cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SIRTQI BO'LIM BOSHLIG'I ABDULATIF ABDUMALIKOV

Sirtqi bo‘lim dekani: Abdumalikov Abdulatif Abidjanovich rasmiy kanaliga xush kelibsiz. Taklif va muammolar uchun:@FDU_SIRTQI_BOLIMIbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 977
Obunachilar
-724 soatlar
-477 kunlar
-17230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

💠FarDU talabasi Hayitboy - "Kelajak bunyodkori" medali sohibi! Talaba-yoshlar davrasida o‘z taassurotlarini ulashayotgan Hayitboy hamon hayajonda edi.Chunki u Muhtaram Prezidentimizning tabriklarini yonlarida turib tinglab, bugun yoshlarga yetkazmoqda. Savollar, tabriklar va takliflar talabalar davrasini qizdirib yubordi. So‘x elining farzandi bo‘lgan Hayitboy hozirjavoblik bilan talabalarning barcha savollariga batafsil javob berib bordi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan uning onasi – Dilorom opa esa yoshlar to‘risida qalbi faxr va iftixorga to‘lib, baxtli talabalar suhbatini zavq bilan tinglab o'tirar ekan, dildan shukronalar keltirdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 4👏 1
🎤"Kelajak bunyodkori" medali sohibi Hayitboy: "Men FarDUda yana o'qishni istardim..."
Uchrashuv avvalida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov Hayitboy va uning ota-onasiga Vatanga sidqidildan xizmat uchun, yaxshi tarbiya, munosib farzand yetishtirib berganlari uchun o‘z minnatdorligini bildirar ekan, Davlatimiz Rahbarining har bir talabaga qaratgan e’tiborini alohida e’tirof etib, medal sohibini samimiy muborakbod etdi. Universitet jamoasi va ko‘p sonli talabalari nomidan Hayitboyga tabrik sovg‘asini topshirdi.
Hayitboy ham o‘z dil so‘zlarini tengdoshlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Farg‘ona davlat universitetida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yangi va zamonaviy o‘quv binolari, keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlarini ichida ulg‘ayayotgan bir yosh sifatida yana qayta talaba bo‘lishni orzu qilayotganini, FarDU bag'rini tark etishni aslo istamayotganini yashirmadi.
Hammasini ko'rsatish...
👏 3👍 2
💠FarDU talabasi Hayitboy - "Kelajak bunyodkori" medali sohibi! 🇺🇿Ma’lumki, Muhtaram Prezidentimiz yaqinda Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotladi. Quvonarlisi, ushbu yoshlar orasida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Hayitboy Hasanov ham bor. Bugun unga oliygohdagi barcha talabalar havas bilan qaramoqdalar va tengdoshlariga qaratilgan e’tibordan o‘zgacha kuch olmoqdalar. Talaba-yoshlarda ertangi kunga ishonchni yanada mustahkamlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalab borish, tengdoshdan-tengdoshga tamoyili asosida “talababay” ishlash, mehnatni samarasini yuksak ekanini amalda ko‘rsatish maqsadida bugun FarDUda yuksak davlat mukofoti “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Hayitboy Hasanov va talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
💐DIQQAT, XUSHXABAR ⭐️ Farĝona davlat universiteti Sirtqi ta'lim bòlimi Boshlanĝich ta'lim yònalishi 19.105-guruh talabasi Xasanov Xayitboy Xisenjonovich Davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yuksak davlat mukofoti, "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi! #muborak_bo'lsin
Hammasini ko'rsatish...
Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov

💐DIQQAT, XUSHXABAR ⭐️ Farĝona davlat universiteti Sirtqi ta'lim bòlimi Boshlanĝich ta'lim yònalishi 19.105-guruh talabasi Xasanov Xayitboy Xisenjonovich Davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yuksak davlat mukofoti, "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi! #muborak_bo'lsin

👏 28🎉 6👍 5🤩 2
O‘zbekistonning iqtidorli ayol-qizlari xalqaro konferensiyada taqdirlandi. Joriy yilning 27 iyun kunlari Turkiyaning Alanya hokimligi huzuridagi Baygench nashriyoti va Shine Qizlar Akademiyasi rahbari Shohida Yusupova tarafidan tashkil qilingan O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “O‘zbekistanʼın lider kadınları” (O‘zbekistonlik lider ayollar) kitobining taqdimoti va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda bir guruh o‘zbek-turk shoir- yozuvchilari, professor o‘qituvchilar va fan doktorlari, Magistr va o‘quvchilar qatorida Fargʼona Davlat Universiteti Sirtqi taʼlim Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) R.Sharofutdinova shogirti Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi 4-kurs talabasi Sobirova Jannatxon ham o‘z ijod namunasi bilan ishtirok etdi.Taqdimotda so‘z olgan Baygench nashriyoti rahbari Arslan Bayır bu kabi o‘tkaziladigan tadbirlar ikki millat o‘rtasidagi adabiy, do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi
Hammasini ko'rsatish...
👏 12👍 2
Sabina va uning ota-onasini hurmat-ehtirom bilan qarshi olgan FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov yosh mehmonni talabalar bilan muloqotga chorlar ekan, oliygoh yoshlari uning yutuqlaridan kuchli motivatsiya olishlarini aytib o'tdi.
Siz kabi ilmga chanqoq qizlarimiz nafaqat o'z oilasining, shu millatning, Yangi O'zbekistonning chinakam baxtidir
dedi rektor tabrik so'zida. Oliygoh anjumanlar zalida talabalar bilan jonli muloqot olib borgan Sabina yoshlardan o'z hayratini yashirmagan holda
"bu kabi shinam binolar, bunday qulay sharoit, zamonaviy bilimlar olish muhiti va talabaga yuksak e'tibor hattoki Arizona universitetida ham bu darajada emas"
deya e'tirof etdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 2 1
🇺🇿Muhtaram Prezidentimiz e’tirofiga sazovor bo‘lgan yoshlar vakili Sabina Nabiyeva- Farg‘ona davlat universitetida 💠Kuni kecha Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘zining samimiy nutqi, muhim takliflari va yosh bo‘lishiga qaramay qo‘lga kiritgan xalqaro yutuqlari bilan ko‘plab yurtimiz yoshlarining olqishlariga sabab bo‘lgan Sabina Nabiyeva bugun Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurdi. ♻️Beshariq tumani farzandi bo‘lgan va hozirgi kunda AQSHning Arizona universitetida ta’lim olayotgan Sabina Nabiyeva universitetga ota-onasi hamrohligida kirib kelar ekan, bu yerda talaba-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sifatli ta’lim yo‘lida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, o‘quv-amaliy jarayonlar, innovatsion uslub va yangi pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini ko‘rib behad quvondi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.