cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Impuls Tibbiyot Instituti | Rasmiy kanal

Impuls Tibbiyot Instituti Impuls Medical Institute 📲Online ro'yxatdan o'tish👇 qabul.impulsmi.uz 📍Manzil: Namangan viloyati, Namangan shahar, K.Otamirzayev ko'chasi. 1-uy 📞(55) 510-50-15

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 915
Obunachilar
-524 soatlar
+127 kunlar
+10530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin! ✨🌙
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 5🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin! ✨🌙
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
🫀 2024-yilning 14-iyun sanasida Impuls Tibbiyot Institutida yurak anatomiyasi va embriologiyasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. ➕ Ushbu seminarda Isabayev Abdulaziz Qodir o‘g‘li, Ixlos klinikasining kardiolog va aritmologi hamda Murtozoyev Egamberdi Abdusalom o‘g‘li, "Intervention Uz" kompaniyasining intervension kardiologi ishtirok etdilar. ✂️ Seminarning asosiy maqsadi yurakning anatomiyasi va embriologiyasi to‘g‘risidagi bilimlarni amaliy tarzda namoyish etish edi. Seminar davomida Isabayev Abdulaziz va Murtozoyev Egamberdi yurak disseksiyasi orqali yurakning o‘ziga xos tuzilishini ko‘rsatdilar. Ular yurakning turli qismlari, ularning funksiyalari va o‘zaro aloqadorliklari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Yurak tuzilishining murakkabligi va har bir qismi qanday vazifani bajarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, yurakning normal rivojlanishi va patologiyalari haqida tushuncha berildi. ❤️ Impuls tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan bu amaliy seminar ishtirokchilar uchun juda foydali bo‘lib, ular yurakning anatomiyasi va embriologiyasi haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirdilar. Bu esa o‘z navbatida ularning kasbiy malakasini oshirishda muhim ahamiyatga ega. P.S Seminarda qatnashgan talabalar fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Hamkorlarimizning instagram ijtimoiy tarmoqlari⤵️ 🌐 Murtozoyev Egamberdi 🌐 Isabayev Abdulaziz 🌐 Impuls_mi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 5
01:08
Video unavailableShow in Telegram
🩺 Malakali shifokor deganda ko’z oldingizda kim keladi? “Yaxshi shifokor, malakali shifokor, yaxshi bilimga ega bo’lgan shifokor bu eng kam dori yozadigan shifokor hisoblanadi” ⁉️ Sizningcha malakali shifokor kim? Izohlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7671.MP421.85 MB
👍 19 4🎉 4🏆 4🔥 2
00:46
Video unavailableShow in Telegram
Buyrak kasalligining 10 ta belgisi: - Tez charchash, energiya yetishmovchiligi va ma’lum ishga diqqat qaratishning pasayishi yoki qiyinlashuvi. - Uyqu buzilishi - Terining qurishi va qichishishi - Hojatga tez-tez qatnash yoki to’liq siydik chiqarilmaganlik hissi - Siydikda qon aniqlansa ya’ni qizg’ish aralash siydik - Siydikning to’q bo’lishi - Qo’l-oyoqlar shishi - Ishtahani tushishi, yomonlashishi - Mushaklarda og’riq yoki tortishish hissiyoti - Belda ba’zida qo’qqisdan ushlab qoladigan og’riq P.S: Video sizga foydali bo’lgan bo’lsa, buyrak kasalligidan aziyat chekadigan tanishlaringizga yuborib qo’ying.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7639.MP413.73 MB
👍 5😁 2❤‍🔥 1🥰 1
00:51
Video unavailableShow in Telegram
O’pka kasalliklari haqida bilasizmi? 🫁 Keling birgalikda o’pka tovushlarini o’rganamiz. 🚀 Video foydali bo’lgan bo’lsa, do’stlaringizga yuborib qo’ying.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7592.MP416.85 MB
❤‍🔥 6👍 3🔥 3🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
🫀 Yurak sohasining anatomiya va fiziologiyasini o`rganmoqchi bo`lganlar uchun institutimizga 2024-yil 14-15-iyun kunlari Toshkent shahridan "Kardio team" tashrif buyuradi va yurak ustida jonli master klass o`tkaziladi. Shu munosabati bilan ⏰ 8:35 1-smena 23/1-guruhdan-23/12-guruhgacha va 22/20-22/22-guruh talabalari ⏰ 13:35 2-smena 23/25-guruhdan - 23/40-guruhgacha va 22/21-guruh talabalari 📌 Belgilangan vaqtda ko`rsatilgan guruhlar kechikmasdan kelishlari soʻraladi!
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 2 1
01:03
Video unavailableShow in Telegram
⁉️Tibbiyotni rivojlantirish uchun nimalar kerak? 📌Bu savolni barchamiz o’zimizga berishimiz kerak! Shifokor va tadbirkor Zafar Nazarov hozirda Impuls xususiy klinikasi va Impuls Tibbiyot Instituti asoschilardan hisoblanadi. U qanday qilib tibbiyot sohasini yangi cho'qqilarga olib chiqish haqida o'z fikrlarini bayon etdi. ⚡️ Videoda Zafar Nazarov nima maqsadda Impuls Tibbiyot Institutiga asos solganliklari haqida gapirib berdi. 🚀 Tibbiyotning kelajagini e'tiborsiz qoldirmaydigan tanishlaringiz bilan albatta bo'lishing!
🎞To'liq videoni tez kunda YouTube kanalimizda ko'rishingiz mumkin!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7553.MP419.81 MB
👍 10🔥 3😁 2
00:24
Video unavailableShow in Telegram
Tayorlov kurslari davom etmoqda⤵️ Impuls tibbiyot instituti talabasi bo’lish uchun sizga ajoyib imkoniyat. Quyidagi fanlarni o’zlashtirib, imtihonsiz talabamizga aylaning. 📌 Anatomiya 📌 Kimyo asoslari 📌 Biologiya Kursni muvaffaqiyatli tugatgan o’quvchilar quyidagilarga ega bo’lishadi: 🔵 Fundamental bilimlar ( Kimyo, Biologiya, Odam anatomiyasi fanlaridan) 🔵 Kursni muvaffaqiyatli bitirganligi haqida sertifikat 🔵 Impuls tibbiyot institutiga muddatidan avval qabul imtihonlarisiz talaba bo’lish imkoniyati ( 2024-2025 o’quv yili uchun) Izohda “+” belgisini qoldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7459.MOV18.51 MB
👍 9😁 1
02:01
Video unavailableShow in Telegram
Tez kunda… 👨‍⚕️ Tadbirkor-shifokor, O’qituvchi-shifokor, Tadqiqotchi-shifokor, Davolovchi Shifokor. Sharafli kasb sohiblari o’zlarining hayot yo’llari haqida gapirib berdilar. Video to’liq qismini tez kunda Youtube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin! 🚀 Ushbu videoni shifokor tanishlaringizga va talaba do’stlaringizga yuborib qo’ying!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7446.MP441.94 MB
👍 11🔥 4 1 1👏 1🎉 1🐳 1