cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan

Guliston shahridagi Prezident maktabi: 📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari 📌Prezident maktabidagi yangiliklar 📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar 📌O‘quv jarayonidan lavhalar 📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot ☎️ 67-236-02-07

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 209
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+47 kunlar
+9830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#OAV_biz_haqimizda ⚡️Agentligimiz tizimidagi maktablarga 2024/2025-o‘quv yili uchun tashkil etilgan kirish imtihonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi: Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi Oʻzbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlari – Namangan viloyati Oʻzbekiston 24 | Tayanch ixtisoslashgan maktablarga kirish imtihonlariOʻzbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Prezident maktablariga kirish imtihonlariO‘zbekiston 24 | Вступительные экзамены в Президентские школыO‘zbekiston 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi UzA | Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi UzA | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boʻlib oʻtdi – Surxondaryo viloyati UzA | Imtihonlar adolatli va shaffof tashkil etildi – Buxoro viloyati UzA | Eng iqtidorli o‘quvchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi ⏺ UzA | Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqdaUzA | Ijod maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildiQaraqalpaqstan MTRK | Prezident mekteplerine kiriw imtixanlardıń 1-basqıshı bolıp óttiSamarqand MTRK | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda Xorazm MTRK | Prezident maktabi uchun test sinovlari Jizzax MTRK | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari uchun test sinovlari yakuniga yetdi Toshkent | Вступительные экзамены в спецшколы Toshkent | Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari Toshkent | Prezident maktablariga kirish imtihonlari o‘tkazildi Toshkent | Первый этап экзаменов пройден ⏺ Sevimli | Ijod maktablariga kirish imtihonlari ⏺ Mening yurtim | Ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar davom etmoqda – Fargʻona viloyati ⏺ Daryo.uz | Prezident maktablariga yangi o‘quv yili uchun qancha ariza kelib tushgani ochiqlandi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar! Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi. Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi. Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi. Hurmatli ota-onalar! Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz. Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz! Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz. Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman. Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👏 1
#imtihon_2024 ⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI 📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan imtihon jarayonlari hududlarga masʼul etib belgilangan Agentlik xodimlari tomonidan joylarga chiqilgan holda kuzatib borildi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️ 📣 BUGUN soat 16:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan quyidagi mavzularda jonli muloqot tashkil etiladi: ➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga qabul imtihonlari yakuniy natijalari; ➖ 2024-2025-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari. ✔️ Muloqot vazirlikning rasmiy telegram kanalida boʻlib oʻtadi. EKSPERTLAR: ➡️Qahramon Almardonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; ➡️Inom Xoʻjamov, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
01:31
Video unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #OAV_biz_haqimizda Axborot 24 | Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari yakunlandi #10july #uzbekiston24 00:31 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
1.mp418.64 MB
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi. Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak, – Prezident maktablariga 62 062 nafar; – Ijod maktablariga 5 512 nafar; – Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;. – Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan. Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi. Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman! Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin! Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 9
#Termiz Vazir surxondaryolik faxriy ustozlar bilan uchrashdi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi. Tadbir doirasida yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar belgilab olindi, ustozlarning fikr va mulohazalari tinglandi. Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. ❕Shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda viloyatda 978 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi yosh avlodga ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.
Vazir Hilola Umarova xizmat safari davomida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari bilan ham uchrashib, ularning taqdimotlari bilan tanishdi. Yig‘ilishda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, yangi ta'lim muassasalarining qurilishi, shuningdek yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.