Ramziddin — AI va dasturlash haqida
Kanalga Telegram’da o‘tish
Man bilan bog'lanish – t.me/ramzcoder?direct Ingliz tilida kanalim – @ramzcoderen Ramzcoder community – @ramzcodercom Instagram — instagram.com/ramzcoder Programming emoji pack – t.me/addemoji/ramzcoder
Ko'proq ko'rsatish2 182
Obunachilar
+224 soatlar
-4 6587 kunlar
-930 kunlar
Postlar arxiv
Claude Codeni yoki boshqa agentni (Cursor, Codex, Gemini, OpenCode) video yozishni o'rgating!
Buning uchun Remotion skillsni o'rnating
npx skills add remotion-dev/skills
Va endi agentingiz remotion yordamida video yozishi biladi"Code is you explaining to other humans what you want computer to do"
Donald Knuth
Matt Pocock, Emil Kowalski, Khalil Stemmler, Kent C Dodds – va boshqa man kuzatadigan dasturchilarning kurslari, O'zbekiston uchun pastroq narxlarda sotishadi.
Masalan animations.dev kursni $190 o'rniga, O'zbekistonda $80ga xarid qilishingiz mumkin.
Kent Doddsning "Epic React" kursini $695 o'rniga, O'zbekistonda $173ga xarid qilishingiz mumkin.
Hattoki bu yerda yashamidigan odamlar, O'zbekiston uchun to'g'ri narxlar qo'yishgan.
Kurs qilsam, faqat shunaqa darajada kurs qilishim kerak. Platformasi, videolari – oddiy va chiroyli. Xech qanday "suv" yo'q.
CLI bilan ishlashni yoqtirmidigan okalar uchun.
Claude Code extension VSCodega chiqdi.
AI bilan ishlaganda, bitta narsani tushunish juda muhim.
AI natijalari esa noaniq (non-deterministic).
Kod natijalari esa aniq (deterministic).
Agar sizda har kuni bajaradigan ish jarayoningiz bo'lsa, uni AI yordamida skriptlarga aylantirishga harakat qilishingiz kerak.
Masalan:
• AIga kodingizdagi xatolarni tekshirishga so'rov berasizmi?
Undan ko'ra linter (Biome, ESLint) sozlashni AI ga so'rov bering va doim linterni ishlatishga so'rov bering.
• AI kodingiz formatini buzib yuboryaptimi?
Undan kodni formatlashni so'rab, tokenlarni bekorga sarflamang.
Buni o'rniga Prettier yoki Biomeni sozlashni va doim CLI orqali ulardan foydalanishni so'rov bering.
• AI biznes mantiqingizni (business logic) buzib qo'yvottimi?
Xatoliklar qaytalanmasligini (regression) ta'minlash uchun undan testlar yozishni so'rang.
Bularning barchasi skript va kodga aylanadi, ularning natijasi esa har doim aniq bo'ladi.
Shu yo'l bilan siz AI-ga u tushuna oladigan qayta aloqa (feedback) berasiz va sarflanadigan tokenlar miqdorini kamaytirasiz.
Juda ko'p odamlar Threads va X da kontentim bilan umuman interakt qilishmidi.
Hozir Claude Code agentni browserda yoqaman va har bitta obunachini obunasini bekor qilishga so'rov beraman.
GG 🫡
Challenge: primeagen obuna bo'lmaguncha reklama sotib olaman
Anchadan beri bitta narsa qilmoqchi edim.
x.com da reklama sotib olishga harakat qilib ko'rdim.
Hozircha nimagadir faqat O'zbekistonga ko'rinvotti, va asosan o'zimizani dasturchilarimiz interact qilishvotti.
Agentic dasturlash davrida AI konteksti bilan ishlashni o'rganish o'ta muhim. Nima uchun bu muhimligini va kontekst bilan qanday ishlash kerakligini tushuntiraman.
Kontekst - bu agentingizning xotirasi. U siz foydalanadigan modellarga qarab farq qiladi:
• Opus 4.5 → 200 000 tokenlik kontekst oynasiga ega.
• GPT-5.2 → 400 000 tokenlik kontekst oynasiga ega.
• Gemini 3 Pro Preview → 1 000 000 tokenlik kontekst oynasiga ega.
Sizning kiruvchi ma'lumotlaringiz (promptlar, fayllar, agentga beradigan rasmlaringiz) — bularning barchasi tokenlarni sarflaydi va kontekstda saqlanadi.
Agentning chiquvchi natijalari ham (fikrlash jarayoni, fayllarni o'qish, bash skriptlarini bajarish) tokenlarni band qiladi kontekstda.
Siz buni kotta ehtimol bilan bilsangiz kerak, lekin eng qiziq joyi bu yerda...
Ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kontekstda tokenlar soni qanchalik ko'p bo'lsa, AI modellarining samaradorligi shunchalik pasayib boradi. Buni "kontekst chirishi" (context rot) deb nomlashdi.
Shuning uchun kontekstni imkon qadar kichik hajmda saqlashga harakat qilishingiz kerak.
Buni amalga oshirish uchun:
• Vazifalarni kichikroq qismlarga bo'ling.
• Sub-agentlardan (yordamchi agentlar) foydalaning.
• CLAUDE.md va AGENTS.md fayllaringizni ixcham saqlang.
• Foydalanmayotgan MCP’laringizni o'chirib qo'ying (ular juda ko'p kontekstni egallaydi).
• Agar sizda ulkan CLAUDE.md yoki AGENTS.md fayli bo'lsa, uni bir nechta "skills"larga bo'lib chiqing ("skill"lar faqat talabga qarab yuklanadi va AI ulardan foydalanishga o'zi qaror qilmaguncha kontekstni band qilmaydi).
Node.js va Deno yaratuvchisi AI haqida:
Bu gap ilgari ming marta aytilgan, ammo menga ham o'z fikrimni qo'shishga ijozat bering: odamlar tomonidan kod yozish davri tugadi. O'zini dasturiy ta'minot muhandisi (Software Engineering) deb biladigan biz kabi insonlar uchun bu g'alati eshitilishi mumkin, ammo bu haqiqat. Bu dasturchilarning qiladigan ishi qolmadi degani emas, shunchaki bevosita sintaksis yozish endi ularning vazifasi emas.
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
