cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Negative

Agar kanal sizga foyda keltirmasa kanal siz uchun emas! Yaxshisi kanalni tark eting! @Negative_shorts qisqa lekin achchiq gaplar Creator: @NegativeCreator_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
881
Obunachilar
-224 soatlar
-87 kunlar
-5730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Yana oʻzbek seriallariga qaytamiz! Shunday ajoyibidan koʻrdim, aytib bermasam yorilib ketaman. Qisqasi, bir oilada ikkita oʻgʻil bor, ikkisiyam ishlab, pulini onasiga olib kelib beradi. Nima xarajat boʻlsa, onasidan soʻrab, kerakli pulni oladi. Yangi kelgan kichik kelin bu vaziyatdan norozi boʻlib, eriga hech boʻlmasa oʻzingga alohida pul olib qol, oʻzimizning xarajatlarimizga deydi. Yoki umuman berma pulingni, roʻzgʻorni ajrat deydi. Topingchi, bu hikoyada kim salbiy qahramon, kim ijobiy? Albatta, tabiiyki, qirqqa kirib ota-onasining qaramogʻidan chiqib keta olmagan, moliyaviy mustaqil boʻlolmagan, mustaqil fikrga ega boʻla olmagan boʻshang lapashang er ijobiy qahramon. Oilaviy qadriyatlarni saqlayapti, ota-onasini hurmat qilyapti. Yosh oila moliyaviy mustaqil boʻlishini istagan, prokladkasigayam, yegisi kep qolgan lavashigayam qaynanasidan pul soʻrab, tushuntirish berib yurishni xohlamagan kelin esa salbiy qahramon, bezbet, oilani boʻlib yuborishni xohlayotgan manjalaqi. “Senga nima yetmayapti, hamma narsang borku?” deydi eri unga. Soʻng kelin qaynonasidan kiyimiga pul soʻrasa, qaynona “nima qilasan, kiyiming borku?” deydi. Film ijodkorlariga oʻttiz yashar odam shakalatga pul ber deb yalinib yuradigan yosh bola emasligini qanday tushuntirsam boʻladi? 🤔 Undan qiziq joyi. Kelin Instaga ekta rasm qoʻygan ekan. Kuyovning joʻralari koʻrib qolib, darrov kuyovga telefon qilib, “haaa, xotiningni koʻz-koʻz qilyapsan, xotining zoʻr narsa ekan, oʻzing qoʻyib qoʻyibsan, bizning aybimiz yoʻq” deyishdi. Kuyov asabiylashib kelib, kelinni rosa soʻkib, rasmni oʻchir, Instani oʻchir, telefoningni menga ber, telefon ishlatmaysan dedi. Kelin telefonimni bermayman desa, kuyov eringga boʻysunmaydigan befarosat ekansan deb ekki shapoti urdi. Kelin ketib qoldi, qaynona-qaynotasi uyatsiz kelin oppiz, adashippiz deyishdi. Kelinni ayasiyam uydan haydavordi, uyga qaytma, sharmanda qilma, yarash deb. Oxiri erining shartlariga koʻnib, telefonini eriga berib qoʻyib, oʻsha mol bilan yashashga koʻndi va shul bilan xeppi end boʻldi. Bu syujetda kelindan boshqa hamma tupoy chalasavod qilib tasvirlangan. Kuyov tipik oʻzbek abyuzer yigit, birovlarning gapiga manipulyatsiya boʻladigan, ota-onasining qaramogʻidan chiqolmagan, arzon gʻurur deb xotinini uradigan latta; uning joʻralari — axloqsiz ifloslar; qaynona-qaynota, kelinning onasi — dunyoqarashi bobom zamonida qolgan chirigan odamlar. Faqat kelin aqli bor adekvat odam, lekin faqat u yomon qilib tasvirlanib, oxirida yaxshiligi uchun pushaymon boʻlyapti. Oʻzbek TVsi oʻzbek xalqini ana shunday qoloq va rasvo qadriyatlar ruhida tarbiyalayapti. Manba @Negative_shorts
Hammasini ko'rsatish...
👍 27
2016-yildan keyin davlatning dinga, dindorlarga munosabati keskin oʻzgardi. Erkinlik berildi, din ulugʻlandi, dindorlarga quloq solish boshlandi. Suriyadan adashgan deya hisoblangan ayollar va bolalar olib kelindi. Davlat diniy sohadagi qattiqqoʻlligimiz, oʻz vaqtida diniy bilim bermaganimiz ekstremist, terrorchi yetishib chiqishiga hissa qoʻshdi deya hisobladi. Qolavesa, din, dindorlar masalasini maxsus xizmatlar ortiqcha boʻrttirib, olaboʻji koʻrsatayapti degan fikrga ham muayyan muddat borgan boʻlsa ajab emas. Xullas, 2016-yildan soʻng, Qurʼon boʻyicha, Hadis ilmi boʻyicha musobaqalar boshlandi, davlat rahbari katta minbardan Qurʼonning maʼrifati borligini, uni oʻrganish kerakligi taʼkidladi. Davlat din haqida hech kim gapirmayapti, ilm bermayapti degan maʼnoda bu sohadagi ilm egalarini ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilishga undadi. Maqsad — yoshlarning din haqidagi tushunchalarini Zufar, Saloh kabilar shakllantirishini oldini olish edi. Shuningdek, Musulmonlar idorasi tomonidan Qurʼon kurslari va boshqa darslar tashkil etildi. Odamlarning emin-erkin ibodati uchun mavjud sharoitlar yaxshilandi, aksar davlat idoralarida hijobga ruxsat berildi, Islom svilizatsiyasi markazi qurilishi boshlandi. Prezident viloyatlarga har bir tashrifini muqaddas qadamjolardan boshladi, duolar qilinib, dinning jamiyatda tutgan oʻrni ulugʻlandi. Dastlabki bosqichda hammasi yaxshi ketdi. Ijtimoiy tarmoqlar diniy postlarga toʻldi, bu borada hamma erkin yoza boshladi, gapirildi. Shodonlik, quvonch boʻldi. Ammo hammasi oldinda edi. Davlat birinchi zarbani maktab masalasida qabul qildi. Davlat kambagʻal va boyni bir kiyim ichiga tiqmoqchi boʻldi. Toki, boy bolalari kambagʻallardan farqlanmasin, alohidalanmasin, kambagʻallar boylarga yetishaman deya beli bukilmasin deyildi. Biroq radikal dindor qatlam qarshi chiqdi, davlat hijobga qarshi deya rosa muhokama qilindi. Natijada forma bekor qilindi. Keyin esa ommaviy arablashish jarayoni boshlandi. Restoran, kafe, hatto fast-fudlar ham arablashtirildi. Kafelar bilan birga, odamlar ham halol va haromga ajratila boshlandi. Aksar toʻylarga ham toʻliq diniy shakl berildi. Bir-biri bilan oshna-ogʻayni boʻlib kelganlarni diniy qarashlar ajratib yubordi. Bankda ishlaydigan doʻstidan, ichadigan, chekadigan doʻstini malomat qilib, undan voz kechildi. Toifa, guruh boʻlishlar boshlandi. Hijob masalasida maqsadga erishilgach, burqa targʻibotiga oʻtib ketildi. Burqa kiyganlarni oqlash, ularni hatto hijobdagilardan ustun qoʻyish jarayoni boshlandi. Burqa masalasida yana bir tarsaki tortirdi. “Krokus”dagi terakt esa Markaziy Osiyo davlatlariga yana bir tarsaki tushirdi. Natijada qattiqlashtirish jarayoni boshlandi. Aybni oʻzgalardan qidirmanglar, oʻzinglardan qidirganinglar maʼqul. Buyogʻiga dunyoviylik koʻproq ulugʻlanadi. Manba @Negative_shorts
Hammasini ko'rsatish...
👎 8👍 6
Tush oʻng boʻlolmas, oʻng tush boʻlolmas Bugun erta tongda bomdod namozini ado qilib, soʻngra kun yorishganidan keyin hamma qatori ishga otlandim. Ofisga borsam, hamkasblarim har doimgidek din mavzusida bahs qilib oʻtirishgan ekan. Yurtimizda ikkita oʻta mashhur islom ulamolari bor: Biri Hanafiy mazhabiga amal qiladi, ikkinchisi esa, garchi oʻzini hanafiy deb aytsa ham, gap-soʻzlaridan salafiylarga oʻxshaydi. Oʻshalarning ofisimdagi muridlari erta tongdan to kechgacha imkon boʻldi deguncha aqida,fiqh mavzularida tortishib oʻtirishadi. Bir pastda peshin namozi ham boʻldi. Jamoat bilan namoz oʻqish uchun yaqin atrofdagi masjidga borgandim, ichkarida toʻs-toʻpolon, jamoat ikkiga boʻlinib, bir-biri bilan janjallashmoqda. Vaziyatdan xabardor boʻlish uchun yaqinroq bordim. Xullas, bir odamni janozasi boʻlayotgan ekan. Marhum umri davomida namoz oʻqimay oʻlibdi. Bir jamoat “u bizni mazhab boʻyicha kofirdir, sababi namoz oʻqimay vafot etdi”, deb eʼtiroz bildirsa, ikkinchi jamoat “marhum kalima aytgan, Alloh va uning diniga eʼtiqod qilar edi, garchi namoz oʻqimasa ham u musulmon edi”, deb javob berayotgandi. Xullas, boshim ogʻrib masjiddan chiqdimda, boshqa masjidga yoʻl oldim. Ne taqdirki, u yerda ham olomon oʻzaro tortishib, yoqalashayotgan ekan. Ozgina oʻtirdim mavzu nima haqida ekinini bilish uchun. Bular aqida masalasida bahslashib oʻtirishgan ekan. Bir taraf Allohni osmonda, Arshni ustida, desa, ikkinchi taraf “yoʻq, Allohga makon berolmaymiz, U har qanday makondan Pokdir”, deb baqirishayotgan edi. Shunda bir odam chiqib “Alloh osmonda, agar Uni kim osmonda demasa kofirdir”, dedi. Bundan gʻazablangan jamoat bir-biri bilan mushtlashib ketishdi. Toqatim toq boʻlib, amallab peshinni ham oʻqib, ofisga yoʻl oldim. Miyaga dam berish uchun ozgina qoʻshiq eshitayotgandim, hamkasbim kelib “musiqa eshitib rohatlangan odam hanafiy mazhabiga koʻra kofir hisoblanadi, agar musiqangni oʻchirmasang tegishli joyga qoʻngʻiroq qilaman”, deb doʻq-poʻpisa qildi. Nachora, rozi boʻldim. Kechga yaqin asrdan soʻng, shom uchun masjidga chiqdim. Yo alxazar, masjidda yana janjal. Bir jamoat “biz uchun qon chiqsa ham tahorat sinmaydi”, deb aytsa, ikkinchi taraf “bizning mazhabda badandan qon chiqsa tahorat sinadi. Bemazhab, betahorat salafiysanlar, birga namoz oʻqimaymiz senlar bilan”, deya toʻpolon qilishayotgan edi. Amallab namozimni oʻqib, koʻchada ketayotsam forma kiyib olgan akalar oldimga kelib, salom-alikdan soʻng: birodar, bugun 5 vaqt namoz oʻqidingizmi? Peshin namozi necha rakatdan iborat? Shom namozichi? Nechta zam sura bilasiz, degan savollarni berishdi. Alhamdulillah savollarga javob berdimu, darhol xorijga ketish uchun chipta buyurtma qilmoqchi edim, ammo budilnik ovozi sabab uygʻonib ketdim. Uxx, barcha voqealar tush ekan. Bir tomondan qoʻrqdim, boshqa tomondan barchasi bor yoʻgʻi tush ekani uchun xursand boʻldim. Post internetdan olindi @Negative_shorts
Hammasini ko'rsatish...
👍 16🤔 5
00:27
Video unavailableShow in Telegram
Ushbu videoni o'zbek tiliga tarjima qila oladiganlar bormi?
Hammasini ko'rsatish...
9.32 KB
Ingliz tilini biladiganlar bormi?
Hammasini ko'rsatish...
👍 11👎 1
Iyd al-Adha bayrami tabriklayman
Hammasini ko'rsatish...
👍 13
Maqolani oxirigacha o'qigan bo'lsangiz o'z tushunchangizni yozib qoldiring!
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Hammasini ko'rsatish...
OZOD QUSHLA

Hayot mo’jizalardan iborat ekanligiga sen ham ishonarding. Sen ham bu asrdan mo‘‘jiza kutib yasharding. Holdan toyib ishdan qaytar ekansan, kichkinagina mu’jaz uyingda to‘shakka cho‘zilgancha, yolg‘izlik saltanatiday ko‘rimsiz, huvillagan xonangda qandaydir mo‘‘jiza ro‘y berishini kutib yasharding. Bu mo‘‘jiza bir necha daqiqadan so‘ng yuz beradiganday o‘z xayollaringdan o‘zing lazzatlanarding. Sen mo‘‘jizasiz ham baxtli eding. Yer yuzidagi millionlarcha odamlardek osoyishta hayot kechirarding. Har haftaning…

👍 1
Xudodan qo'rqaman... Zamon rivojlangan sari firibgarlikni turlari ham rivojlanib bormoqda. Soxtakorlikni eng mashhur usullaridan biri bu har qanday mavzuga dinni aralashtirib o'zidan avliyo yasash hisoblanadi. Tijoratda, o'zaro oldi berdilarda to'g'ri kelsa kelmasa "Xudodan qo'rqaman", " Xaromdan xazar qilaman" kabi so'zlar firibgarlarning ish quroliga aylangan. Ayniqsa uzun yaxtak bilan do'ppini boshiga qo'ndirvolib har ikkita gapni birida "Astag'firriloh" deydigan "Xojiaka"larni firibgarlarni dohiysi deb aytishimiz mumkin. Xolat shu darajaga yetganki bu janobi "ulamo"larimiz o'z ish haqligi bo'yicha o'zlariga fatvo ham chiqarib olishgan. Hafta bo'yi kayf safoni qilib Juma kunga borganda "qoriaka" rejimini yoqib oladiganlar hammangizga tanish bo'lsa kerak. Nega o'zi bu haqida gaplashyapmiz... Diniy erkinlik berilgan sari diniy radikallashuv ham avj olib bormoqda bundan firibgarlar juda ustamonlik bilan foydalanib kerak bo'lsa Aroqni Halol deb sotishmoqda. Ko'ngillari tuzagan razillikni qilib oxirida Xudodan qo'rqaman buni yaxshilik yo'lida qildim deydiganlar virus kabi ko'paymoqda. Xattoki Qimordan yutilgan pulni ehson qiladigan saxavatpeshalarimizga hech kim teng kela olmasa kerak. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak din firibgarlar uchun o'ziga hos himoya vazifasini o'tab beryapti. @Negative_shorts
Hammasini ko'rsatish...
👍 15
Assalomu aleykum. Kanalda kopirayterlik xabari borlar aloqaga chiqib yuborsin!
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.