cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan

Guliston shahridagi Prezident maktabi: 📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari 📌Prezident maktabidagi yangiliklar 📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar 📌O‘quv jarayonidan lavhalar 📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot ☎️ 67-236-02-07

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 209
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+47 kunlar
+9830 kunlar
Postlar arxiv
01:25
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️Agentlik tizimidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
sd_new.mp423.35 MB
03:55
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Fakt 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlari #9july #uzbekiston24 📍 Toshkent shahri Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
18.00.Ихтисослашган Мактаб.mp440.36 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #Ijod_maktablari ❓IJOD MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 3-BOSQICHI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?Ijod maktablariga (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno) kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ona-tili va adabiyoti fanlaridan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. 📍Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichida: ➖ ingliz tilidan 20 ta topshiriq, ona tili va adabiyoti fanlaridan 15 ta topshiriq hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha 15 ta topshiriq, jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
⏱ Eslatma, Ijod maktablariga kirish imtihonlarining 3-bosqichida talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (85 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari uchun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan suratlar.
Ma'lumot o‘rnida, bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hududlardagi kirish imtihon jarayonlari yakunlandi. Bugun, 9-iyul kuni tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 42 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi. 📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi. 🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#imtihon_2024 #tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar ⚡️ TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SMENASI BO‘LIB O‘TDI Bu yil har yilgidan farqli ravishda hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. Ma'lumot uchun: 📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi. 📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga: ➖ 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.
Eslatma, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❗️DIQQAT, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#xalqaro_hamkorlik ⚡️ Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Buyuk Britaniyaning Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining birinchi bosqich jarayonlarini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Kembrij tashkilotining Prezident maktablariga kirish imtihon savollarini tuzishda ishtirok etgan ekspertlari Toshkent shahrida boʻlib turibdi.
Uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va tegishli boʻlimlardan masʼul xodimlar hamda Kembrij tashkilotining rasmiy vakillari ishtirok etdi. Muzokaralar davomida imtihon jarayonlarining birinchi bosqichi uchun Kembrij tomonidan tuzilgan test savollar yuzasidan fikrlar almashildi. Keyingi yillar uchun tuziladigan test savollari oldidan ekspertlar guruhi bilan yana uchrashuvlar oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi. Xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlari mamlakatimizda yuqori darajada tashkil etilganini eʼtirof etishdi. Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich jarayonlarini oʻtkazish borasida ham toʻxtalib oʻtildi. Agentlik va Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga yaxshilab borilayotgani alohida taʼkidlanib kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator rejalar boʻyicha muzokaralar olib borildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.