. Fransiya 3. Ispaniya (muxlislik qilaman) 4. Germaniya 5. Portugaliya Xoʻsh, sizda qanaqa, faqat muxlislik boʻyicha emas, adolat boʻyicha hamda oʻz muxlislik qiladigan jamoalaringni yozinglarchi: @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...
👍 24🔥 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Sen sanʼat haqida gapirasan, lekin Parij ibodatxonasining goʻzalligini hech qachon koʻrmagansan, urush haqida aytsam, menga kitoblardan parchalarni qatorlatib tashlaysan, lekin oʻzing urush koʻrmagansan, doʻsting qoʻlingda jon bermagan; sevgi haqida soʻrasam menga sitatalar yomgʻiri uyishtirasan, Shekspirdan parchalar oʻqiysan, lekin haqiqiy sevgi qanday boʻlishini bilmaysan, u seni jahannamdan olib chiquvchi farishta ekanligini tasavvur qila olmaysan, oylab uni kasalxonada qoʻlini tutib turish nima ekanligini tushuna olmaysan. Toʻgʻri sen koʻp oʻqigansan, boshqalar uchun ilojsiz ishlar sen uchun oddiy, ammo sendan hech narsani oʻrganib boʻlmaydi, chunki sen shunchaki kitoblarni yigʻib olgan keraksiz bir odamsan!" © Good Will hunting @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...
👍 56😢 12 8🔥 3💔 3❤‍🔥 2
Notkoin sotgan bola qamalipti, anavinda viloyatlarda istiqomat qiladigan o‘zbekistonliklarni kamsitgan qiz qamalgandi. Undan avval haykal tagida video olgan vaynerlar qamalganmidi-yey. Nima balo, stolbaniyam oborib qamab qo‘yadigan kunlar qaytyaptimi? Men o‘ylardimki, jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taxdid qilgan odamlar qamaladi, jamiyatdan ajratiladi, deb. Ha bu tirranchalar nimaga qamalishi kerak? Xo‘p, qonun buzibdi, anuv jinni qiz odamlarni haqorat qilibdi, jazolansin, qarshi emasman. Ammo nega qamalishi kerak? Maqsad nima, ularni tarbiyalashmi yo hayotini sindirish? Unda nega odamlar xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz qilgan uchastkavoy qamalmapti, shunchaki ishdan bo‘shatilipti? Mana, “gumanniy” ekanmiz-ku? Manba @nofalsafiy
Hammasini ko'rsatish...

👍 36 7👏 5 3💯 2🍓 2🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.