Utopia
Kanalga Telegram’da o‘tish
O’lishni o’rgangan kuning yashashni ham o’rganasan. 💫 *yozganlarimni bari o'zimdan. o'zimniki. o'z hislarim. barchasi meni vujudimda jo'sh urib turgan vulqonlar. ko'chirish menga yot. meniki bu cheksizlikdagi yoziqlar. ! @abdumannon_off - utopian :)
Ko'proq ko'rsatish2 014
Obunachilar
-124 soatlar
-217 kunlar
-7930 kunlar
Postlar arxiv
2 014
ertalab uyg'onganimda boshimda ona o'tirgandi.
- yaxshimisan Umida? tuni bilan issig'ing chiqqaniga havotir oldim sendan. tinchlikmi ishqilib?
- ha yaxshiman ona.
- ko'zlaring ishgan. nega ma'yussan qizim..?
rostini aytish istamadim, yana yolg'on gapirish boshladim:
- ... tushimdan otamni ko'rdim..
- yog'e?
- ha.. o'qiyotganimdan mamnun ekan..
- men ham sendan xursandman qizim. yaxshi xabar bo'lsa , nega unda buncha xomushsan?
- sizni o'zizni yolg'iz tashab ketayotganim uchun bo'lsa kerak.
- eh qizim, sen o'sha joyda omon bo'lsang bo'ldi. hali ishlaring yurishib ketsa, meni ham olib ketasan. birga yashaymiz.
- haa ...
onamni tuyg'ularini hech qachon tushunmagan edim. oldinlari men butunlay boshqalarni tuyg'u, hislariga e'tiborsiz bo'lganman. otam hayot bo'lganlarida ham, hech ham bunchalik yaqin bo'lmaganmiz. bo'lishimizni ham tasavvur qila olmas edim. hozir esa men ularda ko'rmagan yaqinlikni his qilyapman. bu boshqacha his. yengillik hissi.
mana kollejni ham tamomladim va AQSh dagi mashhur shtatlaridan biri Kaliforniya universitetiga qabul qilindim...ammo bir kun kelib ichimdagi osha bo'shliq meni bu darajada hayotim sarobga aylantirishini bilmagan edim...
2 014
yoz tugab , kollejga topshirdim. bu kollej davrida ko'p o'qidim. maqsadlar qo'ydim. qayerda bo'lmay, hayolimda faqat o'qish bo'lib qoldi.
bir kun kitob olish uchun shaharga bordim. kitob do'konlarini aylanib yurganimda, oyna chetidagi bir stulda o'tirgan yigit ko'zimga iliq ko'rindi. yaxshilab qarasam, Abdumannon. ha o'sha Abdumannon. oradan 2 yil o'tibti uni ko'rmaganimga. soch soqoli o'sgan , yosh yigitlikdan daragi yo'q. u tomon borishga intildim. ammo nima deyman? balki meni eslolmas ham? o'sha vaqtlar ham uyalardim. yo'q , balki bu safar qilish kerak, undan qarzim bo'lmasa uyaladigan. dedimu , asta borgan zahotim , yoniga bir qiz kelib o'tirdi. men joyimda to'xtadim. ular suhbatlashish boshladi. qiz ham , Abdumannon ham juda ochiq gaplashardi. men... men.. ichimdan yana bir bor tubsizlikka tushgandek bo'ldim.. haqiqatda esa Abdumannon o'zi menga shundoq ham tegishli bo'lmaganku, nega? nega men ichim yana bir bor bo'shashib ketdi. ko'z oldimdan uni sovuqda avtobusga yugurishi, eshigim ostonasida ikkimiz, uning menga bergan qizil atirgullari. haa.. mening sevimliga aylangan gullar.. shu barchasi nega endi yodimga tushyapti? o'tib ketgan bo'lsa. bundan vaziyatlar bo'lishi ham tabiiy edi. yo'q... men tushundim. mendagi bo'shliq qayerdan kelganini angladim.
kitobni oldimu, u yerdan chiqib ketdim. ichimda hamma tuyg'ular vulqon kabi otilishni boshladi. yo'q, Umida seni uni sevmaysan. u ham seni sevmaydi. seniki bo'lmagan ham u sevgi. u haqli istagan insonni sevishga. sen uni hayotingda bir bor ko'rgan xolos. nega buni sevgi deb atayapsan ahmoq qiz... yo'lda to'xtadim.. shuncha yil yig'lamagan men, birdan yig'lash boshladim. sababsiz yig'lash boshladim. chunki bo'shliq meni yanada tirnash boshladi. u yig'la deb ustimdan kulayotgandek. men esa quliman. yig'ladim. ko'p. yo'lda, avtobusda, uyda... boshim og'rishni boshladi. barchasini unutishni xohladim. uyquga ketdim.
2 014
yozda nima qilishim bilmasdim. shu bilan birga tashqariga chiqish fikri ham yo'q edi. onam esa band. har kuni ishda. "uyda yolg'iz bo'lganimda ham, atrofimda odamlar bo'lganida ham , nega men haligacha o'sha bo'shliq bilan yashayapman? qayerdan keldi bu bo'shliq? nega oldin ahamiyat bermaganman, yoki bu o'smirlarda bo'lib turadigan holatmi? kimgadir aytaymi bu haqida? yo'q, menimcha shart emas. chunki buni shunchaki so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. u meni yutib yuboryapti. balki biror narsa bilan band bo'lsam sezilmay ketar..."
yozda ish qidirdim. ko'p joylar men kabi yoshlarni ishga olishga ruxsati yo'qligini aytishdi.
uyga qaytganimda, eshik ochiq edi. kirsam onam oshxonada yurganini ko'rdim:
- bugun erta qaytibsizmi?
- haa... senga biror nima pishirib berish xohladim
- lekin shundoq ham har kun pishirib beryapsizku..
- to'g'ri.. ammo... bugun boshqa narsalar pishiraman. aytgancha qayerda eding?
- ish qidirdim . yozgi ta'tilda o'zimni chalg'itay dedim.
- men ishlayapmanku. nima qilasan hozirdan ish qidirib? undan ko'ra o'qishga tayyorlan. chetga o'qishga topshirasan..
- chetga??? nega?
- sen bu yerda qolmaysan. keyin meni ham olib ketasan. ikkimiz bu yerdan ketamiz.
- ona, jonizga tegmadimi har safar ko'chib yuri...
- tegdi! shuning ham uchun ketamiz qizim.
onam menga , men esa onamga tikilib turdim oz munch vaqt. onam ko'zlariga tikilganimda, nimadir sezgandim. yoki onam ham men kabi bo'shliqdamikan?
ho'p dedim. keyin birga kechki tushlik qildik. shu payt:
- bugun Abdullani ko'rdim, shaharda. ish ham topibti. o'qishidan esa uni chetga ham yuboryotgan emish. men unga havas qildim. seni ham shunday qilishing istayman. sen ham katta katta joylarda ishlashing istayman, bunday mayda ishlar qidirib yurmasdan. sen meni yagonamsan. sendan boshqa kimim bor. senga yaxshi bo'lishini tilayman. imkon borida yashab , o'qib ol...
- ho'p ona...
tunda onam gaplarini ko'p o'yladim. qayerdan buncha orzular? menga kerakmi o'zi bu orzular? ular menga tegishli bo'lmasa ham, onam uchun amalga oshirishim kerak...
2 014
biz yangi uyga ko'chib keldik. biroz torgina bo'lsa ham, ammo shinam edi. yuklarimiz joylashtirdik. ertasiga onam bilan bozorga chiqib, uyga parda, uy jihozlari va kerakli mebellarni olib keldik. barchasini tartibga keltirishga 2 kunimiz ketdi. shu 2 kun ichida qattiq charchaganim sababmi, undan so'ng ko'p uxladim.
dushanba ham keldi. onam yangi ish gaplashish uchun shaharga ketdi. men esa doimgidek uyda yolg'iz. shunday tuyg'u egalladiki, uydan sira chiqqim kelmay qoldi. maktabga borishni ham istamas edim. kunlar o'tdi, onam ish topdi, va doimgidek har tong:
- Umida, qachon o'qishni boshlaysan? hozir bahor bo'lsa, o'qish ham ana mana deguncha tugab qoladi. yozgi ta'tilda esa istaganingcha uyda o'tiraver. ertadan o'qishga borasan. sen o'qishing kerak qizim. mendan keyin hech kimga xor bo'lmasliging uchun ham o'qishing kerak...
onam aytgandek, ertasiga o'qishga chiqdim. atrof to'la begona yuzlar. nega men bunchalik hayajon ostidaman? axir bu shunchaki maktab bo'lsa... bir narsani esladim. birinchi sinfga chiqqanimda, maktab eshigini oldiga otam bilan kelgandim. o'sha vaqti ham juda qattiq hayajonlangandim, lekin otam qo'limni mahkam qisib:
- qo'rqma qizim, maktab sen o'ylagandek yomon joy emas. hali kutganingdan ham yaxshi bo'lib chiqadi hammasi..
bu safar meni tinchlantiradigan odam yonimda yo'q.. hech kim qo'limdan ham ushlayotgani yo'q. ammo kerakdek o'sha qo'l..
sinfimni qidirib toptim. shu 9 sinf tugaydiyu, ana keyin erkinlik derdim ichimda. sinfdagi qizlar meni begonadek qabul qilishmadi, aksincha yaqin bo'lib ketdik. darsdan chiqib , turli joylarni aylandik, klublar tashkil qildik. bunday narsalar birinchi bor shugullanishim bo'lsa ham, qandaydir manoda yoqdi. shu bilan ham bahor tugab yoz kelib qoldi. imtihonlar ham tugadi. yozda shugullanish , vaqt otkazish uchun meni taklif qilishdi. men o'ylandim. menga ular bilan o'tgan damlar barchasi yoqqan, lekin ichimda bo'shliq. men bu bo'shliq bilan odamlar orasida yurishni istamasdim. ularga o'ylab ko'rishimni aytdim. rozi bo'lishdi.
2 014
hech qanday ideallik yo'q.
shunchaki bir kun tasodifan uchratasan, va boshqalarni qizig'i bo'lmaydi!
2 014
Odamlarga ochilish men uchun juda qiyin. Men unga ichimdagi dunyoni ko‘rsataman. Ammo u baribir ketib qoladi.
Bu adolatdan emas.
2 014
Menga uzoq davom etgan stress umuman ta'sir qilmaganini aytaman. Lekin... Xonaga kirganimda nima uchun kirganimni unutib qo'yaman. Eng oddiy vazifani boshlash uchun ham yarim kun tayyorlanaman. Dam olish kunidan keyin ham "kunim bekorga o'tdi" degan hissiyot qoladi. Odamlarni asta-sekin chetlab o'ta boshladim va xabarlarga kech javob beraman. Har qanday kichik muammo ko'zimga katta to'siq bo'lib ko'rinadi. Ishtaham yo'qoladi yoki aksincha, kechqurun hamma narsani yeyveraman. Kuchim qolmadi, hech narsa quvontirmaydi. Uyqu va kun tartibim buzilgan. Ko'p o'ylayapman va rostdan ham, surunkali stress menga umuman ta'sir qilmaganiga hali ham ishonyapman...
2 014
Tarbiya haqida. Aslida, bu hech qachon yomon so‘zlar, yomon odatlar yoki kiyinish uslubi haqida emas. Tarbiyali odam shunchaki asabni buzmaydi: chegaralarni buzmaydi, hayotni o‘rgatmaydi, atrofdagilarga halaqit bermaydi, ruxsatsiz boshqalarning narsalariga tegmaydi, chunki unga bular umuman kerak emas
2 014
aka: ovqatiz juda ham zo'r chiqibdi Onam!
ona: men emas singling qildi.
singil: 😉🤓
aka: lekin, biroz tuzi pastroqda....
2 014
agar u - "bu sen o'ylagan narsa emas" hammasini tushuntirib beraman desa. sevgini shu joyida yakunlagan afzal.
2 014
biz ikki ko'rmiz.
sen - men senga qanchalik muhtoj ekanimni ko'rmaysan.
men - sendan boshqa hech kimni ko'rmayman.
2 014
sizlarga dardimni ayta olmayman,
ustimdan kulasiz sezib turibman.
bilaman,bu juda gʻalati sabab,
xunuk yig'layman deb kulib yuribman.
(c) malika yoqubzoda
